Baliqçining ertasi bugundan boşlanadi

Baliqçi tumanidagi islohotlar haqida yoziş fikri Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning “Qişloq xöjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qöşgan yurtdoşlarimizdan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi Farmoni eʼlon qilinganida tuğilgan edi. Mamlakat qişloq xöjaligi tizimidagi köp yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqiçga kötariş, intensiv agrotexnik usullarni qöllaş orqali yuqori hosildorlikka erişiş, el-yurt farovonligini yuksaltirişga qöşgan munosib hissasi, ilğor innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etiş, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, mahsulotlarni sifatli qayta işlaş, eksport salohiyatini oşiriş yölidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun “Döstlik” ordeni bilan mukofotlanganlar orasida Baliqçi tumani xokimi Jasurbek Odiloviç Abduraimov ham bor edi. Bu nom taniş körindi. Darrov Jasurbek Abduraimov mamlakatimiz qişloq xöjaligi rivojida katta xizmatlar qilib ötgan qadrdonimiz, rahmatli Odiljon aka Abduraimovning farzandi bölsa kerak, degan öy xayolimdan ötdi. Köngilga kelgan yaxşi gumonimiz rost bölib çiqdi. Yaqinda Baliqçida bölganimizda tuman rahbari bilan körişdik.

U bilan tumandagi “Sokin savdo servis” masʼuliyati çeklangan jamiyati parrandaçilik korxonasi tomonidan bunyod etilayotgan parranda mahsulotlarini qayta işlaş va qadoqlaş kompleksi hududida uçraşdik.

Hokim dadasi, rahmatli Odiljon aka Abduraimovni qişloq xöjaligi fidoyisi sifatida yaxşi bilişim, uning faoliyati haqida maqolalar yozganligimni eşitib, xursand böldi.

— Quş uyasida körganini qilar ekan, — dedi u. — Qişloq xöjaligi sohasiga mehr dadamizdan bizga meros qolgan. Agrar soha sir-asrorlarini ham undan örganganman.

Ötgan insonlarning yaxşi xislatlarini xotirlaş ham tiriklarga mukofot beriş bilan baravar, deb hisoblayman. Nazarimda, Odiljon aka haqidagi xotiralarimni öğliga aytganlarim ham bir savob işdek tuyuldi…

— Bu hududda katta qurilişlar ketayotganga öxşaydi, — deya uni suhbatga çorladim.

— Ha, uşbu kompleks qurilişiga uç million dollar sarflanadi, — dedi Jasurbek Abduraimov. — Loyihaning dastlabki bosqiçi işga tuşgaç 200 ta yangi iş örni yaratiladi.

Tumanda zamonaviy töqimaçilik korxonalari soni yil sayin ortib bormoqda. Masalan, Sarnovul mahallasida “Tetratex” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan töqimaçilik korxonasi barpo etilib, unga ip yigiruv dastgohlari örnatilmoqda. Loyihaning birinçi bosqiçi işga tuşirilgaç, bir yarim mingta iş örni yaratiladi. Natijada korxonada mahalliy xomaşyo çuqur qayta işlanib, yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyiladi. Loyiha töliq quvvat bilan işga tuşirilgaç, 6 mingga yaqin yangi iş örni yaratiladi.

“Sarnovul” mahalla fuqarolar yiğini hududi sanoat zonasiga aylanayotir. Uşbu hududda “Çinobod real biznes” masʼuliyati çeklangan jamiyatida tuxum yönalişidagi parranda boqiş majmuasida ayni paytda 53 nafar işçi mehnat qilayotir. Korxona tomonidan yangi loyiha asosida intensiv usulda baliq yetiştirişga möljallangan suv havzalari taşkil etilmoqda. Mazkur loyiha şu kunlarda işga tuşgaç, 20 ta yangi iş örni yaratiladi.

Hokimning taklifi bilan Xalq deputatlari tuman kengaşi raisi Şoyad Sattorov, hokimning matbuot kotibi Muzaffar Karimov hamrohligida Çinobod mahallasida faoliyat yuritayotgan “Xolid Sayfulloh tekstil” masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanişdik. Uşbu korxonada trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş yölga qöyilgan bölib, ayni paytda 60 kişi mehnat qilmoqda. Korxona masʼullari bergan maʼlumotga köra, yana qöşimça 40 ta işçi örni yaratiladi.

Çinoboddagi sport anjomlari işlab çiqariladigan “LB Sport” masʼuliyati çeklangan jamiyatidamiz. U yerda oltmiş nafar işçi mehnat qilmoqda. Jamiyat tomonidan Sarnovul mahallasida sport buyumlari işlab çiqariş zavodi qurilmoqda. Quriliş işlariga oltmiş nafar quruvçi jalb etilgan bölib, loyiha işga tuşirilişi natijasida qöşimça 200 ta işçi örni yaratiladi. Korxona faoliyati bilan tanişar ekanman, bundan öttiz uç yil avvalgi voqealar yodimga tuşdi.

Baliqçida azal-azaldan sport buyumlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalar köp. Çinoboddagi şunday korxonaga adabiyotni jonu dili deb biladigan rahmatli Ubaydullo aka Toşboyev rahbarlik qilardi. Uni Qöçqorboy aka ham deb atardik. Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf bilan bir neça marta Qöçqorboy akaning taklifiga köra Çinobodda bölganmiz. U paytlari hamma narsa pul bilan ölçanmaydigan ajoyib davrlar edi. Taniqli xonandalar Oxunjon Madaliyev, Ğiyos Boytoyevlar Muhammad Yusufning taklifi bilan bir neça bor katta öyingohda beminnat konsert qöyib berişgandi. Şoir ham qayta-qayta olqişlar qurşovida şeʼrlar öqigandi. Hamrohlarimga şu haqdagi xotiralarimni gapirib berdim. Ular ham Baliqçi farzandi Qöçqorboy akaning insoniylik fazilatlarini bir-bir eslaşdi…

Olingan maʼlumotlarga köra, tumandagi Sirmoq mahallasida “Milliy tex” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişga möljallangan korxona qurilişi şu kunlarda yakunlanar ekan. Loyiha qiymati uç million dollarlik uşbu korxona töliq işga tuşgaç, 150 ta iş örni yaratiladi.

Bunyod etilayotgan sanoat korxonalarining miqyoslari hayratlantiradi. Tuman hokimining aytganlari yodimga tuşdi. “2020 yilda tuman yalpi mahsulot işlab çiqarişda sanoat uluşi 300 milliard sömni taşkil etgan bölsa, 2025 yil yakuniga köra bu körsatkiç 4 trillion sömga yetdi”. Bu ösiş ön ikki martadan ortiq deganidir. Uşbu raqamlar zamirida minglab işçi örinlar, minglab taqdirlar yotibdi. Albatta, mahalliy aholini uzluksiz iş bilan taʼminlaşda sanoat korxonalarining örni beqiyos.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga qaraganda, Baliqçi tumanining qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişda ham öz örni va mavqei borligiga amin böldik. Keyingi yillarda paxta, ğalla yetiştirişda ilmiy asoslangan holda xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori natijalarga erişilmoqda. Ötgan yili 55,1 ming tonna ğalla hosili olingan bölib, bu gektar boşiga 82,1 sentner don deganidir. 38,7 ming tonna paxta yetiştirilgan bölib, hosildorlik gektar boşiga 47,8 sentnerga yetdi. Bundan sakkiz yil avval har gektar maydondan 33 sentnerdan paxta hosili olingan bölsa, şu davrda gektar boşiga 14 sentnerdan ösişga erişilgani quvonçli. Tumanda sakkiz yildan buyon ğallaçilikda ham, paxtaçilikda ham rejalar muntazam ortiği bilan bajarilib kelinayotir. Göşt, sut, tuxum, meva, uzum, dukkakli ekinlar, kartoşka, poliz mahsulotlari yetiştiriş böyiça ham olqişga arzigulik natijalar qayd etilgan. Şu kunlarda ğalla boşoqlari böy körsatib, barakali xirmondan darak berib turibdi.

Yil sayin suvdan tejamkorlik bilan foydalaniş dolzarb vazifaga aylanib borayotir. Ötgan yili 500 gektar paxta maydonlarida tomçilatib suğoriş, 310 gektar ğalla maydonida yomğirlatib suğoriş texnologiyalari joriy qilindi. Suvni tejaş maqsadida 36,4 kilometr içki ariqlar, 7,2 kilometr xöjaliklararo kanallar betonlaştirildi. Yaşil energiyaga eʼtibor ham kuçaymoqda. Tumandagi 28 ta fermer xöjaliklarining nasos stansiyalariga quyoş panellari örnatildi.

Hamrohlarim taklifi bilan “Jasorat” mahalla fuqarolar yiğinidagi H.Ergaşeva köçasining 86-xonadonida böldik. Xonadon sohibi Möysinjon aka Rasulovning nomi işbilarmonlik bilan nafaqat tumanda, balki viloyatda ham oğizga tuşgan ekan. Möysin Rasulov oliy maʼlumotli quruvçi bölsa-da, tomorqa şaydosi ekan. Darvozasidan kirişingiz bilan issiqxonaga közingiz tuşadi.

— Beş sotix maydondagi issiqxonada 60 tup “Toshkent meyer” navli limon parvariş qilaman, — dedi Möysinjon aka. — Ellik tup limon orasida bir tup mandarin ekilib parvariş qilinsa, çanglatiş tufayli limonning rangi çiroyli böladi. Şuning uçun issiqxonamda ikki tup mandarin, ikki tup apelsin ekkanman. Ötgan yil tört yarim tonna limon yetiştirdik. Haqiqiy dehqon bir qariç yerdan ham unumli foydalanadi, — deya u suhbatni davom ettirdi. — Tomorqamizda uç turdagi uzumdan yaxşigina daromad olamiz. Köçamizdagi ariq böyiga Namanganning Töraqörğonidan uzumning danaksiz “Rizamat ota” navli 15 tup köçatini olib kelib ekdim. Bu nav hosildorligi yuqori, sovuqqa çidamli ekan. Limon va uzum köçatlarini yetiştirib sotamiz. 20 ta yaşikda 40 ta oila asalari boqamiz.

— Kelin yangamizning yutuqlari haqida ham gapirib bering, — deya suhbatga qör taşladi hamrohim Şoyad Sattorov.

— Turmuş örtoğim Zarifaxon Tojiboyeva biologiya fanidan öqituvçilik qilib pensiyaga çiqqan, — dedi Möysinjon aka. — Uç farzandimiz ham oliy maʼlumotli. Uyimiz kitob javonida 300 dan ortiq eng sara adabiyot namunalari bor. Olti nafar nevaramiz bir-biridan özaman deydi. Yaqinda “Ibratli oila” körik tanlovi viloyat bosqiçi ğolibi böldik. Uyimiz gullar bilan fayzli. Yetti gözal gulini bilasizmi? — deb Möysinjon aka qator gullarga işora qildi. — Bir tupi yetti xil oçiladi. Qorning tagida qolsa, keyin gullaydi. Yuz tupdan ortiq atirgulning sara navlarini parvariş qilamiz. Bolgarlarda bir hikmat bor ekan: “Uyingda yigirma tup atirgul bölsa, yurak kasaliga yöliqmaysan”. Hayotimda kördim. Gul içida ösgan inson soğlom va didi baland bölar ekan.

Töğrisi, bu fayzli xonadondan quşdek yengil bölib çiqdim. Ayniqsa, yuzidan samimiyat balqib turgan bu nuroniyning uşbu hikmatli sözi yodimda qoldi: “Mehnat ham ibodatdek savobli maşğulot”.

Hamrohlarim matbuot xodimlarini eʼzozlaydigan, kitobga, gazetaga mehri baland insonlar ekan. Bugungi kunda şunday ziyoli kişilar bilan hamroh böliş ham omaddek gap.

Maqolam boşida nomi tilga olgan Odiljon aka Abduraimovni yaqindan biladigan biror nuroniy bilan uçraştirişni hamrohlarimdan iltimos qildim.

— Alçazor mahallasida Ismonali Hojimatov degan ijodkor bor, qönğiroq qilamiz, — dedi Muzaffar Karimov.

Işning yurişganini qarang, Ismonali aka şu atrofdagi yonilği quyiş şoxobçasida ekan. Muddaomizni eşitgaç, xursand böldi.

— Odil aka Abduraimov rahmatli ustozim böladi, — deya xotirladi u. — Madaniyatli, har bir işni öz vaqtida bajaradigan, kiçik köngil, kamtarin inson edi. Doimo birovlarga yaxşilik qiliş niyati bilan yurardi. Halol yaşaşni afzal biladigan inson edi. Saxovatpeşaligi, kamtarligi, har bir işga talabçanligi, tuman hayotini yaxşi bilişi farzandlariga ham ötgan.

Meni eng avvalo Baliqçiga özidan yaxşi nom qoldirib ötgan Odiljon aka Abduraimov yodi yetaklab borgan bölsa, u göşadagi ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlar bilan tanişib, bir olam taassurotlar bilan qaytdim.

Qolaversa, ana şu insonning farzandi Jasurbek Abdiraimov uşbu tuman rahbari ekanligi, undan tuman ahli mamnun bölib gapirganlari, bugungi Baliqçida röyobga çiqarilayotgan islohotlarning avji baland ekanligi mamnun etdi.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan