Olim va tarjimonning mehnati va zahmati

Qölimizda “Zahiriddin Muhammad Boburning “Hikmatlar” (Toşkent, “Adabiyot”, 2022) kitobi bor. Kitobning yuzida “Hikmatlar” sözining özbekça va olmonça ifodasi berilgan.

Kitob taniqli olim Vahob Rahmonovning “Fikrçan şeʼriyat va hikmatomuz nasr” nomli ön bir betlik özbek va nemis tillarida yozilgan maqolasi bilan boşlanadi. Bu naşrdan Zahiriddin Muhammad Boburning özbek va nemis tillaridagi 280 ta hikmatli sözlari örin olgan.

Bu kitobga baho beradigan odam: “Ha, Bobur hikmatlarini Mirzaali Akbarov nemisçaga tarjima qilgan. Vahob Rahmonov bu haqda maqola yozib beribdi-da”, deb öylaydi. Çunki kitob boşida Bobur rasmi va orqasida tarjimon surati berilgan.

Avvalo, şunça hikmatlarni nemis tiliga sidqidildan ögirgan Mirzaali Akbarovga rahmat deymiz. Özbek kişisi şahanşoh Bobur sözini nemis tiliga qotirib, yaxşi ögirgani qanday yaxşi! Yana qarangki, farğonalik şahanşoh Boburni farğonalik ziyoli Mirzaali Akbarovning nemis tilida talqin qilgani undan-da ajoyib! Ayniqsa, olmonça matniga potsdamlik nemis olimi Iris Berntning muharrirligi nur ustiga nur bölgan. Tarjimonlik masʼuliyati juda örniga qöyilgani şundan ham yaqqol namoyondir.

Men nemis tilini bilmaganim sababli mazkur kitobdan örin olgan özbek tilidagi matnlarni öqib huzurlandim. Negaki, uşbu möʼjaz kitobdagi Bobur ijodiga tegişli barça gaplar va baytlarni zukko olim Vahob Rahmonov tanlagan. U Zahiriddin Muhammad Bobur “Kulliyot”ining olti jildini satrma-satr, sözma-söz öqib, Bobur hikmatlarini saralab-tergilab yozib çiqqan, söngra eski özbek va fors tilidagi bu nasriy va şeʼriy jumla va misralarni hozirgi özbek adabiy tiliga tabdil etgan. Boşqaça aytganda, Boburning hikmatlarini zamonaviy tilimizda qayta talqin qilib çiqqan. Vahob Rahmonov oltita 500 betlik kitobni, yaʼni 3000 sahifa matnni sinçiklab öqib, göyo dengizga şönğib 280 ta gavharni topib çiqqan…

Qolaversa, bu hikmat gavharlarini zargarona mehnat evaziga har biriga işlov berib, ularni hozirgi tilimizga moslaştirib tayyorlagan.

Lekin negadir “S” belgisida, yaʼni muallif yoziladigan joyda M.Akbarov deb yozib qöyilgan, xolos. Göyo Vahob Rahmonov kitobda mehmonday.

Biz ana şu manzaradan kelib çiqib, uşbu kitobning dunyo yuzini körişida Vahob Rahmonovning ham zahmatli, olimona mehnati borligini örganişga harakat qildik. Va bu mehnatni matnni olmon tiliga ögirgan tarjimon faoliyati zahmati yoniga qöyib körmoqçi böldik. Xöş, kuzataylik-çi, Vahob Rahmonov nima iş qilgan-u, Mirzaali Akbarov ne maşaqqatlarni çekkan ekan?

Fikrimiz quruq bölmasligi uçun kitobdagi bitiklardan bir-ikki misol keltiramiz. Masalan, Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi:

Ğaflat uyqusidan uyğon gar tilar bölsang murod,

Kim yetar maqsadga har kim bölsa u uyğoqroq.

(“Hikmatlar”, 43-bet)

 

Yoki:

 

Garçi zohirda töğridekdur nafs,

Jisming uyida öğridekdur nafs.

(“Hikmatlar”, 43-bet)

 

baytlarida boburşunos olim Boburning hozirgi yoşlar bemalol tuşuna oladigan gap va baytlarini asliça qoldirişni maʼqul topgan. Çunki bunda Bobur ovozi va uslubi saqlanadi.

Olim Bobur asliyatini saqlagan holda bir yoki ikkitagina eskirgan — arxaik sözlarni hozirgi sözlar bilan almaştiradi, xolos:

Davlatga yetib, mehnat elini unutma,

Beş kunlik umringda özingni katta tutma.

(“Hikmatlar” 43-bet)

Bu bayt Bobur “Devon”ida quyidagiça edi:

Davlatqa yetib, mehnat elin unutma!

Bu beş kun uçun özungni asru tutma.

(Devon, 339-bet)

Boburşunos olim Vahob Rahmonov Bobur baytiga çindan-da zargarona işlov berganini köramiz: baytga “umr” töldiruvçisini qöşgan, maqsadni aniqlaştiriş va kuçaytiriş uçun “asru” sözini “katta” sözi bilan ifodalagan. Anglaymizki, olim bunda xuddi şarhlovçiday matnga olimona va örinli daxl etgan.

Kitobdagi 75-hikmat asliyat “Boburnoma”da qanday edi? Bu kitobda-çi:

Kimki keldi jahonga fano bölğusidur,

Doimo boru bölur: Xudo bölğusidur.

(“Hikmatlar” 42-bet)

Ana endi uşbu baytni “Boburnoma”dan köçiramiz:

Har ki omad ba jahon ahli fano xohad bud,

On ki poyandavu boqist, Xudo xohad bud.

(Kulliyot, 6-jild, 93-bet)

Köramizki, tarjimon Vahob Rahmonov mazkur baytdagi forsiy misralarni özbekçalaştirişda matnga Bobur davri turkiy til şirasini ham beriş payida bölib, “bölğusidur” sözini kiritgan.

Yana bir misol:

Vahob Rahmonov tubandagi:

Ba nomi nakö gar bimiram ravost,

Maro nom boyad, ki tan margrost,

(Kulliyot, 6-jild, 94-bet)

forsiy baytni quyidagiça şoirona tarjima qiladi:

Yaxşi nom qoldirib ölsam böladi,

Menga nom kerakli, tanam öladi.

(“Hikmatlar”, 42-bet)

Harbiy vaziyatda yov izquvarlari Bobur uxlab yotgan “Osoyiş” kemasiga tunda pisib çiqayotganlarida şahanşoh tansoqçilari ularga qarşi taşlanişadi. Muqarrar ölimdan najot topgan Bobur bir forsiy hikmatli baytni eslaydi:

Agar tiği olam bijunbad zi joy,

Naburrad rage to naxohad Xudoy.

(Kulliyot, 6-jild, 184-bet)

Uşbu bayt Vahob Rahmonov tomonidan şoirona özbekçalaştiriladi:

Agar olam tiği qözğalsa joydan,

Bir tomir kesolmas iznsiz Xudoydan.

(“Hikmatlar”, 40-bet)

Bobur şeʼriyati öynoqi ohangi, sözlarining ommabopligi bilan ajralib turadi. Ammo yuksak axloqiy va falsafiy fikrlar ifodasida mumtoz şoir Bobur kitobxonga qiyin tuyuladigan u yoki bu sözni ham (masalan, maosiy) qöllab yuboradi:

Oludai yuz tuman maosiy bölmoq,

Yuz ranju tuman azob xosi bölmoq.

Köp yaxşi ekin ahli xiradning qoşida

Kim, oğritibon atoni osiy bölmoq.

Bu ruboiyda “oluda”, “ranj” va “xirad” forsiy sözlari ham özbek kitobxoni uçun tuşunilişi muşkul bölgan tuşunçalardir.

Tabdilçi olim Vahob Rahmonov otaday muqaddas zot hurmatini saqlaşga çaqirilgan Boburning uşbu hikmatomuz ruboiysini osongina tuşuniladigan qilib nasrda tarjima qilib beradi: “Yuz minglab gunohga bulğanmoq, yuz azobu maşaqqatga mubtalo bölmoq — aql taqozosiça: otani ranjitib osiy bölişdan yaxşiroqdir”.

Vahob Rahmonov xizmatlarini qayd etar ekanmiz, nega uşbu kitobda uning töplovçi, naşrga tayyorlovçi va tabdilçi deya körsatilmaganiga, töğrisi, ajablandik. Bu tasodifmi yoki?..

Bugun biz “Bobur. Hikmatlar” kitobidan 280 ta boburona hikmatlarni miriqib öqiganimizda, mohir tarjimon Mirzaali Akbarov mehnatlari bilan birga, töplovçi, tabdilçi va tarjimon Vahob Rahmonov zahmatlarini ham inobatga olsak, adolatdan böladi. Zero, maʼrifat fidoyilarining bunday bebaho xizmatlari uçun tasanno deyişga burçlimiz.

Uşbu kitob naşri bilan boğliq bölgan yana bir xayrli iş şundan iboratki, Bobur “Hikmatlar”ining nemis tiliga tarjima qiliş jarayonini nisbatan osonlaştiriş va nemis tilidagi tarjimalarning şu tilda gaplaşuvçi kitobxonlar qöliga tezroq yetib borişini tezlaştiriş maqsadida Vahob Rahmonov şaxsan tarjimon Mirzaali Akbarovni moddiy qöllab-quvvatlab, öz hisobidan ikki million söm hadya qilibdilar. Demoqçimizki, boburşunos olim Vahob Rahmonovning ilm-maʼrifat yölidagi bunday saxovatpeşalik fazilati har jihatdan ibratlidir.

Mazkur maqola yozilib bölganda Bobur nomli Xalq­aro jamoat fondidan yana bir xuşxabar keldi: Bu kitob Farğonadagi “Alpha Brand” naşriyotida fond homiyligida qayta bosilibdi va Vahob Rahmonovning mualliflik huquqi haqiqati ham tiklanibdi: mazkur kitobga “tarjimon M.Akbarov; töplovçi va tabdilçi V.Rahmonov” deya körsatilgan.

Yangi naşr qutluğ bölsin!

Imomqul NURINOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan