Maktabda bolalar janjallaşsa…

Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoşlar örtasidagi zöravonlik, janjal oqibatlari aks etgan videolar köpayib borayotganini kuzatib, köngil xira tortadi. Baʼzan ommaviy tus olgan bu janjallar önglab bölmas holatlar bilan ham yakunlanadi. Eng yomoni, ayrim toifa kişilar tomonidan bu vaziyat tasvirga olinib, ommaga tarqatilayotganidir.

Töğri, bu kabi “tomoşalar” kimlargadir qiziq tuyular, ammo uning millat maʼnaviyatiga salbiy taʼsiri juda oğir asoratlarga olib kelişi-çi?

Xalqimiz azaldan farzand tarbiyasidagi nozik jihatlarga, ayniqsa, uni mehnatkaş, mehr-oqibatli, irodali va mard insonlar bölib yetişişiga alohida eʼtibor qaratgan. Uruşqoqlik millatimizga xos sifat emas. Afsuski, biz bunday janjallarga barham beriş, tomonlarni murosaga çaqiriş örniga holatni telefonimizda yozib olib, ommalaştiryapmiz.

— Milliy madaniyatimizda dağal, qöpol muomalani şirinsuxanlik bilan yumşatiş degan gözal tamo­yil bor, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi örinbosari Muhammadjon Quronov. — Keyingi paytda şu qadriyat unutilyapti. Maktabda sinfdoşi bilan uruşib qolgan bolaning otasi yoki onasi sinfga borib janjal qilyapti. Bu nihoyatda katta pedagogik jaholatdir. Çunki ota-ona bolaga şunday vaziyatda özini qanday tutişda namuna bölişi kerak. Qöpollikka qöpollik bilan javob beriş, keyinçalik qöl kötariş, muşt­laşiş, baʼzan piçoqbozlik, oğir hodisalarga sabab bölmoqda. Bunga ayrim öquvçilarning öquv muassasalariga piçoq olib borib, bir-biriga sançiyotgani misoldir.

Atoqli adib Abdulla Qahhor: “Mikrob qançalik xavfli bölsa, uni şunçalik kattalaştirib körsatadigan zarrabin zarur” degan edi. Agar maktabda mingta bolaning içida ikkita bola uruşib qolgan bölsa, juda katta şov-şuv bölişi, öquvçi va öqituvçi, ota-onalar oldida bu qattiq muhokama etilişi zarur. Şunda boşqa bolalar janjallaşiş qançalar yomonligini anglab yetişadi. Hozir esa muştlaşganlar maqtanyapti. Kim ustun kelgan bölsa öşa “qahramonga” aylanyapti. Bu nihoyatda zararli tendensiya. Ikki bolaning uruşişi jazosiz, eʼtiborsiz qolayotgani boş­qa bolalarga ham mana şu illatni yuqtirişga körib-bilib yöl qöyişni anglatadi.

— Mening taklifim, maktabda yuz beradigan janjallar juda katta fojiaga aylantirilişi kerak, — deydi Muhammadjon Quronov. — Taʼlim töğrisidagi qonun, öquv dargohining içki tartib-qoidalari asosida muhokama etilişi şart. Bolaning şaxsi kamsitilmagan holda qilgan xato işi körsatib berilsa, şunda qarab turgan boş­qa bolalar janjal qanday oqibatlarga olib kelişining guvohi böladi. Ertaga şu holat yuzaga kelsa, unda “Men töğri qilyapmanmi?” degan maʼnaviy tormoz işga tuşadi.

Insonni uç xil axborot jalb qiladi. Birinçisi, uning ehtiyoji, ikkinçisi, qiziqişi va uçinçisi, maʼnaviy holati bilan boğliq. Qiziqarli, boşqa yerda uçramaydigan maʼlumot internetda kengroq taʼsir körsatadi va tobelikni yuzaga keltiradi. Virtual olamga qaramlik esa insonda jizzakilik, bezovtalik va xayoldan ketmaydigan fikrlarning paydo bölişiga sabab böladi. Olimlarning tad­qiqotiça, jangari kompyuter öyinlari va filmlar bolada qiziqqon va murosasiz, atrofdagilarga nisbatan befarq, şaf­qatsiz munosabatda böliş, öz hissiyotlarini ustun qöyiş kabi salbiy xislatlarni şakllantiradi.

Qörqinçli, xavfli xatti-harakatlar insonni hayajonlantiradi. Tösatdan yuz beradigan xavfli holatlar ularda zavq uyğotadi. Ekrandagi xavf­ni his qilar ekan, bu jangovarlik uning romantik, fan­tas­tik istaklarini göyoki qöllab-quvvatlaydi. Şuning uçun bu filmlar afsuski, yoşlar orasida maşhur.

Bunday tasvirlarga tarbiyasida sayozlik kuzatilgan bolalar öç böladi. Farzandlarimiz kamolida aql bilan berilgan tarbiya yotadi. Agar şu tarbiyani bera olmasak, ular hayot hukmiga taşlangan bolalarga aylanişadi. Hayot ulardan kimni yasasa, şunday odamlar bölib yetişişadi.

Yoşlarda özini körsatişga moyillik kuçli. Bu turli körinişda yuzaga çiqmoqda. Bugun köça-köyda uruşayotgan yigit-qizlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatiş, şu orqali özini körsatiş, köproq eʼtirofga sazovor böliş, “layk” yiğişga öçlik holatidan kelib çiqyapti. Nima emiş, kim köp “layk” olsa, u göyo aqlli, obröli emiş! Oçiğini aytganda bunday fikr qilişning özi neçoğli maʼnaviy qaşşoqlik belgisidir. Mazkur muammo nafaqat bizda, balki butun dunyo­da rivojlanib bormoqda. Maʼnaviy noçor kimsalar şu orqali fikr tartibsizligini yuzaga keltiryapti, huquqiy normalardan taşqari, oddiy etika, insoniy odob-axloq mezonlarini unutib qöymoqda.

— “Bir kun janjal bölgan joydan qirq kun fayz-baraka ketadi” deb bejiz aytişmagan, — deydi Özbekis­ton Milliy universiteti dotsenti Tölqin Eşbek. — Ilgarilari biror uyda kelişmovçilik çiqsa, bu uyat sanalardi. Oriya­t kuçli edi. Dardini elga das­turxon qilmagan oila mard sanalgan. Bir-birini tuşunmaslik, kelişmovçilik bölişi tabiiy. Aqli bor odam buni joyi­da yaxşilik, murosai madora yöli bilan hal qiladi. Uruş-janjalni tar­ğib qiliş, alangalatiş — gunoh. Oilada janjal bölsa uni tasvirga olib, “Mana, akam ukamni uryapti” demaymiz-ku. Mahalla, şu yurt biz uçun yagona oila emasmi? Muştlaşuvlarni ijtimoiy tarmoqqa olib çiqib, butun dunyo­ga ovoza qiliş bilan oila, jamiyat, yurt ohorini, fayzini tökamiz xolos.

— Ertalab bolasini boğçaga olib borayotgan yoşgina onaning tarbiya usuliga guvoh bölib, rosti hayratlandim, — deydi Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulçehra Umarova. — “Boğçada seni kimdir ursa, sen ham qaytarib ur, tuşundingmi?” deya uqtirardi u norasida farzandiga. Ehtimol uning nuqtai nazari töğridir, axir, heç qaysi ona bolasining kaltak yeyişini istamaydi. Ammo jigargöşasini uruşişga undagandan köra, tarbiyaçiga “Bolalar uruşişayotgan ekan. Eʼtibor qarating” deyiş ham mumkin-ku. Agar bu çora natija bermasa boşqa yöl qidiriş kerak, zinhor uruşişni emas. Afsuski, bolalardagi tajovuzkorlikning ildizi ham oiladagi maʼnaviy muhitga borib taqalyapti.

Murakkab va tahlikali zamonda yaşayapmiz. Hayot sinovlari baʼzan insonni toliqtiradi, hissiz, befarq qilib qöyadi. Yoşlardagi qiziqqonlik, jizzakilik sababi şundandir. Ammo hayot — insonning intilişlari, orzu-umidlari, yaratuvçanligi bilan gözal. Biz azaldan bağri keng, diyonatli, mehridaryo xalq bölib kelganmiz. Farzandlarimizga ana şu insoniylik ziynatlarini sing­diraylik. Toki ular qalbida turmuş taşvişlari emas, ilm­ga, maʼrifatga bölgan muhabbat ildiz otsin.

Risolat Madiyeva,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan