Yangiça usul va natijalar

“Olmaliq KMK” AJ mamlakatimizdagi yirik kon-metallurgiya kombinatlaridan biridir. Korxonaning işlab çiqariş quvvati Toşkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida joylaşgan mis-porfir, qörğoşin-rux va oltin-kumuş konlari zaxiralariga tayanadi.

Kombinat tarkibida 6 ta maʼdan qazib oluvçi korxona, 5 ta boyitiş fabrikasi, ikkita metallurgiya, 2 ta sement, mis quvurlari, taʼmirlaş mexanika hamda ohak zavodlari, nodir metallar va qattiq qotişmalar işlab çiqariş böyiça ilmiy işlab çiqariş markazi, sanoat temir yöl transporti boşqarmasi, 8 ta avtobazaga ega avtomobil transporti boşqarmasi, isteʼmol mollari işlab çiqariş boşqarmasi, 20 dan ortiq yordamçi sex va laboratoriyalar mavjud.

Ötgan yili iyul oyida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitalida davlat uluşining işonçli boşqaruvçisi sifatida “SFI Managament Group” jalb qilindi. Ayni paytda işonçli boşqaruvçi bilan birgalikda rangli, qimmatbaho va nodir metallar işlab çiqarişni sezilarli darajada oşirişni nazarda tutuvçi asosiy quvvatlarni rekonstruksiya qiliş va barqarorlaştiriş böyiça ustuvor çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgan.

Özbekiston Respublikasi  Prezidenti Administratsiya­si huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan matbuot anjumanida şular xususida söz bordi.

Taʼkidlanganidek, bugun kombinatda investitsion lo­yihalarni jadallik bilan olib boriş, texnologik jarayonlarni optimallaştiriş va korporativ boşqaruvning ilğor usullarini bosqiçma-bosqiç tatbiq etiş borasida keng kölamli iş olib boril­yapti. Uşbu özgarişlar hisobiga işlab çiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari köpaymoqda. Joriy yilning sakkiz oyi davomida mahsulotlar hajmi ötgan davrga nisbatan 130,9 foizni taşkil etdi. Katod misi 124,1, metalli rux 122,6, affinajlangan oltin 106,7, affinajlangan kumuş 168,9, mahsulot eksporti esa 156,8 foiz qilib bajarilgan.

— Şu yilning özida kombinat işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qilişga qaratilgan ikkita yirik xalqaro anjuman ötkazdik, — deydi kombinat boşqaruvi raisi örinbosari Azimjon Mirzajonov. — Yaqin yillar içida kombinat xomaşyo bazasini kengaytiriş va işlab çiqariş quvvatlarini yuksaltirişga qaratilgan jami 3 milliard 349,8 million dollarlik investitsiyani özlaştiriş közda tutilmoqda. “Yoşlik–1” konining özlaştirilişi va Mis bo­yitiş fabrikasining qurilişi böyiça qabul qilingan qarorlar respublikamizda rangli metallar işlab çiqarişni ikki barobar köpaytiriş va hududda yangi iş örinlari oçilişiga imkon yaratadi. Kombinatimizda kadrlar tayyorlaşga ham alohida eʼtibor qaratilayotir. Yettita oliy öquv yurti bilan şartnomamiz bor. Hozirgi kunda jami 300 nafar talaba korxonamizning ehtiyoji, kelajakdagi kadrlari sifatida taʼlim olmoqda. Şu yilning özida 200 dan ziyod oliy maʼlumotli kadrlar mana şu katta oilamizga kirib keldi. 110 dan ziyod talabaning kontrakt pullarini tölab berdik. Bundan taşqari, kombinat hisobidan 10 ta köp qavatli uy qurilib, egalariga topşirildi. Ayni paytda Nizomimizga javob beradigan 408 yoş oilaga yangi uylardan ajratilgan. Ular bu uylar uçun mablağni 15 yil davomida imtiyozli narxda tölab boradi. “Yoşlar boği” taşkil etildi. Soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida korxonamiz xodimlari uçun sport majmualarimizda bepul şuğullaniş imkoni yaratilgan…

Anjumanda jurnalistlarning xomaşyo zaxiralari, kadr­larni işga qabul qiliş şart­lari, kombinatning OAVga va davlat tiliga munosabati, işonçli korporativ boşqaruv bilan boğliq köplab savollarga atrofliça javob berildi.

Kombinatning taşkil etilganiga bu yil 70 yil töldi. Uşbu sana 24 oktyabr kuni Olmaliq şahrida katta tantana sifatida nişonlandi. 25-26 oktyabr kunlari esa tarmoqlararo yarmarka ötkazildi.

X. Ahmadjonova.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan