Yangi Özbekiston meʼmori
Ey, yurtimga ravnaq izlab, dunyoga böylab,
Xalq işida kuyib-yongan Prezidentim!
Keça-kunduz özni emas, bizlarni öylab,
Halovatdan tamom tongan Prezidentim!
Bilaman, siz balandparvoz gapni suymaysiz,
Tilyoğlama kimsalarga yöq Sizda toqat,
Lek xalqona jaydari gap ayta olsak gar,
Çin dildan tan olasiz, bu — Sizning zör xislat!
Mana öşa xalqona, çin jaydari fikr:
Garçi olamda davlat köp, köp atangan xalq,
Lek hayotga teran boqib, söng etsak zikr,
Qayerda bor bizning xalqday bek atalgan xalq?
Yaʼni Sohibqiron bobom berganday saboq,
Biz amiri Turkistonmiz, mulki Turonmiz.
Siz aytganday, keng dunyoni ilm-la olmoq
Orzusida yongan nasli Özbekistonmiz!
Yana bir haq gapni aytgum siğmay jahonga:
Yangi Renessans ğoyasin bergan axir, Siz!
Biz bunyodkor bölsak yangi Özbekistonga,
Ey, Yurtboşim,
Siz uning Boş meʼmoridirsiz!
“Elni rozi qiliş” degan öy bilan Siz
Jo böldingiz yuraklarning tub-tubiga.
Izdoşlar ham erişmoqda har lahza, har kez
Mehnatsevar xalqimizning roziligiga.
Sizning,
Bizning kuç-qudratga kim şubha qilsa,
Kelsin, kezsin, yurtimizning
Har yoğin körsin.
Kim bu dunyo möʼjizasin körmoqçi bölsa,
Körsin megapolis şahar Toşkentim körkin!
Yöq! Birgina Toşkent emas,
Butun yurt ötdi
Tom maʼnoda tadbirkorlik harakatiga.
Siz boş bölgaç, bu ham bor gap,
Aylanib ketdi
Özbekiston bunyodkorlik mamlakatiga!
Sirmas, alğov-dalğovlardan
Bezovta dunyo,
Tahlikada yaşayotir jumlai olam.
Faqat tört-beş davlat tinç, bu —
Lof emas aslo,
Ular içra bor bizning hur
Özbekiston ham!
Qandoq edik
Siz yurtga boş bölişdan avval?
Asli töğrimas öz yurtin loyga belamoq,
Lekin gapni bukmay, fikrim
Bildirsam dangal,
Qoğozda iş zör edi-yu,
Amalda — çatoq…
Çorak asr vaʼdalarga işondik, göyo
Erta-indin “Zör!” böladi işlar gurkurab.
Öşa çoğlar ham mustaqil bölsak-da, ammo
Yaşar edik zuğumlardan qörqib, xavfsirab.
Şukur, şukur! Ming-ming şukur
Baxtimiz kulib,
Tarqab ketdi dillardagi qayğu, ğam-alam,
Yaʼni öşa qörquv va xavf butkul daf bölib,
Yangi Özbekiston olğa taşladi qadam.
Bölib uluğ karvon uçun munosib sarbon,
Elni olğa yetaklaysiz heç olmasdan tin.
“Buyuk yurtni birgalikda qurajakmiz!” — deb
Yuraklarga qadadingiz işonç uruğin.
Qanday mardlik, “Xalq davlatgamas, davlat xalq uçun
Xizmat qilsin!” — deganingiz böldi zör ğoya.
Muammolar borasida yeçildi tugun,
Yaʼni endi davlat bizni qilar himoya.
Ne baxt, bugun, dillar obod,
Tan-jon soğ esa,
Bizga havas qilar butun
Jumlai jahon!
Siz aytganday, yakdil bölsak,
Xudo xohlasa,
Yangi Özbekiston –
Nurli yoruğ koşonamizni
Birga quramiz!
Ziyovuddin MANSUR
