Gul ifori

Yuragini bosib yotgan toşlar oğirlaşganday noxuş alpozda ketib borarkan, uyi tomon yönalgan yöl kun sayin uzayib borayotganday tuyuldi. Yöq, oraliq masofa uzaymagan, qadam taşlaşi ham öşa-öşa bir tekis; hamma gap huvullab yotgan yuragida. Köngil darçalari taqataq berkki, bir otim nurning yuragiga sizib kirişiga izn bermaydi. Izn berganida edi, avvali va keyini tutaşgan yölda hozir şamolday yelib borayotgan bölarmidi? Qarşisida muallaq qolgan nurni na qonib sipqoradi, na undan keskin yuz burib ketadi. Körib körmaslikka oladiki, oxir-oqibatda özi parçalanib ketsa-yu, vijdon oldida hisob berişdek oğir sinovdan uni xalos etsa!

“Amakijon, gul oling”, degan qönğiroqday ovoz xayolini tözğitib yubordi. Xuşlamayroq ovoz kelgan yoqqa ögirilgandi: qirmizi köylakli, löppi yuzli, tiyrak közli, yoqimtoygina qizaloq: “Amakijon, kelinoyim uçun gul oling”, — deb bir dona atirgul uzatdi. Kerak emas, deyişga taraddudlangan ham edi, gul sotaverib, gapga usta bölib ketgan qizaloq eʼtirozga imkon qoldirmadi. Oqibatda qanday qilib qip-qizil atirgullarni savati bilan sotib olganini bilmay qoldi. Uni atirgullar umuman qiziqtirmas edi; uzun kipriklari pirillab turgan biyron qizaloq xayolida yaşayotgan qizaloğiga juda öxşagani uçunmi, şunçaki beparvo ötib ketişga köngli bölmadi.

Yarimlab qolgan yölida davom etarkan, şu yoşida ön sakkiz yaşar yigitçaday gul kötarib yurgani eriş tuyuldi. Qölidagini muyulişdagi daraxt ostiga taşlab ketişni möljallab borarkan, dimoğiga urilayotgan taniş hiddan köngli ajabtovur bölib ketdi.

Har kuni işdan kelib, qönğiroqni bosganida, eşik zulfini tuşirilişi bilanoq, mana şu ifor uni qarşilaydi. Ajabki, şu paytgaça bu iforning qançalar xuşböyligiga ahamiyat bermagan ekan. Aksinça, boşdan-oxir jismiga singib ketmoqçi bölgan iforga qançalar eʼtiborsiz bölsa, egasining mayin tabassumini ham xuddi şunday javobsiz qoldirib, özini içkariga olardi.

U avvallari bunaqa loqayd emasdi, qaçon bunçalar tundlaşganini özi ham bilmaydi. Oxirgi yillardagi yuriş-turişini xayol çiğiriğidan ötkazarkan, kun sayin qörslik qobiğiga öralib, bir muştipar ayolga nohaqlik qilayotganini iç-içidan his qildi; loqaydligidan yuragi zil ketdi.

Bir vaqtlar borini berib sevgan ayoli hozir bu gullarga arzimaydimi? Yöq, arziydi, ming çandon arziydi! Ammo tomdan taraşa tuşganday, gulni nima deb olib boradi: eriş tuyulmasmikan? Yöq, ayoli juda farosatli, quyoş qayerdan çiqdi, deb uni önğaysiz ahvolga tuşirmaydi. Qörsligiga tabassum bilan sabr qilgani kabi buni ham sözsiz mamnuniyat bilan qarşilaydi.

Qiziq, uni qançalar xuşhol qarşilamasin, ayolining közlari qandaydir maʼyus; mayin tabassumlari ortida ne dardlar yaşiringan ekan? Afsuski, bugungaça bunga qiziqiş nari tursin, ayolining könglida toğdan ulkan dardlar bölişi mumkinligini öylab ham körmagandi. U jimjitlik girdobida muallaq qolganini hayotning öziga nisbatan zolimligi deb bilardi. Aslida, atrofida girdikapalak ayolining tirnoqqa zorligi kamday, mehrga taşna könglini beparvolik daştida adaştirgan özi zolimmi? Yo asliyatiga közgu tutayotgan hayot zolimmi? Bu söroqlarning javoblariga iqror bölişga tayyormi hozir? Tan oliş şunçalar oğirki, haqiqatning körinmas qöllari yuragini ğijimlab taşladi.

Közlab kelayotgan muyulişidan ötib borarkan, bir lahza bölsin, atirgullarni taşlab ketişga taraddudlanmadi. Sal avval könglidan ötgan iqrorlaridan entikişi asnosida yuragida yilt etgan nur uni allaneçuk dadillantirdi. Odimlari tezlaşib, zinapoyalarning ikkitasini bir qilib, yuqoriga kötarildi.

Eşik qönğiroğini har qança çalmasin, içkaridan peşvoz çiquvçi bölmadi. Bu noodatiy jimlikdan betoqatlanib taqillatgandi, eşik qulflanmagan ekan, qöli tegişi bilan içkariga oçildi. Avval dahlizga, undan ötib oşxonaga, söng huvullab yotgan xonalarga bir-bir boş suqdi.

Uyning kimsasizligini körib, yuragi intiqişi barobarida allaneçuk sarosimalandi. Şalviragan köyi oşxonaga qaytib kirganida, deraza röparasidagi stolga qarab, battar taajjubi oşdi. Möʼjazgina dasturxonda har kungiday keçki tanovul hozirlangan, ammo stol atrofiga bor-yöği bitta örindiq qöyilgandi. Buning boisini tuşunolmay, öylagani sari öylari tutqiç bermay yoyilib, adoqsiz savollar yuragini parmaladi. Xayolidagi alğov-dalğovlar orasida ayolining ertalabki qiyofasi yuzaga qalqdi.

Ertalab işga ketayotganida köçaga dovur ortidan kuzatib çiqdi. Tabiiyki, doimgiday jimgina, ammo lablari qimtilgan tuşuniksiz bir alpozda. Ortidan nega ergaşganini söraş nari tursin, mijjasidagi bir tomçi yoşni körib körmaslikka oldi. Bu ham mayli, nimadir deyişga oğiz juftlaganida qadamlarini tezlatgandi. Nonuşta paytida ham köp bor taraddudlangani, lekin oğir yutiniş bilan kifoyalangani hozir köz oldidan ötdi. Qiziq, şunçalar qiynalib nima demoqçi bölgan ekan, nima demoqçi bölganini endi qanday biladi? Umrini öziga bağişlagan insonga nisbatan ham şunçalar beparvo böliş mumkinmi? Şörpeşona ayolning gunohi nima edi? Uyining huvullab yotişiga u aybdor emas-ku. Hammasi uning qölida bölganida, hozir şu alpozga tuşarmidi? Yillarki tört devor içida şöppayib, yoqasiga yopişgan jimjitlik bilan kuraşda baxtiqaro ayol yuragining tilinmagan joyi qolganmikan?

Qaniydi, bu söroqlarga beriladigan javob ortidan keladigan oğriqqa barham beradigan mayin jilmayişni yana bir marta nigohi bilan sipqorsa, javoban mehr bilan tikilsa! Endi buning imkoni bormikan? Endi yillar sançgan hasrat naştarlarini parçalaşga keç qolmadimikan? Şu kunga dovur könglini örtagan jimjitlikka taqqoslaganda, hozirgi yolğizligi ulkan va ayançli körindi.

Şundoq ayançli yolğizlikda qolganiga işongisi kelmaydi, ammo hissiz qaraşlari bilan şirin söziga ilhaq muştiparni köksidan itarganida muddaosi şu emasmidi? Çarxning yugurikligini qarangki, nima tilagan bölsa, ana, hozirlab turibdi. Yana bir qadam, oxirgi qadamni taşlasa bas, stolning örindiqsiz tomonidagi likopçada qoldirilgan nikoh uzugi közga taşlanadi; boşiga adoqsiz hasrat toği qulaydi. Bir baxya qolganida, şu bir baxyaning izmini qölga olib, ohista oçilgan köça eşigining ğiçirlaşi butun diqqatini öziga tortdi. Tuyqus issiq non isiga qorişib ketgan taniş ifor dimoğiga urildi. Uyidan ketgani bilan muyulişdan nariga ötolmagan ayolining nafasi uni muqarrar yolğizlik girdobidan yulib oldi.

Sadoqat HAMRAYEVA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan