Savolga savol bilan
Sörovnoma natijalariga köra, keçagi yomğirdan söng Özbekistonning 70 foiz hududida svet öçgani haqidagi postimizga “Hududiy elektr tarmoqlari» AJ vakillari jiddiy eʼtiroz bildiryapti.
Xöp, sörovnomaga işonmasaylar (işonmasangiz. – tahririyat), neça foiz hududda aholi elektr energiyasiz qoldi, şu böyiça rasmiy maʼlumot bormi, deya savolga savol bilan javob qaytardik.
Taxminimizça, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJda bunday maʼlumotning özi yöq. Bölsa ham buni eʼlon qilişa olmaydi…
platforma.uz
Töğri, joylarda yomğir tufaylimi, şamol tufaylimi yoki boşqa sababdanmi elektr taʼminotida uzilişlar bölayotgani — haqiqat. Biroq (sörovnomalarga köra bölsa ham) mamlakatimizning neça foiz hududida çiroq öçgani, ehtimol, bahslidir. Ammo ana şunday “tiş-tirnoqli” xabarlarni yozayotgani uçun baribir “platforma.uz” ga rahmat!
“Hurriyat”.
