Vatanimga bağişlov
Sajdagohim özing, saodatim san,
Qalbimga jo bölgan jannatsimon tan.
Har qariç tuproğing közga tötiyo,
Köksimda çaraqlar muqaddas Vatan!
Neça asr kutgan ozodlik tongi,
Hurlik şamolidan dillar yayradi.
Mustaqillik bergan şaraf va qadr,
Elimning boşiga toj bölib qöndi.
Tömaris qahridan titragan jahon,
Şiroqning jasorat izi öçmagan.
Spitamin, Temur, Jaloliddindan
Meros bu ğururni heç kim yengmagan.
Sarhadda sergakdir şerdil öğlonlar,
Közida Vatanning tinçligi, ori.
Kökragin qalqondek tutgan mardlarning
Yurakda jöş urar ajdodlar qoni.
Odimlaring dadil, porloqdir ertang,
Yangi Özbekiston — navqiron böston!
Ilm-u şijoatda yoşlar safi keng,
Şaʼning yuksaklarga yetgay begumon.
Boşim uzra parvoz etsin humo quş,
Osmoning mudom bölsin musaffo.
Sen borsan — hayot bor, yaşamoq surur,
Ey ona diyorim, yurtim bebaho!
XAYRLI KEÇ
(Erkin Vohidovning şu nomli şeʼriga nazira şaklida)
Yuraklarga mehr jo bölar,
Vujudlarda ajib hayajon.
Xayrli keç tilayinki men,
Robbim, seni saqlasin omon.
“Oddiy tilak” deb bilma aslo,
Bu taqdiring, bu mening şarhim.
Xayrli keç tilamay qöysam,
Bir murdadan qolmaydi farqim.
Şirin sözga ezgu köngillar
Muştoq bölib turadi har vaqt.
“Xayrli keç” degan bu kalom,
Dillarimiz yayratar albat.
Oqşom tuşib yulduz çiqqanda,
Takrorlanar bu gözal damlar.
Tongda yana körişmoq uçun,
Xayrli keç tilar odamlar.
Zinfera Esanova,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining
11-sinf öquvçisi, “Vatan tayançi” otryadi aʼzosi.
