Yuragida olovli muhabbat bilan
Özbek adabiyotida şoira Raʼno Uzoqova adabiy merosi çuqur örganilişi kerak
Raʼno Uzoqova XX asr özbek adiblarining biri sifatida alohida eʼzozga loyiq. Mardikorlikka qarşi kuraş keskinlaşgan bir davrda dunyoga kelgan Raʼnoning uç yoşida yetim qolgani va şu bois Termiz temir yöl işçisi Maryam Badriddinova tarbiyasini olgani haqida köp yozilgan. Badriddinova sakkiz yoşga kirgan Raʼnoni internatga öqişga berdi. Şoira keyinroq “Öz ötmişimga öxşatma” degan bir şeʼrida qisman öz tarjimai holini yozgan.
Raʼno internatda yaxşi öqiydi. 1927 yildan to 1931 yilgaça Termiz taʼlim-tarbiya texnikumida taʼlim oladi. Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan Raʼno bir neça yil örta maktabda öqituvçilik qiladi.
Ammo uning yuragida adabiyotga, şeʼriyatga jöşqin muhabbat bor edi. Bu tuyğu unga orom bermas, samoviy yuksaklarga çorlardi. Şu tariqa şeʼr tuğilardi.
Hayotimning naşidasidir
Sen-la keçgan damlarim.
Fasllarim kulgan bahor,
Gullari — misralarim!
Bu damlardan u tamomila rozi edi. Bu damlar baxti kulgan qizning baloğat davridagi romantik hissiyotlarga töla damlari edi. Gul ham, maysa ham köziga yaşnoq, gözal körinadi.
Vatanga sadoqatini u çinakam farzandlik tuyğusi bilan izhor etadi. Keyinçalik şoira “Buxoro haqiqati”, söng “Lenin yöli” (hozirgi “Zarafşon”) gazetalarida işlaydi. Bu davrda asarlari matbuot yuzini köradi. Şoira sifatida tanila boşlaydi. 1944 yilda esa u sobiq ittifoq Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilinadi.
Raʼno Uzoqova öz kasbini ğoyat sevişdan taşqari, faol jamoatçi adiba edi. 1942 yili özbek xalqi nomidan Leningrad mudofaaçilariga 1 may sovğasi olib borganlar orasida u ham bor edi. Tiş-tirnoğigaça qurollanib olgan manfur yov bilan vatandoşlarining yuzma-yuz olişayotgani şoiraga yangi ruh, yangi mavzu beradi.
Raʼno Uzoqova kuç va quvvatga, ğayrat-ehtirosga tölgan ayni baloğat yoşi — 31 yoşida yurak xastaligidan Samarqand şahrida vafot etadi.
Şu kungaça şoiraning uçta kitobi yetib keldi. Ulardan birini şoiraning özi tuzib, naşr etişga muvaffaq bölgan. Ikkinçi va uçinçilari adabiyotimiz jonkuyari Zulfiya hamda Duşan Fayziyning taşabbusi bilan naşr etilgan. Şu asarlarning öziyoq şoiraning barakali ijodidan dalolat beradi.
Ammo şoiraning ijodi ardoqli adiblar Şarof Raşidov, Nasrullo Oxundiy, Duşan Fayziy, Normurod Fayzullayevlarning maqolalarini hisobga olmaganda, kam örganilgan, ilmiy tadqiq qilinmagan. Negadir şu vaqtgaça adabiyotşunos olimlarning eʼtibori u qadar Raʼno Uzoqova ijodiga qaratilmayotir. Holbuki, şoiraning çuqur mazmunli, badiiy jihatdan baquvvat, yuksak insoniylik tuyğusi bilan suğorilgan şeʼrlari alohida örganişga arziydi.
* * *
Köz öngimdan adibamizning hayot yöli ötadi. Raʼno Uzoqova 30-yillarda Oqqörğon qişloğida 7 oy öqituvçi va qişloq Sovetining sekretari bölib işlagaç, rayon teatriga işga ötadi. 1936 yilning avgustidan boşlab Qiziltepa rayon teatrida işladi. Agar Raʼno Uzoqova maşhur şoira bölmaganida, taniqli aktrisa bölişi ham mumkin edi.
Raʼno Uzoqova sahnada uzoq vaqt işlagani bois bir talay sahna asarlari ham yaratdi. Şulardan biri — “Uçraşuv” edi.
Mazkur asar respublikada xizmat körsatgan artist Asror Jörayev bilan hamkorlikda yozilgan. Qatnaşuvçilar yoş saylovçi, uçastka saylov komissiyasi raisi Burhonov, mahalla qorovuli Hoji qiziq, masʼul xizmatçi Mirza Ölmas, deputatlikka nomzod Usmonov, Odil qora, Karim budur, Omon puçuq, saylovçilar, musiqaçilar va artistlardan iborat edi.
Asar ruhiga öşa davr saylov tizimi, bu tantanani ötkazişga ommaning qizğin tayyorgarligi, deputatlikka nomzod bilan uçraşuvi xalq sayliga aylanib, singdirib yuborilgan. Personaj va obrazlarning tili, xarakteri öziga xos.
Anzirat obrazida köproq adibaning özini köramiz. Bu obraz uning biografiyasini yanada boyitgan, desak, xato bölmas. Bu hol uning hikoyalarida ham uçraydi.
Adiba qalamiga mansub “Quvonç”, “Raşk”, “Tabassum”, “Qiymat”, “Issiq-sovuq”, “Öğirlangan baxt”, “Zafarning hukmi” hikoyalarida hayotda bölib ötgan biron voqea yoki biror odam taqdiri qalamga olinadi.
“Raşk” hikoyasining qahramoni Alekseyev — parovoz maşinisti. U Vatan mudofaasiga qurol-yaroğ yetkazib beriş bilan band. Ammo bekorçilikdan injiq bölib qolgan xotini Nataşa bölar-bölmasga xarxaşa qilaveradi. Alekseyev uni mehnat jabhasiga tortdi. Şogirdi Zuhrani maşinist yordamçiligidan sanatoriya poyezd maşinisti darajasiga yetkazdi. Nataşa erini qattiq sevadi, işdan qaytişini hamişa intizorlik bilan kutadi. Boşqalardan raşk qiladi… Xususan, Zuhradan qizğanadi. Ammo uning raşki behuda ekanligi bir tasodif tufayli oçiladi.
“Zafarning hukmi” hikoyasi öquvçini hayajonga soladi. Registondagi kiçik istirohat boğida onasi bilan sayr qilayotgan bola qarşisidan çiqqan harbiy kişini körib: “Dada, dada! Oyi, ana dadam!” degança talpinadi. Yoş juvon xijolatdan uyalib, bolani boşqa tomonga yetaklamoqçi böladi. Ammo bola “dada, özimning dadam!” degança harbiyning bağriga otiladi. Harbiy uni dast kötarib erkalay boşlaydi. Bola undan ajralmaydi. Jangçi Hasan ularni kuzatib qöyişga majbur böladi. Uyga kiradilar. Maʼlum bölişiça, Zafarning dadasi Hasanga juda-juda öxşar ekan (buni karavot tepasidagi öziga tik qarab turgan marhum jangçining portretini körib, anglaydi Hasan). Zafar hanuz közlarini yigitning böynidan olmas, xuddi uni taşlab, hozir çiqib ketişini bilgandek yuzlariga javdirab tikiladi.
Hasan Samarqandda ança turib qoladi. Har kuni oqşom kezlari Zafar uni toqatsiz kutib olar, ketayotganda esa şirin uyquda bölar, ular bir-birlariga örganib qolişgandi. Zafar Habibaxon va Hasanning qovuşib ketişlariga sabab böldi.
Raʼno Uzoqovaning nasriy asarlari orasida “Uylagan baxt” yanada xarakterlidir. Hikoyaning syujeti adibaning Kislovodsk kurortlaridan biridagi taassuroti sifatida dunyoga kelgan.
* * *
Raʼno Uzoqovaning dostonlari alohida örganişga, tadqiq qilişga arziydi. Bu dostonlarda ajoyib aniq voqealar öziga xos uslubda, ravon misralarda şunday öynoqi, jozibador, şavqli, dardli ohanglarda quyilib keladiki, kişi uning asiri bölib qoladi.
Adiba yoş bölişiga qaramay, katta hayot yölini, girdobli, töğonsiz söqmoqlarni bosib ötganidanmi, uning umr daftari aniq voqealarga şu qadar boyki, ularni maqola, lavha, oçerk, hikoyalarda aytib ulgurolmadi çoği, bir qismini dostonlariga olib ötibdi, qöşiq tarzida kuylabdi.
Qölimizda şoiraning beş dostoni: “Malohat”, “Ğalaba”, “Sarqiz” (biz uni şunday deb ataymiz), “Gulandom”, “Makr va muhabbat” asarlari bor.
“Gulandom”dan boşqa bironta dostoni haligaça eʼlon qilinmagan, biror adabiyotşunos olimning eʼtiboriga ham tuşmagan. Bizningça, bunga sabab şu bölsa kerak: şoir hayotidagi şörlaniş va “Gulandom” dostonidan ayrim parçalarning kitob şaklida keltirib ötişi mumkin bölgan hamma asarlari, şular qatorida doston ham uning arxivida qolib ketdi.
Dostonlar haqidagi bahsimizni “Sarvqad”dan boşlasak. Bu adibaning dastlabki asarlaridan biri edi. Dostonda amirlik tuzumi, qaşşoqlik, işsizlik, çöpon Dulaning boylar xonadonidagi hasratli keçmişi, “Çöpon qiz” Sarvqadning orzu-armonlari hikoya qilinadi.
Qora soçim ösib qoşimga tuşdi,
Ne savdolar mening boşimga tuşdi, —
kabi Sarvqadning mungli nadomatlari orqali qizning çigal hayot yöli ifodalanadi.
Adiba yangi epizodlarni, xususan, Ikkinçi jahon uruşi qahramonliklarini liro-epik asarlariga olib kiradi. Bu jihatdan şoiraning “Malohat” asari ahamiyatlidir.
Şunday kişilar bor: ular ham sevmoqçi, ham sevilmoqçi böladilar. Sevgining tantanasini qilişni istaydilar. Ular ham osoyişta turmuş, pok muhabbat lazzatini totişni istaydilar. Ammo hayot ularning taqdirini boşqa izga solib yuboradi. Ikki hayot töqnaşuvi tufayli ular bunday lazzatni tark etib, ijtimoiy burç tufayli boşqaça odamga aylanadilar.
Şoira “Makr va muhabbat” dostonida topilmalarning bir afsonasi, yaʼni bir sevgi fojiasini qalamga olsa, “Gulandom”da yana Ikkinçi jahon uruşi mavzusiga murojaat qiladi.
Men bu dostonlarni qöşiqqa öxşatgim keladi. Çin sevgi, sadoqat, Vatanga muhabbat haqidagi bu ölmas qöşiqlar hamon baland avjda yangramoqda.
Keling, şu kitobga kirgan baʼzi şeʼrlar bilan tanişaylik:
Gul Vatanning mohir qizlari,
Ozod elning körar közlari.
Ona Vatan çorladi bugun,
Bahodirlar safiga kiring,
Mardlik bilan mardona yuring! —
kabi çaqiriqlar uruş kunlari uçun suv va havoday zarur edi. Şoira bu dolzarb mavzuda izçil ijod qildi. Elning yuragidagi dardini şeʼrga soldi.
Jangçilarga bölaylik hamdam,
Yarasiga qöyaylik malham,
Onalardek mehribon, mehram,
Hamşiralar, tez safga kiring,
Şirinsözlar, mardona yuring!
“Mardona yuring!” töplamiga yigirma bitta şeʼr kiritilgan. Ularning hammasi bir mavzuga — Vatan mudofaasiga bağişlangan.
Hamişa yovuzlik zulmatni kesgandek, ezgulik yovuzlikni yenggandek, faşizm balosiga qarşi kuraşda — şoira “Mardona yuring!” deb xitob qiladi.
Ming afsuski, uluğ şoira Raʼno Uzoqova hayotligida asarlarining mukammal naşrini körolmadi. Bu böşliqni adabiyotşunoslar, Raʼno Uzoqova ijodining sadoqatli muxlislari töldirmoqdalar. Bugungi kunda Termiz, Samarqand, Urgut, Jarqörğon va Denovda qator madaniy-oqartuv muassasalari, öquv yurtlari, maktablar, köçalar Raʼno Uzoqova nomi bilan yuritiladi.
Raʼno Uzoqova jöşqin ilhomi, haroratli ijod olami bilan hamişa adabiyot gulşanida barhayotdir.
Toştemir TURDIYEV,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi,
Denov tuman maʼnaviyat va maʼrifat
bölimi rahbari.
