Amalga oşmagan tayinlov

2006 yilning 13 oktyabr kuni soat keçki önlarda Farğona viloyat hokimligi taşkiliy bölimidan qönğiroq qilişdi.

— Barça hujjatlaringizni olib, tez hokimiyatga keling!

— Tinçlikmi? — xavotirlanib söradim.

— Siz kelavering, keyin bilasiz.

Men hokimiyatga kelganimda şaxsiy varaqam, tavsiyanoma deyarli tayyor edi. Baʼzi maʼlumotlarga aniqlik kiritilgaç, qolgan hujjatlarimdan nusxa olib, paketga solişdi va muhrlab menga berişdi.

— Ertalab soat 10 da Toşkentda Barnoyev qabulida bölişingiz kerak. Paketni ularga berasiz. Hozir esa tez yölga çiqing.

Men nima gaplar bölayotganini bilmay öyga botgandim.

— Xavotir olmang, — dedi taşkiliy bölim mudiri Asqarali Rustamov. — Sizga qandaydir lavozim berişmoqçi.

Tunda yöl yurib, ertalab Toşkentga, hukumat idorasiga yetib keldim. Meni öşa vaqtda Qişloq va suv xöjaligi masalalari va axborot-tahlil departamenti boşliği Öktam Barnoyev (Alloh rahmat qilgan bölsin)ning huzuriga olib kirişdi. U hujjatlarim bilan tanişgaç, bir soatdan ziyod vaqt men bilan qişloq xöjaligi va fermerlar muammolari, yer zaxini qoçirişning hosildorlikka taʼsiri, rahbarlar masʼuliyati kabi mavzularda suhbatlaşdi. Keyin:

— Yaxşi, siz qabulxonada biroz kutib ötiring, men tez kelaman, — dedi va şoşib çiqib ketdi.

Barnoyevning yordamçisi menga çoy, kofe taklif etdi. Men kalavaning uçini heç topa olmas edim. Televideniyeda işlagan çoğimda ançayin tanilib qolgandim. Vazirlar Mahkamasiga bejiz çaqirişmagan. Qolaversa, Barnoyev suhbatdan qanoatlandi, menimça. Demak, menga biron lavozim berişadi… Lekin nega meni Vazirlar Mahkamasiga suhbatga çaqirişdi? Nega suhbat faqat qişloq xöjaligi mavzusida böldi? Ha… anglagandek böldim. Meni “Qişloq hayoti” gazetasiga… Yöğ-e! Axir Çori Latipov endigina iş boşladi-ku u yerda.

Nimalar bölmaydi bu dunyoda? Balki, u boşqa işga ötayotgandir, balki…

Şunday qilib, men agar “Qişloq hayoti” gazetasiga boş muharrir bölsam, işni nimadan boşlaşim, ruknlar, mavzular, jalb etmoqçi bölgan mualliflarim, gazeta dizaynini özgartiriş… kabi işlar haqida özimça reja tuza boşladim.

Şu payt qabulxonaga Özbekiston Fermerlar uyuşmasi raisi Sohibjon Qobulov kirib keldi. Biz taniş edik. Lekin negadir u men bilan biroz sovuqroq salomlaşdi. Keyin oraga uzoq sukut çökdi. Ha, endi Barnoyevda işi bölsa kerak-da, kelibdi, deb unga ortiq eʼtibor bermadim.

Oradan bir yarim-ikki soatlar ötgaç kelgan Öktam Barnoyev Sohibjon Qobulov bilan salomlaşmasdan, şaxdam qadam taşlab xonasi tomon ötib ketdi. Şunda Sohibjon Qobulovning yuzida xavotir sezdim.

Yordamçi meni içkariga taklif qildi.

— Xöş, gap bunday, örtoq Obidov, — dedi Ö.Barnoyev közlarimga tik boqib. — Endi birga işlaymiz.

— Uzr, men siz bilan kim sifatida işlaşimni aytmadingiz… — taxminim gazeta muharrirligi bölsa-da, buni iş beruvçining özidan eşitmoqçi edim.

Barnoyev stolidagi tugmani bosgandi, yordamçisi kirdi.

— Uyuşmada odamlar yiğilganmi?

— Ha, hammasi tayyor, — dedi yordamçi. — Sohibjon Qobulov ham şu yerda.

— Unda, marhamat, örtoq Obidov, ketdik!

Barnoyevning ovozida masxaralaşdek ohang sezdim. Qolaversa, qanaqa uyuşma haqida gapirdi u?

— Töxtang, Öktam Isayeviç. Avval menga ayting, qayerga ketyapmiz, menga qanaqa iş bermoqçisizlar?

— Siz bilan bafurja suhbatlaşdik. Qişloq xöjaligini, dehqonçiligu fermerlar muammolarini yaxşi bilar ekansiz. Katta rahbarlardan ham rozilik olindi. Siz respublika fermerlar uyuşmasi raisiga örinbosar bölib borasiz, —Barnoyev endi zaharxanda ohangda aytdi bu gaplarni. — Bilim va malakangizni bir körsating-çi!

Ana senga “Qişloq hayoti” gazetasi-yu, ana senga talaseped!

Nega bunday bölyapti? Axir men qişloq xöjaligi mutaxassisi yoki fermer ham emasman-ku! Bir lahzada tuğilgan savollarga çaqmoqdek bölib xayolimga javobi ham keldi.

— Bu öşa maqola tufaylimi? — ohista söradim Öktam akadan.

2000-2006 yillar Rişton tumani uçun juda oğir keldi. Qişloq xöjaligi tarmoqlari uçun belgilangan reja bajarilmasdi. Paxta, ğalla topşiriqlari 60-70 foizdan, örtaça hosildorlik esa paxtada 20-22, ğallada 30 sentnerdan oşmay qolgandi. Şunda viloyat rahbariyati tuman hokimi, sohaning boşqa masʼullarini deyarli har yili almaştiradigan böldi. Ammo natija yöq.

Men lavozimidan böşatilgan sobiqlar, moliyaviy jazoga tortilgan fermerlar bilan köp suhbatlaşdim. Yer, suv, uruğçilik, biologik laboratoriya mutaxassislarini tinç qöymadim. Ularga bir savol berardim: nega şunday bölyapti?

Muammoni izçil örgandim degaç, yozuv stoliga ötirdim va bir tahliliy maqola tayyor böldi. Tez orada uni mamlakat miqyosidagi naşrlarning biri çop etdi. Mana u:

QANTAKI ÖRIK NAVI YÖQOLIB YETAVERADIMI?

Riştonda yerosti suvining kötarilişi boğdorçilik va dehqonçilikka salbiy taʼsir körsatyapti

Farğona viloyatida bu yil 115 ming gektar maydonda paxta yetiştirildi. Şartnoma böyiça uning har gektaridan örtaça 28,1 sentnerdan, jami 323 ming tonna hosil tayyorlov idoralariga topşirilişi kerak. Bugungaça reja 80 foizdan oşdi. Paxtakoru mutaxassislar, taşkilotçiyu rahbarlarning qilgan astoydil mehnatlari tufayli, aslida, bundan-da yuksakroq raqamlarga erişilgan bölardi. Ammo, nazarimizda, viloyatdagi asosiy eʼtibor, bor kuç ekiş, parvarişlaş, yiğim-terim, dehqonçilik işini taşkil etişga qaratilyapti.

Aslida esa bugungi tabiiy şaroit, avvalo, yerning meliorativ holatini tubdan özgartiriş masalasiga ustuvorlik maqomini berişni taqozo etadi. Farğona viloyatidagi suğoriladigan maydonlar, birinçidan, vodiyning markazida joylaşgan. Ikkinçidan, uning sathi Andijon, Namangan, qöşni davlatlarning Suğd, Öş, Botken, Jalolobod kabi viloyatlari suğoriladigan maydonlari sathidan past. Tabiiyki, bunday şaroitda yerosti sizot suvlari oqimi pastlikka tomon yuradi, şörlaniş avj oladi. Farğona viloyatida şöri yuviladigan ekin maydonlarining miqdori, masalan, birgina Andijon viloyatinikiga nisbatan qariyb 30 foiz köp.

Biz bunday maʼlumotlarni viloyatda qaysidir yuksak natijalarga erişilmayotgani uçun oqlov sabablari deb keltirayotganimiz yöq. Dehqon öz mehnati mahsulidan köproq bahra olişi, ruhlanişi va, albatta, moddiy manfaatdorligi ortişiga xizmat qilarmikan bu gaplar, degan fikrdamiz, xolos. Masalan, Rişton tumanini olaylik.

2006 yilda 9 ming gektarga, şundan qariyb 6 ming gektari böz tuproqli Markaziy Farğona çöllariga çigit ekdilar. Tuman hokimi Ğayratjon Mamadaliyevning aytişiça, ana şu 6 ming gektar ekin maydonining boniteti 30 ni taşkil etadi. Lekin tumanda örtaça hosildorlik 28,6 sentner deb belgilangan. 2005 yilda bu yerda dehqonçilikning fermer xöjaligi şakliga töliq ötilgan. Sobiq şirkat xöjaliklari örnida 661 ta fermer xöjaligi agrar tarmoqdagi işlar bilan band. Tuman, mana, 12 yildirki, davlatga paxta sotiş rejalarini surunkali ravişda bajarmaydi. Bu yillar mobaynida 6 marta hokim, bir neça önlab marta xöjalik rahbarlari almaşdi. Lekin pirovard natijada ijobiy özgarişlar yaqqol közga taşlanmayapti. Bugungaça tuman rejani 70 foizdan oşirdi. Biz başoratçi emasmiz, ammo daladagi hosil çöğiga dehqon, mutaxassis közi bilan qaraganlar bu yil tuman rejadagi marraga yeta olmasligini aytyaptilar… Xöş, nima, Riştonda dehqon ham, mutasaddi mutaxassis-u taşkilotçi rahbarlar ham şunça yillardan buyon birdek yomon işlayaptilarmi? Ular şartnomani ado etib, el-yurt oldida yoruğ yuz bilan yurişni istamayaptilarmi? Balki, masalaning boşqa, masalan, yer şaroiti bilan boğliq tomoni ham bordir? Balki, don va paxtaçilikda şartnoma uçun belgilangan hosildorlik körsatkiçi yerning haqiqiy quvvati, boniteti körsatkiçiga mos emasdir? Agar şu gapda zarraça ham asos bölsa, nega endi dehqon oşirib belgilangan hosildorlik körsatkiçiga erişa olmagani uçun maʼnaviy hamda moddiy jabrlanişi lozim?

Şimoliy Bağdod kollektori “Aççiqköl” meliorativ tizimi boşliği Komiljon Örinboyevning taʼkidlaşiça, Rişton tumanida yerosti suvlari 0-1 metrgaça bölgan ming gektar, 1-1,5 metrgaça bölgan 2814 gektar ekin maydoni bor. Umuman, tumandagi yerosti suvlarini çiqarib taşlaş uçun 191 ta tik zax qoçiriş quduği, 254 km xöjaliklararo, 835 km içki zovurlar mavjud.

Hosildorlikni oşirişning muhim şartlaridan biri — yerning meliorativ holatini yaxşilaşdir. Buning uçun, avvalo, zovurlar tozalanişi kerak. 2006 yilda Riştonda 44 km xöjaliklararo zovur tozalanişi lozim edi. Bugungaça 27 km ga yetdi. 140 km içki zovurlarni tozalaş rejalaştirilgan bölsa, uning 48 kilometri tozalandi, xolos. Bu işlar davlat mablağiga amalga oşirildi. Yana fermer xöjaliklari hisobidan 40 km içki zovur tozalaş möljallangan edi. Atigi 6 km tozalandi.

— Tumanda pudratçi taşkilotlarning 16 ta ekskavatori işlayapti, — deydi K.Örinboyev. — Iş unumdorligi kutilganiça emas. Sababi, birinçidan, yillar, balki, ön yillar davomida tozalanmagan zovur közini oçiş uçun katta miqdordagi tuproq işlarini bajariş kerak. Bu esa ekskavator qadamini sekinlatadi. Ikkinçidan, hozir işlayotgan ekskavatorlarning eng “yoşi” ham (ikki yil avval Urgançdan keltirilgan bitta ekskavatordan taşqari) bundan 30-40 yil ilgari işlab çiqarilgan. Uçinçidan, ilgarilari şirkat xöjaliklarining iqtisodi yomonligi uçun, hozir esa fermer xöjaligi iqtisodi mustahkam emasligi uçun içki zovurlarni tozalaş qoniqarsiz ahvolda.

Komiljon yana bir gap aytmoqçi böldi.

Sezib turibman, tomoğiga nimadir tiqildi.

Oraga sukut tuşdi. Men sabr qildim. Birozdan söng:

— Uyimizda kattalarning ham quloçi yetmas “qantaki” örik bölardi. Bolaligimizda, bundan 40-45 yillar çamasi ilgari onamdan bu örikni kim ekkan, deb söraganimda, bilmadim, bolam, bobomning aytişlariça, ularning bobolari yoşligida ham şu örik daraxti bölgan ekan, degandilar. Demak, öşa daraxtga kamida 150-180 yil bölgan. Quyib taşlardi mevani. Oxir-oqibat men xonadon çiroğini yoqib turganimda ajdodlarimdan qolgan meros — qantaki örik daraxti qurib qoldi. Çunki qişloğimizda yerosti zax suvi yer yuzigaça çiqib ketgandi…

Zax, yerosti sizot suvlarining kötarilişi ildizi çuqur daraxtlar, Riştonda esa qadimiy nav — “qantaki”, “mullaqantaki” kabi örik daraxtlarining qurişiga sabab bölgan bölsa, paxtaçilikda esa hosildorlikka salbiy taʼsir körsatdi. Bugina emas. Yerning holati yiğim-terimni tezlatişga ham töğonoq bölyapti.

— Birinçi terimdan söng yengil suv bergandik. Mana, 15 kundirki, yer yetilmayapti. Dalaga kirib bölmayapti, — deydi “Amrobod jilosi” fermer xöjaligi boşliği Ğayratjon Jalolov.

Tumandagi xöjaliklarning barçasi bir vaqtning özida tugatilib, örnida öşa vaqtning özida fermer xöjaliklari taşkil etildi. Tanlovda aksariyat aynan şu ekin maydonida mehnat qilib kelayotganlarga ustuvorlik berildi. Yaʼni yer, asosan, öz egasiga berildi. Ammo yerga egalik qiliş faqat dehqonçilik bilimi bilan boğliq emas-da. Fermerga yana taşkilotçilik qobiliyati, iqtisodiy bilim, rahbarlik salohiyati ham kerak ekan. Bugun önlab, yuzlab fermerlarga aynan ana şu fazilatlar yetişmayapti va bu pirovard natijada hosildorlikka taʼsir körsatmoqda. Bunday fermerlarni kamsitişga mutlaqo haqimiz yöq. Çunki ularning aksariyati keçagina mohir mexanizator, fidoyi suvçi, bilimdon hosilot, qişloqning obröli kişisi edi. Ammo 30-50 gektar yerga egalik qiliş, qişloqdagi 20-30 oilani ketidan ergaştiriş, ularga yetakçilik qiliş — fermer xöjaligini boşqariş uçun bu fazilatlarning özi yetarli emasdi. Qolaversa, fermerlar safiga tasodifan qöşilib qolganlar ham bor. Şartnoma oldidagi masʼuliyati va majburiyatini tuşunmaydigan, yer umrini behuda ötkazayotgan, uquvsiz, xöjalikdan faqat şaxsiy manfaati yölida foydalanayotgan nopok kişilar ham yerga egalik qilmoqdalar.

Fermerga imtiyozli kredit, uruğ, öğit, yonilği taʼminotida, texnika xizmati körsatişda davlat beqiyos yordam beryapti. Ammo, avvalo, fermer şaxsini yaratiş, uni intellektual jihatdan şakllantiriş eng muhim masala ekanini hayot körsatmoqda. Bunga esa bir keça, bir oy, balki, bir yildayoq erişib bölmaydi. Şakllaniş uçun muhlat kerak.

“Hurriyat” gazetasi,

2006 yil 11 oktyabr, №41-son.

 

Barnoyev savolimga javob bermadi.

— Masala yuqorida hal bölgan, — dedi u körsatkiç barmoğini kötarib.

Qarasam, hozir yo çikki, yoki pukki böladigandek.

— Öktam Isayeviç! Tuşunib turibman. “Hurriyat”dagi maqoladan ranjigansizlar. Lekin men jurnalistman. Iqtisod, maʼnaviyat, taʼlim, sport… qaysi yönalişda bölmasin, tahliliy maqola yoza olaman. Riştonda haqiqatan ham oğir ahvol yuzaga kelgan. Hukumat komissiyasi tuzilib, yer osti suvlarini qoçiriş yuzasidan qaror yoki dastur qabul qilişi zaruratga aylangan. Men şuni aytmoqçi edim, xolos. Taklif uçun esa katta rahmat. Lekin men fermerlar uyuşmasiga işga bormayman.

Şunday deb örnimdan turgan ham edimki, Barnoyev ovozini kötarib, buyruq ohangida dedi:

— Borasiz! Tavsiyalaringizni bir amalga oşiring-çi!

Taxminim şu bir “tavsiyalaringiz” sözida tasdiğini topdi. “Hurriyat”da bosilgan maqoladagi “hokimlarni hadeb almaştiraverişdan naf yöq” degan gap tegib ketgan. Bölmasa, men qayoqda-yu, mamlakat fermerlar uyuşmasi qayoqda?

Men örnimdan turdim-u eşik tomon yurib ketdim. Keyin bino taşqarisiga şoşdim. Ortimdan “hoy, töxta, sen qanaqa odamsan özi?” degan ovoz quvib kelardi. Endi yugurdim. Yöq, hartugul, Barnoyevning xodimi mustaqillik maydonidan nari ötmadi. Ammo böralab sökayotgani ançayin uzoqlaşgunimça elas-elas eşitilib turdi.

Bor gap şu. Şu kuni kasbim tufayli yana bir bor taqdir sinovidan ötdim.

Albatta, haqiqiy jurnalist biror manfaat uçun yozmaydi. Kasb masʼuliyatidan kelib çiqadi. Men uzoq yillar matbuotda, televideniye sohasida işlab, yozgan tahliliy-tanqidiy maqolalarimni, tayyorlagan telelavhalar, reportajlarimni faqat va faqat  vijdon amriga quloq tutib qalamga oldim, mualliflik qildim. Ana şu qoidaga hozir ham amal qilaman. Şu bois işonç bilan ayta olamanki, çinakam jurnalist xolislik, adolat va halollik tamoyillariga amal qilsagina, uni el-yurt ham biladi, qadriga yetadi. Bir umr şu oltin qoida bilan yaşadim, mehnat qildim. Bundan esa hamişa ğururlanaman.

Muhammadjon OBIDOV,

Özbekistonda xizmat

körsatgan jurnalist.

 

P.S. Oradan bir fursat vaqt ötib, Riştonga ketma-ket mutaxassislar guruhlari kela boşladi. Keyin Riştonga tutaş Bağdod va Oltiariq tumanlaridagi yerlarning holati ham örganildi. Bu gaplar qandaydir katta voqea röy berişidan darak edi. Örganişlar, tahlillar hisobotga, u esa köplab muhokamalarga olib keldi. Va nihoyat, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 yanvarda “Farğona viloyati Rişton tumanida yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş va sizot suvlarini pasaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga köra, kollektor — drenaj tarmoqlari, nasos stansiyalarini rekonstruksiya qiliş va yangilarini quriş, oçiq va yopiq drenaj tarmoqlarini kengaytiriş, suğoriladigan yerlar meliorativ holatini yaxşilaş vazifasi belgilangan.

Şundan söng qaror ijrosi uçun kattagina mablağ ajratildi va melioratsiya sohasidagi ulkan loyihaga ilk bor Xitoy kompaniyalari hamkor sifatida jalb etildi. Farğonaga Xitoydan önlab zanjirli ekskavatorlar keltirildi. Rişton, qisman Bağdod va Oltiariq tumanlarida qarorda belgilangan işlar amalga oşirildi.

2012 yilga kelib, Rişton tumani qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş, jumladan, paxta va ğalla topşiriş şartnomaviy rejasini viloyatda birinçilardan bölib bajardi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan