“Dunyo mamlakatlari”ga sayohat

Dunyo xaritasiga qaraş bilan uni anglab yetiş örtasida katta farq bor. Mamlakatlar nomini yod biliş mumkin, biroq ularning tarixi, madaniyati va taraqqiyot yölini anglaş çuqur izlanişni talab etadi. Kitob esa ana şu izlaniş yölidagi eng işonçli hamrohdir. Bugungi kunda mutolaa raqamli ijod va zamonaviy texnologiyalar bilan uyğunlaşib bormoqda.

7 noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida “Dunyo mamlakatlari” videoroliklar tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Özbekiston yoşlar ittifoqi hamda “Qanot” loyihasi hamkorligida taşkil etilgan tanlov muallif Laziz Rahmatovning şu nomdagi ensiklopedik kitobi asosida ötkazildi. Unda iştirokçilar oldiga kitob mazmunini ijodiy talqin qiliş hamda öz bilimlarini zamonaviy media vositalari orqali jamoatçilikka yetkaziş vazifasi qöyildi. Onlayn tanlovda respublikaning turli hududlaridan 1 200 nafar yoş yigit-qizlar iştirok etdi. Taqdim etilgan qariyb 100 ta ijodiy iş içidan 60 ta eng sara videorolik tanlab olindi.

Loyihaning ahamiyati şundaki, u kitobxonlikka yangiça yondaşuvni taklif etdi. Iştirokçilar ensiklopediyadagi maʼlumotlar asosida turli davlatlarning tarixi, geografiyasi, boşqaruv tizimi, madaniyati, sanʼati va adabiyotini videolavhalar orqali mahorat bilan yoritib berdilar. Jarayonda axborot texnologiyalari hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanilgani ijodiy izlaniş bilan raqamli savodxonlik uyğunligini körsatdi. Tadbirda sözga çiqqanlar ensiklopedik naşrlarning yoşlar dunyoqaraşi va intellektual salohiyatini yuksaltirişdagi örnini alohida eʼtirof etib, bu kabi taşabbuslar mutolaaga qiziqişni kuçaytiriş barobarida, bilimni amalda namoyiş etiş imkonini berişini taʼkidladilar.

Loyiha muallifi, siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) Laziz Rahmatov elektron kitob negizida taşkil etilgan tanlovda 1 200 nafar yoş yigit-qizlar qatnaşganini bildirdi. Uning sözlariga köra, ayrim oilalar farzandlari va yaqinlari bilan birgalikda iştirok etib, mutolaa va bilim oliş jarayonini mazmunli oilaviy maşğulotga aylantirgan. Mazkur kitob nafaqat maʼrifiy manba, balki amaliy safarlar çoğida ham beminnat qöllanma sifatida xizmat qilmoqda.

Taniqli radiojurnalist Tölqin Yöldoşev dunyo mamlakatlari haqidagi bilimlar xalqaro munosabatlarni tuşuniş va turli xalqlar bilan samimiy muloqot örnatişda muhim ekanini taʼkidladi. Uning fikriça, xorijiy sayyohlar oqimi tobora ortib borayotgan bugungi davrda özga davlatlarning öziga xos xususiyatlarini puxta biliş yanada dolzarbdir. Jurnalist kitobga kiritilgan 236 ta mamlakat haqidagi maʼlumotlarni muntazam ravişda radio orqali tinglovçilarga yetkazib kelmoqda.

Taqdirlaş marosimida tört nafar boş ğolibga Malayziya, Xitoy, Gruziya va Ozarbayjon davlatlariga sayyohlik yöllanmalari topşirildi. Şuningdek, 12 nafar iştirokçi 100 tadan, 38 nafari esa 50 tadan kitob bilan mukofotlandi. Olti nafar qatnaşçi oltita nomdagi jurnalning bir yillik bepul obunasiga ega böldi. Bundan taşqari, kitobxonlik tarğibotidagi faolligi uçun önga yaqin jurnalist va bloger eʼtirof etildi. Tadbir doirasida “Dunyo mamlakatlari” qomusining töldirilgan yangi naşri taqdimoti bölib ötdi va loyihaning uçinçi mavsumiga start berildi.

Mazkur taşabbus Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 yanvardagi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga qaratilgan qarori ijrosi hamda may oyida boşlangan Milliy kitobxonlik harakati doirasidagi muhim amaliy qadamlardan biridir. Zamonaviy texnologiyalar insonni kitobdan uzoqlaştirişi ham, unga yaqinlaştirişi ham mumkin — bularning bari ulardan qay darajada va nima maqsadda foydalanişimizga boğliq. Agar birgina videorolik kimnidir kitob varaqlaşga, yangi bir mamlakat yoki notaniş madaniyatni örganişga undasa, demak, raqamli makon ham maʼrifatga xizmat qila oladi.

“Dunyo mamlakatlari” negizida taşkil etilgan tanlov kitob insonni tafakkur va tasavvur kuçi orqali olis manzillarga yetaklay olişini yana bir bor isbotladi. Zero, dunyoni kaşf etiş uçun har doim ham yölga çiqiş şart emas, baʼzan birgina kitob sahifalarini varaqlab, çeksiz dunyoni keziş kifoya.

Farangiz Sadriddin  qizi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan