Saraton xastaligiga vaksina joriy etildi

Sir emaski, sönggi yillarda ayollar örtasida saraton xastaligi köpayib bormoqda. Ayniqsa, baçadon böyni saratoni köp uçrayotgani aytilmoqda. Statistik maʼlumotlarga köra, birgina 2018 yilda dunyo miqyosida baçadon böyni saratoni bilan qariyb 570 000 ayolning kasallaniş holati qayd etilgan. Har yili şu kasallikdan 311 000 nafardan ortiq ayol vafot etarkan. Ammo kasallikning oldini olişda sinalgan va samarali usullardan biri — odam papilloma virusi (OPV)ga qarşi emlaşdir.

Xorij tajribasidan kelib çiqib, mamlakatimizda 9-14 yoşgaça qizlarning barçasi uşbu kasallikka qarşi emlanişi yölga qöyildi. “Yoş qizlarda vaksinaning asorati qolmaydimi?” — degan haqli savol tuğiladi. Uşbu masala yuzasidan Respublika Soğ­liqni saqlaş vazirligi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida matbuot anjumani taşkil etildi.

Özbekistonda baçadon böyni saratoni tarqalişi kökrak bezi saratonidan hamda kasallikdan ölim körsatkiçi böyiça tuğiş yoşidagi ayollar orasida ikkinçi örinda turadi. JSST maʼlumotlariga qaraganda, har yili yurtimizda 1600 nafardan ziyod ayol baçadon böyni saratoni kasalligiga çalinmoqda.

— Yurtimizda şu vaqtga qadar 12 turdagi kasallikka qarşi emlaş işlari olib borilardi. Endilikda odam papilloma virusiga qarşi vaksina joriy etildi, — deydi Virusologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Erkin Musaboyev. — Mamlakatimizda har bir vaksinani joriy qilişdan oldin uni har tomonlama çuqur tahlil qilib, sinov ötkazilib, közlangan ijobiy natija olingandagina amaliyotga joriy etiladi. Bu gal ham Soğliqni saqlaş vazirligi qoşida maxsus texnik ekspertlar guruhining dunyo tajribasiga tayangan holda ötkazgan tajribalari ijobiy natijasini namoyon etdi.

Odam papilloma virusiga qarşi vaksinaning narxi ança qimmatligi sabab aksariyat davlatlarda u pullik asosda ötkaziladi. Mamlakatimizda esa, ösmir qizlar davlat hisobidan bepul emlanişi aytildi.

Tadbirda qayd etilganidek, JSST odam papillomasi virusiga qarşi vaksinani barça immunizatsiya dasturlariga kiritişni tafsiya etgan. Bugungi kunda jahonning 96 davlati uni öz milliy emlaş kalendariga kiritgan. Ular orasida Buyuk Britaniya, Daniya, Şvetsiya, Finlandiya kabi qator Yevropa davlatlari, AQŞ, Kanada, Avs­traliya va Lotin Amerikasi mamlakatlari ham bor.

Ötkazilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlarda şu aniq böldiki, yuqorida qayd etilganidek, mazkur vaksina nafaqat saratondan himoyalaş, balki reproduktiv aʼzolar salomatligini ham yaxşilaydi.

— 2010 yilda mamlakatimizda 8 ming nafar 9-15 yoşli qizlarga vaksina qöllanilgan edi. Ötgan davr­da bu qizlarda heç qanday salbiy özgarişlar kuzatilmadi, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi, professor Dilbar Mahmudova. — Bugungi kunda millat genofondini yaxşilaş, ayollar va qizlar salomatligini muhofaza qiliş maqsadida qator xalqaro taşkilotlar hamkorligida uşbu vaksina olib kelinmoqda. Ilmiy izlanişlar natijasiga köra, aynan 9-14 yoşdagi qizlar organizmida mukammal ravişda immunitet işlab çiqaradi. Boisi, ular hali turmuşga çiqmagan va virusni yuqtiriş immunitetiga ega bölmaydi. Şu sababli ham ayni şu paytda emlaş boşqa yoşdagilarga nisbatan samarali böladi.

— Papilloma virusli kasallik bölib, uning 200 dan ortiq turi mavjud. Ayrim körinişlari onkologik xastaliklarni keltirib çiqaradi. — deydi Erkin Musaboyev. — Xususan, ayollardagi baçadon böyni saratoni rivojlanişida aynan papilloma virusi yetakçilik qiladi. Virusning önga yaqin turi jinsiy aʼzolarni zararlaydi. Uning onkogen xavfi yuqori bölgan – 6, 11, 16, 18 turlari esa saratonni paydo qilişi mumkin.

Emlaş jarayoni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, YUNISEF va Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining qatʼi nazoratida olib boriladi. Albatta, bu jarayon barça tibbiy körsatmalarga rioya etilgan holda, öz vaqtida va töğri amalga oşirilsa, heç qanday asorat bölmaydi. Aksinça, OPV­ga qarşi emlaş orqali farzandlarimizni baçadon böyni saratoni deb atalmiş oğir darddan himoya etişga, kelajakda ularning soğ­lom va baxtli hayot keçirişiga erişiladi.

Şunday bölişi rost bölsin!

Feruza Rahimova,

«Hurriyat» muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan