USTOZ JURNALIST YODI

Jurnalistika sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, özining hayot yöli va ijodiy faoliyati bilan köpçilikka namuna bölgan mohir fotojurnalist, publitsist, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi, marhum Tohirjon Hamroqulov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan Farğona viloyatining Bağdod tumanida xotira va ehtirom keçasi bölib ötdi. Şuningdek, “Vodiy TV” telekanali taşkil etilganining 30 yilligi ham nişonlandi.

Tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan taniqli jurnalistlar, yozuvçi va şoirlar, ustoz ijodkorlar, soha faxriylari, jamoatçilik vakillari hamda marhum ijodkorning yaqinlari iştirok etdi.

Tadbirda Farğona viloyati hokimi örinbosari Xurşidjon Ahmedov viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning telekanal ijodiy jamoasiga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi. Tohirjon Hamroqulovning ibratli hayot yöli, sermazmun ijodiy faoliyati va ezgu işlari yod etilib, telekanal jamoasiga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilandi.

Maʼnaviy va maʼrifiy keçaga aylangan uşbu tadbirda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Şuhrat Oripov, Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo, “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri Ahmadjon Meliboyev, Bağdod tumani hokimi Maqsadjon Isaqov sözga çiqib, ustoz ijodkorning öz kasbiga sadoqati, fotojurnalistika rivojiga qöşgan munosib hissasi, el-yurt orasida qozongan hurmat-eʼtibori hamda xalq manfaati yölida amalga oşirgan ezgu işlari haqida töxtaldilar.

Mazkur tadbirning taşkil etilişi ustoz ijodkorning sermazmun hayoti va mehnatiga, uning jurnalistika va fotojurnalistika rivojiga qöşgan hissasiga körsatilgan yuksak eʼtibor ifodasi böldi. Bu, şu bilan birga, kasbiga sadoqat bilan xizmat qilgan ijodkorlar xotirasini eʼzozlaş va ezgu anʼanalarga hurmat namunasidir.

Tohirjon Hamroqulovning hayot va ijod yöli bugungi va kelajak avlod jurnalistlari uçun ibrat maktabi bölib qoladi. Ustoz xotirasiga bağişlangan bunday uçraşuvlar kasbga sadoqat, ijodiy masʼuliyat va hamkasblar mehnatiga hurmat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qilişiga şubha yöq.

Akbarxon MAGDIYEV

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan