Axborot maydonida heç qaçon böş örin topilmaydi yoki sohadagi plyus va minuslar

Bugungi dunyo — axborot dunyosi. Özgaça hayot tarzi, tezkor va şiddatli vaqt oqimi qanday ötayotganini bilmay ham qolyapmiz. Bundan öttiz-qirq yil avval odamlar hayotini gazeta-jurnallarsiz, radio va televizorsiz tasavvur qila olmasdi. Tong sahardan «Matbuot dökon»lari oldi muştariylar bilan tirband bölardi. Özimiz-çi, gazetada masʼul lavozimda işlasak-da, dam oliş kunlari öşa «kiosk»ga qarab çopardik.

Endi… Hayot tamoman özgardi. «Matbuot dökon»lari oldida odamlarni körmaysiz hisobi. Bekat va xiyobonlardagi örindiqlarda, avtobus va metrolarda gazeta öqiyotgan yoki qölida gazeta va jurnal uşlagan insonni uçratmaysiz. Nega? Nima böldi? Insonlar hayotga befarq bölib qoldimi? Yoki bosma naşrlarda odamlarni qiziqtiradigan, dunyoqaraşini, tafakkurini boyitadigan maqolalar çop etilmayaptimi?!

Axir, öşa yillar özim ham gazetalarni «Ertalabki maʼnaviy nonuşta» deb atagandim. Bu tasavvur balki öşa davr uçun töğridir. Gazetalar ötgan asrning 80-yillari oxirlarida xalqning çinakam maslahatgöyi, eng yaqin dösti va axborot manbaiga aylangandi. Ayniqsa, «Özbekiston adabiyoti va sanʼati», “Toşkent oqşomi”, “Yoşlik”, «Yoş kuç», “Şarq yulduzi”, “Fan va turmuş” kabi naşrlarning yoş avlod, qolaversa, keng omma ongini şakllantirişdagi örni özgaça bölgan. Ular mustaqillikning haqiqiy jarçilari edi. Ularda tezkor xabarlar, jöşqin reportajlar, öşa zamon qahramonlari xaqida lav­ha va oçerklar, hayotdagi muammolarni qamrab olgan tan­qidiy va tahliliy maqolalar, felyetonlar berib borilardi. Bosma naşrlar hayotning barça jabhalarini qamrab olgandi. Respublikadagi birorta yangilik va voqea eʼtibordan çetda qolmasdi. Ularda çop etilayotgan maqolalar hammaning — oddiy fuqarodan tortib, eng katta rahbarlarning ham diqqat-eʼtiborida edi. Tanqidga uçragan odam yoki taşkilotga oson bölmasdi. Çunki tanqidlar tag-zaminan, har tomonlama asoslangan bölardi. Boş muharrirdan tortib oddiy muxbirgaça gazetaçilik masʼuliyatini çuqur his qilişardi. Ayniqsa, boş muharrirlar gazetasida biror muammo kötarib çiqilgan maqola çop etilgan bölsa, şu kuni tuşgaça özlarini qöyarga joy topolmasdi.

Aytişlariça, öşa davrda «Özbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetasida boş muharrir bölib işlagan taniqli adib Odil Yoqubov işdan ketayotganida: «Men beş yil olovning ustida ötirib işlayotganday his qildim özimni», degan ekan.

Endi-çi? Gazetalarimiz, umuman, matbuot nega bir ahvolga tuşib qoldi. «Olov» emas, hatto bir çöğday ham nafi bölmayaptimi? Bunday tur­ğunlik, befarqlik, karaxt holat bir kunda yoki bir yilda paydo bölgani yöq. U ötgan yillar davomida yuzaga keldi. Avvaldan qotib qolgan içki senzura hukmronlik qildi. Bu holat ayrim nufuzli naşrlarda hozirgi kunda ham davom etmoqda. «Gazeta naşr qilinsa böldi», degan fikr tahririyat rahbarlari miyasiga örnaşib qolgan. Muştariy mutolaa qiladimi, yöqmi heç kim qiziqmayotgandek göyo. Gazetalarni obunaçilarga yetkaziş tizimi izdan çiqqan.

Avvallari barça markaziy naşrlar respublikaning eng uzoq manzillariga ham tuşgaça yetkazib berilgan bölsa, keyinçalik ularni obunaçilarga haftalab keçiktirilgan holda olib boriş holatlari yuz bera boşladi. Bunday salbiy holatlarning kelib çiqişi çuqur tahlil etilmadi, tahririyatlar ham befarq bölişdi. Şu tarzda naşrlar yillar davomida öz obrösini yöqota borib, jamiyatdagi mav­qeini eng past darajaga tuşirib qöydi.

Ayniqsa, joriy yilning boşiga kelib, mamlakatimizda gazeta va jurnallarning adadi açinarli ahvolga tuşdi.

Axborot maydonida heç qaçon böş örin topilmaydi. Qaysi bir hududda axborot tar­qatişda sustkaşlikka yöl qöyilsa, öşa hududni boşqa bir axborot vositasi egallab oladi. Bizda ham şunday böldi. Axborot tarqatişda sust­kaşlikka yöl qöygan gazetalar, hatto radio va televidiniyeni doğda qoldirgan internet saytlari, blogerlar paydo böldi.

Ular axborot olamini şunday yaşin tezligida egallab oldiki, bir zumda hammaning nazarini özlariga jalb qilişdi.

Avvaliga köpçilik (jumladan, özim ham J.R.) blogerlarning faoliyatiga qiziqmadim. Ularni “öyinqaroq bolalar-da”, biroz vaqt ötgaç, quyilib qolişadi, deb öyladim. Lekin ular “quyilib” qolişmadi. Axborot maydoniga behuda çiqişmaganini amalda isbotlay boşlaşdi. Qotib qolgan rahbarlarning boşqaruv iş uslublarini, noqonuniy harakatlari, mansabdor şaxs­larning maʼnaviy qiyofasini, eskiça işlab bölmasligini oşkora foş eta boşlaşdi. Blogerlar (hammasi ham emas J.R.) davlatimiz rahbarining jamiyat boşqaruvidagi dadil islohotlariga, qaroru farmonlariga birinçilar qatorida «labbay» deb javob berişdi.

Hozir ularning çiqişlarini internet tarmoqlari orqali muntazam kuzatib boryapman. Hayratim oşmoqda. Xato-kamçiliklari, şoşma-şoşarliklari köp, ammo harakatlari dadil, öziga xos. «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari»ning bayram kunida bir guruh blogerlarning ham davlat mukofotlari bilan taqdirlanişi esa köpçilikning ularga bölgan qaraşini özgartirdi.

Taniqli jurnalist va olim Beruniy Alimovning quyidagi sözlari  fikrimni tasdiqladi: «Bloger, haloling bölsin! Blogerni «tez yordam» maşinasiga mengzayman. Jurnalist esa diplomli jarroh. Tan olaman professional jurnalist sifatida, avvaliga ularni jinim suymagan. Lekin keyinçalik fikrim özgardi. Çunki ular jamiyatga kerakligini isbotlaşdi».

Xöş, bloger kim? Ular haqida maʼlumot oliş uçun özimizda naşr qilingan «Özbekiston ensiklopediya»­sini, luğatlarni va boşqa kitoblarni varaqladim. Afsuski, heç nima topa olmadim. Axiri, yana internetga murojaat qilişimga töğri keldi. U yerda quyidagi taʼriflarni öqidim: “Blog” sözi inglizça bölib, u voqea-hodisalarni qayd etuvçi internet-jurnal, internet-kundalik, onlayn-kundalik kabi veb saytlarni anglatar ekan.

Blog termini ilk bor Yornom Barger tomonidan 1997 yil 17 dekabrda tilga olingan. Ammo uni Piter Merxols 1999 yilning bahorida «Peterme.com» blogida hazil aralaş amalda qöllagan. Evan Uilyams esa «Pura labs» saytida «Bloger» terminini işlata boşlagan. Aynan «Pura labs»da «Blogger.com» dunyoga kelgan.

Blogerlar haqida köp va xöp gapiriş mumkin. Lekin ular va ularning işlari matbuotning, ommaviy axborot vositalarining örnini bosa oladimi?! Bu borada jahon OAV mutaxassislari örtasida hali ham bir fikrga kelingani yöq. Bahs-munozaralar davom etmoqda. Lekin bahs-munozaralar öz yöliga, bizda ular allaqaçon qisman öz yönalişini egallab bölişdi.

Sohada tajriba töplagan bir jurnalist sifatida blogerlarning faoliyatini körib, tahlil qilib, quyidagi fikrlarni bildirmoqçiman.

Birinçidan, bloger u-bu voqea va hodisani videoga olib yoki oddiy sözlar bilan yozib keng ommaga tar­qatadigan şaxs, u mutaxassis emas. Bloger mukammal operatorlik mahoratiga ega bölişi, bölar-bölmas tasvirlarni videoga tuşiravermasligi, oddiy hayotiy etikaga rioya qilişi kerak. Aytilayotgan yoki yozilayotgan har bir söz, jumla uçun javobgarlikni his qilişi lozim. Şoşma-şoşarlik, betgaçoparlik, biryoqlamalik, noqonuniy harakatlar blogerlarni halokatga olib keladi. Ular axborot tarqatiş naqadar masʼuliyatli vazifa ekanini, ijodiy işligini his qilişlari lozim.

Ikkinçidan, blogerlar videoga oliş, suratga tuşiriş, zamonaviy dizayn asosida bezaş, mahoratli yoza oliş qobiliyatiga ham ega bölişlari kerak. Buning uçun maʼlum darajada tajriba, bilim darkor. Şu maqsadda eng közga köringan blogerlardan iborat «Mahorat maktabi» taşkil etilsa, maqsadga molik bölar edi.

Uçinçidan, blogerlar mutaxassis bölişlari uçun, menimça, jurnalistika maktabida, albatta, öqişlari kerak. Axborot olamida qonun-qoidalarsiz, jurnalistika janrlarini bilmasdan, faqat videoga oliş yoki ovozni yozib oliş bilan iş bitirib bölmaydi. Ular uçun Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bölimlar oçiş zarurmikin? Öylab körilsa, yaxşi bölar edi.

Blogerlarning voqea-hodisaga özboşimçalik bilan aralaşuvi, manmanlikka berilişi salbiy jarayonlardir. Quyidagi misollarga eʼtibor bering: samarqandlik 33 yoşli bloger Otabek Jörayev 250 mln. sömga aldangan ayolning muammolarini yoritiş jarayonida jinoyatçi tomonidan bolta bilan jarohatlangan. Bir ösmir bloger yurib kelayotgan poyezd yöliga yotib olib, avtomatik video yozuvni amalga oşirgan. Bu ğirt savodsizlik va maʼnan kaltabinlik emasmi? Qolaversa, bloger degani, ming bir uzr, “yuvilmagan qoşiq kabi” özini kerak nokerak joyga uravergani bilan, “Amerikani kaşf qilolmaydi”. Çunki u allaqaçon kaşf qilingan. Şuningdek, odamlarni hayratlantiraman deb heç bir insonning özini va boş­qalarni yomon yölga boşlaşga haqqi yöq. Aynan özini bloger hisoblayotganlarning köpçiligi esa ösmirlar va hayotiy tajribasi kam yoşlardir.

Şu örinda muhtaram Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yöllagan tabrigida alohida taʼkidlagan quyidagi sözlarini esdan çiqarmasligimiz kerak: «Ayni vaqtda barçamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: axborot maydonidagi turli bahs va tortişuvlar, avvalo, haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanişi, qonun va odob qoidalari doirasida bölişi, şaxsiy ğaraz va xusumatga, soxta obrö orttiriş usuliga aylanib ketmasligi, inson şaxsi va şaʼnini tahqirlaşdan yiroq bölişi, bunday salbiy holatlarga bizning media maydonimizda mutlaqo örin bölmasligi kerak».

Qolaversa, blogerlar faoliyati faqat kamçiliklarni yoritişdan iborat bölmasligi lozim. Çunki biz bir osmon ostida va bir zaminda yaşayapmiz. Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yölida xolis xizmatdamiz. Va yana quyidagi sözlarni alohida taʼkidlagim keldi:

Albatta, faoliyatning töğri yölda bölişi muvaffaqiyat kaliti. Xalq doi­mo yangiliklarni, xuşxabarlarni soğinib kutadi. Hayot faqat şov-şuvli, muammoli voqea-hodisalardan iborat emas. Vatan qiyofasi özgarmoqda, mamlakat yangilanmoqda, xalq öz tanlagan yölidan dadil bormoqda. Buni unutişga, hisobga olmaslikka esa heç kimning haqqi yöq.

Jabbor Razzoqov,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan