Sohibqiron marhamati

Amir Temurning iqtisodiy islohotlaridan çiqadigan xulosa:

— U xalqdan olgan narsasini xalqqa qaytardi. Çunki özini xalq mulkining xöjayini emas, posboni, boşqaruvçisi, deb bilardi.

Öşa paytdagi holatni yaqqol tuşuntiriş uçun Sizni 1395 yilga boşlab boraman va birgalikda Samarqand çekkasidagi katta karvonsaroyga qönamiz. Içkari turli ölka va yurtlardan kelgan savdogarlar bilan töla. Xitoylik ipakçi savdogarlar, forslik ziravorçi, arabistonlik oltinfuruşlar, yevropalik baqqollar özaro suhbatda. Kimdir dam olyapti, kimdir ovqat tanovuli bilan maşğul, boşqasi öyçan holda nimalarnidir hisob-kitob qilmoqda.

Karvonsaroyda tunaş bepul, ovqat tekin, hatto yem-xaşak haqiga ham bir çaqa söraşmaydi. Hayron bölmang, çunki öşa zamonda barça tölovlar vaqfdan ajratilardi. Bu karvonsaroy ham Amir Temur asosçilik qilgan vaqf mulki hisobiga xizmat körsatardi. Yaqin atrofdagi boğ va dehqonçilik yerlari daromadi ana şu karvonsaroyni boqardi.

Vaqf nima?

Vaqf — noyob institut. Mulkni Alloh yölida doimiy ravişda jamoat manfaatiga bağişlaş uning asosiy mohiyatini taşkil etadi. Vaqf qilingan mulk sotilmaydi, meros ötmaydi, garovga qöyilmaydi. U — abadiy. Va uning daromadi belgilangan ijtimoiy maqsadlar uçun sarf etiladi.

Amir Temur boşqaruvidagi Turonzaminda vaqf turlari juda xilma-xil edi:

Masjid va madrasalar vaqfi — diniy va taʼlim maqsadlarida; karvonsaroy vaqfi — savdogarlar va musofirlarga; şifoxona vaqfi — bemorlarga tibbiy yordam uçun; köprik va yöl vaqfi — infratuzilmani saqlaşga; kutubxona vaqfi — ilm-fanni rivojlantirişga; qabriston vaqfi — marhumlarni dafn etiş uçun edi. Va ularning har biri davlat byudjetidan emas, xususiy taşabbus asosida moliyalaştirilar edi.

Bu tizim qanday işlagan?

Vaqfning iqtisodiy mexanizmini tuşuniş uçun uning tuzilişini körib çiqaylik.

Asosi — kapital aktiv. Bunga köra, vaqf qiluvçi biror-bir mulkini vaqfga ajratadi. Masalan, dehqon yeridan bir tanobini, quruvçi biror binosini, boğbon biror boğini, dökondor biror dökonini, tegirmon yurgizuvçi birorta tegirmonini, xullas, har qanday daromad beruvçi biror mulkini vaqf qilib beradi.

Ana şu aktiv daromad yaratadi: ijaraga berilgan yerdan; binodan, tegirmon xizmat haqidan daromad kelib turadi. Bu daromadlar — vaqfning “qoni” hisoblanadi.

Daromadlar esa belgilangan ijtimoiy maqsadlarga yönaltiriladi. Madrasa xodimlari maoşi, bemorlarga dori-darmon, musofirlarga ovqat beriş va albatta, yöllar taʼmiri ham şu daromad hisobidan taʼmirlanadi.

Vaqfni boşqaruvçi mutavalli vaqf mulkini saqlaydi, daromadini töplaydi va maqsadga sarflaydi. U — işonçli şaxs. Va uning işlari ham doimo jamoat nazoratida böladi.

Bugun bu tizim, zamonaviy nuqtai nazardan qaraganda, ijtimoiy taʼsir fondining ilk körinişi ekani aniq böladi.

Amir Temur vaqf institutiga munosabatida ikkita noyob xususiyat közga taşlanadi.

Birinçi xususiyat miqyos bölib, bunda Amir Temurning faqat bir-ikki vaqf bilan çeklanmaganini köramiz. U vaqfni tizimli ravişda rivojlantirdi. Tarixiy manbalar körsatadiki, Temuriylar davrida Turonzaminda yuzlab, hatto minglab vaqf mulklari faoliyat körsatgan. Aytiş mumkinki, poytaxt Samarqandning katta qismi vaqf mulki edi.

Bu miqyos vaqfni şaxsiy saxovatdan tizimiy ijtimoiy infratuzilmaga aylantirganini ham yaxşi bilamiz.

Ikkinçi xususiyat strategik yondaşuv bölib, Amir Temur vaqfni tasodifiy emas, strategik tarzda taşkil etdi: qayerda karvonsaroy zarur bölsa, ana öşa joyda vaqf qilindi; qayerda madrasa kerak bölsa, u yerlarda ham vaqf imkoniyatlari işga solindi; qayerda şifoxona bölsa, öşa hududda vaqf mulki berildi.

Vaqf — ijtimoiy ehtiyoj xaritasiga mos taşkil etildi. Bu — strategik ijtimoiy investitsiya edi.

Şu jihatdan qaraganda, Amir Temur davrida vaqf instituti törtta muhim iqtisodiy funksiyani bajarganiga guvoh bölamiz:

Birinçi funksiya — IJTIMOIY INFRATUZILMA edi.

Davlat byudjeti hamma narsani qoplay olmaydi. Amir Temur davrida ham şunday edi. Vaqf instituti ana şu böşliqni töldirdi. Masalan, şifoxonalar davlat xarajatisiz vaqf hisobidan faoliyat yuritardi; madrasalar ham davlat byudjetisiz harakatda edi; karvonsaroylar esa, yuqorida taʼkidlaganimizdek, faqat vaqf mulki hisobidan kun körardi, davlat resurslarisiz. Kutubxonalarni aytmasa ham böladi, ularga vaqf mulki ajratadigan savobtalab tadbirkorlar, homiylar haddan taşqari köp edi. Şuning uçun ham öşa davrlarda xattotlik juda keng quloç yoygan edi.

Bu — zamonaviy “davlat-xususiy şeriklik”ning ilk va eng muvaffaqiyatli namunalaridan biridir.

Davlat ijtimoiy tartibni va qonunni taʼminlasa, xususiy vaqflar ijtimoiy xizmatlarni yölga qöyardi va ikkalasi birgalikda umumijtimoiy infratuzilmani yaratişardi.

Ikkinçi funksiya — iqtisodiy barqarorlaştiruvçi.

Vaqf — boylik töplanişiga tösiq va ijtimoiy tengsizlikni kamaytiruvçi mexanizm sifatida işladi. Tasavvur qiling: yirik yer egasi öz yerlarini vaqfga ajratdi. Endi bu yer uning vorislariga meros emas, endi jamoat manfaatiga xizmat qiladi. Vorislar boylikni meros qilib ololmaydi. Ammo ana şu vaqfdan jamoat, şu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtojlar ham foydalanişi mumkin edi.

Bu — “boylikni tarqatiş” ixtiyoriy bölib, u heç qaçon majburiy soliq bölgan emas, ijtimoiy meʼyor hamda maʼnaviy idrok orqali amalga oşiriladigan tizim edi. Muhimi, ijtimoiy barqarorlik — iqtisodiy faollikning muhim şarti taʼminlangan.

Uçinçi funksiya — uzoq muddatli investitsiya.

Vaqfning eng noyob xususiyatlaridan biri — uning uzoq işlaş faoliyatidir. Çunki vaqf — abadiy, u bir avlod uçun emas, barça avlodlar uçun yaratilgan tizim. Lekin u zamonaviy kapitalizmda kam uçraydigan hodisa. Kvartal foydasini maksimallaştirişga qaratilgan zamonaviy biznes uzoq muddatli investitsiyaga ötişda qiyinçiliklarga uçraydi. Vaqf esa, aksinça, dastidan boşlab uzoq muddatni közda tutadi. Masalan, madrasa bir avlod talabalari uçun emas, karvonsaroy faqat bitta savdogar uçun emas, şifoxona ham xuddi şunday — bitta bemor uçun emas. Bu uzoq muddatga möljallangan tizim ötmişda ijtimoiy infratuzilmaning barqarorligi va samaradorligini taʼminlagani bilan qadrli va örganişga arziydigan hodisadir.

Törtinçi funksiya — madaniy himoya.

Vaqf nafaqat moddiy, balki madaniy infratuzilmani ham özida aks ettirdi.

Kutubxona vaqflari qölyozma asarlarni avloddan avlodga ötkazdi, madrasa vaqflari bilim anʼanalarini uzviylaştirdi, masjid vaqflari esa diniy va madaniy hayotni davom ettirdi.

Tarixda köp madaniy inqiloblar, uruş-talaşlar, vayronagarçiliklar, ur-töpolonlar paytida köplab kutubxonalar, madrasalar kuli kökka sovurildi. Ammo vaqf tizimi tufayli Temuriylar davrining köp madaniy merosi omon qoldi. Mirzo Uluğbekning noyob “Ziji Köragoniy”si, Alişer Navoiyning barça asarlari, Kamoliddin Behzodning qimmatbaho miniatyuralari bizgaça yetib keldi.

Tadqiqotlar körsatadiki, uzoq muddatli, mustaqil boşqariladigan ijtimoiy investitsiyalar qisqa muddatli, reklama maqsadidagi KIJ dasturlaridan köra ança samaraliroqdir. Bu jihatdan Vaqf modeli zamonaviy KIJdan ustun ekanini ham köriş mumkin.

* * *

Tarixiy manbalarda Amir Temur va uning oilasi asosçilik qilgan bir neça vaqfning batafsil tavsifi saqlanib qolgan. Ularni körib çiqaylik.

Amir Temur jome masjidi vaqfi. Masjid qurilişi bilan birga unga tegişli vaqf ham taşkil etildi. Samarqand atrofidagi unumli yerlar, bir neça dökon va karvonsaroylar unga vaqf qilib berildi. Va ulardan keladigan daromad masjid xizmatçilari maoşi, binoni taʼmirlaş va kambağallarga yordam uçun sarflandi.

Şohizinda majmuasi vaqfi. Bu qadimiy ziyoratgohning atrofida joylaşgan maqbaralar va binolar vaqf tizimi orqali avloddan avlodga saqlanib keldi. Ziyoratçilar uçun xizmatlar, binolarni saqlaş — barçasi vaqf daromadidan qoplanardi.

Ahmad Yassaviy maqbarasi. Amir Temurning mazkur uluğvor majmuaga bergan vaqf hujjatlari saqlanib qolgan.

Amir Temur özi ham bir neça muhim vaqf taşkil etgandi. Jumladan, Şahrisabzda maktab va şifoxona uçun yerlar vaqf qilingan.

Bu misollar şuni körsatadiki, Amir Temur vaqfni nafaqat diniy burç, balki strategik ijtimoiy investitsiya sifatida kördi. Har bir vaqf aniq ijtimoiy ehtiyojga javob, har bir vaqf uzoq muddatli barqarorlikka qöşilgan hissa bölgan edi.

Vaqf institutining iqtisodiy ösişga taʼsiri töğridan-töğri emas, u bilvosita bir neça tamoyil orqali işlardi.

Birinçi tamoyil — inson kapitali. Madrasalar va şifoxonalar vaqf tomonidan moliyalaştirilgan. Madrasalar savodli, malakali kadrlar tayyorladi. Şifoxonalar soğlom, mehnatga yaroqli aholini taʼminladi. Soğlom va savodli aholi esa iqtisodiy unumdorlikka ulkan hissa qöşdi.

Zamonaviy iqtisodiyot fani inson kapitalini — taʼlim va soğliqni saqlaş — iqtisodiy ösişning asosiy omillaridan biri deb hisoblaydi. Amir Temur vaqf tizimi orqali aynan şu omilga investitsiya qilgan edi.

Ikkinçi tamoyil — ijtimoiy kapital. Vaqf jamiyat içida işonç va hamjihatlikni mustahkamladi. Boylar vaqf orqali kambağallarga yordam berdi. Kambağallar boylarni hurmat qildi. Ijtimoiy hamjihatlik iqtisodiy faollikning muhim şarti sifatida jamiyat rivojiga hissa qöşdi.

Uçinçi tamoyil — infratuzilma. Karvonsaroylar, köpriklar, yöllar vaqf tizimi orqali qurilgan va saqlanib kelgan. Bu infratuzilma savdo va iqtisodiy faollikning asosi sifatida xizmat qildi.

Törtinçi tamoyil — ijodiy muhit. Kutubxonalar, madrasalar, ustaxonalar vaqf orqali moliyalaştirilgan ijodiy muhit yaratdi. Bu muhitda fan, sanʼat va hunarmandçilik rivojlandi. Va bu rivojlaniş iqtisodiy qiymatning ösişiga olib keldi.

ZAMONAVIY VAQF

Bugun vaqf institutining zamonaviy körinişlari dunyoning köp mamlakatlarida muvaffaqiyatli işlamoqda. Masalan, Quvayt hukumati vaqf institutini zamonaviy tarzda taşkil etgan. Bugun bu fond million dollarlik aktivlarga ega.

Malayziya vaqf institutini zamonaviy moliyaviy vositalar — vaqf sukuk (islomiy obligatsiyalar), vaqf aksiyalari bilan boyitadi. Bugun Malayziya vaqf fondlari milliard ringgit aktivlarga ega va yuz minglab kişiga xizmat körsatmoqda.

Harvard universiteti jamğarmasi ham aslida vaqf modeliga asoslangan. 1636 yilda taşkil etilgan mazkur jamğarma bugun 50 milliard dollardan oşiq aktivlarga ega. Uning daromadlari hisobidan universitetning ilmiy va taʼlim faoliyati moliyalaştiriladi.

Zamonaviy Özbekiston. Sönggi yillarda Özbekistonda ham vaqf institutini tiklaş va rivojlantiriş böyiça muhim qadamlar taşlandi. Vaqf fondlari taşkil etilmoqda. Diniy va taʼlim muassasalari uçun vaqf mulklari qaytarilmoqda.

Amir Temur birinçi navbatda real ijtimoiy ehtiyojni aniqlagan edi. Keyin uzoq muddatli, barqaror moliyalaştiriş mexanizmini yaratdi. Söngra mustaqil, işonçli boşqaruvni taʼminladi. Va nihoyat, natijalarni jamoat nazoratiga oçdi.

Vaqf modeli — qarama-qarşi yondaşuv: asosiy kapitalga tegma, daromadidan foydalan va abadiy işlat. Bu model bugungi “barqaror rivojlaniş” tuşunçasining mohiyatini körsatib beradi.

Amir Temur bu mohiyatni 600 yil avval tuşungan edi.

Zamonaviy tadqiqotlar nima deydi?

Harvard biznes maktabi tadqiqoti: yuqori KIJ körsatkiçiga ega kompaniyalar uzoq muddatda past KIJ kompaniyalardan 4,8 foiz yuqori daromad körsatadi. “McKinsey” kompaniyasi tadqiqoti: kuçli ijtimoiy obröga ega kompaniyalar inqirozlarda 30 foiz tezroq tiklanadi. Edelman maʼlumotlariga köra, isteʼmolçilarning 64 foizi ijtimoiy jihatdan javobgar kompaniyalardan xarid qilişni afzal köradi.

Amir Temur vaqfi bu haqiqatni amalda isbotlagan edi.

Tölqin HAYIT.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan