Inson qadri – islohotlarning boş mezoni
Mustaqillik faqat davlatning xalqaro huquqiy maqomigina emas, xalqning öz taqdirini özi belgilaşi, milliy manfaatlarini erkin himoya qilişi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyot yölini mustaqil tanlaşi demakdir. Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi ana şu tarixiy tanlov natijalarini sarhisob qiliş bilan birga, taraqqiyotning navbatdagi bosqiçida oldimizda turgan vazifalarni ham teran anglaşga undaydi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026 yil 28 avgustdagi mustaqillik bayramidagi tantanali marosimda sözlagan nutqi bu jihatdan mamlakatning bugungi ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş mantiği hamda istiqboldagi ustuvor yönalişlarini özida mujassam etgan dasturiy mazmunga ega.
Mustaqillikning siyosiy mohiyati, avvalo, suveren davlat institutlarining barqarorligi va ularning jamiyat manfaatlariga xizmat qilişi bilan ölçanadi. Şu nuqtai nazardan qaralganda, ötgan 35 yil Özbekiston uçun milliy davlatçilik asoslarini mustahkamlaş, siyosiy tizimni yangilaş, iqtisodiy mustaqillikni kuçaytiriş, ijtimoiy himoya mexanizmlarini kengaytiriş va xalqaro maydonda özining mustaqil pozitsiyasini şakllantiriş davri böldi. Davlat rahbari nutqida istiqlolning qadr-qimmati, eng avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bölişi taʼkidlangani bejiz emas. Çunki zamonaviy davlatning qudrati nafaqat hududi, tabiiy resurslari yoki iqtisodiy körsatkiçlari, balki fuqarolarning huquq va erkinliklari qançalik taʼminlangani, ularning ertangi kunga va davlat institutlariga bölgan işonçi bilan ham belgilanadi.
Sönggi yillarda “Inson qadri uçun” tamoyilining davlat siyosati markaziga olib çiqilişi boşqaruv falsafasidagi muhim burilişni anglatadi. Davlat organlari faoliyatining yakuniy mezoni quruq idoraviy hisobotlar emas, balki inson manfaatiga xizmat qiladigan aniq amaliy natija bölişi kerakligi tobora ustuvor qoidaga aylanmoqda. Majburiy va bolalar mehnatiga çek qöyilişi, valyuta siyosatining erkinlaştirilişi, tadbirkorlik yölidagi tösiqlarning bartaraf etilişi, aholi bilan oçiq muloqot mexanizmlarining kengayişi ana şu islohotlarning yaqqol körinişlaridir. Siyosatşunoslik tilida bu holat maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan boşqaruvdan fuqaroga xizmat qiluvçi, hisobdor va natijador davlat modeliga bosqiçma-bosqiç ötiş sifatida talqin etiladi.
Ijtimoiy siyosatning yangi mazmuni ham bevosita inson manfaatlarini markazga qöyiş bilan boğliq. Kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini taʼminlaş, ehtiyojmand oilalarni manzilli qöllab-quvvatlaş hamda mahalla darajasida muammolarni aniqlab, hal etiş mexanizmlarining yölga qöyilişi ijtimoiy davlat tamoyillarini amaliy mazmun bilan boyitmoqda. Prezident nutqida mahallaning jamiyat hayotidagi örniga alohida urğu berilgani ham şundan dalolat beradi. Mahalla endilikda nafaqat anʼanaviy özini özi boşqariş organi, balki aholi ehtiyojlarini davlat siyosati bilan boğlaydigan, ijtimoiy birdamlikni mustahkamlaydigan va fuqarolik faolligini rağbatlantiradigan muhim institut sifatida namoyon bölmoqda.
Mamlakat taraqqiyotining eng muhim resursi inson kapitalidir. XXI asrda raqobat tabiiy boyliklar evaziga emas, tobora köproq bilim, ilğor texnologiyalar, yuqori malaka va kreativ tafakkur asosida keçmoqda. Şu bois taʼlim tizimini rivojlantiriş masalasi şunçaki ijtimoiy soha vazifasi bölib qolmay, balki milliy xavfsizlik va strategik taraqqiyot masalasiga aylandi. Davlatimiz rahbari tomonidan yoşlarning xorijiy tillar, zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, ilm-fan va kreativ industriya yönalişlarida raqobatbardoş bölişi zarurligi qayd etilgani ayni şu ehtiyojdan kelib çiqadi. Oliy taʼlim muassasalari mustaqil fikrlaydigan, muammolarni tahlil qila oladigan hamda yangi bilim va ğoyalar yaratişga qodir avlodni şakllantirişi şart.
Bunday yondaşuv iqtisodiy siyosatning mazmun-mohiyatini ham tubdan özgartiradi. Zamonaviy iqtisodiyotning barqarorligi yuqori qöşilgan qiymat, mehnat unumdorligi, innovatsiya va texnologik yangilanişlar bilan belgilanadi. Prezident nutqida yuqori texnologiyali iqtisodiyotga ötiş, investitsiyalarni keng jalb etiş, startap va vençur ekotizimini rivojlantiriş, raqamli industriya imkoniyatlaridan töliq foydalaniş kabi vazifalarning belgilanişi iqtisodiy modernizatsiyaning sifat jihatidan yangi bosqiçini ifodalaydi. Biroq iqtisodiy ösişning özigina kifoya emas. Uning ijobiy samarasi barça hududlar, turli ijtimoiy qatlamlar va har bir fuqaro hayotida sezilişi, yangi iş örinlari, munosib daromad va sifatli infratuzilma şaklida namoyon bölişi lozim.
Inson kapitali haqida söz borar ekan, soğliqni saqlaş tizimini çetlab ötib bölmaydi. Soğlom va bilimli jamiyat har qanday modernizatsiyaning boş şartidir. Profilaktik tibbiyot, davlat tibbiy suğurtasi, zamonaviy diagnostika va davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda tibbiy xizmat sifatini hududlar kesimida yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar ijtimoiy siyosatning uzoq muddatli samaradorligini belgilab beradi. Soğliqni saqlaşga yönaltirilayotgan mablağlarni şunçaki xarajat emas, balki inson salohiyatiga tikilgan strategik investitsiya sifatida qabul qiliş — davlat boşqaruvida zamon talabiga mos fikrlaş mezonidir.
Bugungi taraqqiyotni ekologik masʼuliyatsiz tasavvur etib bölmaydi. Markaziy Osiyoda suv taqçilligi, iqlim özgarişi, çöllaniş, urbanizatsiya va ekologik yuklamaning ortişi nafaqat tabiatni muhofaza qiliş, balki iqtisodiy va siyosiy barqarorlik masalasiga aylanmoqda. Prezident nutqida suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş, “Yaşil makon” umummilliy harakatini yangi bosqiçga kötariş va şaharlarda yaşil hududlarni kengaytirişga doir vazifalar belgilangani ekologik siyosatning davlat strategiyasidagi örni tobora oşayotganini körsatadi. Bu yönalişda davlat, biznes, ilm-fan, fuqarolik jamiyati institutlari va aholining özaro hamkorligi, ayniqsa, dolzarbdir.
Jamiyat barqarorligining yana bir hal qiluvçi omili — millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglik va fuqarolik birdamligidir. Köp millatli va turli konfessiyalar mavjud bölgan Özbekiston şaroitida jamiyatning umumiy Vatan, umumiy manfaat va umumiy kelajak ğoyasi atrofida birlaşişi davlat taraqqiyotining muhim siyosiy resursi hisoblanadi. Bunda fuqarolik identifikatsiyasi, özaro hurmat, tarixiy xotira va zamonaviy vatanparvarlik tuyğulari bir-birini mazmunan töldiradi. Mustaqillikning 35 yilligi ana şu muştaraklikni mustahkamlaş, istiqlol qadriyatlarini yoş avlod ongiga zamonaviy mazmunda singdiriş uçun muhim tarixiy imkoniyatdir.
Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ham mustaqillik yillarida sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi. Bugungi taşqi siyosat oçiqlik, pragmatizm, tinçlikparvarlik va özaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga tayanmoqda. Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik muhitini mustahkamlaş, çegaralar, savdo, transport, suv va ekologiya kabi umumiy masalalarni muloqot yöli bilan hal etişga intiliş mintaqaviy siyosatning eng katta yutuqlaridan biridir. Şu bilan birga, dunyoning yetakçi markazlari bilan muvozanatli hamkorlikni rivojlantiriş, iqtisodiy diplomatiyani kuçaytiriş va nufuzli xalqaro taşkilotlardagi faollikni oşiriş milliy manfaatlarimizni global jarayonlar bilan uyğunlaştiriş imkonini bermoqda.
Prezident nutqida belgilangan ustuvor yönalişlarning ahamiyati şundaki, ular tarqoq sohalar yiğindisi emas, balki yaxlit taraqqiyot tizimini taşkil etadi. Taʼlim iqtisodiyotning raqobatbardoşligini oşiradi; soğlom jamiyat mehnat unumdorligini kafolatlaydi; qonun ustuvorligi investitsiya va tadbirkorlik muhiti uçun işonç yaratadi; mahalla ijtimoiy siyosatning manzilliligini kuçaytiradi; ekologik barqarorlik uzoq muddatli iqtisodiy va demografik xavfsizlikka xizmat qiladi; tinçlikparvar taşqi siyosat esa içki taraqqiyot uçun qulay taşqi şaroit yaratadi. Ana şu uzviy boğliqlik Yangi Özbekiston taraqqiyot modelining eng muhim xususiyatidir.
Mustaqillikning 35 yilligi şunçaki tarixiy sana yoki bayramona yubiley emas. U erişilgan yutuqlar bilan faxrlaniş barobarida, kelajak oldidagi yuksak masʼuliyatni ham anglatadi. Suverenitet muntazam ravişda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy mazmun bilan mustahkamlanib borişi lozim. Uning haqiqiy kuçi esa har bir fuqaroning hayot sifati, sifatli bilim oliş imkoniyati, erkin mehnat qilişi, qonuniy himoyasi, xavfsizligi va ertangi kunga bölgan qatʼiy işonçida öz ifodasini topadi.
Şarof AGABAYEV,
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti
siyosiy fanlar kafedrasi
dotsenti.
