Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti jamoasi
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni muborakbod etadi.
Istiqlol, hurlik saodati, milliy davlatchiligimiz qayta tiklangan va shu boisdan jahonaro ona yurtimiz Mustaqil mamlakat sifatida bo'y ko'rsatgan qutlug' sana barcha-barchaga muborak bo'lsin!
Mamlakatimizda olib borilayotgan tarixiy o'zgarishlar, ayniqsa, oliy ta'lim sohasidagi izchil islohotlar tufayli yoshlar qo'llab-quvvatlanib, ularga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Shubha yo'qki, bugun ta'lim olayotgan, kamolga yetayotgan yoshlarimiz — Yangi O'zbekistonning ishonchli egalaridir.
Yurtimiz bo'ylab kezib yurgan bayram shukuhida barcha aziz ustozlarga, talaba-yoshlarga tuganmas kuch-g'ayrat, baxt va omad tilaymiz.
Jonajon Vatanimizdagi har bir xonadondan fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik sira arimasin!
Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo'lsin!
