Saylov kampaniyasi iş boşladi

Xalq özining muammolari, dardu taşvişini kimga işonadi? Özi ovoz bergan deputatgami?.. Demak, uşbu maqomni oqlay biladigan nomzodga ovoz beriş lozim. Nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari esa ommaviy axborot vositalari, turli tadbirlar orqali xalqqa yetkaziladi. Uşbu jarayon qançalik oçiq, şaffof va adolatli ötsa, natija ham şunga yaraşa böladi.

27 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan öquv seminarida joriy yilning 22 dekabrida Oliy Majlis va vakillik organlariga bölib ötadigan saylov kampaniyasini yoritiş bilan boğliq amaliy va huquqiy masalalar körib çiqildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi va Adliya vazirligi vakillari jurnalistlarga saylov qonunçiligidagi yangiliklarni taşkiliy va huquqiy jarayonlarga doir maʼruzalari orqali yetkazdi.

— Markaziy saylov komissiya­si 20 sentyabr kuni saylov kampaniyasi boşlanganini eʼlon qildi. Bu yilgi kampaniya “Yangi Özbekiston — yangi saylovlar” şiori ostida ötadi, — deydi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, kotibiyat mudiri Xudoyor Mamatov. — Nega yangi Özbekis­ton? Xabaringiz bor, keyingi uç yilda amalga oşirilayotgan şiddatli islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqiçini boşlab berdi. Harakatlar strategiyasi va uning mahsuli sifatida maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilindi. Uşbu hujjatlarni hayotga tatbiq etiş borasida davlat hokimiyat va boşqaruv organlari, xöjalik boşqaruv organlari tubdan isloh qilinib, maqbullaştirilyapti. Bu organlarga zamonaviy bilimlarni egallagan, turli tillarda sözlaşa oladigan taşabbuskor, iqtidorli yoşlar jalb qilinmoqda. Söz erkinligi, axborot erkinligi, hurfikrlilikka keng yöl oçilayotirki, bugun har bir yangilik butun mamlakat, qolaversa, dunyoning istalgan burçiga yetib bormoqda. Bularning bari yangi Özbekiston qiyofasini körsatmoqda.

Xöş, nega yangi saylovlar deyapmiz? Bunga sabab kampaniya demokratik islohotlarning yangi bosqiçida ötayotgani, eng muhimi, xalqimizning siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalib, ularning deputatlarga, partiya­lar oldiga qöyayotgan talab va taşabbuslarida namoyon böl­moqda. Bundan taşqari, avvalgi saylov jarayonlari beşta qonun bilan tartibga solingan bölsa, ayni paytda, tarqoq va bir-birini inkor etadigan ayrim normalar çiqarib, endilikda 500 ga yaqin norma yaxlit saylov kodeksiga mujassam etilgani ham yangi saylovlar deyilişiga sabab böldi. Uşbu kodeks 103 moddadan iborat. Biz milliy davlatçilik tarixiga ega xalq­miz. Insonlarning huquqini himoya qiliş, uni qadrlaşdek ölmas qadriyatlarimiz ham uşbu kodeksda öz aksini topdi.

Mamlakatimizda demokratik saylovlarni ötkazişda avvalgi tengsizlik prinsipiga barham berildi. Avval Ekoharakatga berilgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi 15 kvotalangan örin bekor qilinib, Özbekiston Ekologik partiyasi taşkil böldi. Endilikda beşinçi siyosiy partiya sifatida joriy yilgi kampaniyada Qonunçilik palatasidagi 150 ta deputatlik örniga birday daʼvogarlik qilişi mumkin. Bundan taşqari, Ekoharakatning faqat Qonunçilik palatasida vakili bölib, mahalliy organlarga nomzod körsatiş imkoni yöq edi. Bundan buyon Ekologik partiyasi ham qolgan törtta partiya bilan bir xil huquq­larga ega va xalqning içiga bemalol kirib bora oladi. Gap faqat soğlom raqobatda…

Markaziy saylov komissiyasi bölim boşliği Farhod Nas­riddinov saylov qonunçiligidagi yangiliklarni birma-bir qayd etib ötarkan, quyidagilarga alohida töx­taldi:

— Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabrda Parlamentga qilgan ilk murojaatlaridagi taşabbusdan kelib çiqqan holda, Markaziy saylov komissiya tomonidan Saylov kodeksi loyihasi işlab çiqildi. Buning uçun işçi guruh taşkil qilinib, unga huquqşunoslar, siyosiy partiyalar vakillari jalb etildi. Loyihani işlab çiqişda yigirmadan ziyod davlatning tajribalari örganildi. 2018 yil avgustdan boşlab loyiha muhokamaga qöyildi. Avval jamoatçilik, söng eks­pertlar va xalqaro taşkilotlar örtasida muhokamadan ötdi va taklif-mulohazalar eʼtiborga olindi. Unga saylov qonunçiligida ilgari bölmagan qator yangiliklar kiritildi. Asosiylaridan biri şuki, ayni paytda Prezidentimiz tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniş töğrisida qabul qilingan qarorga muvofiq, saylovçilarning yagona elektron röyxati şakllantirildi. Bundan maqsad bir saylovçi bir ovozga ega bölişini taʼminlaşdan iborat. Avvallari bir saylovçi ham doimiy, ham vaqtinça yaşaş joyidagi röyxatga kirgan bölsa, endi saylovçining xohişiga köra, faqat bir manzilda röyxatga olinadi…

Maʼruzaçi bundan buyon saylovçi ovoz beriş byulletenidagi istalgan belgini tanlaşi mumkinligi, yaşirin ovoz beriş prinsipi buzilmasligi uçun oldindan ovoz beruvçilarga ajratilgan varaqaning bekor qilingani kabi bir qator yangiliklar töğrisida ham töxtalib ötdi.

X. Fayziyeva.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan