Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi
yurtdoshlarimizni eng ulug', eng aziz bayramimiz —
mustaqilligimizning qutlug' 35 yilligi bilan muborakbod etadi.
Vatanimiz farovonligi, go'zalligi, taraqqiyoti, xalqaro nufuzi yanada yuksalaversin. Aziz vatandoshlarimizga mustahkam sog'lik, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilaymiz.
Alohida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda tabiiy boyliklarni o'zlashtirish uchun yirik investitsiyalarni jalb etish, tog'-kon sanoati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasiga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Quvonchlisi, institutimiz jamoasi dunyodagi ilg'or tajribalar, dual ta'lim dasturlariga muvofiq sharafli vazifalarni bajarishga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.
Mustaqillik shodiyonasi qutlug' bo'lsin!
