Özbekiston: Dunyo sari yöl

Madaniy meros haftaligi qatnaşçilari ilk marotaba ötmiş sirlarini kaşf etiş imkoniga ega bölişdi. “Özbekiston madaniy merosi jahon töplamlarida” loyihasi doirasida amalga oşirilgan “Obidalardagi bitiklar”ni ilmiy-amaliy örganiş özining ahamiyatiga köra, betakror va eksklyuziv hisoblanadi.

Mustaqillik bayramimiz arafasida dunyoning nufuzli davlatlari ziyolilari, tadqiqotçi olimlari yurtimiz hududidagi qadimiy yodgorliklar va ilmiy salohiyat sirlari bilan yaqindan tanişiş maqsadida mamlakatimizga taşrif buyurdi.

Prezidentimizning taşabbusi bilan taşkil etilgan madaniy meros haftaligi dunyo olimlari nazarini yana Özbekistonga qaratdi. «Yunesko» şafeligida ötkazilgan haftalik doirasida Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan qator davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorligida taşkil etilgan “Özbekiston madaniy merosini örganiş, asraş va tarğib etiş butunjahon jamiyatining III xalqaro kongressi” 22-23 avgust kunlari poytaxtimiz Toşkent şahrida bölib ötdi.

Kongressning oçiliş qismida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi madaniyat markazlarining milliy buyumlar — xalq amaliyoti sanʼati durdonalari körgazmasi barçada xuşnudlik kayfiyatini uyğotdi.

Anjumanda sözga çiqqan Özbekis­ton Respublikasi Oliy Majlisi senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev, jumladan, şunday dedi:

— Prezidentimizning takliflarini qabul qilib siz aziz mehmonlarning yurtimizga taşrif buyurganingizdan mamnunmiz. Öylaymizki, uşbu nufuzli anjuman har tomonlama manfaatli böladi. Madaniy merosni asrab-avaylaş har bir xalq­ning burçi, ularni jahon ommasiga taqdim etişdan maqsad esa millatimizning boy va noyob osori-atiqalari borligini körsatiş va kelajak avlodga yetkazişdir.

Dunyoning saksonga yaqin davlatlaridan kelgan qatnaşçilar xohişiga binoan eramizning I asrida Örta Osiyo hududida barpo etilgan qudratli Kuşon imperiyasi osori-atiqalari, Abu Rayhon Beruniy nomidagi şarqşunoslik instituti fondida saqlanayotgan 26 ming jild qölyozma, 39 mingdan ortiq toşbosma kitoblar körgazmasi birinçi marotaba namoyiş etildi.

26 avgust kuni Samarqandda ötkazilgan “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asraş: dolzarb muammolar va ularni hal qiliş strategiyalari” xalqaro konferensiyasi şu bilan birga 22-27 avgust kunlari ÖzEOAVMA tomonidan qator davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda Toşkent, Termiz, Buxoro va Samarqand şaharlarida “Özbekiston buyuk yöllar va sivilizatsiyalar çorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusidagi madaniy meros haftaligi davomida ötkazilgan tadbirlar butun jahon ahlining diqqat markazida böldi desak xato bölmaydi. Anjumanga taşrif buyurgan mehmonlarning Toşkentda qad rostlayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrifi yanada eʼtiborga molik böldi.

Şuningdek, xorijlik mehmonlar Özbekiston musulmonlari idorasida saqlanayotgan Islom olamining noyob mulki — Usmon Qurʼoni hamda islomşunos olimlar tomonidan Usmon Qurʼoniga tenglaştirilgan katta Langar Qurʼoni bilan tanişiş imkoniga ega bölişdi. Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, Özbekiston uçinçi halifa Usmon ibn Affon buyruğiga binoan yozilgan har ikki Qurʼon kitobiga ega bölgan uluğ mavqedagi davlat sanaladi.

Madaniy meros haftaligi qatnaşçilari ilk marotaba ötmiş sirlarini kaşf etiş imkoniga ega bölişdi. “Özbekiston madaniy merosi jahon töplamlarida” loyihasi doirasida amalga oşirilgan “Obidalardagi bitiklar”ni ilmiy-amaliy örganiş özining ahamiyatiga köra, betakror va eksklyuziv hisoblanadi.

F.Starra, (AQŞ) Özbekiston madaniy merosini örganiş, asraş va tarğib etiş butunjahon jamiyati kengaşi aʼzosi:

— Men tadqiqot işlari iştirokçisi böldim va şunga amin böldimki, Özbekiston qadimiy osori-atiqalari bilan butun dunyoni hayratda qoldira oladigan mamlakat ekaniga guvohman. Bu köxna va noyob topilmalar çekka qişloqlarda, hatto odamlarning uylarida ham saqlangani özbek xalqining öz qadriyatlarini eʼzozlaşini anglatadi.

Ayniqsa, Samarqandda barpo etilgan Sohibqiron Amir Temur davriga monand “Boğişamol”ga qilingan taşrif mehmonlarni XIV-XV asrga sayohatga çorlagandek böldi.

Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsia­siyasi tomonidan uyuştirilgan “Özbekiston madaniy merosini örganiş, asraş va tarğib etiş butunjahon jamiyatining III xalqaro kongressi” mazkur haftalikdagi ilk anjuman bölgani bilan eʼtiborlidir.

Kongressda xorijlik qatnaşçilar uçun Özbekistonning moddiy va maʼnaviy merosi eramizdan avvalgi asrlarga borib taqalişi va hozirgi kungaça qöl mehnati bilan yaratilayotgan meʼmoriy, hunarmand­çilik osori-atiqalari millatimizning milliy anʼanasiga aylangani atrofliça aytib ötildi.

Özbek xalqi yaratgan durdona yodgorliklar, hunarmandçilik, kaştaçilik buyumlari va plotnolarining bir qismi Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Çexiya, Polşa singari mamlakatlar muzeylarida saqlanadi. Madaniy meros haftaligi arafasida barça davlatlar hamda Özbekistondagi noyob durdona asarlar haqidagi maʼlumotlar töplanib, “Özbekiston madaniy merosi jahon töplamlarida” turkumida öndan ortiq tomda albom-kitoblar çop etildi va taqdimoti ötkazildi.

Majlislar zalida örnatilgan maxsus zangori ekranlarda madaniy merosimizning Angliya, Germaniya, Fransiya, Turkiya va boşqa davlatlar muzeylarida saqlanayotgan milliy va qadimiy buyumlar vedio lavhalarda namoyiş etildi.

Respublikamizda bunday nufuzli anjumanlarning ötkazilişi, birinçi navbatda, özligimizni anglab olişga zamin yaratadi. Qolaversa, dunyoning rivojlangan davlatlari oldida biz ham öz qudratiga ega mamlakat ekanimizni körsatib turadi.

Haftalik doirasida yuqorida taʼkidlanganidek, mehmonlar Toşkent, Termiz, Samarqand va Buxorodagi qadimiy obidalarga sayohat qilişdi, madaniy obidalar ilmiy örganildi hamda yurtimizda qadimdan mavjud bölgan imperiyalar, diniy qaraşlar va madaniyatlar borasida fikr-mulohazalar almaşinildi.

Tadbirlarda jahon yetakçi davlatlarining taniqli olimlari, ilmiy kutubxona hamda muassasalar xodimlari, xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Yusuf Jörayev,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan