Yaxşi nom aslo öçmagay…
Surxon vohasining Jarqörğon tumani nafaqat viloyatda, balki mamlakatimizda ham öz örniga, salohiyatiga ega hudud hisoblanadi. Mehnatkaş, samimiy va sodda odamlari, oltinga teng tuproği tarifga siğmaydi. Bu zaminda yetiştirilgan meva va sabzavotlar öziga xos taʼmi hamda fazilati bilan ajralib turadi. Xalqi sodda, töğrisöz, mehnatkaş va halol. Öğlonlari yurtimiz ravnaqiga beminnat hissa qöşgan bölsa, ayollari odil va mard farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Bu zamindan el yukini yelkasida mardonavor kötargan köplab fidoyi insonlar yetişib çiqqan. Şunday el farzandlaridan biri Norali Boymurodovdir.
Norali Boymurodov 1913 yilda Jarqörğon tumanidagi Körtuğay qişloğida, oddiy dehqon oilasida tavallud topdi. Boşqa tengqurlari singari uning ham bolaligi qişloqda ötdi. “Böladigan bola boşidan maʼlum”, deganlaridek, N. Boymurodov bolaligidanoq xuş xulqi, halim tabiati, ilmga çanqoqligi va tirişqoqligi bilan tengdoşlaridan ajralib turardi. Oila boşliği Boymurod Rahimovning yetti öğil va bir qiz farzandi orasida tönğiçi Noraliga mehri bölakça edi. Öşa davr şaroiti tufayli boşlanğiç taʼlim bilan çeklangan N. Boymurodov 15 yoşida yangi taşkil etilgan “Batrak” artelida kolxozçi, zveno va brigada boşliği bölib işladi. U yerda 1928-1937 yillarda samarali mehnat qilib, el-yurt va rahbariyat eʼtiborini qozondi. Qişloq xöjaligi sohasida töplangan katta tajribasi sababli 1937 yilda u “Mehnat — rohat” kolxoziga rais etib saylandi va umrining oxirigaça şu xöjalikni boşqardi.
Norali Boymurodov 24 yoşida kolxoz raisi böldi. “Aql yoşda emas — boşda”, deydilar. U yoş bölişiga qaramay, Vatan va xalq farovonligi yölida sidqidildan mehnat qildi. Uning rahbarligida qisqa fursatda xöjalikda paxtadan yuqori hosil olişga erişildi. Qahri qattiq uruş yillarida N. Boymurodov qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş orqali frontga moddiy madad beriş bilan birga, yetim-yesirlar hamda muhtojlar holidan xabar olişga ham alohida eʼtibor qaratdi. Oqilona boşqaruv tufayli kolxoz aʼzolarining turmuş tarzi kun sayin yaxşilanib, daromadlari oşib bordi. Albatta, bunday fidokorona mehnatlar eʼtiborsiz qolmadi. Hukumat tomonidan önlab orden va medallar qatorida unga “Özbekistonda xizmat körsatgan paxtakor”, keyinçalik “Mehnat Qahramoni” unvonlari berildi.
Norali Boymurodov 1967 yilda vafot etgaç, uning xotirasiga özi raislik qilgan kolxozga Norali Boymurodov nomi berildi. Keyinçalik uning xotirasini yanada abadiylaştiriş maqsadida tuman markazida uy-muzeyi taşkil etildi. Uşbu muzey bugungi kunda ham faoliyat yuritmoqda. Unda Surxon yurtining fidoiy farzandi hayoti va mehnat yöli bilan boğliq yuzlab suratlar, tasviriy asarlar hamda öşa davr muhitini aks ettiruvçi noyob eksponatlar örin olgan.
1973 yildan boşlab Jarqörğon tumanidagi “Qizilmozor” daştida N. Boymurodov xotirasiga bağişlab har yili sportning motokross turi böyiça Özbekiston çempionati va birinçiligi muntazam ötkazib kelinmoqda.
Norali otaning sakkiz farzandi bölib, bugungi kunda ulardan ikki nafari — Çori Boymurodov hamda Qurbonoy Boymurodovalar hayot. Ikkinçi farzandi Jöra Noraliyevni esa köpçilik yaxşi taniydi: u bir neça yil Jarqörğon tumani va Surxondaryo viloyati hokimi sifatida masʼul lavozimlarda işlagan.
Bugun Norali Boymurodovning kenja ukasi Xuşboq Boymurodov Jarqörğon tumanidagi “Mehnat — rohat” mahallasida 78 yoşni qarşilamoqda.
— Rahmatli akam özgaça fazilat egasi edi, — dedi Xuşboq Boymurodov. — Akam bor-yöği 54 yil umr körgan bölsa-da, özbek xalqi tarixida öçmas iz qoldirdi. Bugun u kişi hayot bölmasa-da, yurtdoşlarimiz köp eslaşadi. Hali-hanuz uy-muzeyining faoliyat körsatayotgani, har yili fevral oyida “Qizilmozor” söqmoqlarida motopoyga böyiça Özbekiston çempionati va respublika birinçiligi ötkazilayotgani akamning xotirasini eʼzozlaş yölidagi ulkan işlardandir. Nevara-çevaralari ham hozirda turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelişmoqda.
Xalq farovonligi, el osoyiştaligi va ezgulik yölida bosilgan izlar heç qaçon öçmaydi. Bu izlardan hamişa ezgulik unadi. Yurt ravnaqi uçun qilingan xolis xizmat, elu yurtga bağişlangan umr heç qaçon unutilmas ekan.
Xolmuhammad TOĞAYMURODOV,
jurnalist.
