Yolğiz ayolga zuğum

Rayxon Musurmonova bilan u bizga murojaat qilgaç, tanişdik. Muomalali, fikrlaş qobiliyati joyida. Ammo… U 2011 yil 15 avgustda Qorovulbozor tuman IIB körsatmasi va tuman markaziy poliklinikasi xodimlari “taşabbusi” bilan Buxoro viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga majburiy tartibda yotqizilgan. Bizga taqdim etilgan daliliy hujjatlar bilan tanişiş jarayonida R.Musurmonova dispanserda kuçli qörquv tufayli yurak yetişmovçiligi xastaligiga uçragani, natijada 2-guruh nogironi bölib qolganini aytadi.

Aslida Rayxon Musurmonova kim? Nega uni ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqizişgan edi? Rayxon Musurmonova 1968 yili Yakkaboğ tumanidagi A.Temur nomli şirkat xöjaligida tuğilgan. Öttiz yildirki, Qorovulbozor tumanida yaşaydi. Turmuş örtoği vafot etgan. 18 yildan buyon yolğiz yaşaydi. Farzandi yöq. Hayotning qaltis hazillari, atrofidagilarning qinğir işlariga qarşi çiqib, tinçini topolmayotgan jabrdiyda, beçora bir ayol.

— Yugur-yugurlardan çarçab, ilk bor 2006 yilda Birinçi Prezidentimizga murojaatnoma yozgandim, — deydi u. — Şundan söng, Qorovulbozor tuman hokimligi, “Çölquvar” MFY haşar yöli bilan 2 ta xonadan iborat uy tiklab berişdi. Bundan juda minnatdorman. Ammo uyning kadastr hujjatlarini ololmay sarson böldim.

Maʼlum bölişiça, tuman rahbariyati va boşqa tegişli idoralarga qatʼiy körsatma berilganidan keyin, oradan köp ötmay uy hujjatlari tasdiqlanib, özining esa uyiga röyxatga olinişi taʼminlanadi. Biroq şundan keyin tumanda “Rayxon yozuvçi”, “Rayxon iğvogar”, degan gap-sözlar bolalaydi.

— 20 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan, sanoatlaşgan tumanga men ortiqçami? Heç kimdan,  qöşnilarimdan ham hatto bir qoşiq yoğ ham qarzim yöq. Odamlarga körpa-yostiq tikib, kimlargadir konservalangan bonka yopib, kun köraman. Qorovulbozorlik mutasaddilarning aybi bilan 2-guruh nogironi ekanligim evaziga oladigan 200 ming sömdan ziyodroq nafaqa puliga qanoat qilib yaşab kelayapman.

Odamlar töy qiladi, tuğilgan kunini nişonlaydi, oilasi bilan turli bayramlarni dasturxon atrofida ötirib bayram qiladi. Men esa bir özim öz kulbamda yolğizman, — deydi u yiğlab. Söng köz yoşlarini artib, arz-holini davom ettiradi:

— Hammasi mana bunday boşlandi: 2011 yil 31 iyul kuni qöşnim Ruxsat opaning uyidan qaytayotganimda uçastka noziri Fayoz Şodiyev meni körib, xonadon egasi Ruxsat Razzoqovaga: “Bu iğvogar, yozuvçini nega uyingizga kiritdingiz, siz ham uning izidan bormang, — deganida, Ruxsat opa: “Rayxon yolğiz ayol, bağriga bayram tatimaydigan beçora. Azbaroyi zerikkanidan keladi, suhbatlaşib, dilini yozib ketadi. Yomonligi ötmagan. Men yoş bola emasmanki, uning yöl-yöriği bilan yursam!” — dedi. Ammo uçastka nozirining yuqoridagi gapi menga alam qildi, oğir botdi. Huquqimni himoya qilişlarini sörab sudga murojaat qildim. Qorovulbozor tuman sudi binosida sudya F.Tursunov raisligida ötkazilgan oçiq sud majlisida uçastka noziri F.Şodiyev aytganidan tondi. Lekin baribir, sud jarayonida meni “ruhiy xasta bu ayol”, dedi. Içki işlar xodimining yuzsizligidan ajablandim.

R.Musurmonova taqdim qilgan hujjatlar bilan tanişdik. Umrida biron marotaba ruhiy xastalik bilan davolanmagan hamda psixiatr, narkolog nazoratida yoki şifokorlar tili bilan aytganda, “D” röyxatiga olinmagan R.Musurmonovani xalq posboni bölmiş F.Şodiyev nega jinniga çiqardi? Bunga uning asosi bormidi?

Yana yuqoridagi sud ajrimiga murojaat qilsak: “Öşa kuni, yaʼni 2011 yil 31 iyul keçqurun Qorovulbozor şahridagi “Baxt” töyxonasida tanişim Hurmat opaning öğli Şerzod uylanayotganligi munosabati bilan töyda edim. Feruz Ğafurov ismli fuqaro kelib taşqarida meni kimdir sörayotganligini ayt­di. Töyxonadan çiqsam R.Musurmonova baqir-çaqir qilib: “Meni Ruxsat opaga “yozuvçi” deb aytibsan, deya köpçilik oldida haqoratlab, ustingdan yozaman, işdan oldiraman deb döq-pöpisa qildi”, deydi F.Şodiyev suddagi öz körsatmasida.

Rayxon Musurmonova bundan ajablanib:

— Men uçastka inspektorini töyxonada emas, kuppa-kunduzi köçada körganman. Qöşnilarim guvoh. Tan olaman, Fayoz Şodiyevning ğalati harakatlaridan, hiylasidan qörqib tuman prokuraturasiga meni iğvogar, yozuvçi deganligi uçun ariza yozganman. Ammo tuman prokuraturasi arizamni rad etdi. F.Şodiyevning yonini oldi, — dedi…

Buni qarangki, jinoyat işlari böyiça Qorovulbozor tuman sudi sudyasi F.Tursunov R.Musurmonovaga uçastka noziriga tuhmat qilganlik aybini qöyadi. Unga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasini qöllab, jarima qöllaydi. Söngra göyo rahm­dillik qilib, Özbekiston Respublikasi MJtKning 21-moddasini qöllab, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etadi. Bu hol oddiy bir beçora ayol ustidan tumandagi huquq idoralari vakillarining ojiz insonni masxara qilgandek tasavvurni uyğotmaydimi?!

Bu mulohazamiz bejiz emas. R.Musurmonovaning quyidagi sözlariga eʼtibor qarating:

— 2011 yil 15 avgust kuni ertalab soat 9:00 lar atrofida tuman IIB xodimlari Fayoz Şodiyev, Mus­tafo Hamroyev va yana ikki nafar xodim uyim oldidagi quduq yonida, qöşnilarim Maysara opa, Feruza Bekbölsinova (hozir Qozoğistonda yaşaydi) va Jöra bobolar bilan suhbatlaşib turgan paytimda, ularning guvohligida, sizni “UVD”ga çaqirişayapti, deb meni olib ketişdi. Keyin bilsam, aldaşgan ekan. “Tez yordam” maşinasida meni majburlab viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga olib borişdi, dağdağa qilişib, vraç Qurbonovga topşirib ketişdi.

Kasalxonada juda qörqdim. Çunki, odamlardan eşitgandim, u yerda agar istaşsa, soğlom odamni ham bitta ukol bilan jinni qiliş mumkin, degan gap-sözlarni. Şundan juda qörqdim… Qöşnim Jöra bobo (hozirda marhum) meni körgani keldi. Davolovçi vraç Lyudmila Fayzullayevna Jöra boboga: “Mahallangizdan maʼlumotnoma olib kelsangiz, Rayxon Musurmonovaga javob beramiz, bu bizning kasalimiz emas”, dedi. Özim eşitdim…

Jöra bobo ertasi kuni yana dispanserga keldi: “Rayxon, xafa bölma qizim, mahalla raisi “spravka” bermadi. Şuni aytgani kelgandim. Ammo yölda tanişim Aşurni kördim. U senga nisbatan haqsizlik bölganini, seni çiqarib olişini aytdi, deb könglimni kötardi, — deydi Rayxon opa. — Bilasizmi, havoning issiğida, yölkira tölab, savob uçun ikki kun Qorovulbozor — Buxoro yöllarida yurgan Jöra boboning niyati xolis ekan, salkam 10 yil körmagan bir tanişi Aşur akani bekatda tasodifan uçratibdi. Aşur aka “tilxat” yozib meni 10- kuni dispanserdan olib çiqdi. Biroq hujjatlarda men göyoki 24 kun ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasida davolanganmişman…

Buxoro viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri 10 kun saqlangan R.Musurmonovani nima sababdan 24 kun “yotdi” deya rasmiylaştirdi? Biz uşbu savolga javob oliş maqsadida muassasa boş vraçi örinbosari T.Karimovga murojaat qilganimizda u kişi şifoxona yopiq tartibli bölganligi uçun maʼlumot berolmasligini aytdi. Axiyri, viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri boş vraçiga 2019 yil 2 iyulda yozma ravişda murojaat qildik. Natijada:

“Sizning 2019 yil 2 iyuldagi xatingizga asosan uşbuni maʼlum qilamizkim, 1968 yilda Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida tuğilgan, Qorovulbozor tumani Baxt köçasi, 60-uyda yaşovçi Musurmonova Rayxon yaşaş joyi masalasida turli taşkilotlarga şikoyat arizalari yozişi, murosasizligi sababli (?!) Qorovulbozor tumani tibbiyot birlaşmasi vraç-psixiatri A.Sodiqov yöllanmasi bilan Qorovulbozor tuman IIB xodimi F.Şodiyev tomonidan keltirilib, viloyat ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga 2011 yil 15 avgustdan 2011 yil 9 sentyabrgaça “Ostraya situatsionnaya reaksiya” taşxisi bilan davolanib, yaşaş joyiga javob berilgan”, kasalxona boş vraçi G.Ivaщenkoning imzosi ostida, 2019 yil 3 iyuldagi 01/1103-son bilan röyxatga olingan”, degan javob xatini oldik.

Iş jarayonida sohaga daxldor önlab mutaxassislar bilan muloqotda böldik. Mutaxassislarning fikriça: “Ostraya situatsionnaya reaksiya”, degani “Ötkir asabbuzarlik yoki ötkir stress holati”, deyilarkan.

Bunday asabbuzarlik barçada kuzatilişi mumkin. Sodda qilib aytganda, tomorqangizga qöşnining tovuği ötsa ham asabingiz buzilişi mumkin. Bu albatta, mutaxassislar xulosasi. Biroq Rayxon Musurmonovaning soğligida stress holati kuzatilgan ham deylik, ammo u holda QVPda yoki oddiy poliklinikada tinçlantiruvçi muolaja qilinsa bölmasmidi?!

Tibbiyot qoidasi böyiça R.Musurmonovada kasallik alomati kuzatilganda uning yaqin qarindoşlari roziligi va taşabbusi bilan tibbiy körikdan ötkazilişi, agar yaqinlari bölmasa yolğizligi inobatga olinib, MFY raisi va jamoatçilikning tuman tibbiyot birlaşmasiga yozma ravişda murojaati bilan amalga oşirilişi, dastlab nevrologiya dispanserida yotqizilib, test qilinib 3 kun muddat içida mutaxassis şifokorlar jalb etilgan holda, konsilium qilingaç, aniqlangan kasallik asosida talab qilinadigan şifoxona yoki muassasaga joylaştirilişi kerakligini nahotki psixiatr A.Sodiqov bilmasa?!

— Yöq. A.Sodiqov bilardi. Şuning uçun boşqa tumanga işini özgartirgan bölsa kerak, — deydi Rayxon Musurmonova.

A.Sodiqov bilan u hozirgi kunda işlayotgan Vobkent tuman tibbiyot birlaşmasida uçraşdik. Suhbat asnosida bizga tuman hokimi I.Murodovning (u kişi şifokor bölmasa, nima haqi bor?) maxsus gerblik blankasidagi imzosiz, lekin R.Musurmonovaning nomini qoralovçi fikrlar bildirilgan xatni hamda “Çölquvar” MFY yiğini raisi Ö.Xayriyev nomidan xuddi şu mazmunda imzoli tavsifnomani va özining nomiga R.Musurmonovaning tilidan yozilgan tilxatlarni körsatdi. Bildikki, bu ayolni u hali ham “jinni” degan fikrdan qaytmagan.

Bizni esa taajjublantirgani boşqa narsa: yaʼniki, heç bir mutaxassis şifokorga maxsus tekşiruvlarsiz kimlarningdir, mayli kim bölsa ham-da, tibbiyot sohasining vakili bölmagan mahalla raisi yoki tumandagi birorta rahbarning (balki bu yozuvlar soxtadir. Ş.N.)yozuvini peş qilib, insonni ruhiy kasal, xalqona aytganda “jinni” deb topişga huquq berilmagan-ku?!

Taʼkidlaş joizki, yuqoridagi voqealar, gap-sözlarga qariyb yetti yildan köproq vaqt bölgan. Ammo… Voqealar rivoji yana davom etmaganida, töğriroği davom ettirilmaganida Rayxon Musurmonova tahririyatimizga ehtimol şikoyat qilmagan, biz ham uşbu jurnalistik suriştiruvimizni ötkazmagan bölarmidik.

Lekin…

— Şu yilning 5-6 mart kunlari kuçli yomğir yoğişi natijasida uyimdan çakki ötgani uçun uni taʼmirlaşda yordam sörab, dastlab tuman hokimiga, söng tuman xotin-qizlar qömitasi raisi Ş.Yuldaşevaga bordim, söng viloyat hokimi örinbosari F.Ibragimovaga murojaat qildim. Natija bölmagaç, 9 mart kuni viloyat hokimi Ö.Barnoyevning Qorovulbozor tuman aholisi bilan sayyor qabuli borligini, qabul tumandagi Musiqa va sanʼat maktabida rejallaştirilganini eşitdim.

Viloyat hokimining kelişini kutib turgandim, Qorovulbozor tuman IIB boşliği örinbosari Eşon Törayev, uçastka inspektori Hayot Ikromov, xodimlar Rustam Qöldoşev, Jahongir Oçilovlar meni körib, u yerdan ketişimni aytişdi. Men könmagaç, majburan uçastka inspektorining “Matiz” rusumli maşinisiga ötqazib, “Çölquvar” MFYga olib kelişdi. Şu orada, ular meni yana viloyat ruhiy-asab kasalliklari kasalxonasiga jönatişlarini eşitib qoldim, darrov tutingan opam Maysara Karimovaga qönğiroq qildim. Idorada uçastka inspektori Hayot Ikromovgina qolgan edi. Boş­qalari ketişgandi. (Rayxon Musurmonovaning bu sözlarini M.Karimova yozma ravişda tasdiqladi. Ş.N). H.Ikromov Buxorodan çaqirilgan “Tez yordam” maşinasini kutib turgandi, — deydi R.Musurmonova.

Tuman markaziy poliklinikasi vraçi Z.Karakulova va psixiatr vraç Azamat Xolovlar “yöllanma” berişmagaç, “Tez yordam” maşinasi Buxoroga “ quruq” qaytadi.

Sababini biliş hamda Buxorodan “Tez tibbiy yordam” maşinasi borgan-bormaganligini aniqlaş maqsadida “103” Tez tibbiy yordam stansiyasi” boşliğiga uçraşdik va bölim boşliği D.Qosimova imzosi bilan 26.07.2019 yilda yozilgan quyidagi tartibda maʼlumotnomani oldik:

“Uşbuni yozib maʼlum qilamanki, psixonevrologik brigada 9.03.2019 yil Qorovulbozor tumaniga çaqiriqqa borişgan. Soat 12-30 dan 15-30 gaça. Vraç J.Şaripov va feldşer D.Bozorova tomonidan 1968 yilda tuğilgan bemor Musurmonova Rayxon közdan keçirilgan va “Umumiy nevroz. Isterik tip” taşxisi qöyilgan va heç qanday ruhiy özgarişlarni körmagaç, yaşaş joyida qoldirilgan”.

Şu yerda yana bir aql bovar qilmas holatga duç keldik… Negadir 2019 yil 9 mart kuni “Tez tibbiy yordam stansiyasiga” çaqiriq R.Musurmonova nomidan berilgan. Davolanuvçi “bemor”ning özi ham – R.Musurmonova. Aslida esa maʼlum bölişiça, “Tez tibbiy yordamga” erkak kişi qönğiroq qilgan, lekin negadir öz ismi, familiyasini sir tutgan… Körsatilgan telefon raqami öçirib qöyilgan… Biz buni stansiyaning 23-sonli çaqiriq kartasiga nazar solganimizda aniqladik. Şundan söng R.Musurmonovaning Qorovulbozor tuman IIB xodimlarining “hiylasi köp” deganiga işonmasdan ilojimiz qolmadi.

Bundan körinadiki, viloyat hokimi qabuliga öz dardini aytiş uçun borgan Rayxon Musurmonova, viloyat ruhiy kasalliklar dispanseriga qönğiroq qilib, “Meni olib ketinglar”, degan ekan-da?!

Albatta, uşbu qinğir harakatlarni sodir etganlarni tegişli huquq-tartibot idoralari aniqlaşi va aybdorlarga öz munosabatini bildirişi zarur deb hisoblaymiz.

Qolaversa, 120 çaqirim yöl bosgan avtomaşina davlatga qança ziyon yetkazdi? Avtomaşinaning öşa kungi xarajati kimning zimmasida? Soliqdan tiyinlab yiğilayotgan byudjet mablağlari havoga sovurilayotganiga aniq dalil emasmi bu?!

— Beçora ayolga bunçalik zuğum qiliş adolatdan emas! Rayxon çörtkesar. Haq talaşadi. U özi uçun özi kuraşayapti. Men soğ insonlarni kasal qiliş uçun emas, balki bemorlar umriga-umr qöşiş uçun öqiganman. Psixiatr, narkolog röyxatiga turmaganga qanday “napravleniya” beray. Mendan tuman IIBga qaraşli uçastka ins­pektori talab qildi, lekin könmadim. Çunki Xudodan qörqaman, — deydi, Z.Karakulova biz bilan suhbatda.

— Men ham şu fikrdaman. Bizda röyxatda turmaydimi, yöllanma berolmaymiz, — dedi tuman markaziy poliklinikasi psixiatr vraçi A.Xolov. (Har ikkala şifokorlar fikri audio yozuvida mavjud Ş.N.).

Könglimizdan beixtiyor şunday öy keçdi: qiziq, 2011 yildan buyon yolğiz ayol R.Musurmonova bilan daxanaki “jang”ga kirişgan tuman mutasaddilarining boşqa qiladigan işi qolmaganmi?..

Şifokorlardan söng, tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasining yangi raisi Şahnoza Rahmonova bilan uçraşdik. U kişi iş boşlaganiga ikki kun bölgani, bu nizolardan mutlaqo bexabar ekaniga qaramay bizga amaliy yordam körsatdi. Tuman IIB boşliğiga qönğiroq qilib R.Musurmonovaning şikoyat arizasida ismi körsatilgan xodimlar bilan uçraşiş uçun imkoniyat yaratib berganidan xursand böldik. Tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisining huzurida tuman IIB boşliğining birinçi örinbosari podpolkovnik Eşon Törayev, örinbosari podpolkovnik Sanjar Hayitov, uçastka inspektori Hayot Ikromov hamda “Çölquvar” MFY­ning yangi raisi Akram Jabborovlar bilan uçraşdik. Suhbat asnosida IIB xodimlari R.Musurmonova haqida biror-bir jöyali ijobiy fikr bildirişmadi. Uçastka inspektori H.Ikromov: “Rayxonni vraç Karakulova siylayapti-da”, dedi xolos.

Lekin öşa kunning ertasigayoq tuman hokimligining yordami bilan Rayxon opaga “Artel” rusumli gaz plitasi berilib, holidan xabar olinibdi. 4-sektor boşliği tomonidan oziq-ovqat, şakar va dori-darmon mahsulotlari yetkazilibdi hamda uyini taʼmirlaşga kirişilganini eşitib xursand böldik.

Rayxon Musurmonovaning haq-huquqini talab qiluvçi, yuzing-közing demasligi, çörtkesarligiga bizning kuzatuvimizça qaysidir bir jihatdan, avvalo, unga nisbatan mahalliy idoralarning salbiy munosabati taʼsiri borga öxşadi. Uçastka inspektorining, kerak bölsa, unga panada turib bu yumuşni topşirayotganlarning noxolis munosabati bilan soğ ayolni jinniga çiqarib, ruhiy xastalar davolanadigan dispanserga tiqib, xörlaşini aslo oqlab bölmaydi.

Agarda öşa kuni şifokor Z.Karakulova va A.Xolovlar ham IIB xodimlariga yon berganlarida bormi, R.Musurmonovaning keyingi hayoti qanday keçardi?.. Tasavvur qiliş qiyin emas. Bilganimiz, hali ham beçora ayol yaşaydigan uyning suvoği qilinmabdi, taʼmirlanmabdi. “Yomğir yoğsa tomdan ötadigan çakkidan uy içida ördak boqsa böladigan suv yiğiladi”, deydi Rayxon Musurmonova.

Bugun yurtimizda neçoğli ulkan özgarişlar yuz bermoqda. Mamlakatimiz rahbari tomonidan ming-minglab beva-beçora, kam taʼminlangan fuqarolar va nogironlarga yangi uy-joylarning kalitlari topşirilayapti. Maqsad — odamlarni rozi qiliş. Qiynalib yaşayotganlarning holidan xabar oliş.

Tarixi ming yillarga borib taqaladigan Buxoroda ham köp ezgu işlar röyobga çiqarilayotganidan köz yumib bölmaydi, albatta.

Netaassufki, viloyatning Qorovulbozor tumani mutasaddilari, huquq-tartibot idoralari hamda soğliqni saqlaş sohasi vakillariga, tuman faollariga yuqoridagi işlar yaraşadimi?!

Yurtimizda ayollar haq-huquqiga oid qöşimça qonunlar qabul qilinmoqda. Nima bölganda ham yolğiz, beçora ayolning haq-huquqini bu darajada kamsitiş nafaqat qonunlarimizga, heç bir insoniylikka ham töğri kelmaydi.

Darvoqe, özining azbaroyi ruhiy xasta emasligini isbotlaş uçun Rayxon Musurmonova viloyat, respublika soğliqni saqlaş muassasalariga murojaat qilişiga majbur böldi. Qölimizga quyidagi maʼlumotnomani tutqazdi. U  viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri mudiri L.S.Hamdamova va vraç psixiatr A.J.Röziyevalar tomonidan 2019 yil 24 sentyabr­da №1493-son bilan berilgan bölib, qayd etilişiça, Rayxon Musurmonova Buxoro viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri röyxatida turmaydi.

Hayotda nimalar bölmaydi! Tuman mutasaddilari ikki xonadan iborat uyini taʼmirlaşga kömak söragan noçor ayolga yordam beriş, uni yupatiş örniga tuhmat uyuştirib, jinnixonaga tiqişlari…

Şu ham insofdanmi?!

Şavkat Nosirov,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan