Yoşlarning hayotda munosib örin topişida bilim, kasb va texnologiya eng muhim tayanç böladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni poytaxtimizdagi Olimpiya şaharçasida Yoşlar kuni munosabati bilan ötkazilgan tantanali marosimda iştirok etdi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoşlarni zamonaviy kasb-hunarga örgatiş, iş bilan taʼminlaş va tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu bir qaraşda davlatning oddiy ijtimoiy vazifasidek körinadi. Aslida esa uşbu jarayon yurtning tinçligi, iqtisodiy barqarorligi va buyuk kelajagini kafolatlaydigan asosiy şart sanaladi.
Bugun yoşlarning kuç-ğayrati, bilimga bölgan intilişi töğri yönaltirilsa, ertaga hammasi aʼlo darajada böladi. Zero, endi zamonaviy dunyoda mamlakatlar hududining kattaligi yoki tabiiy boyliklari bilan emas, balki texnologiyalari va bilimli yoşlari bilan musobaqalaşmoqda.
Agar yoşlar masalasiga, ularning muammolariga bir lahza bölsa-da eʼtiborsiz bölinsa, jamiyatda jiddiy qiyinçiliklar yuzaga kelişi muqarrar. Yoşlar örtasidagi işsizlik esa köplab muammolarning paydo bölişiga sabab böladi. Davlat bu xavfni yaxşi anglaydi. Şuning uçun ham Özbekistonda yoşlar taqdiriga befarq bölişga aslo yöl qöyilmaydi.
Keyingi yillarda yurtimizda yoşlarni qöllab-quvvatlaş böyiça mutlaqo yangi va öxşaşi yöq tizim yaratildi. Bugun çekka qişloqdagi yigit-qizlarning ham iqtidorini yuzaga çiqariş, yöl oçiş uçun davlat zarur şaroitlarni yaratmoqda.
Özbekiston yoşlari katta marralar sari işonç bilan intilmoqda. Çunki ular hayotda heç qaçon yolğiz emasliklarini, ortida hamişa suyanişi mumkin bölgan qudratli davlati borligini yaxşi biladi.
Davlatimiz rahbari dastlab Olimpiya şaharçasida taşkil etilgan maxsus körgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvçan yoşlari bilan uçraşdi.
Prezidentimiz ularning mahalla hayoti, ekologiya, startaplar, muhandislik va kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş kabi sohalardagi loyihalari bilan tanişdi, loyiha taşabbuskorlari bilan şaxsan muloqot qildi.
Farğona tumanidagi Obod mahallasi yoşlar yetakçisi Islombek Muhammadjonov öz mahallasida taşkil etgan “Obod taʼlim” öquv markazi orqali 600 nafar tengdoşini zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga öqitgan. U faoliyatini Germaniyaning nufuzli kompaniyalari bilan xalqaro şartnomalar asosida global bozorga olib çiqişga erişganini sözlab berdi. Uşbu amaliy harakat tufayli mahalla yoşlar işsizligi va jinoyatçiligidan xoli hududga aylantirilgan.
Şuningdek, “Yaşil taşabbuslar” jamğarmasi koordinatori, “Green University” magistranti Guliraʼno Mamirovaning taşabbuslari eʼtiborga molik. Uning ekologik-ijtimoiy va “yaşil” innovatsiyalar startaplarini yölga qöyiş borasidagi işlari davlatimiz rahbarining alohida eʼtiborini tortdi.
Rangtasvir tanlovida “Eng original ğoya” nominatsiyasi ğolibi Odinaxon Maʼmurjonovaning ijodiy intilişlari, jismoniy imkoniyati çeklanganiga qaramay, uyda taʼlim olayotgan bolalar uçun “Öqi va yuksal” loyihasini amalga oşirib kelayotgan Çinora Ğulomovaning matonati Prezidentimiz tomonidan yuqori baholandi. Ularning jamiyatdagi inklyuziv muhitni mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslarini tizimli qöllab-quvvatlaş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berildi.
Körgazmaning startaplar, tadbirkorlik va kasb-hunar maydonida yoşlarimizning xalqaro miqyosda raqobatlaşa oladigan intellektual salohiyati namoyiş etildi.
Prezident maktabi bitiruvçisi, Çikago universiteti talabasi Asilbek Aşurov ön sakkiz yoşida “Makon AI” startapini taʼsis etib, sunʼiy intellektga asoslangan SAT/AP testlariga tayyorgarlik platformasini yaratdi. Bugungi kunda startapi AQŞ hamda Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika mintaqasida 100 mingdan ortiq mijoz va investorlardan 380 ming dollar sarmoya jalb etgani, loyiha qiymati 3 million dollarga baholanganini maʼlum qildi.
Dunyoning yetakçi akseleratori sanalgan “Y Combinator” dasturining birinçi özbek iştirokçisi Sardorbek Rahmatulloyevning AQŞda yillik daromadi köp ming dollarlik startapga asos solgani va “Meta Superintelligence” kompaniyasida orttirgan tajribasi ham milliy startap ekotizimimizning yutuği sifatida eʼtirof etildi.
Prezidentimiz bu kabi yuqori texnologiyali loyihalarni mamlakatimizda keng joriy etiş va yoş tadbirkorlarga xorijiy bozorlarga çiqişda kömaklaşiş davlat siyosatining ustuvor yönalişi bölib qolişini taʼkidladi.
Muhandislik va innovatsiya sohasidagi taqdimotlar doirasida talabalarning sunʼiy intellekt hamda robototexnika yönalişidagi muvaffaqiyatlari körib çiqildi.
Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabasi, dronlar poygasi böyiça mamlakat çempioni Biloliddin Ismoilov mahalliy antidron tizimlarini yaratiş va takomillaştirişda iştirok etayotganini maʼlum qildi.
Nukus davlat texnika universiteti talabasi, Nukus yoşlar texnoparki rezidenti Ayzada Asanovaning “Yangi avlod avtomobillari” yönalişidagi muvaffaqiyatli loyihasi esa hududlarda ham muhandislik maktablari jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbari uşbu innovatsion işlanmalarni turli tarmoqlarda joriy etiş zarurligini qayd etdi.
Navqiron avlodning madaniy-maʼrifiy sohadagi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş yönalişidagi yutuqlari ham uçraşuvning asosiy mavzularidan biri böldi.
Xalqaro gözallik va sanʼat tanlovlari sovrindori Nigina Faxriddinova hamda yoş musiqaçi Amina Avazovaning yutuqlari milliy madaniyatimizning xalqaro nufuzini oşirişga xizmat qilayotgani aytib ötildi.
Şu bilan birga, aholi orasida kitobxonlikni keng yoyişga qaratilgan raqamli loyihalar namoyiş etildi. “Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov yaratgan mobil ilova qariyb 5 million marta yuklab olingani va unda öqilayotgan kitoblar soni 18 milliondan oşganini taʼkidladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi Nilufar Ergaşeva “Yaşil söz” kitobi muallifi, “Söz” loyihasi iştirokçisi. U Özbekistonning adabiy xaritasini yaratiş orqali adabiy turizmni rivojlantiriş hamda “Burhoniddin Marğinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida özbek ijodkorlarining yirik nazm va navo keçasi, şeʼriy oqşomlar kabi ommaviy badiiy konsert dasturlarini taşkil etiş taklifini bildirdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan bölib ötgan samimiy muloqotda ular tomonidan ilgari surilgan istiqbolli loyiha va taşabbuslarni qöllab-quvvatladi.
Şundan söng, Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan uçraşuv ötkazdi.
Davlatimiz rahbari sözining avvalida yurtimizdagi barça yigit-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
– Biz islohotlarimizning ilk kunlaridan yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning orzu va intilişlarini röyobga çiqarişni davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilab olganmiz, – dedi Prezidentimiz.
Sönggi yillarda bu borada mutlaqo yangi tizim yaratildi. Har bir mahallada yoşlar yetakçilari faoliyati yölga qöyildi, yigit-qizlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, bandligi, taʼlimi, kasb-hunar egallaşi va tadbirkorlik boşlaşi uçun keng imkoniyatlar oçildi. Har haftaning payşanba kuni “Yoşlar kuni” etib belgilanib, vazirlik va idoralar yoşlar muammolarini örganiş hamda ularga yeçim topişga safarbar etildi.
Amalga oşirilgan işlar natijasida “Yoşlar daftari” orqali 1,5 million nafar yoşning muammosi hal qilindi. Yoş tadbirkorlar soni 5 karra köpayib, 287 mingdan oşdi. Xorijiy tillarni intensiv örganayotgan yigit-qizlar soni 3,5 million nafarga yetdi. Iqtidorli öquvçi va talabalar nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yoş sportçilar xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qölga kiritdi.
Davlatimiz rahbari bugungi global raqobat şaroitida mamlakatlarning ustunligi, avvalo, bilim, texnologiya va inson kapitali bilan belgilanayotganiga eʼtibor qaratdi.
– Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas – bilimi bilan, aholi soni bilan emas – texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas – inson kapitali bilan raqobatga kirişmoqda. Ilm-fan va tafakkur mahsuli bölgan yangi iqtisodiyot – bilimlar iqtisodiyoti hal qiluvçi kuçga aylanib bormoqda, – dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari yoşlarni buyuk ajdodlarimizga munosib voris bölişga, Yangi Özbekistonda Uçinçi Renessans poydevorini yaratişga daʼvat etdi.
Uçraşuvda Prezidentimiz Özbekiston milliy terma jamoasining futbol böyiça jahon çempionatidagi iştirokiga ham töxtaldi. Futbolçilarimiz kuçli raqiblar bilan öyinlar orqali katta tajriba orttirgani, Abbos Fayzullayev va Eldor Şomurodovning jahon çempionatidagi ilk gollari xalqimizga quvonç bağişlagani taʼkidlandi.
– Vatanimiz şarafini himoya qilgan terma jamoamiz aʼzolariga ortiqça his-tuyğu bilan eʼtiroz bildiriş, ulardan ayb qidiriş xalqimizga xos iş emas. Aksinça, bugun ularni qöllab-quvvatlaş, ruhini kötariş har qaçongidan ham muhim, – dedi Prezidentimiz.
Katta ğalabalar hali oldinda ekani, buning uçun bolalar futboliga eʼtibor kuçaytirilib, futbol umummilliy harakatga aylantirilişi, kelasi yil yanvar oyida Saudiya Arabistonida ötadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik hozirdan boşlanişi qayd etildi.
Prezidentimiz yoşlarning hayotda munosib örin topişi uçun bilim, kasb va texnologiyani eng muhim tayanç sifatida körsatdi.
Şu maqsadda har yili 500 ming nafar öğil-qizni zamonaviy kasbga öqitişga qaratilgan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yölga qöyiladi. Öquv markazlari taşkil etiş istagidagi yoşlarga yer va davlat obʼyektlari imtiyozli şartlarda beriladi, zarur infratuzilma davlat hisobidan yaratiladi, markazlarni quriş va jihozlaş uçun kredit stavkasi kompensatsiya qilinadi.
Qölida kasbi bor, lekin yangi könikmalarni egallamoqçi bölgan yoşlar uçun “kasb vauçeri” joriy etiladi. Har yili 50 ming nafar yoşning zamonaviy kasblarni örganiş xarajatlari foizsiz ssuda hisobidan qoplanadi. Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming nafar işsiz yoşga xususiy öquv markazlarida kasb egallaşi uçun bepul vauçer beriladi. Şu yilning özida bu tizim uçun 120 milliard söm ajratiladi.
Texnikumlarda xususiy sektor iştiroki kengaytirilib, litsenziya talablari soddalaştiriladi. Yangi öquv yilidan xususiy texnikumlarga ham kasbga öqitiş böyiça davlat granti ajratiladi. Xalqaro kasb tanlovlari ğoliblari va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan rağbatlantiriladi.
Xorijiy tillarni mukammal biladigan 650 mingdan ziyod yoşlar salohiyatidan mamlakatimizning boy tarixi, madaniy merosi, turizm va eksport imkoniyatlarini xalqaro maydonda tarğib qilişda foydalaniş muhimligi taʼkidlandi. Şu maqsadda Raqamli kontent platformasi işga tuşirilib, har yili 20 milliard sömdan ajratiladi.
Xorijda taʼlim olayotgan yoşlar bilan işlaş böyiça ham yangi tizim yaratiladi. Yetakçi xorijiy oliygohlarda öqiyotgan 14 mingdan ortiq yigit-qiz taʼtil davrida yurtimizdagi vazirlik, hokimlik, davlat va xususiy kompaniyalarda amaliyot va stajirovka ötaşi uçun raqamli muloqot platformasi işga tuşiriladi. “El-yurt umidi” jamğarmasi orqali yoşlarni xususiy sektor buyurtmasi asosida ham nufuzli xorijiy oliygohlarda öqitiş imkoniyati yaratiladi.
Prezidentimiz oliygoh bitiruvçisini işga olgan tadbirkorlar uçun yoş mutaxassisga nisbatan daromad va ijtimoiy soliq bir yil davomida 1 foiz etib belgilanişini eʼlon qildi. Bu 200 mingga yaqin bitiruvçini işga joylaştiriş uçun muhim rağbat böladi.
Ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni ötab qaytgan, jismoniy imkoniyati çeklangan yoşlarni qöllab-quvvatlaş uçun “Kafolatlangan birinçi qadam” paketi joriy etiladi. “Ustoz – talaba” dasturi asosida uyuşmagan yoşlarga kömaklaşgan talabalar ham rağbatlantiriladi.
Şuningdek, “Yoşlar mini-franşizasi” dasturi işga tuşiriladi. Mahalliy brendlar franşizasini oladigan yigit-qizlarga Yoşlar tadbirkorligi jamğarmasidan 300 million sömgaça foizsiz ssuda ajratiladi. Bu dasturlar uçun 500 milliard söm yönaltiriladi.
Yoşlar uçun kasb va til örganiş, işga joylaşiş, tadbirkorlik böyiça xizmatlardan “yagona darça” tamoyili asosida foydalaniş imkonini beradigan “Yoşlar xablari” taşkil etiladi. Uşbu tajriba Surxondaryodan boşlanib, bosqiçma-bosqiç boşqa hududlarda ham joriy qilinadi.
Davlat boşqaruvida yoşlarga işonçni kuçaytiriş maqsadida 5 ta yönalişda “TOP-100” dasturi amalga oşiriladi. Ğoliblar mukofotlanib, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etiladi. Har bir vazirlik va tarmoq öz yönalişida iqtidorli yoşlarni tanlab, xalqaro taşkilotlarga stajirovkaga yuboradi. Yiliga 2 ming nafar yoşni şunday stajirovkalarga yuboriş rejasi işlab çiqiladi.
Yoşlarni rağbatlantiriş va yagona maqsad atrofida birlaştiriş uçun “Özbekiston yoşlar ligasi” platformasi işga tuşiriladi. Unda yoşlarning taʼlim, kasb, tadbirkorlik, ilm-fan va jamoatçilik faoliyatidagi natijalari baholanadi. Yuqori natijaga erişganlarga grant, kontraktga çegirma, kasb vauçeri, imtiyozli kredit, xorijiy stajirovka, kadrlar zaxirasiga kiriş va ipoteka böyiça imkoniyatlar beriladi.
Yoşlar tadbirkorligini rivojlantirişda Bank-moliya akademiyasi “aql markazi” sifatida belgilanadi. Akademiya tinglovçilari hududlarda tayyor biznes loyihalarni şakllantiradi, Yoşlar tadbirkorligi jamğarmasi esa ularni qulay şartlarda yoşlarga taklif qiladi. Jamğarma yuqori daromad va köplab iş örinlari yaratadigan loyihalarga 5 milliard sömgaça investitsiya kiritadi. Bu tizim kamida 300 ming nafar yoşga öz biznesini boşlaş uçun yöl oçadi.
Innovatsion startaplarni qöllab-quvvatlaş böyiça ham yangi vazifalar belgilandi.
– Biz 2030 yilgaça iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oşirişni reja qilganmiz. Bunga erişiş uçun barça sohalarga yangi ğoya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Sönggi töqqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar ösib, 4 milliard dollardan oşgani, 1 ming 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bölgani qayd etildi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokim “1 mingta masalaga – yoşlardan 1 mingta yeçim” loyihasini işga tuşiradi. Yoşlar işlari agentligi biznes, axborot texnologiyalari va kreativ iqtisodiyot yönalişidagi 100 ta eng yaxşi loyihaga 1 milliard sömgaça investitsiya kiritadi.
Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohasida yoşlar uçun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi. Raqamli hukumat markazida birinçi superkompyuter klasteri işga tuşirildi, kelgusi yil uning quvvati 3 karra oşiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sunʼiy intellekt laboratoriyalari taşkil etiladi. Yoşlar uşbu imkoniyatlardan bepul foydalanib, hudud va tarmoqlardagi muammolarga yeçimlar işlab çiqadi.
Yangi IT parklar barpo etilişi hisobidan 20 mingdan ziyod yigit-qiz uçun yuqori daromadli iş örinlari yaratiladi. “Mening birinçi kompyuterim” dasturi orqali ehtiyojmand oilalardagi 10 ming nafar yoşga noutbuk xaridi uçun yordam körsatiladi.
IT va sunʼiy intellekt yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar uçun “dual taʼlim” kengaytiriladi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi davlat stipendiyasi hamda iqtidorli qizlar uçun “Muhandis qizlar” stipendiyasi taʼsis etiladi. Xalqaro olimpiadalar ğoliblariga berilayotgan 1 milliard sömlik rağbat sunʼiy intellekt böyiça xalqaro olimpiada ğoliblariga ham tatbiq qilinadi.
Yoşlar qalbida milliy ruhni mustahkamlaş, raqamli makonda milliy kontentni köpaytiriş maqsadida IT parklarda kompyuter va mobil öyinlar yaratuvçilari uçun inkubatsion markazlar oçiladi. Har yili milliy ruhdagi kamida 20 ta kompyuter va mobil öyin yaratiş böyiça davlat buyurtmasi beriladi.
– Biz yoşlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan heç bir öğil-qizimiz çetda qolmasligi kerak, – dedi Prezidentimiz.
Şu maqsadda “Vatan mehri – ijtimoiy taşabbuslar” tanlovi, ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Qanot” loyihasi yölga qöyiladi. “Yoşlar taşabbuslari marafoni”da ilgari surilgan ğoyalarni amaliy loyihaga aylantiriş uçun “Taşabbuslar ofisi” taşkil etiladi va bu işlarga 50 milliard söm ajratiladi.
Uçraşuvda giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan boğliq jinoyatlar yoşlar kelajagi va millat genofondiga katta tahdid solayotgani ham qayd etildi.
– Bu illatning yoşlarimiz orasida ildiz otişiga aslo yöl qöymaymiz, bu baloni tag-tomiri bilan quritmagunça töxtamaymiz. Giyohvandlik insonning eng qimmatli boyligi – soğliği, aql-irodasi, orzu-maqsadlaridan ayiradi. Unutmang, hayot insonga bir marta beriladi. Bunday illatlarga nisbatan murosasiz böling, umrning har bir daqiqasini ezgu işlarga sarflang, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz ota-onalarga ham murojaat qilib, farzandning kamol topişi, uning yorqin kelajagi uçun mustahkam poydevor, eng avvalo, oilada yaratilişini taʼkidladi. Ota-onalarni bugungi tez özgarib borayotgan murakkab şaroitda farzand tarbiyasiga har qaçongidan ham eʼtiborli va masʼuliyatli bölişga çaqirdi.
Uçraşuvda yoşlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi. Ular öz taklif va taşabbuslarini bildirdi.
Davlatimiz rahbari muloqot yakunida yigit-qizlarni katta marralar sari dadil intilişga, bilim, kasb va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallaşga daʼvat etdi.
– Men sizlardagi şijoat, bilimga taşnalik va yangilikka intilişni körib, doim ruhlanaman. Katta-katta marralar sari olğa qadam taşlang, öqing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinçilikdan çöçimang, mehnat qilişdan, örganiş va intilişdan heç qaçon töxtamang!
Şuni bilingki, ortingizda sizlarni katta orzu-umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb örgatgan ustoz va murabbiylaringiz, sizlarga işonib, doimo qöllab-quvvatlab kelayotgan xalqimiz, Prezident toğdek tayanç bölib turibdi! – dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 29 iyundagi farmoni va qaroriga muvofiq, öz bilimi, isteʼdodi, taşabbuskorligi hamda fidoyiligi bilan Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan bir guruh yoşlar “Kelajak bunyodkori” medali va “Mard öğlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.
30 iyun – Yoşlar kunida Toşkentdagi Olimpiya şaharçasida ana şu mukofotlarni topşiriş marosimi böldi.
Davlatimiz rahbari yurtimiz yoşlarining har birida katta salohiyat, isteʼdod va iqtidor borligini qayd etdi.
– Sizlar öz davrida buyuk kaşfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qöşgan, Birinçi va Ikkinçi Renessansning “aql çiroği” bölgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlaniş emas, vorislik bu ulkan masʼuliyat hamdir!
Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uçun qanday buyuk işlar qilgan bölsa, sizlar Yangi Özbekistonda yangi uyğoniş davri – Uçinçi Renessans poydevorini yaratadigan kuç bölişingiz kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şundan söng Prezidentimiz yoşlarga davlat mukofotlarini topşirdi.
– Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak eʼtirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin, safingiz yanada kengayaversin, – dedi Özbekiston yetakçisi.
Mukofotlangan yoşlar davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar uçun minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham öz bilimi, mehnati va taşabbuslari bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qöşişga tayyor ekanini taʼkidladi.
Şu kuni Olimpiya şaharçasida Yoşlar kuni munosabati bilan konsert dasturi taşkil etildi.
Ziyodulla JONIBEKOV,
Ikrom AVVALBOYEV,
ÖzA muxbirlari.
