Qamal ostidagi muhabbat

Şu zahotiyoq Erik kutubxonaga jönadi va yangiliklar yozilgan gazetalarni titkilay boşladi. Nihoyat, u izlayotgani — ayolning Sarayevo köçalaridan yugurib ötayotgan rasmini topdi. Rasmning tagiga uning ism-familiyasi yozilgandi. U Mirsada Byurik ekan.

1992 yil yoz oylarining yakşanba tonglaridan biri edi. Erik Adam Arizona ştatidagi Foneks şahridagi kvartirasida kir yuviş bilan özini ovutar, ötmişini eslamaslikka harakat qilardi. Ötgan kun qayğusi sabab televizordagi yangiliklar ham deyarli quloğiga kirmas edi…

Ikki yil oldin Erik juda baxtli yaşardi, çunki u Suzi ismli ajoyib ayolga uylangandi. Kutilmaganda Erikning baxtli kunlari tösatdan yakun topdi. Suzi 33 yoşida yurak xurujidan olamdan ötdi. Mana, ikki yildan buyon Erik öz yoğida özi qovrilyapti. Divanga çökdi degunça xayollari yana Suziga ketaveradi.

Yana televizor muruvvatini buradi, muxbir Olimpiada öyinlariga tayyorgarlik körayotgan yuguruvçi bosniyalik ayol haqida hikoya qilayotgandi. “Bu ayol kunda ikki marta Sarayevo köçalaridan yugurib ötadi”, derdi muxbir. “Sarayevo?” Erik hayratlandi. Ha, Sarayevoda fuqarolar uruşi bölayotibdi, qanday qilib şunday vaziyatda olimpiadaga tayyorgarlik köriş mumkin? Erik diqqat bilan televizorga qaradi. Yoşgina ayol Sarayevo köçalaridan boşini baland tutib yugurardi, göyo snayperlar uni ham nişonga olişga harakat qilayotgandek edi. Ayol esa tinimsiz kamera tomonga qarab qöyardi. Şu tariqa yangilik nihoyasiga yetdi.

Erik ekranga uzoq tikilib qoldi. U hayratdan qotib qolgandi. Bu ayolda qanaqa mardlik xususiyati borki, u uruş ketayotgan payt­da öz maqsadiga erişiş, Olimpiada çempioni böliş uçun yuguradi. Qoyil! Erik tuyqus u ayol bilan uçraşgisi va suhbatlaşişni juda-juda xohlayotganini sezdi. Lekin bu oson iş emas, sportçi ayol dunyoning narigi çekkasida yaşaydi. Erik hatto uning ismini ham bilmaydi.

Şu zahotiyoq Erik kutubxonaga jönadi va yangiliklar yozilgan gazetalarni titkilay boşladi. Nihoyat, u izlayotgani — ayolning Sarayevo köçalaridan yugurib ötayotgan rasmini topdi. Rasm­ning tagiga uning ism-familiyasi yozilgandi. U Mirsada Byurik ekan. Erik gazetadagi xabardan bildiki, u hozir Sarayevoda emas, Ispaniyaning Barselona şahrida, Yozgi olimpiada öyinlariga tayyorgarlik körmoqda.

Erik Mirsadaga xat yozdi, xatda uni televizorda körganligini, körib hayratga tuşganini, Amerikada ham uni ardoqlaydiganlar bor ekanligini bitdi. “Agar men sizga yordam bera oladigan bölsam, iltimos, menga xabar qiling”, u xatini şunday deb tugatdi.

Mirsadaning olimpik poygasi uç ming metr bölib, u bu musobaqada yutmadi, lekin finiş çiziğini kesib ötayotganida töplanganlar uni olqişlab qiçqirişdi va örnidan turib qarsak çalişdi.

Olimpiadadan keyin Mir­sada Sarayevoga qayta olmadi, çunki bu juda xavf­li edi. U Bosniyaning ğarbidagi Sloveniya degan davlatda qoçoq sifatida qönim topdi. Oiladan ajralib qolgan Mirsada özini yolğiz his etib, Erikning xatiga javob berişga qaror qildi. Bir amallab Bosniyaça-inglizça luğatdan foydalanib, xat yozdi. Biroz muddatdan keyin Erik Mirsadaga javoban yana bitta xat va özining rasmini jönatib yubordi. Keyingi bir neça oy davomida tört marotaba xat Erik va Mirsada orasida tinimsiz parvoz qilib turdi. Nihoyat, Erik yaqinda Yevropada bölişini va yöl-yölakay Sloveniyaga ham kirib ötmoqçiligini taʼkidladi. U Mirsada bilan uçraşmoqçi edi.

…Tungi soat töqqiz… Mirsada Erikni kutib, şaharning bir çekkasida turardi. Şu payt kiçkinagina yölovçi maşinadan jigarrang soç, kök közli odam tuşib keldi. Bu Erik edi. U Mirsadaga qarab yurdi. Unga inglizçada “Qalaysiz?” — dedi. “Yaxşi” zörğa javob qaytardi Mirsada. Söng ikkalasi bir-biriga qarab qoldi. Erik bosniyaça gaplaşa olmas, Mirsada esa inglizçani deyarli bilmas edi.

Mirsada, Erik va bir tarjimon Mirsadaning kiçkinagina hujrasiga borişdi. Ular quyoş çiqqunça gaplaşib çiqişdi. Afsuski, Erik ketişi kerak. Agar u yölga çiqmasa, AQŞga böladigan parvozga keç qoladi. Maşinaga yaqinlaşar ekan, Erik Mirsadaning közidagi maʼyuslikni payqadi. Tösatdan: “Men bilan AQŞga ketişni xohlaysanmi?” — dedi. “U yerda seni boğlab, çirmab taşlaydigan arqonlar yöq”. “Qaytişingga ham, albatta, bilet sotib olaman”, dedi Erik. Mirsada yiğlaşni boşladi. “Yöq”, — u javob qaytardi. “Rahmat. Lekin yöq”.

“Yaxşi, agar qaçonlardir fikring özgarib qolsa, men bilan boğlanişing mumkin”, dedi Erik.

Mirsada Erikning taklifini haftalar davomida öyladi. Nihoyat, u Amerikaga borişga qaror qildi.

1993 yilning mart oyida Mirsada Arizonaga yetib keldi. U Erikning uyini oson topdi, çunki Erik manzilini aniq-tiniq yozib qoldirgandi. Ular avvaliga aka-singildek yaşay boşlaşdi. Bu orada Mirsada ingliz tilini örgandi, kollejda saboq oldi. Vaqt ötişi bilan Mirsadaning yuragida Erikka nisbatan muhabbat uyğondi. Va ular 1993 yilning dekabr oyida turmuş qurişdi.

1996 yilning yozi edi. Olimpiya maşʼalasi Arizona ştatining Foneks şahri böylab Jorjia ştatining Atlanta şahriga qarab harakatlandi. Mirsada öt­gan olimpiada öyinidan buyon erişgan narsalarini öylay boşladi: Amerikaga kelib, ingliz tilini örgandi, kollejni tamomladi, yana nimaga erişdi ekan? Qiziq. Ana u, Foneks şahri köçalarida Olimpiada maşʼalasini kötarib çopayapti. Mirsada bu köçadan xuddi Sarayevo köçalarida yugurayotgan çoğlaridagidek boşini baland qilib, yugurib ötyapti…

Ingliz tilidagi

“Real hayotda bölgan

voqealar” kitobidan

Nosir Şerboyev tarjimasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan