Serqirra ijod va salohiyat sohibi

Kamina Ahmadjon Meliboyevni uning yoş yigitlik çoğidan — Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetiga öqişga kelgan paytidan beri bilaman. Öşanda bu ğayratli yigit kiriş imtihonlarini aʼlo baholarga topşirgan va talabalik safiga qabul qilingan edi. Asli Qirğizistonga qaraşli Öş viloyatining Olabuqa degan tumanidagi Sohibi Hilol degan özbek qişloğida tuğilib voyaga yetgan Ahmadjon öz ğayrati, şijoati bilan boşqa tengdoşlaridan ajralib turar, şuning uçun u guruh yetakçisi (öşa davr tili bilan aytilganda — starosta) etib tanlangan edi. U uşbu vazifani sidqidildan ado etdi, şu boisdan talabalarning ham, muallimlarning ham hurmatiga sazovor böldi. Öşa davrda talabalar majburiy ravişda paxta terimiga jalb etilardi, bunda Ahmadjonning yana boşqa qirralari oçildi — u taşkilotçi bölişi bilan birgalikda yaxşigina sozanda ham ekan — torni yaxşi çalardi, talabalarning mehnatdan keyingi dam olişlarida ham boş-qoş bölardi.

Ahmadjon universitetni bitirgaç, “Yoş leninçi” gazetasi (hozirgi “Yoşlar ovozi”)ga işga bordi, bu — yoşlar uçun naşr etiladigan gazeta bölib, öşa paytda köpçilikning eʼtiboriga tuşgan naşr edi. Unda yoşlar hayoti, intilişlari keng yoritilar, ijodiy lavhalarga, adabiy asarlarga doimiy örin berilardi. Şu boisdan keng fikrli Ahmadjon Meliboyev yoşlarning sevimli jurnalistiga aylandi. Şu yillarda yoşlar uçun kitoblar naşr etiladigan maxsus naşriyot oçildi va Ahmadjonni u yerga taklif qilişdi. U naşriyotning boş muharriri örinbosari, keyinçalik boş muharrir sifatida işlab, noşirlik tajribasini ham puxta egalladi, isteʼdodli yoşlarning asarlari kitob holida çop etilişiga boş-qoş böldi. Keyinçalik u boşqa, yuqori vazifaga — Özbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining Ideologiya bölimiga işga olindi. Ahmadjon bu masʼuliyatli vazifada ham sidqidildan işlab, matbuotning yanada ösişi, yoşlar tarbiyasi borasida faollik körsatdi. Bu yillarda sobiq Ittifoqda oşkoralik siyosati amalga oşirila boşlanganligi tufayli matbuot va ijod sohasida yangi özgarişlar, yangi tuşunça va qaraşlar paydo böla boşladi. Respublikamizda bu ijtimoiy-siyosiy harakatning rivojlanişida matbuot naşrlari katta rol öynay boşladi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining naşri afkori bölgan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bu harakatning markazida turardi. Şunday bir paytda Ahmadjon Meliboyev uşbu gazetaning muharriri etib tayinlandi va u mazkur matbuot naşrining tökis faoliyat körsatişida boş-qoş böldi. Mamlakatimiz öz milliy mustaqilligiga erişgandan söng Ahmadjon Meliboyev Özbekiston Birinçi Prezidentining Davlat maslahatçisi lavozimiga tayinlandi va u mazkur masʼuliyatli vazifada ham samarali faoliyat yuritdi. Keyinçalik yana “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining boş muharriri lavozimini bajarişda davom etdi. Hozirda respublikamizdagi nufuzli adabiy-badiiy naşr — “Jahon adabiyoti” jurnaliga rahbarlik qilmoqda.

Ahmadjon qayerda, qaysi lavozimda işlamasin, mazkur sohaning rivoji uçun, elu xalqqa, öquvçilarga manzur asarlarning çop etilişi uçun jon kuydiradi. Şu bilan birga, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida talabalarga jurnalistika sirlarini örgatib kelmoqda. Uning jurnalistika va publitsistika nazariyasi böyiça yozgan qator kitoblari talabalar uçun bu kasbni çuqur örganişda dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.

Ahmadjon Meliboyev ajoyib hikoyanavis yozuvçi hamdir. Uning “Önğor sirlari” va boşqa nomlarda çop etilgan hikoyalar töplamlari öquvçilarga juda manzur bölgan.

Ahmadjon Meliboyev özi tuğilib ösgan qöşni Qirğiziston Respublikasi madaniy-maʼnaviy hayotida ham faol iştirok etmoqda. U atoqli adib Çingiz Aytmatovning asarlarini özbek kitobxonlariga yetkazişda ham doim jon kuydirib keladi. Uning taşabbusi bilan Özbekiston Milliy universitetida Çingiz Aytmatovga bağişlangan maxsus muzey taşkil etildi, bu dargoh özbek öquvçilarini adibning ijodi, hayot yöli bilan keng taniştirişda katta xizmat qilmoqda.

Ahmadjon Meliboyev doimo sodiq döst, ustozlariga sodiq şogirdlik maqomini mustahkam tutadi. Esimda, men hali mamlakatimiz mustaqillikka erişmasdan oldin “Böri bilan Qöziçoq (Krilovdan boşqaça)” degan masal yozib, rus mustamlakaçiligining tugab borayotganligiga ramziy işora qilgan edim. Unda Qöziçoqning ança qarib, tişlari tökilib, çangallari böşaşib qolgan Böriga qarab: “Sen, yaxşisi, örmoningga jönab qol tezroq, Meni esa ötloğimda tinç ötlaşga qöy”, degan majoziy misralar bor edi. Albatta, bu fikrlar öşa davr siyosatiga töğri kelmasdi. Şundan biroz xavotirda bölib yurganimda, köçada birdan Ahmadjonni körib qoldim. Şogirdimiz u paytda Özkompartiya Markaziy Komitetida işlardi. U meni çetroqqa tortdi-da, ularning idorasiga mening bu masalim haqida bir papka material kelib tuşganini va unda uşbu masal sovet hukumatiga qarşi yozilgan degan fikr aytilganini yetkazdi va ehtiyot bölib yurişimni ogohlantirdi. Turgan gapki, bu jiddiy masala edi, sovet hukumati özining siyosatiga qarşi aytilgan har bir söz, har bir asar uçun qattiq öç olardi, heç kimni ayamasdi. Axir ne-ne adiblar, şoirlar, ziyolilarimiz öz asarlari, bildirgan fikrlari uçun qamalib, qiynoqlarga solinib, oxir-oqibat ayovsiz qatl etilganlar-ku! Nahotki navbat endi menga kelgan bölsa? Bu fikrlar meni qattiq qörquvga soldi, ammo ming şukrki, bu orada SSSR quladi va mamlakatimiz öz mustaqilligiga erişdi. Men va ehtimol men singari juda köp adiblar ham hayotimizga çang solmoqçi bölgan oğir xavfdan qutuldik. Şu bois ana şunday oğir yillarda aziz şogirdimiz dalda berib turganini heç qaçon unutmayman.

Ahmadjon Meliboyev şu kunlarda tavalludining sakson yilligini nişonlamoqda. Ammo u bunday muborak yoşga kirgan bölsa-da, ham jismonan, ham qalban yoş va hali navqirondir. Aziz döstimiz, hamkasbimiz Ahmadjon Meliboyevga yana uzoq umr va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Muxtor XUDOYQULOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan

yoşlar murabbiysi, yozuvçi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan