Töydagi qariya
(Hikoya)
Noyabrning odam köksini siqadigan darajada dilxun kunlaridan biri. Keçga yaqin döstining eskigina “Moskviç”ida olis, ovloq bir ovuldagi uzoq qarindoşining töyiga borişdi. Kunduzi işni taşlab ketişning sira iloji bölmadi.
Çekka qişloqlarda töy, asosan, tuş paytida bölib ötadi. Töy egalari mehmonlar izzatini qilib, yon qöşnisining nimqoronği, noz-neʼmatlari durustgina dasturxon yozilgan çoğroq uyiga boşlab kirişdi. U yerda biri yirik gavdali, ikkinçisi esa aksinça muştdekkina ikki qariya şaxmat öynayotgan odamlarga öxşab tizzalagan köyi yuzma-yuz ötirişardi. Ular yangi kelganlarga unçalik eʼtibor berişmadi. Bu holdan tabiatan izzattalabroq Maxsum ozgina malollangan bölsa-da, sezdirmadi.
— Bu dunyoning oxiri puç, — dedi kiçik jussali çol boşini yerdan kötarmay, salobatli, vazmin tovuşda. — Ha, puç. Endi bu yoğiga har nafas ğanimat. Kunim bitib, muzday sovuq görga kirişimni öylasam, dardu dunyom qoronği bölib ketadi. Söng özimni özim koyib qöyaman: “Hay, ojiz banda, şunça yil umr körding, bola-çaqa orttirding, rizqu nasibangni terding, noşukurlik qilma, Allohga şak keltirma”, deyman.
Oraga yurakni ezuvçi dilgir sukunat çökdi.
Taşqarida kuyovjöralarning gangir-gunguri-yu, uzoqlargaça taralayotgan şöxçan musiqa. Uyda esa… Boyagina kimdir ölgan-u, şuning azasini tutib ötirişgandek.
Xona böylab bir sovuq şamol esganday tuyuldi.
Maxsum aybdor odamday şerigiga xijolatomuz qaradi. Uning nigohida: “Oğayni, biz yanglişib boşqa joyga kelib qolmadikmi özi?” degan unsiz savol bor edi.
— Şunday deysiz-u, şerik, ming qarib-çirisa ham odamzodning bu dunyodan ketgisi kelmas ekan, — ulkan gavdali çol böğziga allanima tiqilganday yiğlamsiragan tovuşda ğamgin minğilladi. — Mana, misol: otam töqson tört yoşga yetganida ham çevaralariga qayğurib: “Tönğiçini tezroq uylantir, men ham bir töy körib ketay axir”, derdi şu yoşigaça töy körmaganday… Orzu-havasli dunyoni heç kim taşlab ketgisi kelmaydi, çoği.
Taom tortilib, ketar çoği kiçik jussali otaxon mehmonlarni bir daqiqa töxtatdi.
— Bolam, olisdan kelgan mehmonlar ekansizlar, — dedi biroz xijolatomuz tovuşda. — Sizlarning oldingizda andak noxuş sözlarni aytib, kayfiyatlaringizni buzib qöydik, bildim. Ne bölganda ham umri poyoniga yetayotgan odamlarmiz, suhbatlarimiz ham, öy-xayollarimiz ham şunga yaraşa endi. Bizning holimizni keksaygan çoğingizda bilasizlar, uzr…
Maxsum köp kitob öqiydigan odam, fikrlaşi, turmuş tarzi ham şunga monand. Yaxşilarga ergaşib, ançagina maʼrifatli davralarni körgan, bundan öziça quvonib yuradi. Qariyaning aytganlari ruhiyatiga, uç yuz oltmiş tomiriga göyo simobday singib ketdi, çoği. Birdan sergak tortib qoldi. Bu dunyoning ötkinçi, umrning şamolday yelib poyoniga yetajagini, hamma narsa omonat, özining ham fursat-zamoni kelganida şu odamlar singari keksayajagini iç-içidan fahmlaganday böldi.
Uyga qaytganda undagi özgarişni ayoli payqadi.
— Biror joyingiz oğriyaptimi? — Tozagul xavotir aralaş söradi.
Maxsum siniq jilmaydi. Töyga borganda yuz bergan voqeani, ikki keksaning suhbatini aytib berdi.
— Xayriyat-ey, boşqa bir kor-hol böldimikan, debman, — ayolining yuzi yorişib, ovozida xotirjamlik sezildi. — Menga “Qisinma, bölar-bölmasga qayğuraverma, soğliğingni öyla”, deysiz-u, hamma narsani könglingizga olaverasiz. Salgina kengroq böling-da endi…
Maxsum ayoli aytganiday feʼli kengroq bölmoqçi böldi, bölolmadi; unutay dedi, ammo unuta olmadi. Közi öngida öşa nimqoronği xona, darveşona ötirgan öyçan keksalar, ularning mahzun suhbatlari qayta-qayta jonlanaverdi. Biror narsani qattiq öylasang, xayolingda örnaşib qoladi, ötirsang ham, tursang ham yoningda yurganday, har qadamda seni taʼqib etayotganday bölaveradi. Eslamay desang ham eslayverasan. Bu dunyoda hamma narsada hikmat bor, “Çöpni körsang ham xoli körma”, deganlari, ehtimol, şudir. Uçragan har bir odam, kutilmaganda yuz bergan taʼsirli voqea sening peşonangga bitilgan taqdiringning kiçkina bölagi. Kimdir bilib yo bilmay aytgan ikki oğiz kalima qismatingda iz qoldirişi mumkin.
Maxsum yozuvçi bölib, şu kunga qadar neki yozgan bölsa, hammasiga özining yo biror yaqinining hayotida yuz bergan, heç bölmasa, eşitganlarini asos qilgan; har qalay, heç biri töqib çiqarilgan yo osmondan olingan emas. Aslida, ijodkorlikning, qora mehnat deb atalmiş nasrning aksariyat tuşuna olmaydigan, yozilmagan qonuniyatlaridan biri ham şu. “Yozuvçi özini yozadi”, deya ustozlari uqtirgan aqida yuragining törida. Qançalar mulohazali bölmasin, sönggi kunlarda könglidan keçayotgan, xayolot olamida yuz berayotgan baʼzi narsalarni aqlu şuuri teran idrok eta olmay qoldi. Sababini öziça köp öylanganiga, bir çekkasi ijod taşvişlari bilan bölib, asablari andak çarçaganiga yöydi. Rosti, sönggi kunlarda tinimsiz işlayapti. Yana kim bilsin…
Öşa voqeani qoğozga tuşirmoqçi böldi, ammo törtta satrdan nariga öta olmadi. “Demak, hali buni yozişga tayyor emasman, xayolimda pişib yetilmabdi, şekilli”. Söng esa çollar suhbati bilan boğliq tafsilotlar ham nazarida sal uzoqroqqa çekinganday tuyuldi… Bundan hayratlandi, albatta. Axir ruhiyatiga taʼsir körsatib, yuragini zirillatgan heç bir narsani unça-munçada esidan çiqarmas edi-ku. Yo keksaya boşladimi? Bora-bora könglida: “Bu voqea özi hayotimda çindan röy berdimi yo tuşimda kördimmi?” degan şubha-gumon, iştiboh paydo böldi. Avvallari bunday holga sira tuşmagan. Yuragining bir burçida “Qaçonlardir keksayaman, çarçayman, ijoddan biroz yiroqlaşganday bölaman, öşanda heç narsa yoza olmay qolaman”, degan xavotirli öy yaşab kelardi. Bu şuning alomatimikan? Yöq, ungaça ança bor hali, çamasi.
Dabdurustdan söraşga istihola qildi; qay bir kuni çoy içib ötirib ayoliga şunçaki eslolmayapman qabilida: “Falon joydagi qarindoşimizning ismi kim edi, tilimning uçida turibdi?” deya luqma taşladi.
— Ha, Marğubatdagi Matmurod doyingizni aytyapsizmi? — ayoli şumlikni sezmadi, xayriyat. — Töyiga borib kelgan edingiz-ku, yodingizdami?
— Yodimda, — Maxsum yengil tortganday böldi. — Öşa töy qaçon bölgan edi özi?
— Töqqiz yil avval, kuzda. Yomğirli kun edi.
Ayolining sözlaridan qoniqqanday bölsa-da, yuragining tub-tubida şubhaga, gumonga öxşagan çuçmal allanarsa qolaverdi. “Tavba, öşanda çindan ham çollarning gurungini eşitdimmi özi yo yozuvçi döstlarimdan kimdir aytib berganmidi?” Ana şunday mubham öylar içida yurgan kezlari töyga birga borgan örtoğini uçratib qoldi. Suhbatlari ança qizigan mahal gap orasida:
— Huv bir yili kuzakda Marğubatga töyga borganimiz yodingdami? — deb söradi şunçaki eslatib qöyiş ohangida.
— Esimda, — dedi u. — Ikkita çol bilan ötirganmiz, ğalati buvalar ekan. Ğalati gaplarni söylaşgan edi öziyam. Nega sörab qolding?
Şundan söng miyasi tiniqib, ozroq tinçlandi, öşa suhbat xayolida qayta tiklanganday böldi. Köp ötmay, könglida özgaça bezovtalik boşlandi. “Öşa keksa hayotmikan?” degan öy endi tinçlik bermay qöydi. Donişmandona gap aytgan otaxonni izlab körsammikan, degan xayolga boraverdi. Rosti, ikki-uç bor qişloqqa otlanmoqçi ham böldi. Ammo bir iştiboh yöldan qaytardi. Ne deb boradi endi? Şunça yil ötib ketgan bölsa, ismini bilmasa, qayerdan kelganini sörab-suriştirmagan bölsa, kim deb qidiradi? “Töyingizda biz bilan qöşningizning loysuvoq uyida ötirgan çol edi”, desa, ustidan kulişmaydimi?
Şunday kunlarning birida…
Saharlab jiringlagan telefon qönğiroği xayollarini parday tözğitib yubordi. Eşonqalʼadagi Karim doyisining öğli Rözimboy ekan.
— Otamning mazasi qoçdi, — ovozi xörsiniq aralaş çiqdi uning. — Ança boşqaçaroq bu gal, tinmay sizni sörab yotibdi. Yetib kelmasangiz bölmas…
Eşonni öğillari şahardagi nomi çiqqan klinikalardan biriga olib kelişgan ekan. Şifokorlar körib: “Kasalingiz jiddiy, yotib davolanmasangiz bölmaydi”, deyişsa, könmabdi. “Dori-darmon yozib beravering, endi bu yoği Xudoga tavakkal, özimning holimni özim bilaman”, deb unamabdi negadir.
Ona avlodining eng keksasi bölgan, qarindoş-uruğlarining tarixini yaxşi biladigan maʼrifatli bu odamni Maxsum juda qadrlar, fursat topib, körgani kelib turardi. “Siz biz uçun tirik tarixsiz”, derdi hazilu çin aralaş. “E-e, men qanday tirik tarix bölay, — derdi qariya bu gapdan iç-içidan suyunsa-da, sirtiga çiqarmaslikka tirişib, — avvalgilardan eşitgan, körgan, bilganlarimni sizlarga söylab beraman, xolos. Har qalay, bilib qöyganingiz durust…”
Bir yarim oyça avval kelganida eşon tetik, kayfiyati çaroğon edi. Ayvonda çoy içib, ança gurunglaşişgan, qarindoşi bolalik xotiralaridan, otasi Ibrohim eşonning hayotidan ançagina voqealarni söylab bergan, “Bu aytganlarimni biror joyga yozib qöy, hali vaqti kelib senga kerak böladi”, degan edi. Tavba, göyo köngli bir noxuşlikni sezganday…
Bugun esa… Bemor nihoyatda ozib qolgan, rangi ança aftoda ekanligini körib, Maxsumning yuragi simillab, içidan zil ketdi. “Nahotki?!” Öğil-qizlari-yu kelinlari jam bölişgan ekan, yuzlarida qayğu…
— Seni körgim kelaverdi, — bir siqimgina bölib qolgan bemorning ovozi mahzun çiqdi. — Otangga judayam öxşaysan, hatto gapiriş ohanging ham. U bilan muştdayligimizdan birga öynab ulğaydik, Alloh rahmatiga olgan bölsin, ilohim. Mendan…
Maxsum qarindoşining muhim gap aytajagini angladi. Jon quloği bilan tingladi.
— Mendan söng söqmoq uzilmasin, huşyor bölinglar. Köp joylarda qarindoşlar bir-birini tanimay qolyapti, bu — yomon narsa… — qariyaning közlarida yoş ğiltilladi, ammo es-huşi joyida edi. — Töqsonga çiqdim, bilib turibman, bu yoği oz qoldi. Jonim uzilsa, hamma işlarga Xuşnud akang bilan özing boş böl, eşitdingmi? Şunda görimda tinç yotaman…
Şu yerga yetganida Maxsumning yuragi battar zirqirab ketdi, böğziga aççiq narsa tiqilganday böldi. Özini zörğa tutdi.
— Hali bu gaplarga erta, — yiğlab yubormadi, xayriyat, — Xudo xohlasa, hali yaşaysiz.
Qariya sölğin jilmaydi, göyo “qöy, meni aldama”, deganday böldi.
— Oz qoldi, — ğiltillab turgan köz yoşlari ozğin yuziga oqib tuşdi, — menga söz ber, omonatimni xotirjam topşiray…
— Könglingiz töq bölsin, — Maxsum endi köz yoşlarini yaşirolmadi. — Hammasini aytganingizday qilamiz. Siz heç narsaga qayğurmay yoting…
Şu çoq “Men buvamga boyaman!” degan çiyillagan ovoz eşitildi-yu, xonaga uç yoşlar çamasidagi bolakay alpang-talpang çopib kirdi. Yoşgina kelinçak uni uşlab qolmoqçi edi, ulgurmadi. Kiçkintoy bora solib bobosini quçoqlab oldi.
— Nega meni kötaygani boymadingiz? — norasida endi söylay boşlagan, şekilli, tili çuçuk edi. — Sizni kelay deb qayab ötiydim…
Xastaning yuziga nur yugurib, birpasda çehrasi yorişib ketdi. Çap qöli bilan norasidani bağriga bosib, peşonasini siladi, yiği aralaş kulib yubordi.
— Çevaram, avlodimning davomçisi, Xudoga şukur, — xörsiniq aralaş sözladi u. — Menga qarab ötirma, endi seni otang kötarib yuradi, bolam…
Atrofdagilarning dilida umid uyğonganday böldi şu tobda: “Yaşaydi hali…”.
Ammo bu ötkinçi hol ekan, sal ötmay, bemorning yuzi kökarib, yanada sölğin tortdi. Kiçkintoyga termilib qaradi. Közlaridan yoş duvillab oqdi. Qoq suyak qöli bilan Maxsumning kaftini tutdi, izillab yiğladi.
— Bir eşitganim bor edi, — ovozi xirqirab, arang çiqdi, — bu dunyoning oxiri puç, degan. Töğri aytişgan ekan…
* * *
Dafn marosimidan söng Maxsum ança fursat diltang ahvolda yurdi. Karim eşonning sönggi sözlari könglidan ketmay, ruhiyatida gir-gir aylanaverdi. Ana şunday ezgin kunlarning birida tuş kördi. Eşonning qabrini ziyorat etişga borgan emiş. Borgan-u, “Bunday joyga nega yolğiz keldim?” deb çöçiyotgan emiş. Tilovat qilib, iziga qaytayotsa, juda olislardan “Hay, töxta!” degan öksik ovoz eşitilarmiş. Ögirilib qarasa, oppoq libosga örangan eşon, ammo yuzi körinmaydi… “Qay kuni sen töydagi qariyani izlamoqçi bölgan eding, esingdami?” Maxsum javob beray desa, tomoği böğilib, közi ğilt-ğilt yoşga tölib, tili sira kalimaga kelmas emiş. Nafas ololmay qolarmiş. “Esingdami? Öşa izlamoqçi bölganing men edim axir! Angladingmi?”.
Maxsum çöçib köz oçdi. Quloğiga allaqaydan karnay-surnay, noğora-yu dömbira ovozi eşitildi.
Muallif haqida:
Sodiqjon Inoyatov 1960 yilda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tuğilgan. 1983 yilda ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Omon bölsa döstlarim”, “Yoruğ kunlar” va “Onamni soğinib” nomli kitoblar muallifi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Sodiqjon INOYATOV
