Amir Temur fitrati
(Dostondan parça)
Tiyran közlar ila hayotni köriş qançalik katta baxt bölsa, uni qalb közi bilan idrok etiş beqiyos şukuh baxş etadi. Jaloliddin Rumiyning “Közni yumgil, közga aylansin köngil” degan hikmatiga amal qilib, xayolan 1336 yil 9 aprel kuni qadimgi Keş (Şahrisabz) viloyatining Xöja Ilğor qişloğini ziyorat qildim. Ha, xayolan ziyorat qildim. Amir Tarağay öğli Amir Temur şu ajib göşada tuğildi. Ustoz adib Pirimqul Qodirovning “Amir Temur siymosi” ilmiy badiasida qayd etilganidek: “Ona tabiat ham bu oilaga çeksiz saxovatlar körsatgan. Toğlardan oqib tuşgan zilol suvlar Qarşi daştidan esgan issiq va quruq havolar bilan Xöja Ilğor boğlarida uçraşib, dunyoda tengi yöq totli mevalar bergan. Qişloq atrofidagi seröt yaylovlarda behisob yilqilar va hisoriy qöylar boqilgan. Ular bergan qimizlar, qazi-qartalar va boşqa nodir noz-neʼmatlar Temurbekning nihoyatda soğlom va baquvvat bölib ösişiga imkon yaratgan”.
Maʼrifatli va diyonatli ota-ona Temurbekka bolalik paytidan juda yaxşi tarbiya berganlar. U axloqi pok, rostgöy, mehr-oqibatli farzand bölib voyaga yetdi. Manbalarda körsatilişiça, Temurbekning otasi Amir Tarağay 1360 yilda vafot etadi. Tegina bibi esa şundan bir neça yil oldin olamdan ötgan. Demak, Temurbek yigit yoşida ham ota-onaning olijanob taʼsiridan bahramand böladi. Uning öz ota-onasiga mehr-oqibati maşhur Oqsaroy timsolida körinadi.
Hisor toğlari etagida joylaşgan Xöja Ilğor qişloği hozir ham Şahrisabzdan ön tört çaqirim naridagi eng gözal va obod göşalardan biri. Qişloqqa tutaş qiru adirlar, ulardan naridagi purviqor toğlar Temurbekka qanday ğurur baxş etgan bölsa, u bugungi avlodlar uçun ham şunday eʼzozlidir.
Atoqli adib Muhammad Ali “Amir Temur solnomasi” maqolasida qayd etişiça, Temurbekning otasi — Amir Tarağay barlos qabilasining nufuzli oqsoqoli bölgan. Onasi — Tegina Xotun Buxoro ulamolari peşvosi, mavlono sadr aş-şariʼa, yaʼni şariat qonunlarini şarhlovçi alloma Ubaydulloh al-Buxoriyning qizi edi. U milodiy 1334 yilda 16 yoşida Tarağaybekka uzatilgan. Oradan ikki yil ötgaç, Temurbek tavallud topgan. Öşa olamşumul kunni qalban idrok etar ekanman, dilda keçgan tuyğularim şeʼriy satrlarga ulanib ketdi:
Xöja Ilğor — qadimgi Keş zaminida,
Xuşmanzara qişloq, bir yon baland toğlar.
Yoş qizçalar özlariça malikadek,
Yigitçalar polvonlikka özin çoğlar.
Qişloq ahli qadim barlos uruğidan,
Elboşidir amir Muhammad Tarağay.
Adolat deb bir qölida qiliç tutsa,
Boşqa qöli elning koriga yarağay.
Farzandlarin orasida öğli Temur,
Bolalikdan zehni ila iligi töq.
Kamonbozlik borasida çapdast mergan,
Xato ketmas edi sira birorta öq.
Ot öynatar, u qiliçboz, çaqqon çunon,
Kuraş tuşsa yiqar edi pahlavonni.
Qiş kunida muz teşgança soyga şönğib,
Çiniqtirar yozda oftob yegan tanni…
* * *
Möğul xonlar xizmatiga közlar ota,
Amirligin ettirgaydir öğli davom.
Yuz yildan ham oşdi Movarounnahr,
Bosqinçilar qölidadir yurt-u avom.
El-olomon özgardi şu yuz yillarda,
Özgarişga “mahkum” böldi lison-lahja.
Sönmoqdadir qalblardagi şijoatlar,
Sönmoqdadir erk atalgan çöğ ham laxça…
Bir paytlari dong taratgan muzofotda,
Xöja Ilğor nomi qolgan, söngan şoni.
Xöja Ilğor — ismi öz jismiga monand,
Öz davrining bölgan yetuk bir insoni…
Xöja Ilğor qurdirgan çöng masjidning,
Gumbazidan köçmiş koşinlari moviy.
Xöja Ilğor yoqib ketgan gulxanlarning,
Çöği bunda boşlagandi soviy…
Kim tiklaydi endi yangi binolarni?
Elim, deya gulxanga kim qalar qalov?
“Men yoqaman!” — deya Temur ğozlanadi,
Sözlaşlari, qaraşlari şundoq olov!..
* * *
Keksayganda kördi Muhammad Tarağay,
Köz öngida ulğaymoqda toğ loçini.
Ikki yondan törtta odam tortgan bilan,
Oça olmas yoş Temurning quloçini.
Köpkarilar oralaydi böz tarloni,
Uzangidan uzolmaslar oyoğini.
Qöşqöllab ham eplay olmasdilar köplar,
Bir qölida öynatguvçi tayoğini.
Şunday kuçga juda oliy maqsad kerak,
Tegsin undan ona yurtga, elga foyda.
Xirmondagi puç donlarning sarasidan,
Şopirganda uçgan somon yelga foyda.
Yolğiz otning çangi çiqmas yugurganda,
(Çangi çiqsa donği çiqmas derlar emiş).
Çor-tarafni zirillatar çopsa uyur.
“Ey, otajon, nima qilay, körsatgin yöl,
Ota rozi — xudo rozi, faqat buyur!..”
* * *
Hikmat bordir: “Bilagi zör — birni yiqar”,
Bilimi zör — ming-minglarni qoldirar lol.
Olloh izmi ila harakatda deya,
Unga Temur ismin qöygan edi Mir Kulol.
Ön töqqizda uylantirib qöyişgandi,
Omad kulib qöşa-qöşa öğil kördi.
Farzandlarin iqbolini öylab kun-tun,
Oilada u baxt naşidasin surdi.
* * *
Elin ozod körmoq iştiyoqi olovlandi,
Bosqinçiga qarşi dadil kötardi boş.
Ğanimlar ham anoyimas, kuç-qudratli,
Jangda ğolib bölmoq uçun kerak bardoş.
Seyistonda bölgan jangda Temur ilk bor
Yaralandi ham oyoği, ham qölidan.
“Lang bahodir” laqabini orttirsa ham,
Heç qaytmadi heç tanlagan yölidan.
Öng qölining payi qurib qolsa hamki,
Çap qölida qiliç çopmoq emasdi çöt,
Dunyo dunyo bölib yaralgandan buyon,
Bunday bir söz amirni heç körmagandi…
* * *
Qirğinbarot “Loy jangi”dan çiqdi omon,
Yaraladi yuragin döst xiyonati.
Oq-qorani anglab şunda olib saboq,
Metinlaşdi bilaʼks iymon, diyonati.
Hayot saboqlarin Temur idrok etgan,
Körar halollik mezonin qayta-qayta.
“La havla”dan yuragiga olib quvvat,
Yurar doim tavba takbirini ayta.
* * *
Yangi saltanat haqida öylar Temur,
Xatolikka yöl qöymaslik kerak zinhor.
Uç asrça avval sönib qolgan vulqon —
Uyğoniş davriga bölar zör poydevor.
Bu Ikkinçi Uyğonişni bergay boşlab,
Mudroq madrasa kunjiga ilm qaytgay.
Bu dunyoda har kim qilar öz işini,
Amir qurol tutib yurgay, olim aytgay.
Saltanatga salohiyat zör ila zar,
Adolatdir mustahkamlikning asosi.
Jaholatning volidasi ilmsizlik,
Bilmaganni söramoqlikdir şifosi.
Yoş avlodga kerak bilimli ustozlar,
Saodatning kalitini tutar ular.
Kelajakka oltin qanot — maʼrifatdir,
Öqimişli bölgan elning baxti kular.
Amir Temur qayga borsa izlar ilm,
Zukko olimlarning nomin bitdi xatga.
Köp yurtlarda qadrsiz ahli ulamo,
Yetişdilar ilmiy markaz — Samarqandga.
“ŞOHIZINDA” ANSAMBLI
Rivoyat qilişlariça, qadimda Samarqanddagi Afrosiyob tepaligida bir ibodatxona bölgan ekan.
Şoir Mirzo Kenjabekning “Qusam ibn Abbos — Şohi Zinda” kitobi muqaddimasida şayx Usmonxon Alimov quyidagi mulohazalarni bayon etgan: “Hazrat Payğambar alayhissalomning amakizodalari, bolalikdan ul Janobning duolariga erişgan, ul Janobning muborak jasadlarini yuviş, kafanlaş va dafn etişda qatnaşgan, ul zotni qabrlarida eng oxirgi marta körgan, xulqlari va şakl-şamoyillari jihatidan ul kişiga eng köp öxşagan, qisqa vaqt Madinai munavvara, söng ança vaqt Makkai mukarrama şaharlari hokimi bölgan, bu davrda haj işlariga rahbarlik qilgan, umr oxirida Saʼid ibn Usmon laşkari safida Movarounnahrga kelib, Samarqandni fath etgan, u yerda şahid bölib, dafn etilib, bu diyorning şaraf topişiga sabab bölgan aziz zotning hayoti lavhalari kitobxon qalbida zavq-u şavq uyğotadi, ularning u kişiga bölgan hurmat va muhabbatlarini ziyoda qiladi”.
Amir Temur Samarqandni poytaxtga aylantirganida Qusam ibn Abbos qabri ustiga mahobatli maqbara qurdirgan. Undan quyiroqda temuriylar oilasiga mansub ayollar va şahzodalar maqbaralari paydo bölgaç, bu joylar katta ziyoratgohga aylanib ketdi.
Yurt ila iymonning fidosi bölgan,
Temur bobomizdan qolgan xazina.
Afrosiyob tepaligin poyidan
Çöqqisiga eltar tik marmar zina.
Tepalik bağridan öyilgan supa
Zamin bölgan navbatdagi dahmaga.
Bunday ulkan işlar kölamin körib,
Gohida yurak ham tuşar vahmaga.
Samarqand körinar bu yerdan kaftdek,
Inşootlar turar şonli saf tortib.
Kelib qolar göyo törtta tarafdan
Sanoqsiz karvonlar öljalar ortib.
Muhtaşam madrasa — Bibixonimning,
Saxovatli qalbin etgan mujassam.
Toş töşalgan yölda ötib bormoqda,
Qadami zalvorli Vaqt — oliy hakam.
Registon maydonin Mirzo Uluğbek
Madrasasi ila muborak qildi.
Uning peştoqiga sulton amri-la,
Meʼmorlar nurafşon yulduzlar ildi.
Amir Temur maqbarasi erta-keç
Ziyorat ahliga tölar quçoği.
Ehtiromga töla avlodlar safi
Uziladi bunda faqat tun çoği.
Samarqand kökida tunlar yarim oy
Şohizinda uzra quyar harir nur.
Taxtda ötirgança olis-olisga,
Boqadi marmardan qad tikkan Temur.
Şohizinda pastdan to tepagaça,
Çirmaşgan gul kabi marjon şodasi.
Fanodan baqoning ustun kelgani,
Şarafiga toşgan zafar bodasi.
SOHIBQIRON ADOLATI
Amir Temur: “Kuç — adolatda!” —
Bu hikmatni qilgandi şior.
Şu sababli yetti iqlimga
Maşhur böldi temuriy diyor.
Jahonaro Temur tutmişin
Orzu qilib, olardi ulgi.
Ammo şunday şohlar ham bölgan,
Qilgan işi uyat va kulgi.
Sohibqiron davrida qöşni
Ölka edi qaroqçiga kon.
Talanmasdan qolmasdi sira
Undan ötgan birorta karvon.
Talanardi mol ila joni,
Qul qilinib sotilar edi…
Yarim karvon qorovul tunda,
Til duoda yotilar edi.
Şundan yetib kelgan mahsulot
Narxi osmon sotilar edi.
Çora izlab karvonboşilar
Hokimlarga arz-dod etardi.
“Qiziq holat, — öylardi Temur,
— Nega bunça qaroqçi urçdi?
Yurtning şohi nima bilan band,
Unutganmi rahbarlik burçni?”
Maktub yozdi: “Yetmasa kuçing,
Jönatayin laşkar, tut barin.
Eng avvalo yurt tinçligiga
Sarflaş kerak xazina zarin!”
Bu maktubni olgan şoh yozdi:
“Yurtimiz tinç, raiyat obod,
Savdo ahli şudir hunari,
Yoğdirişdir nomimga isnod.
Öz işimiz bilib qilamiz,
Aralaşmang özga işiga.
Bizda qişdan çiqqan qaroqçi
Yetmas keyingi bor qişiga!”
Ammo ahvol özgarmas sira,
Köpayardi battar uruği.
Çamasi, bu şoh sözlarining
Rostidan ham köpdir duruği .
Josus bölib kezgan qalandar
Topib keldi xöb ğalati gap:
Qaroqçilar öz öljasidan
Ajratarkan öşal şohga naf.
Deydilar-ku: “Qölni yuvar qöl”,
Qaroqçiga şerik emiş şoh.
Qaroqçilar maskani tunlar
Bölar emiş şohga bazmgoh.
Qayta-qayta tekşirildi bu,
Hatto qavm şohdan norozi.
Mirşablari yumar ekan köz,
Oqlar ekan bu işni qozi!
Bu qandayin ulkan qabohat,
Şoh öz xalqin rizqin talasa,
Şoirlari madhiya bitib,
Aqça tutgan qölni yalasa?!
Yozdi Temur ogohnomasin,
Ötga otdi qöşni şoh kulib.
Va javoban elçi ahlini
Qaytarvordi soqolin yulib.
Bundan çiqdi Amirning jahli,
Şayx ul-islom berdi fatvoni.
Ön ming laşkar tortdi tekis saf
Uruş suri çalingan oni.
Vahimaga tuşgan qöşni şoh
Jangçilarin töplolmay halak.
Qöşnilarga jönatdi maktub:
“O, bunçalar makkordir falak!
Menga qöşin tortmişdir Temur,
Öz mulkiga töymagan sulloh…
Agar menga yordam bermasang,
Özingni ham yutgusi nogoh!”
Kimdir otdi maktubni ötga,
Kimdir tortdi bundan uyatliq.
Xazinasin titkilagança
Yordam qildi mingtaça otliq.
Şoh laşkarin yarmi qaroqçi,
Oşkor jangdan olmagan saboq.
Yarmi avom, yaʼni qalqonni
Öylaguvçi katta oştovoq.
Qiliçlarning örnida söyil,
Nayza deya kötargan panjşox,
“Jangga!” deya saroy tomidan
Baqirardi qaroqçi podşoh.
Natija ham şunga yaraşa,
Jang boşlanmay yengildi qöşin.
Tunda qörqmay karvon talagan
Yotdi ğorga bergança töşin.
Toğlarni ham titkilab Temur
Qaroqçidan mutlaq pokladi.
Qölga tuşgan şoh ming yolvorib,
Qasam içib özin oqladi…
“Hatto xalqing sendan norozi,
Ey, öz nafsin öylagan banda!
Qaroqçiga şerik bölibsan,
Öz-özingni qilib şarmanda!
Jöna, joning Ollohning mulki,
Kaʼbaga yet, gunohingni sör.
Nasib qilsa, öşa yoqlardan
Topilib ham qolar senga gör…”
Temur qöşdi bu muzofotni
Öz mulkining tengma-teng qismi.
Öz xalqiga qöşildi xalqi,
Xutbalarda aytildi ismi.
Qaroqçidan qutulgan yurtda
Farovonlik kuçaydi ösib.
Ötsa birov kötarib oltin,
Heç kim çiqmas yölini tösib!..
El-ulusga madrasa, hammom,
Qurilardi köprik va yöllar.
Kimki xalqning ğamini yesa,
Xudoyim ham öşani qöllar.
Bundan ibrat olgan köp ellar
Tortar bölsa şohidan ozor,
Jönatişar öz elçilarin
Yoki maxfiy maktublar yozar.
Adolatdir kasod bölmas mol,
Oşiği köp yöllarida zor.
Uçraşi bor Haqning qahriga
Qaroqçisi köpaygan diyor…
Mardlik mangu yaşaydi abad,
Ajdodlardan adolat meros.
Ezgulikdan ibrat olsa kim,
Yurti jannat bölişi ham rost!
Temurdan söng ötdi asrlar,
Obod yurtga aylangan Turon.
Bugun yangi Özbekistonda
Ajdodlarning ruhi şod, inon!
Tölqin EŞBEK
