Özbekiston öqituvçi va murabbiylariga bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalo, siz, azizlarni, taʼlim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barça pedagog xodimlarni Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Uşbu qutluğ ayyomda barçamiz bizga ilm örgatgan, hayot saboğini bergan jonkuyar, fidoyi öqituvçi va domlalarimizga çuqur hurmat bajo keltirib, çin dildan taʼzim qilamiz.

Haqiqatan ham, özining köz nuri, qalb qöri, butun borliğini yoş avlod tarbiyasiga baxş etadigan öqituvçi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.

Bu haqda fikr yuritar ekanmiz, uluğ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxöja Behbudiyning: “Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini örgating”, degan sözlari beixtiyor yodimizga tuşadi.

Çindan ham, dunyo miqyosida raqobat yanada kuçayib boradigan, öta murakkab bir davrda yaşaydigan bolalarimizni kelajakka tayyorlab, soğlom va barkamol insonlar etib voyaga yetkaziş taʼlim-tarbiya sohasi, öqituvçi mehnatining tub mohiyatini taşkil etadi.

Ana şu ötkir haqiqatni hisobga olib, biz taʼlim-tarbiya sohasidagi islohotlarni davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yönalişi darajasiga kötardik.

Ötgan qisqa davrda maktabgaça taʼlim muassasalari tarmoğini kengaytiriş, maktab taʼlimida 11 yillik tizimga ötiş, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini optimallaştiriş, nodavlat taʼlim xizmati körsatiş böyiça keng kölamli işlarni amalga oşirdik.

Bugungi kunda sizlarning, butun el-yurtimizning qizğin qöllab-quvvatlaşi bilan maktab taʼlimini rivojlantiriş umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanib bormoqda.

Buyuk allomalarimiz, atoqli şoir va adiblarimiz nomi bilan ataladigan ijod va tabiiy fanlarga ixtisoslaştirilgan maktablar, “Temurbeklar maktablari”, Prezident maktablari kabi mutlaqo yangi namunadagi zamonaviy va innovatsion taʼlim maskanlari ayni şu maqsadga xizmat qiladi.

Bu borada umumtaʼlim maktablari tizimini rivojlantiriş masalasiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Buning tasdiğini sönggi ikki yilda 238 ta yangi maktab barpo etilganida ham köriş mumkin. Holbuki, 2010-2016 yillarda bu sohaga yetarli eʼtibor berilmagani tufayli 99 ta maktab yopilgan edi.

Mazkur sohani rivojlantiriş uçun ajratilayotgan byudjet mablağlari hajmi ham ortib bormoqda. Jumladan, joriy yilda maktablarga 2017 yilga nisbatan 81 foizdan ziyod mablağ ajratildi.

Yurtimizda boğça, maktab va oliy taʼlim tizimida işlayotgan tarbiyaçilar, öqituvçi va domlalar mehnatini munosib qadrlaş, ularning iş haqini, jamiyatdagi nufuzini oşiriş böyiça muhim qadamlar qöyilmoqda.

Soha rivojiga bölgan ana şunday eʼtibor maktablarda öquv-tarbiya jarayonlarini sifat jihatidan özgartirişga, öqituvçilar tarkibini yaxşilaşga xizmat qilmoqda.

Biz taʼlim-tarbiya masalasiga kompleks yondaşgan holda, boğça taʼlimi bilan birga oliy taʼlim tizimini ham uzviy rivojlantirişga alohida eʼtibor bermoqdamiz.

Şu maqsadda mamlakatimizda maktabgaça taʼlim hamda oliy taʼlimni rivojlantiriş dasturlari qabul qilindi va şu asosda tub islohotlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, keyingi ikki yilda mamlakatimizda 35 ta, jumladan, 13 ta xorijiy oliy öquv yurti taşkil etildi. Yuzdan ortiq yangi bakalavriat taʼlim yönalişlari hamda 94 ta magistratura mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyildi.

Ana şunday çora-tadbirlar natijasida yoşlarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasi uç yil burungi 9 foizdan 20 foizga oşdi. Biz yaqin kelajakda bu körsatkiçni 25 foizga yetkazişni öz oldimizga maqsad qilib qöyganmiz.

Yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli Özbekiston yoşlari turli sohalarda öz bilim va salohiyatini namoyon etib, Vatanimiz şuhratini butun dunyoga tarannum etmoqda.

Kuni keça Rossiyaning Yekaterinburg şahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatidan mohir sportçilar iştirok etgan boks böyiça jahon çempionatida milliy jamoamiz vakillari yuksak azmu şijoat va mahorat namunasini körsatib, birinçi örinni egallagani barçamizni quvontirib, ğurur va iftixor bağişlaydi.

Bunday ulkan yutuqlarni biz avvalo sizlar kabi fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati natijasi sifatida qabul qilamiz.

Qadrli yurtdoşlar!

Barçamiz yaxşi tuşunamizki, bugungi şiddatli zamon barça sohalar qatorida taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantiriş böyiça ham oldimizga ğoyat muhim va dolzarb vazifalarni qöymoqda.

Albatta, yoşlarimizning bilim olişlari uçun barça şaroitlarni yaratiş, öquv binolarini quriş, ularni zamonaviy jihozlaş mumkin. Lekin farzandlarimizga yuksak mezonlar asosida taʼlim-tarbiya beradigan, yangiça, innovatsion fikrlaydigan muallim va öqituvçilarni tayyorlaş — bu eng oğir vazifa bölib, juda katta mehnat va masʼuliyatni talab etadi.

Şu maʼnoda, bugungi kun öqituvçisi universal mutaxassis, ham örgatuvçi, ham örganuvçi bölişi, yaʼni öz ustida tinimsiz işlaşi, doimo izlanib yaşaşi kerak.

Eng muhimi, öqituvçi çinakam vatanparvar inson bölişi zarur. Qalbida öz kasbiga, Vataniga mehr va sadoqat kuçli bölgan öqituvçigina haqiqiy vatanparvar şaxsni tarbiyalay oladi.

Bizning barça saʼy-harakatlarimiz «Özbekistonda eng obröli inson muallim bölişi kerak» degan ğoyani amalga oşirişga qaratilmoqda. Buning uçun davlat va jamiyat tomonidan qança mablağ, resurs va imkoniyatlar zarur bölsa, barçasini safarbar etamiz.

Maktablarda xorijiy tillarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini örgatişni takomillaştiriş, oliy va örta maxsus taʼlim sohasida boşqaruvni isloh qiliş, yoşlarni ilm-fan sohasiga jalb etiş va ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça belgilangan çora-tadbirlarni samarali amalga oşirişimiz lozim.

Professional taʼlim sohasida bugungi mehnat bozori va xalqaro standartlarga töla mos keladigan butunlay yangi tizimga ötişni jadallaştirişimiz kerak.

Taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, öqitiş sifati va pedagog xodimlarning bilim va malakasini oşirişga qaratilgan “Zamonaviy maktab” davlat dasturini amalga oşiriş doimiy eʼtiborimiz markazida böladi.

Barçamizga ayonki, bugungi kunda yon-atrofimizda yoşlarning qalbi va ongini zaharlab, ularni töğri yöldan oğdirişga qaratilgan xavf-xatarlar tobora kuçayib bormoqda. Bunday mafkuraviy xurujlarga qarşi milliy ğoya asosida barçamiz birgalikda kuraşmoğimiz, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlaşimiz zarur.

Ayniqsa, bu vazifa barça böğindagi rahbarlar, yoşlar, xotin-qizlar, nuroniylar taşkilotlari, ijodkor ziyolilarimiz, diniy ulamolar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, butun jamiyatimiz uçun vijdon işiga aylanişi kerak.

Aziz va muhtaram ustozlar!

Bugun taʼlim-tarbiya sohasida, hurmatli öqituvçi va murabbiylarimiz, farzandlarimiz hayotida yangi davr boşlanmoqda. Bu davrni yanada çuqur maʼno-mazmun bilan töldirib, milliy yuksalişga erişiş faqat va faqat özimizga, şu yölda hamjihatlik bilan qattiq mehnat qilişimizga boğliq.

Biz xalqimizning eng katta boyligini — millionlab farzandlarimiz, jondan aziz öğil-qizlarimizning taqdirini, Özbekiston istiqbolini sizlarga işonib topşirganmiz. Va bu vazifani masʼuliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qança tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.

Sizlarni Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, şarafli va masʼuliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan