“Sunʼiy”ni “tabiiy”dan ajratiş zarurati
Zamonaviy mediamakonni sunʼiy intellekt texnologiyalarisiz tasavvur etiş qiyin. Taʼkidlaş joizki, bir neça soniya içida katta hajmdagi axborotni yaratiş imkoniyati jurnalistika taraqqiyotida yangi bosqiçni boşlab berdi. Şu bilan bir qatorda, muammolarni ham vujudga keltirdi.
Sönggi vaqtlarda generatsiya qilingan materiallar mediada urçib ketdi. Alalxusus, ijtimoiy tarmoqlarda, bloglarda, baʼzan rasmiy platformalarda ham sunʼiy intellekt yordamida bitilgan xabarlarga közimiz tuşyapti.
Mediasavodxonlikdan bexabar kişi ularni jurnalistlar tayyorlagan deb öylaydi. Vaholanki, sunʼiy idrok qalamiga mansub “ijod” namunasini foş etuvçi bir neça usullar mavjud. Quyida ulardan biri haqida.
Avvalo, sunʼiy intellekt haddan taşqari “silliq” va bir tekisda öqiladigan matnlarni yaratadi. Gaplar grammatik jihatdan deyarli xatoliklarsiz yoziladi, fikrlar izçil ravişda bayon etiladi. Abzatslar hajmi, sözlar miqdori ham uyğunlik hosil qiladi (!). Individual uslub, emotsionallik yetişmaydi. Bir söz bilan aytganda, material “jonli” çiqmaydi.
Sunʼiy intellekt aksar hollarda mavzuni umumiy taʼriflar asnosida oçib beradi. Jumladan, “texnologiyalar rivojlanmoqda”, “jamiyatga taʼsiri katta” kabi rasmiyroq, şablonsifat jumlalarni işlatadi. Konkret misollar, şaxsiy kuzatuv yoki muallif pozitsiyasini qidirib ham topolmaysiz.
Köplab generativ materiallarda öquvçining his-tuyğulari bilan hisoblaşilmaydi. Axborot yetkaziladi, lekin auditoriyani uşlab turuvçi, oxirigaça öqişga çorlovçi unsurlar manaman deb böy çözib turmaydi. Publitsist esa söz orqali öquvçiga ijobiy yoki salbiy taʼsir körsatadi. Kayfiyat ulaşadi. Munosabatni şakllantiradi.
Aqlli kömakçi köp hollarda mavjud bölmagan statistik maʼlumot, notöğri sana yoki uydirma manbalarni taqdim etadi. Bu holat “gallyutsinatsiya” deb ataladi. Şu boisdan ham SI yordamida tayyorlangan har qanday kontentni tekşiriş, fakt-çekingdan ötkaziş darkor.
Bugungi kunda SI orqali yozilgan matnlarni aniqlovçi turli servislar işga tuşirilgan. Ulardan biri — özbek tilida işlovçi “Detecting-ai.com” platformasi. Şuningdek, “GPT Zero” yoki “ZeroGPT” singari vositalar ham matnning generativlik ehtimolini aniqlaşga xizmat qiladi. Matnning qaysi qismi sunʼiy intellekt, qaysi qismi inson tomonidan yozilganini tahlil qiladi. Biroq yuz foiz töliq va töğri natija çiqara olmasligini ham unutmaslik kerak.
Har qanday matnga tanqidiy nuqtai nazar bilan qaraşni davrning özi taqozo etmoqda. Öquvçi manbani tekşirişi, faktlarni soliştirişi va yoziliş uslubiga diqqat qilişi darkor. Çunki sunʼiy intellekt imkoniyatlari kengayişi barobarida axborotning işonçlilik masalasi kun tartibiga çiqmoqda.
Zero, “sunʼiy” va “tabiiy” matnlarni farqlaşda “Sifatliroq instrument — odam va uning tajribasi” hisoblanadi.
Uluğbek ŞAROBIDDINOV,
Özbekiston Jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti
talabasi.
