Suyansa odamga suyansin ayol

Nargiza ASADOVA

Muallif haqida:

Nargiza Asadova 1984 yil Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani Gul qişloğida tuğilgan. Toşkent davlat madaniyat instituti, Özbekiston Milliy universiteti qoşidagi Oliy adabiyot kursi hamda Turkiyadagi “Anadolu” universitetining turk tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.

Muallifning “Işq ostonasi”, “Yuragimning sarhadlari”, “Nastarin”, “Atalgan kunlar” va “Müjde” (Turkiya), “Helva” (Turkiya), “Sabah çizgileri” (Turkiya), “Uzoqlarga ketma” nomli şeʼriy, nasriy va tarjima kitoblari naşr etilgan.

Bugungi kunda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida mehnat qiladi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Xayolimda IKKI KIŞI. Bir-biridan suyuk, fariştali.  

Momo Havvo şamol va böronlardan pana bölib boryapti. Dovul tinib, quyoş nurlari tevarakni ilitib-isitib borarkan, tiyrak nigohlari bilan u özidan bir qadam oldinda ketayotgan Odam Atoning soyasiga mehr bilan boqadi. Soya-da viqorli, taftli… Odam Ato yagona hamrohini issiq-sovuqdan asrab, olis yölga ravona bölişgan…

Öşandan buyon asrlar vaqt şamoliga çap berib ötib borayotir. Şundan beri ona Yer ne-ne talotöplarga guvoh böldi. “Men Havvoman!” degiç ayolning quçoği dasta gullarga qançalik tölgan bölsa, közyoşlariga şu qadar ğarq böldi u. Insoniyat yaralibdiki, Qobil va Hobillarning keçmişidan ONA hali-hamon alağda, diltang. Zaminni uruş maydoniga aylantirayotgan odam bolasi hali ham dunyoning mohiyatini, ezgulikning, hayot otliq neʼmatning qadriga yetganiça yöq.

Xayolimdagi titroqlarni yiğib, kitobni sumkamga joyladim-u, köçaga çiqdim. Yöl-yölakay asarda uçratgan ayollar köz oldimda jonlanadi. Ular uruşning qahramon ayollari. Maşhur belarus yozuvçisi, Nobel mukofoti sohibasi Svetlana Aleksiyeviç “Uruşning ayoldan yiroq qiyofasi” kitobini saranjomlayotgan vaqtda köpgina Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari bölmiş ayollar bilan suhbatlaşgan, dardlaşgan. Ularning şu kunga qadar parda ortida bölgan iztiroblarga, xörliklarga qorişiq kunlarini röyirost körsatib bergan. Har bir xotirada hayotning siniq lavhalari mujassam. Bu xotiralarni öqiş muşkul, qon hidi anqiyotgan, çang-tözon kötarilgan, közlarida tubsiz soğinç qotib qolgan murdalarni “köriş” azob. Biroq uruşdek vahşatda ham ezgulik topa bilgan, yoruğ tuşlar köra olgan inson bor ekan, bu yozuğni öqiş maroqli.

* * *

Meni örab turgan kentning har bir burçida tinçlikning sasi, kulgilari eşitiladi. Zaminda bahorning sönggi kunlari keçadi. Quşlar çarx urib, tumşuğidagi yemişni polaponiga yetkaziş payida. Şu onda qirğinbarot pallalarda tabiatning bu jonsarak jonzotlarining holi nima keçgan ekan-a, deb öylab qolaman.

“Keç kuzda quşlar uçib ketyapti… uzundan-uzun quşlar galasi. Nemis va bizning artilleriya öq uzmoqda, ular esa uçib ketişyapti. Ularga qanday aytasan, qanday ogohlantirasan? “Bu yerdan uçmang! Bu yerda otişma bölyapti!” deysanmi? Qanday aytasan? Quşlar bir-bir yerga qulaydi…”. Men bölsa yon daftarimning bir çetiga “Osuda yurtning osmoniga qarğalar ham yaraşadi”, deb yozib qöygan edim. Çindan ham yaraşadi. Tinçlikda hamma narsa köhlik.  Qaldirğoçlar erkin parvoz qilayotgan kökka jimgina termilaman. Ular hademay janub tomon uçib ketişadi, ammo qaytiş uçun ketişadi. Çunki tinç bu maskanda ular uçun halovat bor.

* * *

Ilgari şu haqdagi filmlarni körsam, uruşda şafqatdan bölak barça narsa mujassam, deb öylardim.  Yanglişgan ekanman.

“Mening palatamda ikki kişi yotardi… Bittasi nemis, ikkinçisi badani kuygan özimizning tankçi. Ularning oldiga kirdim.

– Ahvolingiz qalay?

– Men yaxşiman, – deb javob berdi bizning tankçi. – Buning ahvoli çatoq.

– Axir u faşist-ku…

– Yöq, men yaxşiman, uning ahvoli yomon.

Ular ortiq duşman emas, endi ular odamlar, şunçaki birga yotgan ikki yarador”.

* * *

Poytaxt köçalari böylab kezarkanman, uruş vaqtida ön törtta yetim bolani asrab olgan Şomahmudovlar oilasi şarafiga qöyilgan haykallar yonidan çiqaman. Norasidalarga ota-ona bölgan bu insonlar millatimizning daryodil ekanligini yana bir bor dunyoga körsatib qöyganligini, mehr va oqibat millat va çegara bilmas tuşunçalar ekanligini his etaman.

“Bu Berlinda bölgan voqea… Şunday bir holatga duç kelganman: köçada ketayotsam, oldimdan avtomatini kötarib bir bola yugurib çiqdi – uruşning oxirgi kunlari edi. Sönggi kunlar. Qölida avtomat. Tayyor turibdi. U menga qarab, közlarini pirpiratib, yiğlab yubordi. Özimga işonmayman – men ham yiğlab yubordim…”

“Har bir bolaning yelkasiga non uçun xalta osilgan, beliga şörva va ikkinçi ovqat – bötqa, nöxat uçun idişça qistirilgan. Ularning qornini töydirardik, davolardik. Hatto boşlarini silardik… Birinçi marta silaganimda… qörqib ketdim… Men-a? Men! Nemis bolasining boşini silasam…”

* * *

Bugun şaharni piyoda kezgim keldi. Maşinada yon-veringga qaray olmaysan. Çunki baʼzan faqat yölga qaraş odamni toliqtiradi. Sayrning esa gaşti bölak. Ayniqsa, xayolingda hali-hamon uruşning dahşatlari aks etgan kitob turgan paytda. Soliştiriş, taqqoslaş va eng muhimi, şukur qiliş uçun. Köz öngimda tökin va farovon hayotidan masrur yurtdoşlarimning yorqin çehralari fotolavha yangliğ muhrlanib qoladi.

Bağriga kitoblarni bosgança, uzun, yoyiq soçlarini şamolga berib, baland zinadan ohudek sakrab tuşayotgan talaba qizning porloq, çiroyli közlari… Bekatda ötirib, gapdan böşamay, bir gapirib, ön kulayotgan onaxonlar… Onasining quçoğidan tuşib, oq kapalak ortidan hayrat bilan boqib qolgan marvarid nigohli qizaloq. Ular tarixga evrilayotgan bugunning baxtiyor tasviri. Yölda gul dökoniga kirdim. Negadir özim uçun gul sotib olgim keldi. Oq sariq, puşti, havorang va qizil gullar… Gullar ham tinçlikni sevişadi, behadik töp-töp bölib oçilaverişadi.

“Dala gullarini körsam – uruşni eslayman. Uruşda biz gul uzmasdik. Guldasta tersak ham, faqat kimnidir kömayotganda… xayrlaşiş uçun terardik…”

Xayolimdagini sezdirmay, gulçi ayolni kuzataman. U gullarni saralab menga uzatarkan, öz işini juda yaxşi körişini, gullarning ham tili, yuragi borligini aytadi. Ayolning atrofida esa asalarilar. Gözal manzara. Sotuvçi arilarga parvo qilmaydi, aksinça, ularning bol yiğişini zavq, sabr bilan kuzatadi…

* * *

“Frontda Geyne şeʼrlarini qayta öqiy olişimga sira işonmasdim. Sevimli adibim – Gyoteni qölga olmasam kerak deb öylardim”.

Men esa yöl böyi Baxni, Motsartni, “Çöli iroq”ni, “Munojot”ni  tingladim. Kuylar insoniyatni faqat ezgulik birlaştira olişini, ohang va adabiyotgina odamzodga baxt keltirişini, muhabbat çegara bilmasligini, zamon tanlamasligini taʼkidlaşdi.

Ayni daqiqalarda ham ona zaminning qay yerlarida uruş olovi öçmagan. Hozir ham onalarning bağridan gödaklari yulib olinyapti. Bolalarning qöllariga qurol berib, ota uyini öqqa tuttirişyapti. Şunday kezlarda Vatanimizdagi har bir çiroği yoniq xonadondagilar otayotgan musaffo tongga, xotirjamlik bilan botayotgan kunga şukur qilişmoqda. Beşikda pişillab uxlayotgan gödak haqqi ONAlar qölini duoga oçib, yurtga omonlik, olamga tinçlik söraşmoqda. Eşikdan rizq-nasiba kötarib kirib kelayotgan OTAlarga sihat, iymoni butunlik tilaşmoqda.

* * *

Xayolimda yana IKKI KIŞI. Momo Havvo Hazrati Odamga suyanib boradi. Undan najot kutadi. Ana şu najot, mehri va şafqati bilan Odam Havvoga suyukli. Ötda ham, suvda ham, hayot va mamotda ham…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan