Matbuotni qismat deb bilardi

yoki mohir jurnalist, taniqli ijodkor Ğolib Abdullayevni eslab

Qadrdon birodarim, taniqli ijodkor Ğolib Abdullayevni tez-tez eslayman. U kişi bilan boğliq xotiralar yodimga tuşaveradi. Har gal yodimga tuşganida esa: “Yaxşi inson edi, oxirati obod bölsin”, deya haqlariga duo qilib qöyaman.

Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetiga 1979 yili öqişga kirgandik. U paytlar hali sobiq ittifoq davri edi. U davrda uşbu fakultetga bir yilda butun respublikamiz va qöşni respublikalardan bor-yöği ellik nafar talaba qabul qilinardi. Jurnalist bölaman deya niyat qilgan kursdoşlarimizning yarmidan köproği uç-tört, hatto beş-olti yil hujjat topşirib, arang öqişga kirgan yoşi kattalar edi. Şular orasida ham Ğolib Abdullayev ajralib turar, öz örni, öz sözi bor edi. Kursdoşlarimizning aksariyati, barçani birdek köriş fazilati sabab bölsa kerak, uni hurmat qilişardi. Garçi kaminadan salkam bir yoşgina katta bölsa-da, uni men ham negadir alohida hurmat bilan “Ğolib aka” deb çaqirardim.

Öşa davrlarda paxta terimi paytlari suronli keçardi. Yil yakunlanib, dekabr kelib, dalada yilt etgan bir çigit bölmasa-da, quruq ğözapoya qolsa ham paxta terimidan qaytmasdik. 1982 yili ham şunday bölgandi. Sirdaryo viloyatining “Voroşilov 10/a” (mustaqillikdan söng “Oq oltin”) deb atalgan davlat xöjaligi dalalariga paxtaga borgandik. Noyabrning boşlarida katta qor yoğib, kunlar sovib ketganidan barakdan, yaʼni haşarçi talabalar qönim topgan şiypon-uydan taşqariga çiqolmay yotardik. Qiziği, şunday kezlarda bir-biriga köngil qöygan talabalarning “siri” oçilib qolardi. Ğolib akaning bizdan bir kurs yuqorida öqiydigan öşlik hamyurtimiz Zumrad opani yaxşi körişi ayon bölib qoldi. Men esa ana şunday kunlarning birida bir sabab bilan Toşkentga borib keladigan böldim.

Ğolib aka Toşkentga ketayotganimni eşitib, iltimos qilib qoldi: “13 noyabr Zumradxonning tuğilgan kuni edi, şu pulga birorta sovğa topib kelsangiz”.

Oçiği, nima xarid qilişni öylab boşim qotdi. Oladigan narsa maʼlum bölsa-ku, boşqa gap. Yana u paytlar yoş yigit, ğör talaba bölsak. Öylab-öylab “Toşkent” mehmonxonasining birinçi qavatida suvenirlar dökoniga bordim. U yerdan çiroyli suvenir xarid qilib, şundoq köçaga çiqişim bilan bino tomidan katta bir sumalak — muz bölagi yelkamni sirpalab pastga gup etib tuşdi. Yuragim çiqib ketay dedi. Nariroqda turgan bir kişi yonimga kelib: “Xudo bir saqladi, bolam, boşingga tuşganda bormi…” deya dalda bergani hamon esimda.

Ğolib akaning özini ham Yaratganning özi bir asragandi. Beşinçi kursni bitirayotganimizda Çirçiqdagi harbiy poligonga yiğinga borgandik. Yozning jaziramasida harbiy maşq ötadigan dalada uni zaharli ilon çaqib oldi. Men oşpaz edim. BTRda kursantlarga ovqat olib borgandim. Komandirga xabar berib, Ğolib akani harbiy maşinada Çirçiqdagi kasalxonaga olib borganmiz. Kun körari bor ekan, hayoti saqlab qolindi. Keyinçalik körişganimizda bu hodisani tez-tez eslab turardik…

Eng muhimi, sevişganlar murod-maqsadiga yetişdi. Ğolib aka bilan Zumrad kursdoşimiz turmuş qurişadigan böldi. Ularning nikoh töyi heç esimdan çiqmaydi. Andijondan Öşga kelin olib keliş uçun kuyovnavkar bölib bordik. Öş şahrining mahalliy udumiga köra, kuyovning örtoqlari kelinnikiga kelgan mehmonlarga xizmat qilişi kerak ekan. Töyga borib rosa xizmat qilib qaytganmiz. Bu voqeani ham eslab kulişib yurardik.

Zumrad opa yaxşi oilaga mos kelin böldi. Qaynotasi Tolib aka köpçilikka beminnat xizmat qilib, duo olgan taniqli doktor edi. Qaynonasi esa qişloq xöjaligi sohasida nomi mamlakatga taniqli, Özbekiston Qahramoni Siyosat opa Abdullayeva edi. Zumrad opa ularga öz ota-onasidek xizmat qilib, duo olgan kelin böldi. Ikki jurnalist ibratli turmuş keçirişdi. El-yurt orasida havas qilgulik oila bölişdi. Uç qizni tarbiyalab voyaga yetkazişdi. Kitoblar yozişdi, yozuvçi bölib tanilişdi, önlab şogirdlar tayyorlaşdi.

— Ustozimiz Ğolibjon Abdullayev 65 yoşida çin dunyoga rihlat qildi, — deb yozgan edi taniqli jurnalist Nurillo Nöʼmonov. — Keng mulohazali, tafakkuri boy, töğrisöz, haqiqatparvar, jonkuyar inson edi rahmatli. Kasbining fidoyisi edi, jurnalistikani, matbuotni qismat deb bilardi. Umrining sönggi kunlarida — xastalikdan qiynalayotgan damlarda ham öqişdan, yozişdan töxtamadi.

Mahalladoşlari u haqda juda samimiy, yaxşi gaplar aytişdi. “Nihoyatda pokiza, tartibli, farosatli inson edi, biz davradoşlarini ham şunga örgatdi”, deya ibratli voqealarni tilga olişdi.

Çindan ham Ğolib akaning feʼlu tabiatiga xos fazilatlar qalamiga ham köçgan — söz aytişda ham fahm-farosat darkorligini nainki amalda isbotlab, boşqalarni-da şunga daʼvat qilib kelardi. Köp yillar “Andijonnoma” gazetasida bölim mudiri, masʼul kotib, adabiy kotib vazifalarida işlab, naşrning saviyali çiqişiga juda katta hissa qöşdi.

Ğolib aka ijoddan, sevimli kasbidan zavq olib, oddiygina yaşaşni maʼqul körardi. Katta lavozimlarga intilmadi. Yöqsa, qöş diplomi bor — jurnalistikadan taşqari siyosatşunoslik böyiça ham oliy maʼlumotga ega, boşqaruvçilikka salohiyati ham, imkoniyati ham yetardi. Axir onalari Siyosatxon Abdullayeva, kimsan, Özbekiston Qahramoni, hatto davlat rahbarlari Andijonga har taşrifida, albatta, uçraşadigan, halol mehnati ortidan jamoatçilik orasida katta obrö-eʼtibor qozongan ayol edi.

Qolaversa, toğasi Mamajon Hamrayev 40 yillik dongdor kolxoz raisi — katta-kiçik amaldorlardan tortib, viloyatning birinçi rahbari ham tez-tez yöqlab, “Bizga nima xizmat?” deya hurmatini joyiga qöyadigan, turli masalalarda yöl-yöriq, maslahat sörab turadigan yurt kayvonisi bölganini yoşi uluğ ustozlarimiz davralarda bot-bot eslaşadi.

Aytmoqçimanki, Ğolib aka mana şunday şaroitda yirikroq biror lavozimni osongina, yaqinlarining bir oğiz gapi bilan egallaşi mumkin bölsa-da, bunday yöldan bormadi. Aksinça, qalamga suyanib, kamtarona yaşab ötdi.

— Ğolib akaning kursdoşi, hamkasbi — yana bir ustozimiz Ahmadillo Soliyev şu oyda 70 yoşga töldi, — deya Nurillo Nöʼmonov hikoyasini davom ettirdi. — Ğolib aka ön beş kunça avval qönğiroq qilib: “Matbuotçilar kunida negadir Ahmadillo akani eslaşmabdi, viloyat bayramiga ham çaqirilmabdi. Bu yil yubiley yoşi edi axir. U haqda töyxat yozib, “Hurriyat”ga bermoqçiman, şu bilan köngli kötariladi. Sizdan iltimos, Soliyevning çiroyli bir suratini topib qöying. Yana xabarlaşamiz. Köp gaplaşolmayman, çarçab qolyapman”, deya gapni qisqa qildilar.

Qarang, öşa kunlari çindan ham tobi yöq, özini köp urintirmasligi şart bölgan vaziyatda ham biroz qaysarligi, qolaversa, hamkasb döstiga hurmat-ehtiromi tufayli köngliga tugib yurgan fikrlarini diktovka qilib qoğozga tuşiradi.

Ustozning nihoyatda samimiy yozilgan töyxati “Hurriyat” gazetasining şu yil 22 iyul kungi sonida “Mana şunaqa bizning Soliyev” sarlavhasi bilan yarim betni egallab çop etildi.

Bu umrining 45 yilini jurnalistikaga bağişlagan Ğolibjon Abdullayevning eng oxirgi maqolasi bölişi kimning xayoliga kelibdi deysiz?

Maʼlum muddat davom etgan xastalik ortga çekinib, ança oyoqqa turib qolgan, kayfiyati ham joyida edi. Oxirgi muloqotimizda qattiq oğrib qolgan kunlariga işora qilib: “Jannatning eşigini körsatib kelişdi, uç qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-ona şu eşikdan kiradi deyişdi”, deya hazil-mutoyiba qilgandi…

Ğolib aka Ahmadillo Soliyev haqida “Mana şunaqa bizning Soliyev” deb maqola yozsa-da, muallif unda bilib-bilmay öz xarakterini ham oçib qöygandi. Hazil-mutoyiba joy-joyida. Ayniqsa, DAN (YPX) xodimi bilan suhbatda uning özini köriş mumkin. Yoki Rim papasi haqidagi kiçik lavha soddadil öquvçini işontirişga moyil:

“Italiyaga borib qolgan hamkasblarimiz katta maydondagi haşamatli bino balkonidan Rim papasining vaʼz aytayotgan paytida ustidan çiqib qolişadi. Soliyev akamiz Papa yonida paydo böladi”.

— “Quruq” töyxat bölib qolmasin deb mana şunaqa epizodni öylab topdim, — degandi u. Öşanda yana talabalik yillarini esladik, kursdoş döstlarimizdan bahs etdik.

— Ijodingdan xabardorman, kitoblaringni öqib, yutuqlaringni eşitib turaman, kursdoşlarning barçasidan faxrlanaman, — deb özi haqidagi savollarimga javob bergandi. — Ijodni uyda qilyapman, yordamçim bor, bilasan. Butun hayotimni qoğozga tuşiriş harakatidaman. Hozirça qoralamalarim 600 betga yaqinlaşib qoldi. Oralarida hangomalar ham bor, xotiralarni sanab, dalillar orasida yumordan ham foydalanmoqdaman…

Rosa bir haftadan keyin esa… şum xabar… Sira işongim kelmadi. Keçagina salkam bir soat suhbatlaşgan edik… Diydor qiyomatga qolganidan afsuslanişdan özga çora yöq edi.

Ğolib Abdullayev jurnalistika uçun tuğilgan, Tangri taolo ijod neʼmatini qalbiga solgan inson edi. Ayniqsa, “Hurriyat” gazetasining sadoqatli muxlislaridan biri edi. Har sonini sinçiklab öqib, fikrini aytardi. Yozgan maqolalarimni ixlos bilan öqib, eʼtirof etib, ilhomimni ruhlantiradigan, ijodimga quvvat berib yuradigan samimiy maslakdoşim edi. Suhbatlaşganda raʼyimga qaraydigan qalbi pok döst edi.

“Inson umri ötar, yozgan sözlari qolar” degan gap bor. Uning “Hayot yöllari va öylari”, “Quyoş har kuni çiqadi”, “Ummon ortidan kelgan xuşsado”, “Yaxşilarga bering dunyoni”, “Hayotning har kuni imtihon” kabi ön törtta kitobi çop etilgandi. Yana ikkita kitobini nihoyalaş arafasida ekan.

Ğolib akaning qizi Zilola ota-onasi izidan borib, jurnalistika kasbini tanlaganidan ğururlanib, “yonimda yordamçim bor” deb köngli töq yurardi. Xotira maqolani tayyorlayotib, Ğolib akaning qizi Ziloladan: “Otangizning rasmlaridan jönating va u kişi haqida yozib yuboring”, deb söragandim. Tezda javob keldi. Zilola Rahmonovaning yozganlarini közimda yoş bilan öqib, sizga ham havola qilaman:

“Meni oilamizda “ota qiz” deyişadi. Men bu sözdan doim ğururlanganman, faxrlanganman. Çunki men çindan ham “ota qiz” böldim…

Otam ham, onam ham jurnalistikaning fidoyilari edi. Ular bir umr qalam bilan mehnat qildilar. Sözni qadrladilar. Qalamni omonatdek asradilar.

Otam Ğolibjon Abdullayev dastlab “Oltinköl” gazetasida boş muharrir bölib işladi. Keyin viloyat hokimligi muassisligidagi “Andijonnoma” gazetasida masʼul kotib, bölim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritdi. Onam Zumradxon Abdullayeva esa dadam bilan birga “Oltinköl” gazetasida, keyin viloyat xotin-qizlar naşri — “Iqbol” gazetasida işlab, nafaqaga çiqişdi.

Biz uyda ham jurnalistika havosida ulğaydik.

Sözga ehtiyotkorlik, fikrga masʼuliyat, odam qalbini oğritmaslik — bular biz uçun oddiy tarbiya emas, hayot qoidasi edi.

“Gapingning egasi qani?” Dadamning bu savoli hali ham quloğimda jaranglaydi. Gapimizda ega yoki kesim tuşib qolsa, dakki eşitardik. “Fikrni yetkazişda hassos bölinglar. Toki qarşi tomondagi inson sözingizdan ranjimasin”, derdilar. Bugun öylasam, dadam bizga faqat jurnalistika qoidalarini emas, inson böliş qoidalarini ham örgatgan ekanlar.

Men izlaridan ketdim. Kasbda ham, feʼl-atvorda ham dadamni aks ettirişimni köp aytişadi. Bu men uçun oddiy öxşaşlik emas, eng katta faxrimdir.

Dadam vafot etganlaridan keyin ular haqida yoziş men uçun juda oğir böldi. Qalamni qölimga olsam, sözlar emas, soğinç keladi.

Bir oğiz “dadajonim” degan sözning özi böğzimga tugun bölib tiqiladi. Közlarimga yoş töladi. Yozmoqçi bölaman — xotiralar qarşimda gavdalanadi. Dadamning ovozi, qaraşlari, yonimda ötirganlari, “Bu sözni boşqaça yoz” degan tanbehlari eşitilgandek böladi…

Va men yana bir bor anglayman: men kuçli insonning kuçli qiziman.

Yozişga jazm qildim. Çunki dadamning qiziman.

Dadam bir neça yil avval oğir yurak operatsiyasini boşdan keçirdilar. Köpçilik bunday sinovdan keyin taslim böladi. Qiblagohim yengilmadilar, hayotga qaytdilar. Göyo qaytadan dunyoga kelgandek böldilar. Va yana qalam uşladilar, yana yozdilar, yana söz bilan yaşadilar. Çunki otajonim adabiyot kişisi edi. Ilm, ijod, söz odamlari bilan yaşardi qalbi.

Nafaqaga çiqqanlaridan keyin uyda zerika boşladilar. Hovlining ekin-tikinlari, parrandalar bilan çalğiş mumkin edi, ammo bular dadamga yoziş zavqini berolmasdi.

Birgalikda kitob yozişimiz qanday boşlangan?

Keçagidek esimda. Telefon qilib: “Özbekiston Qahramoni Şukurjon Mamatqulov haqida kitob yozyapman. Senga ham örgataman. Keyingi kitoblarni birga yozamiz”, dedilar. Bu gapni öşa paytda oddiy qabul qilgan ekanman. Bugun öylasam… Bu menga berilgan eng katta meros ekan. Na mol-dunyo, na boylik, na mansab…

Qalam!

Söz!

Ustozlik!

Va otam bilan ötkazilgan vaqt!

Ular diktovka qilardilar, men yozardim. Qaytariqlarni yomon körardilar: “Fikrlar sayqalini, mohiyatini buzadi. Sinonimlardan foydalanişni bil”, derdilar. Şuning uçun diktovka payti biror söz ikkinçi marta takrorlanib qolsa, sinonimini qöllab yozaverardim.

Hozir öşa kunlarni juda soğinyapman…”

Otangizning joylari jannatda bölsin. Kasbingizdan baraka toping, Zilola qizim, deyman…

Har kimga ham sizdek farzand nasib etsin!

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

 

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan