“SUDXÖRNING QABUL KUNLARI”
Aliqul Xonimqulovning “Sudxörning qabul kunlari” nomli möʼjaz romani zamonaviy özbek nasrida inson taqdiri, maʼnaviy tanlov, nafs, mansab, adolat va haqiqat kabi dolzarb masalalarni badiiy talqin etişga intilişi bilan eʼtiborga molik asardir. 2025 yilda “IJOD NASHR” naşriyoti tomonidan çop etilgan kitobda roman bilan birga qissa, esse, oçerk va hikoyalar ham jamlangan.
Romanning öziga xos jihati şundaki, muallif jamiyatdagi illatlarni quruq tanqid qiliş bilan çeklanmay, ularni muayyan insonlar taqdiri, xarakterlari va munosabatlari orqali körsatişga harakat qiladi. “Sudxörning qabul kunlari” degan nomning öziyoq öquvçida qiziqiş uyğotadi: kim bu sudxör, uning “qabul kunlari”ga kimlar keladi, ular qanday muammolar bilan murojaat qiladi va bu uçraşuvlar ortida qanday insonlar taqdiri yaşirin? Sarlavha şu tariqa asar mazmuniga kiriş eşigi vazifasini bajaradi.
Romanda Davlat Xuşvaqtov obrazi asarning asosiy ğoyaviy yukini kötaruvçi — nafs va vijdon örtasidagi ziddiyatni oçuvçi markaziy qahramonlardan biridir. Muallif uni oddiy maʼnodagi sudxör sifatidagina emas, balki pulni insondan, manfaatni insoniylikdan ustun qöyuvçi tip sifatida tasvirlaydi. Davlat Xuşvaqtovning xarakterini oçişda muallif juda aniq bir taʼrif beradi: u “hojatbaror, heç kimga past ketmaydigan, murosayu madora degan tuşunçalarni xayoliga ham keltirmaydigan, heç narsadan tap tortmaydigan odam”, ayni paytda “tartib-intizom yaratişning piri” sifatida körsatiladi. Eng muhimi, u odamlarni yoqtirmaydi, ayyor va makkor; xotini vafot etganidan keyin qayta uylanmaydi. Bu taʼrifda qahramonning içki ziddiyati ham seziladi. Bir qaraşda u tartibli, intizomli, işini puxta biladigan odam. Ammo bu “tartib”ning zamirida mehr-şafqat yoki adolat emas, manfaatparastlik va sovuq hisob-kitob yotadi. Uning tartibi inson holini yengillatiş uçun emas, aksinça, qarz oluvçini öz şartlariga töliq böysundirişga xizmat qiladi. Xöş, uning bunday “hojatbarorligi” ortida aslida qanday manfaat yotadi?
Davlat Xuşvaqtov odamlarning ehtiyojidan öz manfaati yölida ustalik bilan foydalanadi. Romanda uning qarz beriş tartibi juda aniq tasvirlangan. U qarz oluvçidan uy hujjatlarini, maşinasining texpasporti va kalitini, iş joyi hamda mahalladan tölov qobiliyati haqidagi maʼlumotnomani, hatto ikki nafar guvoh va xotini bilan birga kelişni talab qiladi. Söngra notarius orqali işni rasmiylaştirib, pulni qölga tutqazadi. Bu epizod Davlat Xuşvaqtovning professional darajada pişiq-puxta sudxör ekanini körsatadi. U tasodifiy foyda izlovçi kimsa emas. Uning butun faoliyati oldindan puxta öylangan, har bir ehtimoliy xavf hisobga olingan. Şu bois uning “tartib-intizom yaratişning piri” ekani ham kinoya tarzida berilgan. Yaʼni u tartibni yaxşi köradi, ammo adolat tartibini emas, öz manfaatiga xizmat qiluvçi şaxsiy tartibini yaratadi. Eng ayançlisi — u özgalarning muşkul ahvolidan mömay foyda körişni közlaydi.
Romanda Davlat Xuşvaqtovga berilgan eng kuçli xarakteristikalardan biri şunday: u “ertaga qiçişi mumkin bölgan joyni bugun qaşlab qöyişga örgangan odam”. U doimo “noilojlikdan ikki oyoği bir etikka tiqilib qolgan odamlarni intiqlik bilan kutadi”. Bizningça, mana şu tasvir uning butun obrazini yaqqol oçib beradi. Zero, haqiqiy kömakçi birovning muşkuli yengillaşganidan quvonadi. Davlat Xuşvaqtov esa aksinça, birovning boşiga tuşgan taşvişni boyiş imkoniyati deb biladi. Demak, uning sudxörligi şunçaki kasb yoki pul topiş vositasi emas — bu uning yaşaş tarzi, butun dunyoqaraşidir. Uning uçun muhtoj inson — yordamga munosib şaxs emas, balki mömay daromad manbaidir.
“Bugundan boşlab heç kimga qarz berilmaydi…” — niqoblangan şafqatsizlik namunasi bölib, Davlat Xuşvaqtov odamlarni ataylab yalintiriş maqsadida temir darvozasiga qarz berilmasligi haqida eʼlon osib qöyadi. Şu bilan birga, unda huquqiy masalalar böyiça murojaat qiliş mumkinligi va şaxsni tasdiqlovçi hujjat (pasport) talab etilişi ham qayd etiladi. Bu yerda muallif juda nozik psixologik holatni körsatadi: Davlat Xuşvaqtovga odamlarning yalinib-yolvorişi xuş keladi. U faqat foiz evaziga pul beriş bilan qanoatlanmay, qarzdorning öz huzurida xor-zor, ojiz holga tuşişidan ham maʼnaviy ustunlik tuyadi. Şu jihatdan u oddiy sudxörlardan-da xavfliroqdir: u insonning moddiy muhtojligini ruhiy qaramlikka aylantiradi. Rahimjon bilan boğliq voqea esa bu obrazning asl qiyofasini foş etadi: Davlat Xuşvaqtovning bolalikdan birga ösgan sinfdoşi Rahimjon undan 6 million söm qarz sörab keladi. Ammo Davlat uni mazax qiladi, qarz bermaydi va uyidan quvib soladi. Bu epizod ğoyat muhim. Çunki bu yerda gap begona şaxs haqida emas, bolalikdagi qadrdon döst haqida ketmoqda. Demak, Davlat Xuşvaqtov uçun döstlik, ötmiş va insoniy munosabatlar ham pulga arzimaydi. Uning qalbida “bu mening sinfdoşim, bolalik döstim-ku” degan tuyğu emas, “bu qarz vaqtida qaytariladimi?” degan sovuq hisob-kitob hukmron. Şu bois Davlat Xuşvaqtov obrazi orqali yozuvçi muhim bir savolni örtaga taşlaydi: inson boylik orttirgani sari odamiyligini ham saqlab qola olyaptimi?
Halima bilan boğliq epizod qahramonning maʼnaviy tubanligini batamom oçib taşlaydi: Davlat Xuşvaqtovning eng jirkanç qiyofasi aynan mana şu lavhada namoyon böladi. U Halimaning husn-jamolini körib, qarz puli evaziga unga axloqan nomaqbul şart qöyadi. Halima esa uning yuziga ham qaramay: “Sizdagi ifloslik esa yeru kökka siğmaydi…”, — deya taklifni keskin rad etadi va xonadonni tark etadi. Bu voqea romanning ğoyaviy jihatdan eng kuçli kulminatsion nuqtalaridan biridir. Zero, Davlat Xuşvaqtov uçun pul şunçaki boylik emas — u odamlarni sotib oliş, ularning irodasini sindiriş quroliga aylangan. U qarzdorning moddiy tangligini axloqiy ojizlikka aylantirişga urinadi. Ammo Halima uning bu razil niyatini çippakka çiqaradi. Şu bois mazkur epizodda ikki kuç töqnaşadi: Davlat Xuşvaqtov — pul va nafs timsoli; Halima — vijdon va nomus timsoli.
Muallifning ğoyaviy pozitsiyasi esa oçiq va qatʼiy: dunyoda hamma narsa ham pulga sotilmaydi. Halima öz rad javobi bilan sudxörning özi öylagan “maʼnaviy ustunligi”ni emas, aksinça, uning botiniy tubanligini foş etadi. Asarda ham bu holat “vijdonning har qanday ifloslik ustidan tantana qilişi” sifatida baholanadi.
Davlat Xuşvaqtovning “Men bu pulga önlab… jononlarni “Tanovar”ga öynataman” degan maqtançoqligi ham uning dunyoqaraşini oçib, boylikning nopok qöllarda maʼnaviy buzğunçi kuçga aylanişini anglatadi. U sarmoyani inson baxti, ezgulik yoki jamiyatga naf keltiriş uçun emas, nafsini qondiriş vositasi deb biladi. Demak, uning davlati ortgani sari maʼnaviy dunyosi boyimaydi; aksinça, nafsning çangali yanada kuçayadi.
Davlat Xuşvaqtovning oilaviy muhiti ham uning ruhiy yolğizligini körsatadi. Qahramon xotini vafot etgaç, qayta uylanmaydi, qizlari esa Toşkentda öz oilalari bilan yaşaydi. Keyinçalik u xastalanib qolganda, xizmatkori Xosiyat ham arazlab ketadi; qizlari uni poytaxtga olib ketib, şifokorlarga körsatadilar. U onkologiya şifoxonasiga yotqizilib, operatsiya qilinadi, ammo ahvoli oğirlaşib, köp ötmay vafot etadi. Bu yakuniy qismni obrazning maʼnaviy qismati nuqtai nazaridan talqin qiliş juda muhim. U hayoti davomida özgalarning muhtojligidan foydalandi, odamlarga işonmadi, heç kimni yoqtirmadi. Oqibatda özi ham maʼnaviy jihatdan mutlaqo yolğiz bölib qoldi. Bu yerda muallif “boylik — yomonlik manbai” degan jön xulosa çiqarmayapti. Aksinça, boylik inson qölida ezgulik vositasi bölmay, balki insonning özi boylikning quliga aylanib qolsa, u maʼnan qaşşoqlaşadi, degan fikrni ilgari suradi.
Davlat Xuşvaqtov — şunçaki “yomon odam” emas, balki kengroq maʼnodagi salbiy ijtimoiy tipdir. Bizningça, romanda Davlat Xuşvaqtovni faqat “sudxör, ayyor va makkor kimsa” deb baholaş kifoya qilmaydi. U — insonning insondan manfaat yölida foydalanişiga asoslangan illatli munosabatlarning badiiy timsolidir. Unda bir neçta salbiy sifat mujassam: sudxörlik — muhtojlikdan foydalaniş; ayyorlik — har qanday vaziyatni şaxsiy ğarazga buriş; makr — insonning ojiz nuqtasini topiş; şafqatsizlik — hatto bolalik döstiga ham rahm qilmaslik; nafs — mol-dunyoni maʼnaviy qadriyatlardan ustun qöyiş; odamovilik va işonçsizlik — odamlarga şaxs sifatida emas, manfaat obʼyekti sifatida qaraş. Şuning uçun Davlat Xuşvaqtov romandagi boşqa qahramonlarni birlaştirib turuvçi antipod — salbiy maʼnaviy mezon vazifasini bajaradi. Elomonning tabiatga, daraxtlarga bölgan mehrini Davlat Xuşvaqtovning odamlarga munosabati bilan qiyoslasak, muallifning tutgan örni yanada oydinlaşadi: Elomon daraxtlarda ğiybat va kibr yöqligini qadrlaydi, Davlat esa munosabatlarda faqat moddiy manfaatni ustun qöyadi. Şu bois asar nomidagi “sudxör” sözi şunçaki kasbni emas, balki pulni insondan ustun qöygan maʼnaviy qaşşoq qiyofani anglatuvçi badiiy ramz darajasiga kötariladi. Davlat Xuşvaqtovning fojiasi ham şunda: u umr böyi odamlarning pulini hisoblab yaşadi, ammo oxir-oqibat insoniy mehr va samimiyatning bebaho qiymatini anglay olmadi.
Elomonning sinfdoşi Karima taqdiri ham asarda insoniy munosabatlarning murakkabligini aks ettiruvçi muhim jihatlardan biridir. Asarda Karimaning turmuşi buzilgan, bir öğli bor ayol ekani va qaynonaning uni xuşlamasligi qayd etiladi. Bu kiçik detalning öziyoq oila, ayol qismati va jamiyatning unga munosabati kabi dolzarb masalalar haqida öylaşga undaydi. Muallif qahramonlarni şunçaki “yaxşi” yoki “yomon”ga ajratib qöymasdan, ularni hayotiy munosabatlar girdobida körsatişga intiladi.
Asardagi yana bir eʼtiborga molik obraz — Vosit Ahroroviçdir. U gazeta boş muharriri bölib, maqtovga öç rahbar sifatida gavdalantiriladi. Uning öziga xos salbiy jihati — haq gapni aytadigan, şaxsiy fikriga ega bölgan xodimlarni siquvga oliş va quvğin qiliş odatidir. Bu obraz orqali yozuvçi mansab va haqiqat örtasidagi ziddiyatni oçadi. Rahbar uçun xolislik emas, şaxsiy maqtov muhim bölib qolgan joyda mustaqil fikr, tanqid va soğlom muhitga örin qolmaydi. Demak, Vosit Ahroroviç feʼl-atvori bir şaxsning kamçiligigina emas, balki jamiyat rivojiga ğov böluvçi mansabparastlik va xuşomadgöylik illatining timsoli sifatida talqin etiladi.
Mazkur fikrni Xolboyev obrazi bilan qiyoslab örganiş yanada ahamiyatlidir. U viloyat muxbiri va tanqidiy maqolalarga moyil jurnalist sifatida körsatiladi. Uning “Haqiqat tarozisining pallasini dalilu isbot bosadimi yoki rahbar odamning oğzaki gapimi?” degan savoli romanning eng muhim ğoyaviy yönalişlaridan birini belgilaydi. Bu savol şunçaki bir kasbiy vaziyatga emas, balki butun jamiyatdagi adolat mezonlariga daxldordir. Haqiqat dalil va isbot bilan himoyalanişi kerakmi yoki mansabdorning kayfiyati va sözi ustun keladimi? Muallifning pozitsiyasi savolning qöyilişidanoq ayon: haqiqat mezoni lavozim emas, balki dalil, vijdon va adolat bölişi şart.
Sattor va Nozima munosabatlari esa asarda nafs va xiyonat mavzusini yanada keskinlaştiradi. Nozimaning dugonasi hamda qöşnisi bölgan Dilorom Sattorni yöldan uradi; Sattor yirik idora rahbari va badavlat odam sifatida tasvirlanadi. Dilorom öz nafsi yölida dugonasining turmuş örtoği Sattorni boşqa bir ayol — Samira bilan taniştiradi. Bu örinda şaxsiy xudbinlikning inson qadr-qimmati va muqaddas oilaviy riştalardan ustun qöyilişi qattiq qoralanadi. Muallif şu kabi lavhalar vositasida insonni taşqi martabasi emas, içki maʼnaviy saviyasi belgilaşini isbotlaşga intiladi.
Romanning yana bir eʼtiborga molik xususiyati — muallifning öquvçini tayyor xulosalarga majburlamay, balki öylantiruvçi savollar girdobiga tortişidir. Inson nima sababdan tubanlikka yuz tutadi? Mansab kişining vijdonini özgartirib yuboradimi? Nega ayrim kişilar haqiqatning köziga tik qaraşdan qörqadi? Nafs sinovlari oldida inson öz qadrini qançalik saqlay oladi? Adolatni qaror toptirişda xolis dalillarning örni qanday? Asardagi voqealar ana şunday murakkab savollarni kun tartibiga qöyadi. Kitob taqdimotida ham mazkur asar inson hayoti, maʼnaviy kamolot, ezgulik va yovuzlik örtasidagi murosasiz kuraşni badiiy talqin etgani alohida eʼtirof etilgan. Şu nuqtai nazardan qaraganda, “Sudxörning qabul kunlari”ni faqat bir şaxs yoki tor bir doira haqidagi asar deb baholaş yetarli emas. Uning zamirida insonning öz nafsi, mavqei, vijdoni va ijtimoiy muhit bilan murakkab munosabatlari yotadi. Muallif salbiy holatlarni röyirost oçib beriş orqali öquvçini öz nafsi va ruhiy olamini taftiş qilişga çaqiradi.
Xulosa qilib aytganda, Aliqul Xonimqulovning “Sudxörning qabul kunlari” romani haqiqat, adolat, nafs, mansab, vijdon va insoniy munosabatlar xususida jiddiy fikr yuritişga çorlovçi asardir.
Eng muhimi, asar öquvçini “boşqalar qanday yaşayapti?” degan taşqi kuzatuvdan “men qanday yaşayapman?” degan içki savol sari yetaklaydi. Asl adabiyotning tarbiyaviy va maʼnaviy qimmati ham aslida şunda namoyon böladi. “Sudxörning qabul kunlari” kitobxonni befarq qoldirmaydigan, inson va jamiyat munosabatlari haqida çuqur muşohadaga çorlaydigan badiiy asar sifatida eʼtirof etilişga haqlidir.
Imomqul NURINOV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
