Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi qaroriga asosan ötkazilgan «Eng uluğ, eng aziz» respublika körik-tanlovi ğoliblari
Yozuvçi va şoirlarning
badiiy asarlari böyiça
1-örin
Şukurov Eşqobil,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir —
Xalqimiz maʼnaviyati va maʼrifatining asosi bölgan boy ötmişimiz, milliy qadriyatlarimiz, ona tilimizni asrab-avaylaş va rivojlantirişga eʼtibor kuçaygan bugungi kunda sözlarning tarixi, maʼno tovlanişlari va rivojlanişi böyiça çuqur kuzatişlar asosida yaratilgan “Bobo söz izidan” maʼrifiy kitobi uçun.
2-örin
Alevov Ösarboy,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir (Qoraqalpoğiston Respublikasi) —
Sönggi yillarda qoraqalpoq diyorida yuz berayotgan ijobiy özgarişlar, qoraqalpoq xalqining öy-keçinmalari va orzu-umidlari, şuningdek, vafo va sadoqat, mehr-oqibat, döstlik va hamjihatlik singari mavzular tarannum etilgan “Sezimlarim” kitobi uçun.
3-örin
Bahodir Qobul,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, yozuvçi —
Xalqimizning milliy turmuş tarzi, öziga xos xarakteri qirralari badiiy ifodalangan “Enayöl” nasriy asarlar töplami uçun.
Bosma ommaviy axborot vositalari
xodimlarining jurnalistik işlari böyiça
1-örin
“Jamiyat” gazetasi tahririyati —
Ötgan bir yil mobaynida gazetada çop etilgan yurtimizdagi keng islohotlar, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”, “Obod qişloq”, Obod mahalla” kabi davlat dasturlari ijrosi töğrisidagi maqola va materiallari uçun.
2-örin
Şukurov Saidahmad,
“Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari boş muharriri —
Yoş avlod tarbiyasi va milliy qadriyatlarimiz rivojiga bağişlangan reportaj va materiallari uçun.
3-örin
Tulenov Rustam,
“Nurlы jol” gazetasi muxbiri —
Mamlakatimizda xalqlar döstligi, maʼnaviy va madaniy yuksaliş, xalqimiz ijtimoiy hayotini yanada yaxşilaş borasida olib borilayotgan islohotlar yoritilgan maqolalari uçun.
Ommaviy axborot vositasi sifatida röyxatga olingan veb-saytlardagi
internet-jurnalistika materiallari böyiça
1-örin
Meliqulova Barno,
Özbekiston Milliy axborot agentligi yetakçi muharriri —
Bunyodkor zamondoşlarimizning ibratli hayoti va mehnat faoliyatini yoritişga bağişlangan maqolalari uçun.
2-örin
Alimardonov Asliddin,
21 asr.uz axborot-tahliliy portali muharriri —
“Yoşlar — kelajagimiz”, “5 muhim taşabbus” kabi dastur va loyihalar ijrosi tahliliga bağişlangan materiallari uçun.
3-örin
Hafizova Muqaddas,
uztime.uz axborot portali muxbiri (Qaşqadaryo viloyati) —
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayoni tezkor yoritilgan materiallari uçun.
Televideniye va radio ijodkorlarining
materiallari böyiça
1-örin
Azimova Mohigul,
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoşlar” radiokanali boş muharriri —
“Istiqlolim — istiqbolim” radiofilmi, “Yoşlar onlayn” turkum radioeşittirişlari uçun.
2-örin
Zunnunova Lola,
“Milliy” telekanali boş muharriri —
Yurtimizda maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantiriş borasidagi islohotlar jarayoni keng aks ettirilgan telemateriallari uçun.
3-örin
Akramova Sohiba,
Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axborot markazi “Zamon” informatsion tahliliy dasturi muxbiri —
Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga qöşgan katta hissasi tölaqonli yoritilgan telelavhalari uçun.
Tasviriy sanʼat, foto asarlari va
dizayn işlari böyiça
1- örin
Sagatov Abdumajit,
rangtasvirçi rassom —
Vatanimizning betakror tabiati, odamlarimizning Vatanga sadoqat tuyğusi yuksak badiiy böyoqlarda talqin etilgan “Özbekiston — gözal zamin” asarlar turkumi uçun.
2-örin
Kenjayev Abu,
fotosuratçi —
Harbiy vatanparvarlik, innovatsion texnologiyalarning hayotga tatbiq etilişiga oid fotoreportajlari uçun.
3-örin
Hamidbayeva Maftuna,
“Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi Surxondaryo viloyati bölimi dizayneri —
Xalqaro baxşiçilik festivali, “Boysun bahori” festivali va boşqa tadbirlarni bezaşdagi dizayn işlari uçun.
Kino sanʼati asarlari böyiça
1-örin
Mignorov Abduxalil,
“Özbekfilm” davlat unitar korxonasi kinorejissyori —
Vatanimiz va xalqimizning haqqoniy tarixi, buyuk ajdodlarimizning jahon maʼnaviy va maʼrifiy rivojiga qöşgan ulkan hissasi aks etgan “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” badiiy filmidagi rejissyorlik işi uçun.
2-örin
Asqarov Asenbay,
“Qoraqalpoqfilm kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi kinooperatori —
Möynoq tumanida amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlari, bu yerda yaşayotgan odamlarning hayoti aks etgan “Möynoq — döstlik ölkasi” hujjatli filmidagi operatorlik işi uçun.
3-örin
Korobova Tatyana,
“Multiplikatsion filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi postanovkaçi rassomi —
Özbek xalq ertaklari asosida suratga olingan “Mittivoy” multiplikatsion filmidagi animatorlik işi uçun.
