Xalq nidosi

Rustam Musurmon,

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi,

Qoraqalpoğiston xalq şoiri

Dadil-dadil töpni sur,

Puxta öylab, davra qur.

Raqiblarni çalğitib,

Darvozaga töpni ur.

 

Bayroğingda oy – hilol,

Şijoating barkamol.

Burgut bölib parvoz qil,

Quvlab yetolmas şamol.

 

Ola koptok xol-xol,

Tezroq töpni ol-ol!

Töp-töp öyna futbol,

Gol ur, gol ur, gol-gol!

 

Oşir, böyingdan oşir,

Himoyaçini şoşir.

Bir dunyo muxlislarning

Şaştini seldek toşir!

 

Omading çopsin öngga,

Quyoş ber qaro tunga.

Zoting Turon xoqoni

Afrosiyob – Er Tönga.

 

Millionga tatir bir bek,

Milliondan zör bir özbek.

Çingizxonni mayirgan

Sulton Jaloliddindek.

 

Yigitning zöri mağrur

Ğalaba gaştin surur.

Xalq ovozi gur-gur:

“Gol ur, gol ur, ur-ur!”

 

Yarqirar oltin uzuk,

Markaz aylana çiziq.

Nigohlarni sehrlab,

Aldab öynaşing qiziq.

 

Şamol esar huv-huv,

Naʼra yangrar ğuv-ğuv.

Yugur, töpni olib qöy,

Raqibingni quv-quv!

 

Jangovar naʼra – öron,

Ur-ho, ur, uddaburon!

Dam bermay, köz oçtirmay,

Yoğdiraver töpböron!

 

Yaşil – futbol dalasi,

Darvozali qalʼasi.

Birlaşib yorib ketar

Bözbörilar galasi.

 

Oy-u quyoş aylanar,

Öylasam, boş aylanar.

Dunyo ters aylanganda

Közimda yoş aylanar.

 

Haq söz kelmasin malol,

Dunyoda yaşa halol.

Yer talaşib urişma,

Nafsingni jilovlab ol.

 

Kemalarin qadaşgan,

«Kaşf etdik» deb ataşgan.

Oltin uçun, yer uçun

Insoniyat adaşgan.

 

Ufq közi qontalaş,

Qança yurtlar jon talaş.

Aqldan ozgan dunyo

Nafs talaş, vijdon talaş.

 

Birlaş, odamzod, birlaş,

Dardingni aytib sirlaş.

Stadionda mardona

Kuçingni sinab, tirlaş.

 

Quyoşdek yonar röying,

Osmonga yetar böying.

Olam – onam deb sevsang,

Baland bölar obröying.

 

Yer koptokdek yumalar,

Yana keldi kemalar.

Kim olar yer şarini?

Oltin töpni kim olar?

 

Haq – adolat joyida,

Buzilmaydi qoida.

Ogohdir oliy hakam

Dunyoning saroyida.

 

Futbol bu – yaxşi niyat,

Haq yölga imkoniyat.

Aylana davra qurib,

Birlaşar insoniyat.

 

Dov yeçilmas toş bilan,

Qovoq solgan qoş bilan.

Öylab öynab yutarsan

Aql bilan, boş bilan.

 

Ilk öyin emiş “debyut”,

“Rizqim şu, şukr!” – deb yut.

“Jonim, yurtim!” – deb kuraş,

“Özbekistonim!” – deb yut!

 

Yuragimning porasi,

Közginamning qorasi.

Bir qadam Amerika –

Özbekiston orasi.

 

Elu yurt, ota-ona

Boşginangda parvona.

Ğolib böl, nasib etsin

Şohsupalar şohona.

 

Işongan qişloq, kent bor,

Özbekiston, Toşkent bor!

Orqangda toğdek tayanç – 

Vatan bor, Prezident bor!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan