Öğrilikni “kasb”ga aylantirgan qallob
Inson bolasi yaxşi tarbiya olib, halol rizq-röz bilan yaşasa, hurmat-eʼtiborga sazovor böladi. Elu xalqning duosini olsa, aslo kam bölmaydi. Ana şunday halol, vijdonli insonlar yurtimizda juda-juda köp. Ammo ming afsuski, bu hayotda kam bölsa ham umrini egrilik yöliga sovuradigan kimsalar ham uçrab turadi.
Şu uluğ va saodatli kunlarda köngilni xira qiladigan mavzu haqida, nopok kimsalar haqida töxtalging kelmaydi. Lekin naçora, buni hayot deydilar. Hayot davom etar ekanki, oq va qora ranglar bölgani kabi, jinoyat qilişdan tap tortmaydigan qallob kimsalardan ehtiyot bölişimiz lozimligi uçun ham quyidagi voqea töğrisida söz yuritdik.
Albatta, halol mehnat bilan topilgan mol-mulkka tajovuz qiliş azaldan eng qoralangan illatlardan biri hisoblanadi. Xalqimiz bunday kimsalarni “ğirt öğri” deb atab, ularni ayovsiz qoralagan. Afsuski, bunday illatga mubtalo bölganlar orasida tegişli jazodan saboq çiqarmasdan, yana jinoyat yölini tanlaydiganlar ham uçraydi.
Quyidagi voqea ana şunday şaxs — tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan şifokorlarning pulini ömargan qöli egri kimsa haqida. U öz jinoyatlari bilan bir neça tibbiyot muassasalarida işlayotgan xodimlarga katta moddiy zarar yetkazgan.
1983 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan Umar Boboyev (ism-şariflar özgartirilgan) yoşligidanoq qinğirlik yölini tanladi. Xalqimizda “Qon bilan kirgan jon bilan çiqadi”, degan gap bor. Uning hayoti ham şu naqlning tasdiğidek göyo.
Umar ilk bor 24 yoşida qamaldi. Poytaxtda sodir etgan öğriligi uçun jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudi hukmiga köra 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Biroq jazo unga saboq bölmadi. Ozodlikka çiqqanidan söng yana öğrilikka qöl urdi. Oqibatda u turli jinoyatlari uçun olti marta ozodlikdan mahrum etildi va “xavfli retsidivist” tamğasini oldi.
2025 yil 23 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Olmazor tumani sudida Umar Boboyevga nisbatan yana bir jinoyat işi körib çiqildi. Bu gal uning jinoyatlaridan jabr körganlar tibbiyot xodimlari edi.
Jabrlanuvçilardan biri Ş.V. sudda quyidagiça körsatma berdi:
— Toşkent davlat tibbiyot universitetida işlayman. Öğrilik yuz bergan kuni ertalab soat sakkizlarda işga keldim. Kiyimlarimni almaştirib, kun davomida öz işlarim bilan band böldim. Hamkasbim bilan tuşlik qilib qaytganimizdan söng, u xonasida pullari yöqolganini payqab qoldi. Men ham xonamga kirib, kiyimlarim va sumkamni tekşirganimda, 8,5 million söm pulim yöqolgani maʼlum böldi.
Şundan söng bu haqda içki işlar organlariga murojaat qildik…
Qiziği, poytaxtdagi tibbiyot muassasalarida sodir bölayotgan bu kabi öğriliklar oradan uç kun ötib yana takrorlandi. Bu safar manzil — Yaşnobod tumanida joylaşgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti edi. Bu yerda ham ikki nafar şifokor pullaridan ayrildi.
Uşbu muassasada işlovçi şifokor R.M.ning aytişiça, şimi çöntagidagi 600 ming söm, kök rangli sumkasida bölgan 10 million söm va 750 AQŞ dollari yöqolgan. U bu mablağni qizining kontrakt pulini tölaş uçun özi bilan olib kelgan edi. Yana bir şifokor A.B.ning ham 650 AQŞ dollari va 1,5 million söm puli öğirlangan. Kuzatuv kameralariga tuşib qolgan kadrlardan maʼlum bölişiça, öğrilik şifokorlar kiyimlarini almaştirib, bemorlarni körikdan ötkaziş uçun palatalarga kirib ketgan vaqtda sodir etilgan.
Umar Boboyev öğriliklarni asosan tibbiyot muassasalarida amalga oşirgan. Goh u, goh bu şifoxona “ov” manzili sifatida tanlangan.
Navbatdagi jinoyat ötgan yilning 10 iyul kuni Yunusobod tumanida joylaşgan 1-sonli şahar bolalar klinik şifoxonasida sodir etildi. Bu gal ikki nafar şifokor — A.A. va J.M. nişonga olingandi.
Öşanda kiyim javonidan şifokor A.A.ga tegişli 800 ming söm pul bilan birga J.M.ning avtomaşinasi pulti ham öğirlangandi.
Şifokorlar avtoturargohga çiqqanlarida, har qalay, maşina joyida turar, pult esa skameyka ustiga taşlab ketilgan edi. Ular darhol avtomobil salonini közdan keçirişdi: bardaçokdagi narsalar soçilib yotar, içidan J.M.ning 850 AQŞ dollari va 3,5 million söm puli yöqolgan edi.
Xalqimiz “Buzoqning yugurgani somonxonagaça” deydi. Izquvarlarning tezkor harakatlari natijasida tibbiyot muassasalarida öğrilik sodir etib yurgan şaxs qölga olindi.
Sud majlisida sudlanuvçi öz aybiga töliq iqror bölib, öğrilik sodir etganini tan oldi, ammo jinoyatlarni aniq qaçon sodir etgani va qança mablağni öğirlaganini eslay olmasligini aytdi.
Sudlanuvçining qilmişi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi, şuningdek, 25-modda bilan, yaʼni xavfli retsidivist tomonidan takroran özganing mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş hamda öğrilik jinoyatiga suiqasd qiliş sifatida malakalandi.
Jabrlanuvçilardan ikki kişiga yetkazilgan moddiy zarar qaytarilgan bölsa-da, tört nafar jabrlanuvçiga yetkazilgan zarar qoplanmadi.
Sud işning barça holatlarini inobatga olib, Umar Boboyevni Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga muvofiq uzil-kesil 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qildi. U jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaydi.
Qilmiş-qidirmiş. Bukrini gör töğrilaydi, deganlaridek, nahotki öğrilikdek qora illat, jinoyat yölidan qaytmagan bu kimsa bu qiliğini taşlay olmasa? Öğrilik bilan qaçongaça hayot keçiradi? Baribir, bu oğir gunoh javobsiz, jazosiz qolmaydi. Şuning uçun ham oltinçi bor panjara ortiga ravona böldi. Eng yomoni, bu dunyodagi jazolarni-ku ötar, ammo kun kelib umri poyoniga yetgaç, bu odam bolasi çin dunyoda, oxiratda qilmişiga qanday javob berarkin?
Abror SAIDOV,
Jinoyat işlari böyiça
Olmazor tumani sudi raisi.
