Otam avaylagan kitob

Har gal kitob javonimni oçganimda, közim birinçi bölib Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan çayon” romanining eski naşriga tuşadi-yu, ötgan asrning 60-yillari oxiridagi şu kitob bilan boğliq bir voqea yodimga keladi…

Bir umr paxta tozalaş va tayyorlaş tizimida işlab, köpçilikka boş bölib yurgan otam Eşonqul Pardaboyev garçi yilning tört faslida, keça-yu kunduz dehqonlar yetiştirgan paxta hosilini sifatli holatda korxonalarga yetkazib beriş taşvişlari bilan band bölsa-da, uyda dam olgan paytlarida kitob öqişga vaqt topar edi. Javonda muqaddas Qurʼon-u hadis kitoblaridan tortib, tarixiy asarlar, ilmiy va zamonaviy adabiyotlargaça terilgan edi. Otam ularni navbati bilan imkoni boriça öqişga harakat qilardi. (Uyimizda bobom — onamning otasi mulla Qunnazardan meros qolgan, bundan 150-200 yillar (balki, undan ham oldinroqdir) avval çop etilgan Qurʼon bölib, otam uni juda avaylab varaqlab, bizni ham yoniga çorlab, qiroat bilan mutolaa qilardi.

Esimda, javondagi kitoblar orasida Alişer Navoiy, Umar Xayyom, Mirzakalon Ismoiliy, Ğafur Ğulom, Mirtemir, Oybek, Said Ahmad, Şuhrat, Asqad Muxtor hamda boşqa yozuvçi va şoirlarning asarlari, şuningdek, Abdulla Qodiriyning romanlari ham bor edi.

Otam negadir Abdulla Qodiriyning asarlarini öqib bölganidan söng körinmas joyga — javonning orqa tokçasiga joylaştirib, oldini boşqa kitoblar bilan tösib qöyardi. Buning sababini keyinroq, biz yuqori sinflarda öqib yurganimizda aytib bergan va biz ham, albatta, ularni öqişimiz şartligini uqtirgan edi. Hamişa yaşirilgan narsa kişining eʼtiborini tortadi. Men va opalarim öşa adabiyotlarni bir neça martadan öqib çiqib, rosa taʼsirlanganmiz.

Boşlanğiç sinflarda öqib yurgan kezlarim edi. Otam va onam bir kuni qarindoşimiznikiga mehmonga ketişdi. Qaytganlarida otamning qölida qiyiqqa öralgan, jildi titilib, yozuvlari körinar-körinmas holatga kelgan bir kitob bor edi. Otam kitobning jildini qayta-qayta tekislab, varaqlari yirtilgan-yirtilmaganligini tekşirdi. Bu Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan çayon” asari edi. Opam otamdan: “Buni qayerdan oldingiz?” — deb söradi. Otam voqeani aytib berdi.

Mehmonga borgan xonadonlarida xontaxta qöyilgan bölib, uy egalari balandroq bölsin deb xontaxtaning oyoqlari tagiga törtta eski noyob kitoblarni qöyişgan ekan (bunaqa holatlarni hozir ham kitobning qadrini bilmagan ayrim oilalarda uçratiş mumkin). Otamning közi darrov ularga tuşibdi-yu, halovati buzilibdi.

— Mehmondorçilik oxirigaça fikru xayolim şu kitoblarda böldi, — dedi otam. — Uy egasidan ularni qanday qilib sörab olişni öylab ötirdim. Ketar çoğimizda mezbondan şu kitoblarni menga berişini iltimos qilgandim, u köndi va: “Mana bu kitob eskirib, varaqlari yirtilib ketgan, taşlab yubormoqçiydim, boşqalari yap-yangi, hali kerak bölib qoladi”, — deb Julqunboyning kitobini (otam Abdulla Qodiriyni taxallusi bilan, yaʼni Julqunboy deb ataşni yaxşi körardi) qölimga tutqazdi va: “Qayerdan olganingizni heç kimga aytmang, baloga qolmaylik, bu nozik kitob”, deb quloğimga şipşidi.

Otam kitobni qölidan kelganiça taʼmirlab, yirtilgan varaqlarini yelimlab, tekislab, javonga qöydi. Uşbu kitob 1959 yili Özbekiston davlat badiiy naşriyotida 90 ming nusxada çop etilgan ekan. Qarang-a, öşa paytlarda odamlar kitob öqişga, ayniqsa, millatimizning yuzi, faxri bölgan adiblarning asarlarini mutolaa qilişga qiziqar ekanlar-da. Yöqsa, 90 ming nusxada bosilarmidi? (Maʼlumki, Abdulla Qodiriy 1938 yilda qatağon qilinib, otib taşlangan. Adib 1957 yilda oqlangan. Demak, adibning “Mehrobdan çayon” asari u oqlangandan 2 yil ötgaç, naşr etilgan).

Darvoqe, garçi uyimizda adib asarlarining keyingi turli davrlarda naşr etilgan nusxalari bölsa-da, öşanda otam avaylab asragan öşa köhna kitob hamon javonimizdagi kitoblarning eng sarasi bölib turibdi. Albatta, endi u orqadan yaşirilgan holda emas, javonning eng yuqori tokçasidagi old qatordan örin olgan.

Xolida PARDABOYEVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan