Investitsiya nomutanosiblikka barham beradi
Davlatimiz rahbarining innovatsiyalarni jamiyatimizning barça jabhalariga zudlik bilan tatbiq etişni talab etayotganligi bejiz emas. Innovatsiyalar mamlakatimizning jahon hamjamiyatida öz örniga ega bölişi va rivojlangan davlatlar darajasiga erişişida eng asosiy omildir.
Insoniyat ona zaminning qayerida yaşamasin uning uçun eng oliy neʼmat bu – mustaqillikdir. Xalqlarning ozodlik va erk uçun kuraşlariga neça ming yillik tarix şohid. Dunyo xaritasidan örin egallagan mustaqil davlatlar xalqlari erkin yaşaş, öz taqdirini özi belgilaş imkonini qölga kiritgan kunni muqaddas sanaydi, bayram sifatida nişonlaydi. Iqtisodiy jihatdan eng qudratli va taraqqiy etgan davlatlar ham asrlar ötsa-da öz erkiga erişgan kunni tantana qilişadi. Nima uçun? Çunki, har qaysi millat yoxud xalq uçun vaqt ötgani sari erk va ozodlikning qadr-qimmati va ahamiyati yuksalib boraveradi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida taʼkidlaganidek, “Mard va matonatli xalqimiz qançalik qiyin va oğir sinovlarga duç kelmasin, özining mustahkam irodasini namoyon etib, özi tanlab olgan mustaqillik yöliga doimo sodiq bölib kelmoqda”.
Darhaqiqat, Istiqlol qölga kiritilganining 28 yilligi şukuhi kezib yurgan ayni şu kunlarda xalqimizning qalbida şukronalik, bugungi tinç-osuda hayotimiz, farovon turmuşimizdan rizolik hamda yoruğ kelajakka çuqur işonç mujassam, desak mubolağa bölmaydi.
Darhaqiqat, bugun qölga kiritgan yutuqlarimiz asosi bundan 28 yil muqaddam xalqimizning eng uluğ orzusi – mustaqillikka erişiş yölida qabul qilingan tarixiy qarorning, taʼbir joiz bölsa, öşa tahlikali davrda körsatilgan jasoratning natijasi tufaylidir.
Ötgan çorak asrdan köproq davrda barça sohalarda amalga oşirilgan islohotlar va ularning örnini tahlil qilib körsak, mehnatkaş xalqimiz davrning murakkabliklaridan, turli sinovlardan mardonavor ötib, dunyo hamjamiyatida öz mavqe va ovoziga ega bölib yuksalayotgani barçamizni quvontiradi, albatta.
Ayniqsa, keyingi uç yilda aholining turmuş darajasini yaxşilaş, hayotdan rozi qiliş, ularning kelajakka bölgan işonçini mustahkamlaş, mamlakatimizni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoridan örin egallaşini taʼminlaşda erişilayotgan muvaffaqiyatlar Özbekistonning yangi tarix sari taşlangan qadami sifatida eʼtirof etilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning qatʼiyati va siyosiy irodasi tufayli jamiyatimizda qonun ustuvorligiga erişiş, adolat va haqiqatni qaror toptiriş, oçiqlik, oşkoralikni taʼminlaş, mavjud muammolarga köz yumiş emas, aksinça, uni bartaraf etiş yöllarini topişga alohida ahamiyat berilgani özining samarasini bermoqda. Ayniqsa, parlament va jamoatçilik nazorati mexanizmining mustahkamlanayotgani, aholi murojaatlari bilan işlaşning mutlaqo yangi tizimi yölga qöyilgani nafaqat joylardagi muammolarni örganiş, balki fuqarolardan qonunçilikni mustahkamlaş yuzasidan takliflar oliş hamda qonunlarning haqiqiy ijodkori xalqimizning özi bölişiga imkoniyatlar yaratildi. Ötgan qisqa davrda parlamentimiz tomonidan qabul qilingan qonunlar aynan fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar asosida işlab çiqilganligi fikrimiz dalilidir.
Mamlakat taraqqiyotini harakatlantiruvçi kuç sanalgan iqtisodiyot sohasida keyingi yillarda izçil yangilanişlar amalga oşirilayotganiga guvoh bölmoqdamiz.
Maʼlumki, xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanişiga, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş va diversifikatsiyalaş hamda innovatsion rivojlantirişda muhim rol öynaydi.
Yurtimizda işlab çiqarişni rağbatlantiriş, qöşimça iş joylari yaratiş, işlab çiqariş va ilmiy-texnikaviy kooperatsiya orqali jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaşuvni kuçaytiriş maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb etişga eʼtibor qaratilmoqda.
Qolaversa, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişidagi hududiy tafovutlar va nomutanosibliklarni qisqartirişning muhim vositasi sifatida xorijiy investitsiyalardan samarali foydalaniş maqsadida taşkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar hududlarda mavjud tabiiy iqtisodiy va mehnat resurslaridan samarali foydalaniş orqali iqtisodiyotning hududiy tarkibini takomillaştirişga imkon yaratmoqda.
Xorijiy davlatlar va xalqaro moliya taşkilotlari rahbarlari, jahonning yetakçi işbilarmonlari bilan muzokaralar ötkazilib, mamlakatimizga milliardlab investitsion mablağ jalb etiş böyiça sönggi yillarda 700 ga yaqin xalqaro bitimlar imzolandi.
Hozirda çet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQŞ dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Sifat özgarişi şundaki, avval töğridan-töğri xorijiy investisiyalar iştirokida hududiy loyihalar deyarli bölmagan, birgina joriy yilda özlaştiriladigan töğridan-töğri xorijiy sarmoyalarning yarmi hududlar hissasiga töğri keladi.
Innovatsiyalarni joriy etiş iqtisodiy ösişning va bozorning raqobatbardoşligini taʼminlaşning muhim omiliga aylandi. Bu barça jabhalarda innovatsiyalar sohadagi ilğor ilmiy işlanmalar va texnik yutuqlardan samarali foydalanişni hamda hozirgi iqtisodiy salohiyatning raqobatbardoşligini mustahkamlaşni talab etadi.
Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantiriş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi organ taşkil etildi, uning huzurida Innovatsion rivojlaniş va novatorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi şakllantirildi.
Davlatimiz rahbarining innovatsiyalarni jamiyatimizning barça jabhalariga zudlik bilan tatbiq etişni talab etayotganligi bejiz emas. Innovatsiyalar mamlakatimizning jahon hamjamiyatida öz örniga ega bölişi va rivojlangan davlatlar darajasiga erişişida eng asosiy omildir.
Şu boisdan ham davr talabiga köra, viloyat rahbarlari xalq bilan bevosita muloqot paytida mamlakatimiz Prezidentining barça hududda ilm-fan rağbatini tiklaş, hududlarning kompleks rivojlanişini taʼminlaşda mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalaniş, yoşlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qiliş böyiça körsatmalari asosida iş olib borişmoqda.
Umuman olganda, ijobiy natijalarni nafaqat iqtisodiyotimiz tarmoqlarida, balki jamiyatimizning boşqa sohalarida ham kuzatiş mumkin. Eng muhimi, uşbu ijobiy özgarişlarni xalqimiz öz hayotida, kundan-kunga yuksalib borayotgan turmuş darajasi misolida körib, sezib turibdi.
Eʼtiborli jihati bugun jamiyatimizda mavjud muammolarga köz yumiş, uni xaspöşlaş emas, balki aholini qiynaydigan har qanday masalaga ijobiy yeçim topişga bölgan intiliş kuçaydi, qonunlar ijrosi ustidan jamoatçilik nazoratining taʼsiri ortib bormoqda. Ayniqsa, mansabdor şaxslarning va davlat organlarining masʼuliyati sezilarli darajada oşgani, “Xalqimiz davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, degan ezgu tamoyil özining amaliy ifodasini topayotganidan darak beradi.
Jamşid Pirmatov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati.
