Öz işini biladigan odam

Umrni ezgu işlar, foydali amallar bezaşi borasida köp gaplar aytilgan. Farang adibi Gyustav Flober hatto buni keskinroq — “Inson heç narsa emas, asar — hamma narsa!” tarzida ifodalab, yaratiş, ijodni ustun qöygan edi. Xalqimizda esa oddiygina tuyulgani bilan, yaşaşga undovçi zavol bilmas naql mavjud: “Bekor turgunça, bekor işla!”. Odam zotining qadri ham, hayotining mazmun-mohiyati ham faqat buyuk ajdodlarining “qadim-qadimdan dunyo tamadduniga munosib hissa qöşgani” bilan kökrak keriş emas, balki özining ham ayni zamonda el-yurtga biron-bir foydasi, nafi tegişi orqali belgilanadi. Özlari ham yaratiş yölidan boradigan bunday kişilar qarşisida ötib ketgan ötmiş yoki kelmagan kelajakni peş qilib, quloqqa lağmon osişning hojati qolmaydi.

Har sohada öz işining fidoyisi bölgan zahmatkaşlar tufayli jamiyat barqaror, hayot bardavom. Garçi öquvçi daftari yarmini tölğizgunçalik röyxatni taşkil etmasa-da, tanib-bilganlarim orasida ham bundaylar borligidan faxrlanib yuraman. Baʼzan xayolimga keladigan qora bulutdek badbin öylarni ularning siymosi quyoşdek yorib ötib, quvib yuborişi esa hamişa köngilga taskin-tasalli beradi. Xayriyat, borsizlar!

Körinişidan kamtar-xokisor, tinib-tinçimas Tursunali Qöziyev ana şunday havas qilsa arziydigan inson. Şu kunlarda u kişi 75 yoşni qarşi olmoqda ekan. Asrlar oşa zahmat oğuşida yaşab kelgan xalqimizning azamat öğloni şu çoqqaça qilgan işlari esa asrlarga böylagulik! Suqilib kirib, oila aʼzolarining nigohini özidan yiroqlaştirmaslik maqsadida siyqasi çiqqan mavzulardagi serialnamo seriallaru saviyasi past masxarabozliklar, ommani öynatib, ommaga taqdim etiladigan şov-şuvlaru yoki sohildan ötgan barçaning nigohini tortganiça yuzada qalqib yuradigan köpiklar silsilasida Tursunali Qöziyev va u kabilar jimgina, öz işini bilib bajarayotgani köngilni toğdek kötaradi. Xayriyat, borsiz!

Ha, u öz işini biladigan odam. Qayerda, qaysi vazifada işlamasin, atrofidagilar buni darhol his etib, unga munosib bölişga urinişadi. Boşqa iloj ham yöq-da, axir qaçongaça “oğirning ustidan, yengilning ostidan” tarzida hayot keçiriş yoki faoliyat yuritiş mumkin? Haqiqiy salohiyat va kasbiy mahorat har qanday joyda yalt etib közga taşlanib turadi. Bilim, işga munosabat, eng muhimi, şaxsiy namuna. Bunday fazilatlarni öz şaxsida mujassam etgan Tursunali Qöziyev kabilarga ehtiyoj hamma davrda oşsa oşadiki, aslo kamaymaydi. Şu sababli u kişi hozir ham qöl qovuştirib ötirgani yöq. Yaxşisi, bu haqda keyinroq söz oçamiz.

Abdulla Qahhor taʼbiri bilan aytganda, madaniyatga daxldor bölsa, otning taqasi ham u kişining eʼtiboridan çetda qolmaydi. Tasviriy sanʼat, muzeyşunoslik, tarixiy-madaniy merosni muhofaza qiliş — heç birini özidan uzoqlaştirmaydi. Yana tağin taşkilotçiligini, taşabbuskorligini aytmaysizmi? Madaniy hayotdagi muhim islohotlar va yirik loyihalar fonidan ham u kişi jiddiy nigoh bilan kuzatib turgandek: ha-da, jiddiy yumuşlarni yengil-yelpi kaslarga taşlab qöyib bölmaydi-da!

Ha, öz işini biladigan Tursunali Qöziyevning keng qamrovli, serqirra faoliyati haqida öylaganimda, beixtiyor u kişi tuğilib ösgan makon köz öngimda jonlanadi. U kişi Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida tavallud topgan. Ayonki, Surxon vohasi turli tamaddunlar, dinlar va madaniyatlar tutaşgan nuqta — Buyuk ipak yölining muhim çorrahalaridan biri bölgan. Termiz, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Qoratepa, Xolçayon kabi tarixiy maskanlar bu ölkaning neçoğliq boy ötmişga ega ekanidan dalolat beradi. Ilm-fanga, madaniyat-maʼrifatga, bunyodkorlikka va yaratuvçilikka intiliş azaldan kuçli bölgan yurtdoşlarining turmuş tarzi, urf-odatlari, qadim-qadimdan saqlanib kelayotgan hunarmandçilik anʼanalari, qolaversa, tuğilib ösgan zaminining öziga xos tabiatidagi maftunkor ranglar uning qalbida tasviriy sanʼatga nisbatan erta mehr uyğotgan bölsa ne ajab?

Uluğ qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatov: “Sanʼatkor bolalikdan bunyod böladi, keyinçalik bilim-tajriba, aql-zakovat şaxsni töldiradi, şaklga soladi”, degani kabi öziga xos tabiat, içidagi taşida sodda, samimiy, jömard odamlar orasida kamol topgan Tursunali Qöziyevda gözallikni ranglar orqali ifodalaş istagi behuda emasdek körinadi. Inson öz yurtini sevişi uçun buyuk bölişi şart emas, ammo buyuk bölişi uçun öz yurtini sevişi kerak, deyilgani kabi uning tuğilib ösgan joyiga mehri uyğotgan ilk tuyğulari asta-sekin ijodiy intilişga, aniqroği, hayot yölini tasviriy sanʼat bilan boğlaş orzusiga aylanadi. Bu orzu uni poytaxtga, Pavel Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtiga yetakladi. Bu yerda u rassomlikning professional sir-asrorlarini egalladi, keyinçalik Mannon Uyğur nomidagi Toşkent davlat sanʼat institutida tahsil olib, nafaqat tasviriy sanʼat sirlarini egalladi, balki mohir usta Omon Azizdan badiiy kandakorlik sirlarini örgandi. Şu tariqa uning ijodiy qiyofasida rassomlik, grafika va xalq amaliy sanʼati anʼanalari özaro uyğunlaşdi. Uning “Jarqörğonlik boğbon”, “Ona yurtim”, “Olimlar”, “Tölinoy”, “Qiz portreti”, “Munojot” kabi tasviriy sanʼat asarlarida inson va tabiat uyğunligi öz ifodasini topgan bölsa; misga öyib işlangan “Alişer Navoiy”, “Tib qonunlari” singari kandakorlik işlarida; Mirtemir asarlariga hamda özbek va jahon xalqlari ertaklariga işlagan grafik bezaklarida öziga xosligi namoyon bölib turadi. Jarqörğondagi “Yoşlik qöşiği” devoriy rasmi, Şerobod tumanida qad rostlagan “Turnalar” yodgorligi monumental sanʼatidan darak bersa; “Özbek fotografiyasi. 125 yil” antologiyasi, “Langar”, “Ijodimiz haqida gapirsak” albomlarida yurtimiz qiyofasi fotograf nigohi orqali aks etadi.

Borliqni rassom közi bilan körib, tarixni badiiy tafakkur orqali anglaş, milliy qadriyatlarimizning nafosati va mazmun-mohiyatini zamonaviy talqinlarda namoyon etiş hadisini tezda özlaştirgani holda uning sanʼatga munosabati faqat möyqalam va ranglar bilan çeklanib qolmadi. Muzey ekspozitsiyalarini yaratiş, tarixiy muhitni qayta jonlantiriş, meʼmoriy obidalarni tiklaş, milliy madaniy merosni asrab-avaylaş va keng tarğib etiş borasidagi taşkilotçiligi va amaliy işlariga ham rassomga xos badiiy nigoh, estetik did, yaratuvçilik tafakkuri bilan yondaşdi. Poytaxtda tahsil olib, sanʼatning nazariy va amaliy sirlarini puxta egallagan yoş mutaxassis oldida katta imkoniyatlar eşigi oçiq edi. Biroq Tursunali Qöziyev qalbini olgan bilimini tuğilgan joyi ravnaqiga bağişlaş istagi band etgan edi. U Jarqörğonga qaytdi. Tuman boş rassomi bölib işladi. Nazarida, bolaligidan özi körib, könikib yurgan narsalari endi yanayam boşqaça joziba bilan namoyon bölayotgandek. Möʼjizakor narsalar yonginasida turgan-u, ularni endi-endi payqayotgandek. Şu-şu tuğilgan yurt jozibasi, bolalikdan qalbiga tuşgan çöğ alanga olib, bilim-tajriba, aql-zakovat uni töldira boşladi. Bunday vaziyatda közga taşlanmaslikning iloji yöq edi. Uni Surxondaryo viloyati madaniyat jamğarmasi raisi vazifasiga taklif qilişdi. Endi tumanda boşlagan işlarini viloyat miqyosida davom ettirdi. Ijodiy jarayonlarni qöllab-quvvatlaş, madaniy-maʼrifiy hayotni jonlantiriş, isteʼdodli ijodkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş doimgidek uning eʼtibor markazida edi. Surxon vohasida orttirilgan tajriba, taşkilotçilik mahorati Tursunali Qöziyevning faoliyatida yangi bosqiçni boşlab berdi. U yana poytaxtga qaytib, özi tahsil olgan Pavel Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurti direktori sifatida faoliyatini davom ettirdi. Endi u nafaqat muayyan hudud madaniy hayotini rivojlantiriş, balki milliy tasviriy sanʼatning kelajagini belgilaydigan yoş avlodni tarbiyalaş, badiiy taʼlim sifatini oşiriş va ustoz-şogirdlik anʼanalarini yölga qöyiş işlariga jiddiy eʼtibor qaratdi. Bunday saʼy-harakatlarning ijobiy natijalari hozirga qadar özbek rassomlarining dunyo böylab şuhrat topayotgan asarlarida ham namoyon bölmoqda, deb bemalol aytiş mumkin.

Ha, öz işini puxta biladigan, har bir vazifaga masʼuliyat bilan yondaşadigan inson eʼtibor markazida bölişi turgan gap. Tursunali Qöziyevning keyingi mehnat faoliyatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida konsultant, madaniyat işlari vazirining birinçi örinbosari, Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Özbekiston Respublikasi madaniyat va sport işlari vaziri kabi bir qança masʼuliyatli lavozimlarni sanab ötiş mumkin.

Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi ekanida Ğafur Ğulom naşriyotida zamonaviy özbek rassomlariga bağişlangan antologiyani tayyorlaş va çop etiş uçun akademiyadan ham, naşriyotdan ham tegişli masʼul odamlar belgilab qöyilganiga qaramay, u kişi işning borişidan xabardor bölib turar, hattoki korrekturalarga ham özi birrov köz taşlamasa, köngli tölmaydigandek edi. Bu jiddiy iş ekanini, biron-bir savol tuğilgudek esa, qaçon bölmasin, eşigi oçiq ekanini aytardi. Birinçi, ikkinçi korrekturalarga ham köz yugurtirib çiqib, tegişli maslahatlar berdi. Bosmaxonaga tuşişi oldidan sönggi korrekturani qoğozga çiqazib, u kişining huzuriga yöl oldim.

— Oxirgi variantmi? — söradi u kişi. — Şundan söng çop etiladimi?

Boş irğab, şunaqa ekanini tasdiqladim. U kişi har bir sahifani diqqat bilan qarab çiqib, şubhali tuyulgan joylarni qizil bilan belgilab, antologiyaga kirgan rassomlar röyxatining ketma-ketligiga yana bir-bir eʼtibor qaratib, ança vaqt şu iş bilan maşğul böldi.

— Şusiz ham işlaringiz tölib-toşib yotibdi, — dedim xuddi u kişi muharrirlik vazifamni ham bajarib qöyayotgandek xijolat bölib. — Birorta xodimingizga aytsangiz, özimiz ham kam-köstini töğrilab qöyaverardik.

Qarşisida bunaqa işlarga aloqasi bölmagan begona odam turgandek, u kişi menga hayron bölib qaradi. Özini tutişidan biroz jahli çiqqanini ham payqab, endi nimaiki bölmasin, bu yoğiga tinçlik kerak, degan öyda tek qotdim. Bir muddat ötib, u özini bosib oldi çoği, juda muhim narsani tuşuntirayotgandek, ammo sokin, şuning barobarida biroz ginaxon ovozda uqtirdi.

— Bu yerda keltirilayotgan har bir ism-familiya şunçaki emas, — dedi xayol surayotgandek. — Rassom, sanʼatkor, şaxs, köngli nozik odamlar, juzʼiy xato ötib ketsa ham barça harakatlarimiz bir pul böladi.

U mutlaqo haq edi. Endilikda naşriyotlarda yuzlab xatolar bilan çop etilayotgan kitoblarga közim tuşganida, hatto darsliklar ham bunday qusurlardan xoli emasligiga eʼtibor qaratadigan odamning özi topilmaganda, öşa gap yodimga tuşib, qaniydi, şunaqa joylarda ham Tursunali Qöziyev bölsaydi, deya alamli xörsinganimni özim payqamay qolaman.

Ha, u öz işini biladigan odam. Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi ekanida Toşkentda birinçi xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi ötkazilgan edi. Öşa mahallarda “Biyennale özi nima ekan?” deb, hatto özini sanʼatga aloqador bilganlar ham bir-birlaridan söraşga istihola qilişmasdi. Mana, endilikda Yangi Özbekistonda bunday tadbirlar ötkazilişi anʼana tusini oldi. Biyennale tuşunçasi nafaqat sanʼat ahli, balki keng jamoatçilik orasida ham tobora ommalaşib bormoqda. Buning yorqin isboti sifatida Toşkent xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesining 2001 yilda boşlangani va 2024 yilda uning yubiley X biyennalesi taşkil etilganini keltiriş mumkin. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan ijodkorlar iştirok etdi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini yuqori saviyada ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan 2025 yildan boşlab har ikki yilda bir marta Buxoro şahrida xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini ötkaziş belgilandi. 2025 yil 5 sentyabrdan 23 noyabrga qadar davom etgan ilk Buxoro biyennalesi tarixiy obidalar, milliy hunarmandçilik va zamonaviy sanʼatni birlaştirgan yirik xalqaro madaniy voqeaga aylandi. Taşkilotçilar maʼlumotiga köra, tadbirga 1,8 million nafar kişi kelgan.

Tursunali Qöziyev Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida bu maqom şunçaki qöl kötarib-tuşiriş maşqi emas, balki elu yurt manfaati yölida katta masʼuliyat ekanini anglagan holda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga daxldor muhim masalalarni hal etiş jarayonlarida faol iştirok etgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika kafedrasi professori ölaroq, köp yillik amaliy tajribasini yoş avlodga yetkaziş, milliy madaniyatimizni xalqaro axborot makonida tarğib etiş va malakali mutaxassislar tayyorlaşga hissa qöşdi.

Ha, öz işini biladigan bu kişining muzeyşunoslik va tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş sohalaridagi faoliyatini, qançalik yelib-yugurmasin, boşqa birov bajara olişi tasavvurga siğmaydi. Toşkentdagi Tansiqboyev uy-muzeyi, Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi, Qarşidagi Odina masjidi, Samarqanddagi Uluğbek rasadxonasi muzeyi — yana qançadan-qança tarixiy va madaniy ahamiyatga molik obʼyektlarni taşkil etiş, tiklaş, ularning ekspozitsiyalarini şakllantiriş, ilmiy-maʼrifiy mazmunini boyitiş işlarida u kişining jöyali maslahatlari, amaliy harakatlari qöl kelgan. U muzeyni şunçaki tarixiy aşyolar saqlanadigan maskan emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, milliy özligi va maʼnaviy qadriyatlarini namoyon etuvçi ilmiy-maʼrifiy dargoh sifatida qaragani uçun ekspozitsiyalarni yaratişda tarixiy haqqoniylik, ilmiy asoslanganlik, milliy badiiy anʼanalar va zamonaviy muzey texnologiyalari uyğunligiga alohida eʼtibor qaratadi. Madaniy merosni muhofaza qiliş, ilmiy örganiş va restavratsiya qiliş sohasida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan Tursunali Qöziyev Madaniy meros agentligi direktorining birinçi örinbosari, Ilmiy-ekspert kengaşi raisi sifatida ham samarali mehnat qildi. Tarixiy obidalar va madaniy meros obʼyektlarini asrab-avaylaş, ularning asl qiyofasi va tarixiy-badiiy qiymatini saqlaş, taʼmirlaş işlarining ilmiy asoslanganligi va sifatini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan poytaxtimiz Toşkent şahrida Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etila boşlaşi bilanoq öz işini biladigan bu odamning boy tajribalari yana qöl keldi. Markazning ilmiy-maʼrifiy konsepsiyasini, meʼmoriy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy-dizaynerlik yönalişlarini şakllantiriş jarayonlarida faol iştirok etdi. Tarixçilar, şarqşunoslar, arxeologlar, sanʼatşunoslar, muzeyşunoslar va diniy ulamolar bilan hamkorlikda iş olib borib, turli sohalarga oid ilmiy qaraşlarni yagona ğoyaviy tizimga birlaştirişga hissa qöşdi. Islom sivilizatsiyasining ilm-fan, falsafa, tibbiyot, astronomiya, matematika, adabiyot, meʼmorçilik va sanʼat rivojiga qöşgan hissasini xolis yoritiş, Movarounnahr va Xuroson zaminidan yetişib çiqqan buyuk allomalar merosini jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti bilan uzviy boğliq holda namoyiş etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Markaz muzeyi ekspozitsiyalarini şakllantiriş, har bir ekspozitsiyaning ğoyaviy mazmuni va badiiy yeçimini belgilaş, nodir qölyozmalar, kitoblar, tarixiy hujjatlar, arxeologik topilmalar va sanʼat asarlarini saralaş borasida u özining köp yillik muzeyşunoslik tajribasini işga soldi. Bu jarayonda unga xorijiy muzeylar va ixtisoslaşgan ekspozitsiya taşkilotlari tajribasini örganiş, zallarni tarixiy davrlar va ilmiy yönalişlar asosida tizimlaştiriş qöl keldi. Rassom-grafik va sanʼatşunos sifatidagi mahorati esa milliy naqşlar, dekorativ kompozitsiyalar, ranglar uyğunligi va tarixiy muhitni zamonaviy muzey dizayni asosida yaratişda muhim ahamiyat kasb etdi. Markaz atrofida joylaşgan, milliy madaniy meros obʼyektlari röyxatiga kiritilgan sakkizta meʼmoriy obidani taʼmirlaş va tiklaş, ularni yangi majmua bilan tarixiy-badiiy jihatdan uyğunlaştiriş işlarida ham taşabbuskorlik körsatdi. Bu jarayonda nafaqat yangi meʼmoriy majmua barpo etiş, balki mavjud tarixiy muhit, hududning asriy madaniy xotirasi va meʼmoriy yaxlitligini saqlab qoliş masalalariga ham eʼtibor qaratdi.

Ayni paytda Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Tursunali Karimjonoviç Qöziyev Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining ilmiy maslahatçisi sifatida özining boy tajriba va bilimlarini mazkur yönalişdagi işlarga safarbar etmoqda. Uning ijodiy, ilmiy salohiyati, rahbarlik tajribasi bugun ham milliy madaniy merosimizni asrab-avaylaş va kelajak avlodlarga yetkazişga xizmat qilmoqda.

Tursunali Qöziyev “Döstlik” ordeni, “Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” faxriy unvoni, Vyetnam Respublikasining “Drujba” ordeni hamda Rossiya Badiiy akademiyasining Oltin medali bilan taqdirlangan. Bu mukofotlar uning milliy va xalqaro miqyosda sanʼat va madaniyat rivojiga qöşgan hissasi eʼtirofi. Izçillik va taşabbuskorlik, yuksak kasbiy mahorat, davlat va xalq manfaatlariga sadoqat, milliy madaniyat va sanʼatga çeksiz hurmat, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş yölidagi fidoyilik aslida bebaho fazilatlar sanaladi. Bugun qutluğ 75 bahorini qarşilayotgan Tursunali Qöziyev oilasida ham sanʼat va ijod muhiti barqaror. Turmuş örtoği Şoira Hasanova rangtasvirçi rassom sifatida tanilgan. Farzandlari sanʼat, madaniyat, çet tillari sohalarini tanlab, ota-ona izidan borişmoqda. Aytadilar-ku, olmaning ostiga olma tuşadi, ot yurgan yöllarni toylar bosadi, deb!

Şoyim BÖTAYEV.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan