Kitob öqiş — ehtiyojga aylanişi kerak!
Maʼrifatparvar ajdodlarimizning “Ilmdan boşqa najot yöq” degan şiori bugun mamlakatimizda keng quloç yoydi. Kitobxonlik va xalqimizning mutolaa madaniyatini rivojlantiriş davlat siyosati darajasiga kötarildi. Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi keng kölamda amalga oşirilmoqda.
Töqqiz yil oldin boşlangan “Yoş kitobxon” tanlovi bugungi kunda millionlab yoşlarni kitob bilan yaqindan döstlaştirdi, mutolaa madaniyati sekin-asta xonadonlarga kirib bormoqda. Uşbu tanlovning yakuniy bosqiçida mukofot fondi 240 ming dollarni taşkil etişi, ğolib esa 50 ming dollar bilan taqdirlanişi — bularning barçasi mukofot salmoğini belgilabgina qolmay, balki yurtimizda maʼrifiy taraqqiyotning yangi bosqiçi boşlanganidan va tobora keng quloç yoyib borayotganidan dalolat beradi.
Xususan, Prezidentimizning 2026 yil 15 yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va aholi örtasida kitob öqişga qiziqişni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-9-sonli qarori kitobxonlik harakatini rivojlantirişda yana bir muhim qadam böldi. Bundan közlangan asosiy maqsad — har bir insonning yiliga kamida 10 ta kitob öqişiga erişiş, pirovardida mutolaa madaniyatini umumxalq harakatiga aylantirişdan iborat.
Dunyoda axborot uruşi tobora avj olib bormoqda. Şunday şaroitda xalqimizni tezkor axborot bilan taʼminlaş, sohalarda raqamlaştirişni keng joriy etiş va odamlarimizning mutolaa madaniyatini rivojlantiriş davr taqozosiga aylandi. Çunki dunyodagi har qanday rivojlangan davlatni olib qaramaylik, uning zamirida ilm-fanga, taʼlimga, yanada aniqroq aytganda, kitobga eʼtibor yotadi. Kitobxonlikni rivojlantirmay turib, maʼrifatli jamiyat qurib bölmasligi allaqaçon isbot topgan haqiqatdir.
Samarqandlik mutafakkir, jadid bobomiz Mahmudxöja Behbudiyning “Padarkuş” dramasi kitobdan yuz ögirib, jaholatga yuz tutgan kimsaning fojiali taqdiridan hikoya qiluvçi asar ekanini yaxşi bilamiz. Kitobni, maʼrifatni öziga duşman bilgan kimsaning qismati ğoyat açinarli bölişi sir emas, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlod vakillari buni teran anglaşlari lozim.
Şu örinda baʼzi mulohazalarni bildirib ötiş joiz. Birinçidan, kitobxonlikni umumxalq harakatiga aylantiriş, mutolaa madaniyatini rivojlantirişdek ezgu işlarni faqatgina yoşlar örtasida olib boriş bilan çeklanib qolmaslik kerak. Uşbu harakat aholining barça qatlamlarini qamrab olişi lozim. Kitob bilan faqat yoşlar emas, kattalar ham döstlaşişlari zarur. Çunki yoşlar birinçi navbatda oilada kattalardan örnak oladi.
Ikkinçidan, kitobxonlikni rivojlantiriş tadbirlarini taʼlim sohasidan taşqari, boşqa sohalarda (sanoat, quriliş, tibbiyot, transport, aloqa, qişloq xöjaligi, sanʼat va h.k.) ham keng joriy qiliş zarur. Şuningdek, viloyatimiz mahallalarida taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida kutubxonalar tarmoğini kengaytiriş, şu orqali huquqbuzarliklarni keltirib çiqaruvçi noxuş holatlarning oldini oliş muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimizning kitobxonlik harakatini rivojlantirişga qaratilgan dasturlarini amalga oşiriş borasida Maktabgaça va maktab taʼlimi tizimida muayyan işlar qilinayotganini taʼkidlab ötiş örinlidir. Bugungi kunda maktab taʼlimi sohasida faoliyat olib borayotgan, taʼlim-tarbiya jarayonining iştirokçisi bölgan har bir inson — xoh öquvçi bölsin, xoh öqituvçi — kitobga mehr qöyişi, mutolaa madaniyatini oşirişga erişişi lozim. Bu işga maʼnaviy ehtiyoj sifatida yondaşiş zarur.
Uşbu yönalişda viloyat Pedagogik mahorat markazida olib borilayotgan ibratli işlarni eʼtirof etiş joiz. Yakuniga yetgan öquv yilida uşbu maskanda kitobxonlik madaniyatini tarğib qilişga alohida — pedagogning kasbiy rivojlanişiga kömak beruvçi muhim omil sifatida yondaşildi. Özbek adabiy muhitida muhim örin egallagan yangi naşrlar, maʼrifatparvar adiblarimiz yaratgan adabiy-tarixiy asarlar taqdimoti, mustaqillik davri özbek yozuvçilarining asarlarini örganişga bağişlangan “Zukkolar bellaşuvi” singari tanlovlar, şuningdek, “Kasbiy rivojlaniş kuni”, “Kasbiy rivojlaniş soati” kabi tadbirlarni muntazam ötkazişdek ezgu anʼanalar qaror topdi.
Ayniqsa, markazda “Kitobxonlik soati” tanlovining anʼanaviy tus olgani alohida eʼtiborga loyiq. Yurtboşimizning yuqoridagi qaroridan kelib çiqib, vazirlikning maxsus nizomi asosida ötkazilayotgan mazkur tanlovga buyuk Sohibqiron Amir Temurning “Tuzuklar”i, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”si, maşhur adiblarimizdan Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”, Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar”, Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi, Oybekning “Navoiy”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlari, Xayriddin Sultonning “Yaldo keçasi” romani, şuningdek, yoş yozuvçilar hamda jahon klassiklarining asarlari boş mavzu qilib olindi.
Tanlovlar markaz professor-öqituvçilari va tinglovçilari iştirokida muntazam ötkazib kelinmoqda. Ğoliblar tegişli tartibda moddiy va maʼnaviy rağbatlantirilmoqda. Tanlov iştirokçilarining qaysi biridan söramang, uning yuqori saviyada ötayotganini, mazkur tadbirlar kasbiy rivojlanişda ayniqsa asqotayotganini taʼkidlaydi.
Hozirgi kunda viloyat Pedagogik mahorat markazining Axborot-resurs markazi jamğarmasida 17 305 ta siyosiy, ilmiy-uslubiy, badiiy adabiyotlar, kasbga oid luğatlar hamda darsliklar mavjud bölib, 50 örinli öquv xonasida tinglovçilar hamda markaz professor-öqituvçilariga xizmat körsatilmoqda. Bu yil uçun markaz byudjeti hisobidan 3 nomdagi gazetaga 20 nusxada 19 488 000 sömlik obuna rasmiylaştirildi. Şuningdek, professor-öqituvçilar va xodimlar tomonidan ham 3 nomdagi gazetaga 30 nusxada 29 880 000 sömlik obuna taşkil etildi.
Markaz professor-öqituvçilari va xodimlari tomonidan Axborot-resurs markazi elektron kutubxonasiga metodik qöllanmalar, taqdimotlar, ilmiy-amaliy anjuman materiallari muntazam joylaştirib borilmoqda. Hozirgaça jami 1001 nafar resurs bazaga kiritildi. ARMga kelgan öqituvçilar, xodimlar va tinglovçilarning qatnov soni esa 3050 taga yetdi. Axborot-resurs markazini elektron adabiyotlar bilan boyitişga doir taşkiliy-texnik çoralar doimiy ravişda körib borilmoqda.
Prezidentimizning: “Yoşlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega bölib, dunyo miqyosida öz tengdoşlariga heç qaysi sohada böş kelmaydigan insonlar bölib kamol topişi, baxtli bölişi uçun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, deb taʼkidlagan sözlari Uçinçi Renessans poydevori barpo etilayotgan yurtimiz taraqqiyotida asosiy şiorga aylandi. Jamiyatimiz aʼzolarining kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş — davlatimizning maʼnaviy yuksalişga qaratilgan ğamxörligi namunasidir.
Komil HAYDAROV,
Samarqand viloyat Pedagogik mahorat
markazi professori,
falsafa fanlari doktori.
