Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining öttiz yilligini keng nişonlaş töğrisida

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bölgan özbek tili xalqimiz uçun milliy özlik va mustaqil davlatçilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida ğoyat muhim örin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

2019 yil 21 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga öttiz yil töladi. Mazkur tarixiy hujjatga binoan ötgan yillar davomida ona tilimiz mus­tahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega böldi. Hozirgi kunda özbek tili hayotimizning barça jabhalarida — davlat va jamiyat boşqaruvi, davlatlar­aro munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalarida faol qöllanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.

Özbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqiçi — milliy yuksaliş davri talablaridan kelib çiqib, ona tilimizning jamiyatdagi örni va nufuzini oşiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, sönggi yillarda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining taşkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini çuqur örganiş, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantiriş va qöllaniş doirasini kengaytiriş, filolog kadrlar tayyorlaş borasidagi işlarni yangi poğonaga kötardi.

Hududlarda atoqli alloma va adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablarining barpo etilişi bu yöldagi yana bir muhim qadam böldi.

Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlaş, xalqimiz, avvalo yoş avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşda özbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligini munosib nişonlaş maqsadida:

1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi va jamoatçilik vakillarining joriy yilning oktyabr oyida Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligini mamlakatimizda keng nişonlaş töğrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Quyidagilar:

Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi 1-ilovaga;

Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligi munosabati bilan ötkaziladigan ommaviy maʼnaviy-maʼrifiy çora-tadbirlar dasturi (keyingi örinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3.Taşkiliy qömita (A.Aripov):

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning puxta tayyorgarlik asosida, yuqori saviyada ötkazilişini taʼminlasin;

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahridagi barça şahar va tumanlarda bayram tadbirlarini taşkil etsin;

umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida özbek tili mavzusida inşolar tanlovini ötkazsin;

mamlakatimizdagi teatrlar va kinoteatrlarda, madaniyat saroylarida buyuk allomalarimiz haqidagi spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyişini taşkil etsin;

“Özbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Özbek tilşunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasini ötkazsin;

özbek adabiy tilining asosçisi, buyuk mutafakkir şoirimiz Alişer Navoiyga Toşkent şahridagi Milliy boğda, şuningdek, viloyat va şaharlarda örnatilgan haykallar poyiga gul qöyiş marosimini uyuştirsin;

mamlakatimizning xorijdagi elçixonalari va diplomatik vakolatxonalarida özbek tiliga bağişlangan bayram tadbirlarini ötkazsin va “Özbek tilining döstlari” klublarini tuzsin;

mamlakatimizda yangitdan taşkil etilib, faoliyat körsatayotgan Muhammad Rizo Ogahiy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida ona tiliga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni ötkazsin;

hududlarda til bayramiga bağişlangan adabiy-maʼrifiy keçalar hamda yangi kitoblar taqdimotini amalga oşirsin;

21 oktyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi sanʼat saroylarida Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligiga bağişlangan tantanali bayram tadbirlarini taşkil etsin.

4. Belgilab qöyilsinki, Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va ötkaziş bilan boğliq xarajatlar Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy byudjetlari daromadlarining orttirib bajarilgan qismidan, şuningdek, homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.

5. Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining öttiz yilligini nişonlaş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Admi­nis­tratsiyasi rahbari Z.Ş.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Ş.Mirziyoyev

Toşkent şahri,

2019 yil 4 oktyabr

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan