Şuhrat Oripov Özbekiston Jurnalistlar Uyuşmasi boşqaruvi raisi etib saylandi

Keça — 25 iyun kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining anjumanlar ötkaziladigan zalida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining VII konferensiyasi bölib ötdi. Anjumanga “Işonç” va “Işonç-Doveriye” gazetalari boş muharriri, senator Husan Ermatov raislik qildi. Unda kun tartibida közda tutilgan bir qança masalalar körib çiqildi. Şuningdek, taşkiliy masala ham kun tartibida böldi.

Xususan, Uyuşmaning 2021-2025 yillardagi faoliyati yakunlari böyiça ötgan uç yarim yil davomida taşkilotga rahbarlik qilgan Xolmurod Salimovning hisoboti eşitildi. Şuningdek, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Uyuşma taftiş komissiyasi raisi Çori Latipovning  maʼruzasi tinglandi. Uyuşmaning ötgan yillardagi faoliyati qoniqarli deb topildi.

Konferensiyada Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining yangilangan boşqaruv aʼzolari, taftiş komissiyasi tarkibi saylandi. Uyuşmaning ­2026-2030 yillarga möljallangan rivojlaniş konsepsiyasi muhokama etildi.

Jurnalistlar yiğinida Uyuşma raisi vazifasini bajaruvçi Şuhrat Oripov Uyuşmaning taşkiliy tuzilmasi hamda 2026-2030 yillarga möljallangan yangilaniş konsepsiyasi xususida sözga çiqdi.

Konferensiyada taşkiliy masalalar ham körib çiqildi. Delegatlar bir ovozdan Şuhrat Oripovni Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi boşqaruvi raisi etib sayladi. Dilşod Böriyev va Şahribonu Imomova Uyuşma raisining örinbosarlari etib tasdiqlandi.

Iştirokçilar va unda sözga çiqqanlar Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining yangi rahbariyati faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Uyuşma haqli ravişda mamlakat jurnalistlarining tayançi bölişiga, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan ulkan islohotlarni yoritiş, xalqimizning dardu taşvişlariga doimo şerik böliş yölida ijod qilayotgan soha vakillari hayotida munosib öringa kötarilişiga umid bildirişdi.

Öz muxbirimiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan