Avgustda örik pişiği

yoxud şoir xonadonida ĞrikxĞrlikdan benasib qolganim haqida

Yozning sönggi oyi — avgust boşlarida jannatmonand Boysunning sölim göşalaridan biri Yuqori Maçayda ijodiy safarda bölişga töğri keldi. Uşbu mahalladan bir qişloq pastda men uçun eng qadrli bölgan insonlardan biri — taniqli ijodkor, şoir Abdimurod Xudoyberdiyev umrguzaronlik qiladilar. Şahardan çiqişda ijodiy safardan söng şoir akamizning diltortar suhbatlarini olişni ham özimça reja qilgandim.

Biroq borar manzilimiz Yuqori Maçaydan yana 15-16 çaqirim olisdagi baland toğlar bağrida ekanligi bois möljaldan ança keç — kunbotar mahalda ortga qaytdik. Şoir xonadonida keçadigan suhbat ortga surilganini allaqaçon anglagan bölsam-da, şundoq darvozalari yonidan ötib, indamay ketişni özimga ep körmadim. Şoir xalqi tabiatan köngli nozik xilqat ekanligini bilganim bois heç bölmasa oyoq uçida bölsa ham Abdimurod aka bilan bir zum hollaşiş niyatida darvozalari qarşisida töxtadik. Neça yillar oralatib şu tomonlarga ijodiy safar qilganim-u, bir qur bölsa-da, hollaşmay ketib qolganimni eşitsalar, domangir, yaʼni xafa bölişlari tabiiy edi-da.

Köça darvozadan qilgan çaqiriğimizni eşitgan şoirning özlari nevaralar qurşovida bizga peşvoz çiqdilar. Bir-birimizni bağrimizga bosib, diydorlaşdik. Sönggi bor şaharda körişganimda soğliqlarini ança oldirib qöyganlarini körib, taşvişlangandim. Haytovur, salomatlikni tiklab, ança tetiklaşibdilar. Çehralariga nur, ruhiyatlariga sokinlik qaytganini körib, dilim ravşanlaşdi.

— Xayriyat, muharrir ukajonimni körar kun bor ekan-da, — deya uyga taklif qildi. — Bugun ketiş yöq, tonggaça daryo labidagi sörida suhbat qilamiz, — degança hovli töriga, daryo suvi ovozi şarqirab eşitilayotgan quyuq daraxtzor tomon işora qildi u.

Vaziyatni tuşuntirib, uzrimizni aytdik. Biz tomondan “noinsoflik” bölayotganini anglab turgan bölsak-da, “şirin ijodiy suhbat”ni boşqa kunga qoldirişlariga ijozat söradik.

— Örik pişdi qişloqda, heç bölmasa, biror soat ötirib, örikxörlik qilinglar… Şunça yöl bosib, köça darvozadan qaytiş nimasi?

Kun keç bölgani, hali işxonada ham qiladigan işlar borligini aytib, şoir akamiz xonadoniga yaqin oylar içida mehmon bölişni vaʼda qilib, ijozatlari bilan şaharga qaytdik.

…Va yöl-yölakay Darband darasining şom paytidagi afsonavor manzaralariga mahliyo bölgan holda beixtiyor Abdimurod akaning örikxörlik haqidagi takliflari yodimga tuşsa-çi… “Qanaqasiga örikxörlik, şoir hazillaşmadilarmi, yozning sönggi oyida-ya?”

Xayolimdan keçganini taşimga çiqarişni bilib-bilmay bir zum özimça fikrladim. Nihoyat, yonimda maşina boşqarayotgan hamrohimdan najot kutgandek:

— Şoir örikxörlikka taklif qilganlarini siz ham eşitdingizmi? — dedim.

— Nega eşitmayin, bir emas, bir neça marta daʼvat qildilar, lekin eʼtibor qilmadingiz.

— Şu pallada örik pişadimi? Töğri, bir vaqtlar eşitgandim, baland toğ qişloqlari, masalan, Maçaydan ança yuqoridagi Örikli kabi qişloqlarda örik pişişini.

— Bor böling-e, Maçay, Yuqori Maçayda ham endi pişdi örik. Tunov kuni kelib ketgandim. Pişgandayam, hali ğöra. Biror haftada ğarq pişadi, şekilli.

Qiziq, Boysunning Şerobod-Bandixonga tutaş hududlarida örik aprelda, şahar hududida may-iyunda, bu tomonlarda avgustda örik pişadi. Eşitganimga köra, Örikli, Yakkatol kabi qişloqlarda hatto sentyabrga borib örik sarğayarkan.

Mana, Boysunning öziga xos möʼjizakorligi. Bir nom bilan ataluvçi hududda tört faslning uç faslida örik pişiği ötadi. Bundan ortiq möʼjizaning özi böladimi axir?

Ertasi kun Yuqori Maçay mahallasida kartoşkaçilikni rivojlantiriş loyihasi doirasida borib körganim — ibratli işlar haqidagi narsani qoralab turganimda, tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Yunusbek Xoliyorov aloqaga çiqib qoldi.

— Assalomu alaykum, ustoz! Keça Maçay tomonlarga ötgandim, muhim yiğiliş bor edi. Tadbirdan söng bir-ikkita yaxşi videotasvir va suratlar oliş uçun xonadonlarga kirdim. Qiziği, Maçay tomonlarda ayni örik pişiği boşlanibdi. Juda çiroyli tasvirlar, suratlar olindi. Sizga ham taşlayapman, körib zavq oling, dedim.

— Bir-birimizdan bexabar bir kunda bir manzilga ijodiy safar qilibmiz, — deyman Yunusbekdan videotasvirlar uçun minnatdor bölib. — Men baland toğ hududiga çiqqanim tufayli bexabar qolibman-da. Ammo-lekin tasvir va suratlar uçun taşakkur!

Yunusbekka şoir bilan bölgan keçagi voqeani, özim anglamagan holda soddalik tufayli “örikxörlik”dan benasib qolganim haqida gapirib berdim. Rosa kulişdik…

Darvoqe, Yunusbekning tasvirlarini tomoşa qilib, Boysun haqiqatan ham jannatmonand yurt, bu yerda har qadamda betakror tabiat möʼjizalariga duç kelişingiz oddiy hol ekanligiga, bu makon haqiqatan Alloh nazari tuşgan joyligiga yana bir bor amin böldim.

Mana, yurtimizga tiramoh nafasi kirib keldi. Toğlarga esa tiramoh yanada avvalroq taşrif buyuradi. Örik daraxti kuz nafasi hali kirib kelib-kelmay birinçilardan bölib sarğayib, barg tökadigan daraxt. Demak, Maçay zardolilari ham tumanimizning boşqa hududlaridan avvalroq barg tökadi. Lekin bungaça uning hosillari pişib ulgurişi kerak… Bu kabi noyob tabiat hodisasiga har joyda emas, Boysundek möʼjizalarga boy maʼvoda guvoh böliş mumkin.

Hamkasbim olgan video va suratlarda avgust oyining sönggi kunlari bölişiga qaramay, Maçay boğlari, hovli-uylardagi zardoli daraxtlarining mayin şamolda sollanib turgan şoxlaridagi qizil, sariq rangdagi örik mevalarini körib, Yaratgan Egam biz insonlarga qançalik gözal rizqlarni ato etganligini tasavvur qilaman.

Darvoqe, soddalikmi, eʼtiborsizlikmi bois Abdimurod akaning xonadonidagi örikxörlikdan benasib qolganim, balki, yaxşilik uçundir. Bir yaxşilikki, ilohim, kelgusi örik pişiğigaça ham umrimizni ziyoda qilib, şoir hovlisidagi sörida, kuz arafasida ğarq pişgan zardoli daraxtlari soyasida ötirib, şirin davra atrofida örikxörlik qiliş nasib etsa…

Davron ORIF,

jurnalist,

“Boysun” gazetasi

boş muharriri.

 

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan