Gender tenglik – zamonaviy taʼlimning muhim tamoyili

Gender tenglik bugungi kunda inson huquqlari, ijtimoiy adolat va barqaror taraqqiyotni taʼminlaşning muhim şartlaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Ayniqsa, taʼlim tizimida gender tengligini taʼminlaş masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Çunki taʼlim inson dunyoqaraşi, kasbiy yönalişi, ijtimoiy faolligi va kelajakdagi imkoniyatlarini şakllantiruvçi asosiy omillardan biridir. Qizlar va öğil bolalarning taʼlim oliş, öz qobiliyatini namoyon etiş, kasb tanlaş hamda intellektual salohiyatini rivojlantirişda teng imkoniyatlarga ega bölişi jamiyatning umumiy taraqqiyotiga bevosita ijobiy taʼsir körsatadi.

Taʼlimda gender tenglik tuşunçasi faqat qizlar va öğil bolalarni maktabga qamrab oliş bilan çeklanmaydi. U taʼlim resurslari hamda imkoniyatlaridan teng foydalaniş, taʼlim jarayonida birdek munosabatda böliş hamda taʼlim mazmuni va natijalaridagi nomutanosibliklarni bartaraf etişni qamrab oluvçi keng qamrovli hodisa sifatida talqin etiladi.

Zamonaviy taʼlim jarayonida gender tengligi masalasining dolzarbligi şundaki, garçi barça öquvçilarga qonunan bir xil huquq berilgan bölsa-da, amaliyotda ularning taʼlim oliş va kasb tanlaş imkoniyatlariga ijtimoiy qaraşlar, oilaviy tarbiya, madaniy anʼanalar hamda gender stereotiplari taʼsir körsatmoqda. Masalan, “matematika va texnika — öğil bolalarga mos”, “qizlar gumanitar fanlarga köproq qobiliyatli”, “rahbarlik — erkaklarga xos”, “pedagoglik — ayollar kasbi” kabi qaraşlar öquvçilarning öz qobiliyatini xolis baholaşiga va kelajakdagi kasbiy tanloviga salbiy taʼsir qilişi mumkin. Bunday stereotiplar bir qaraşda oddiy ijtimoiy tasavvurdek tuyulsa-da, uzoq istiqbolda taʼlim va mehnat bozoridagi imkoniyatlar nomutanosibligini keltirib çiqaradi.

Öqituvçi taʼlim jarayonida har bir bolaning individual qobiliyati, qiziqişi va ehtiyojini inobatga olişi, uni jinsiga qarab çeklamasligi, har bir öquvçiga öz fikrini erkin ifoda etiş va taşabbus körsatiş imkonini yaratişi zarur. Dars jarayonidagi savol-javob, guruh bilan işlaş, loyihalar tayyorlaş, taqdimot qiliş va yetakçilik vazifalarini bajarişda qizlar ham, öğil bolalar ham teng iştirok etişi taʼlim muhitida adolat va özaro hurmat muhiti qaror topişiga xizmat qiladi. Öquvçini “sen qiz bolasan, bu iş senga oğirlik qiladi” yoki “öğil bola bunday işdan qörqmasligi kerak” qabilidagi jinsga asoslangan baholar bilan çeklaş örniga, “sening qobiliyating va qiziqişingga mos yönalişni erkin tanlaşing muhim” degan yondaşuvni şakllantiriş maqsadga muvofiqdir.

Gender tenglik masalasi, ayniqsa, “STEM” — fan, texnologiya, muhandislik va matematika yönalişlarida nihoyatda dolzarbdir. Muhandislik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida xotin-qizlarning iştiroki hanuz yetarli darajada emas. Qizlarni maktab davridanoq matematika, fizika, informatika, robototexnika, dasturlaş va boşqa texnologik sohalarga qiziqtiriş muhim hisoblanadi. Buning uçun taʼlim muassasalarida “STEM” tögaraklarini rivojlantiriş, qizlar iştirokida innovatsion loyihalar taşkil etiş, turli ilmiy-texnik sohalarda muvaffaqiyat qozongan ayol olimlar, muhandislar, dasturçilar va tadbirkorlarni öquvçilarga muvaffaqiyat namunasi sifatida taniştiriş samarali natija beradi.

Darsliklar, öquv qöllanmalari, tasvirlar, matnlar va misollarda ayol hamda erkaklarning jamiyatdagi turli kasbiy va ijtimoiy maqomlari muvozanatli aks ettirilişi öquvçilar dunyoqaraşiga ijobiy taʼsir körsatadi. Agar darsliklarda olim, muhandis, rahbar yoki ixtiroçi qiyofasida asosan erkaklar gavdalantirilsa, öquvçi ongida ayrim kasblar maʼlum bir jinsgagina xos degan tasavvur şakllanadi. Aksinça, turli sohalarda yutuqlarga erişgan ayollar va erkaklar faoliyatining birdek yoritilişi bolalarga kasb hamda qobiliyat örtasidagi uyğunlikni töğri anglaşga kömaklaşadi.

Özbekiston Respublikasining “Taʼlim töğrisida”gi Qonunida taʼlim oliş huquqi va imkoniyatlarining tengligi asosiy tamoyillardan biri sifatida belgilangan. Mamlakatimizda xotin-qizlarning oliy va professional taʼlim olişi uçun şaroitlarni kengaytirişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar izçil amalga oşirilmoqda.

Bolaning kasb tanlaşiga köp hollarda ota-onaning qaraşlari bevosita taʼsir körsatadi. Şu bois ota-onalar örtasida ham tuşuntiriş işlarini olib boriş, farzandning kasbiy tanlovini uning jinsiga qarab emas, balki layoqati, qiziqişi va intellektual salohiyati asosida qöllab-quvvatlaş muhimdir. Masalan, qiz bola dasturçi, muhandis yoki uçuvçi bölişni ixtiyor etsa, uning tanloviga “bu qizlarga xos emas” degan stereotip bilan yondaşiş örniga, qiziqişi va iqtidorini rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroit yaratib beriş lozim. Xuddi şuningdek, öğil bolaning pedagogika, tibbiyot, sanʼat yoki boşqa gumanitar sohalarga bölgan qiziqişi ham jins omili sababli çeklanmasligi zarur.

Gender tenglik taʼlim muassasasida xavfsiz va özaro ehtiromga asoslangan muhit yaratiş bilan uzviy boğliqdir. Har bir öquvçi öz fikrini oçiq bildirişdan, savol berişdan yoki xato qilişdan çöçimaydigan muhitda taʼlim olişi kerak. Kamsitiş, masxara qiliş, jinsga asoslangan kamsituvçi muomala yoki stereotiplar öquvçining psixologik barqarorligi hamda taʼlimdagi faolligiga jiddiy salbiy taʼsir körsatadi. Şu bois pedagoglar jamoasi öquvçilar orasida özaro hurmat, hamkorlik va tenglik madaniyatini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratişi zarur.

Gender tenglikni taʼlim amaliyotiga tatbiq etişda interaktiv metodlardan unumli foydalaniş mumkin. Masalan, öquvçilarga turli kasblar röyxati havola etilib, ularning qaysi jins vakillariga köproq mosligini muhokama qiliş topşiriladi. Söngra “Nima uçun ayrim kasblarni faqat ayollar yoki faqat erkaklarga xos deb hisoblaymiz?” degan savol doirasida oçiq muloqot yölga qöyiladi. Bunday maşğulotlar öquvçilarga öz qaraşlarini tanqidiy tahlil qiliş va yaşirin stereotiplarni anglaşga yordam beradi. Yana bir samarali usul sifatida “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida loyiha işlarini taşkil etiş mumkin; bunda öquvçilar özlari qiziqqan mutaxassislik, unga qöyiladigan talablar, zarur bilim va könikmalar hamda şu yönalişda muvaffaqiyat qozongan mutaxassislar haqida maʼlumot töplaydilar. Bunda kasbning qaysi jinsga mosligi emas, balki uning mazmun-mohiyati, talablari va şaxsiy layoqatga muvofiqligi asosiy mezon bölib xizmat qiladi.

Gender tengligi böyiça tarbiyaviy va maʼrifiy tadbirlar bir martalik kampaniyalar bilan çeklanmay, balki taʼlim muassasasining kundalik madaniyatiga singib borişi şart. Buning uçun pedagoglar malakasini oşiriş, öquv dasturlarini tahlil qiliş, darsliklardagi stereotipik tasvirlarni qayta körib çiqiş, kasbga yönaltiriş tizimini takomillaştiriş hamda öquvçilar fikrini muntazam örganib boriş talab etiladi.

Maqsuda BADALOVA,

Abdulla Avloniy nomidagi

pedagogik mahorat milliy instituti

rektori maslahatçisi,

 dotsent.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan