Qalb közi
— Bu nima qilganing?! Közing körmi?
— Keçirasiz, bilmay bosib olibman.
— Közingga qarab yursang-çi! Naq 100 dollarlik tuflimning ahvolini nima qilding?!
— Yana bir bor uzr!
Metro poyezdining eşigi oçildi.
— Hozir tuşişim kerak, bölmasami… — tönğilladi şerigim.
— Şoşma! Bekor bunday munosabatda bölding.
— Nimaga? Uning özi qadamini eplay olmadi-ku!
— Baribir yaxşi iş bölmadi. Har holda, ataylab qilgani yöq, bunaqa tiqilinçda… Yana uzr ham söradi. Şunda ham sen şunça baqir-çaqir qilding.
— Örtoq, qöygin, özi keçga qolyapmiz, yur tezroq!
Filmni körayotib öylab qoldim: rostdan ham baʼzida köp narsalarga yuzaki qaraymiz yoki tuşunişga urinmaymiz. Hayotimizda biror noqulay vaziyat yuz bersa, uni töğri qabul qiliş örniga darhol aybdorni qidirişga tuşamiz. Körgan-keçirganlarimizni esa qalbdan his etmaymiz.
Inson hayotidagi eng murakkab va gözal hodisalardan biri — bu bir-birini anglaş, keçiriş va tuşuniş qobiliyatidir. Köp hollarda biz voqealarga yuzaki qarab, faqat taşqi tafsilotlarni baholaymiz va darhol hukm çiqarişga şoşilamiz. Biroq hayotning nozik jihatlarini, insoniylikning asl mohiyatini faqat qalb közi bilan anglaş mumkin. Şu nuqtai nazardan, adabiyot va sanʼat insoniy dunyoni çuqurroq idrok etişimizda katta yordam beradi.
Öylab köring: kundalik hayotimizda tez-tez uçraydigan oddiy bir holatni olaylik. Masalan, metro vagonida biror kişi yölingizni tösib qöydi yoki payqamay oyoğingizni bosib oldi. Köpçilik bunday vaziyatda darhol ğazablanadi, eʼtiroz bildiradi yoki aybdorni jazolamoqçi böladi. Ammo qalb közi bilan qaraydigan inson vaziyatga boşqaça baho beradi: u qarşisidagi odamning noqulay ahvolini tuşunişga harakat qiladi, xatoni qasddan emas, balki insoniy ojizlik oqibati deb biladi. Şu orqali asl insoniylik — boşqalarni tuşuniş va keçiriş qobiliyati yuzaga keladi.
Adabiyot ham xuddi şunday vazifani bajaradi. Har bir hikoya, roman yoki şeʼr bizni boşqa bir insonning içki dunyosi, hissiyotlari va qarorlari sababi bilan taniştiradi. Masalan, badiiy asar öqiyotganda qahramonning hatto kiçik xatosi ham uning içki keçinmalari bilan boğliq ekanini köramiz. Şu tariqa biz voqealarga faqat taşqi hodisa sifatida emas, balki qalb közi bilan qaraşni örganamiz. Natijada real hayotdagi vaziyatlarni ham çuqurroq anglaş könikmamiz rivojlanadi.
Insoniylik va qalb közi bilan köra biliş nafaqat boşqalarga nisbatan hurmatni oşiradi, balki özimizni ham çuqurroq anglaşimizni taʼminlaydi. Biz öz xatolarimiz, zaifliklarimiz va noaniqliklarimizni tan olişni örganamiz. Hayotdagi kiçik köngilsizliklar — tuşkunlik, ğazab yoki tuşunmovçiliklar biz uçun saboq bölib xizmat qiladi. Faqat qalb közi bilan qaraydigan kişigina hayotning murakkab sinovlarini yengil va soğlom idrok etadi, özining hissiy barqarorligini saqlab qoladi.
Şu nuqtai nazardan, adabiyot va kino orqali insoniylikni anglaş jarayonini yanada çuqurlaştiriş mumkin. Masalan, Ölmas Umarbekovning “Odam böliş qiyin” asarida boş qahramon hayotiy sinovlar va murakkab vaziyatlar orqali insoniy qadriyatlarni saqlaş, boşqalarni tuşuniş va keçiriş qobiliyatini egallaydi. Kitob sarlavhasining öziyoq juda maʼnodor: “Odam böliş oson emas”, degan haqiqatni yoritadi va har birimiz uçun voqealarni qalb közi orqali idrok etiş qançalik muhim ekanini eslatadi.
Qalb közi bilan köra oliş esa insoniyatning eng noyob va muhim fazilatidir. Şu bois, adabiyot bilan oşno böliş, kitob mutolaasi — eng katta maktab.
Ming afsuski, bugun köp yoşlar kitob öqimay qöyişgan…
Farangiz SADRIDDIN qizi.
