Depressiya – qora kiyingan sanam

Karl Gustav Yung

shveysariyalik faylasuf (1875-1961)

>> Noyob qobiliyat egasi ekanligingiz, bu — sizning nimagadir erishganligingiz haqida hech nimani anglatmaydi. Bu shuni anglatadiki, siz nimadir qaytarib bera olish imkoniga egasiz.

>> Biz o'tmishga, ota-onamizga oshiqamiz. Shuningdek, hech qachon ko'rmaydigan va ichida o'zimiz bo'lmaydigan, biroq bizga g'amxo'rlik qiladigan  kelajakka intilamiz.

>> Depressiya qora kiyingan sanamga o'xshaydi. Agar  kelsa, uni haydab yubormang, mehmonga taklif qiling  va nima demoqchiligini tinglashga harakat qiling.

>> Tush bu – kichkina yashirin eshik, ruh hali ong paydo bo'lmagan kosmik tun sari yetaklaydi.

>> O'zgalardan qoniqmaslik hissi, o'z-o'zimizni anglash uchun  imkoniyatdir.

>> Agar o'z qalbingizga yaxshilab tikilsangiz, ko'zlaringiz yanada ravshanlashadi.

>> Men bilan nima ro'y bergan bo'lsa, men u emasman. Men kim bo'lishni xohlagan bo'lsam, men – o'shaman.

>> Biz o'zimizni to'liq nazorat qilyapmiz deb o'ylashimiz mumkin. Biroq do'stimiz bizga biz o'z hayotimiz haqida tasavvurga ham ega bo'lmagan narsalar haqida gapirib berishi mumkin.

>> Ikki kishining o'zaro aloqasi kimyoviy moddalarga o'xshaydi: kichik bir reaksiya ro'y bersa, ikkita element ham o'zgarib ketadi.

>> Agar sen o'z yuragingga chuqurroq qaray olsanggina ko'z nuring ravshan tortadi. Kimdir uning zohiriga qaraydi – tush ko'radi, kimdir ichkariroq tikiladi – uyg'onadi.

>> mavzuda odamlar bilan gaplasha olmasligingdan yoki fikringning ularga to'g'ri kelmasligidan kelib chiqadi.

>> O'zingdan ketmoqchi bo'lgan odamni to'xtatishga urinma. Aks holda kelguvchi ham kelmaydi.

Rus tilidan Go'zal Begim tarjimasi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

two × two =