Noqonuniy olibsotarlar javobgarlikka tortildi
Bozorlar va jamoat joylarida qonun ustuvorligini taʼminlaş, fuqarolarning osoyiştaligini buzayotgan hamda noqonuniy daromad orttirişni kasb qilgan kimsalarga nisbatan keskin çoralar köriş huquq-tartibot idoralari oldidagi muhim vazifalardan biridir. Xususan, Jinoyat işlari böyiça Sirğali tumani sudi tomonidan “Isteʼmolda bölgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” MÇJ hududida amaldagi tartib-qoidalarni mensimay, noqonuniy faoliyat yuritgan 66 nafar fuqaroga nisbatan qonuniy çoralar körildi.
Içki işlar organlari tomonidan ötkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida rasmiylaştirilgan hujjatlarga asosan, tuman sudi tomonidan: 15 nafar fuqaroga — 10 sutkadan; 3 nafar fuqaroga — 7 sutkadan; 12 nafar fuqaroga — 5 sutkadan; 8 nafar fuqaroga — 3 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. 28 nafar şaxsga esa tegişli tartibda jarima jazosi qöllanildi.
Uşbu şaxslar bozorda xaridorlar va sotuvçilar örtasida noqonuniy vositaçilik qilib (xalq tilida “dallollar” yoki “saygaklar”) daromad topişni kasb qilgan. Ular fuqarolarni aldaş va noqonuniy xizmatlar körsatiş bilan şuğullanib, özlarini tartibga çaqirgan içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarişdan boş tortgan.
Misol uçun: 1982 yilda Toşkent şahrida tuğilgan M.U. 2026 yil 15 may kuni bozor hududida noqonuniy oldi-sotdi faoliyatini töxtatiş haqida ogohlantirilişiga qaramay, içki işlar xodimlarining qonuniy talablariga böysunmagan. U jamoat joyida baqir-çaqir qilib, xodimlarni haqoratlagan va jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini mensimagan.
Jinoyat işlari böyiça Sirğali tumani sudi huquqbuzar M.U.ni Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi va 194-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Unga MJtKning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
1989 yilda tuğilgan fuqaro Ş.B. ham IIO xodimlarining qonuniy talablariga böysunmay, noqonuniy faoliyatini töxtatişdan boş tortgan va jamoat joyida uyatli sözlar bilan xodimlarni haqorat qilgan. Sud majlisida u öz aybiga töliq iqror böldi.
Sud hukmi bilan Ş.B. MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga MJtKning 34-moddasiga asosan 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi berildi.
Qonun oldida hamma barobar. Bozor hududida “tadbirkorlik” niqobi ostida fuqarolarni aldaş, firibgarlik qiliş va osoyiştalikni buzişga heç kimning haqqi yöq. Qinğir iş, zöravonlik bilan uzoqni közlaganlar adaşadilar. Içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga böysunmaydigan va jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaydigan kimsalarga esa jazo muqarrardir. Bu kabi profilaktik tadbirlar va sud muhokamalari kelgusida hududda osoyiştalik hamda qonuniylikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Mehribon HASANOVA,
Jinoyat işlari böyiça Sirğali tuman sudining
tergov sudyasi.
