IIV: Fuqarolikning ham öziga yaraşa şartlari bor

Uç-tört yil avval Qirğizistondan yurtimizga kelin bölib tuşgan bir ayol keksa otasi, aka-ukalarini körib keliş uçun qança qiyinçiliklarga duç kelganini aytib bergandi. Katta tajribaga ega şifokorning esa ön-ön beş yillab fuqarolik pasportisiz yaşab kelgani va ayni sabab bilimi-iqtidori yetarli bölaturib, biror vazifaga loyiq körilmagani ham şu kabi holatlarning yuzdan biri edi. Bugun bunday çeklovlarga barham berildi.

Qöşni davlatlarga emin-erkin ötib-qaytiş imkoni yaratildi, fuqaroligi bölmagan yuzlab kişilar esa Özbekiston fuqaroligiga qabul qilinib, pasportlar berilmoqda. Barça sohalar qatori içki işlar tizimidagi islohotlar ham izçil davom etayotir.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Adminis­tratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida IIV Axborot xizmati ötkazgan matbuot anjumani sohaga doir şu kabi qator masalalarga oydinlik kiritdi. Unda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş Boş boşqarmasi vakillari iştirok etdi.

Taʼkidlanişiça, joriy yilning ön oyi mobaynida Prezidentimizning 23 ta farmoni asosida 4951 nafar fuqaroligi bölmagan şaxs respublikamiz fuqaroligiga qabul qilingan. 847317 kişiga biometrik pasport, 781376 fuqaroga esa xorijga çiqiş hujjati rasmiylaştirib berilgan. Ayni paytda davlatimiz rahbarining tegişli farmonlariga asosan 56 davlat fuqarosi 30 sutkagaça vizasiz mamlakatimizda böliş, 111 davlat fuqarosi respublikamiz hududidan köçmas mulk sotib oliş va yaşaş guvohnomasini qölga kiritiş, 76 davlat fuqarosi elektron viza rasmiylaştiriş huquqiga ega. Bundan taş­qari, “Vatandoş”, “Investitsiya” vizalari hamda “Faxriy fuqaro” guvohnomasi joriy etilgan.

Respublikamiz va çet el fuqarolari, xorijiy investorlarga yaratilayotgan qulay şaroit va imkoniyatlar natijasida ötgan ön oy davomida 699 7114 nafar xorijliklar mamlakatimizga taşrif buyurgan. Taassufki, ularning hammasi ham tegişli tartib-qoidani bilavermaydi yoki amal qilmaydi. 6 729 nafar çet el fuqarosi respublikamiz hududida böliş qoidalarini buzib yaşaganlari aniqlangan va ularga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 225-moddasi böyiça tegişli çoralar körilgan.

Içki işlar vazirligining tegişli buyruği asosida ön oy davomida Toşkent şahri böyiça jami 32 380 nafar, Toşkent viloyati böyiça 7 462 nafar fuqaro doimiy röyxatga olingan.

Anjumanda yillar davomida sohada töplanib qolgan muammolarga qonunçilikdagi ayrim kamçiliklar ham sabab bölgani taʼkidlanib, muhokamaga qöyilgan “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi yangi qonun loyihasi haqida ham söz yuritildi.

— Uşbu yangi qonun loyi­hasini işlab çiqişga ehtiyoj tuğdirgan bir qator sabablar bor, — dedi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş Boş boş­qarmasi boşliği birinçi örinbosari Nodir Ziyayev. — Avvalo, amaldagi qonun migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylaştiriş bilan boğliq munosabatlarni töliq qamrab olmagan. Aksariyat normalari zamon talablariga javob bermaydi. 1991-2016 yillar davomida atigi 482 nafar, 2016-2019 yil oktyabr oyiga qadar 8054 nafar kişiga fuqarolik maqomi berilgan, xolos. Şu paytga qadar jami 95 857 nafar fuqaroligi bölmagan şaxs mamlakatimizda istiqomat qilib kelgan. Bundan taşqari, mazkur qonunda Özbekiston Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari böyiça komissiya faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari belgilab berilmagan. Davlat organlari örtasida elektron hamkorlik, maʼlumotlar bazasining mavjud emasligi esa murojaatlarni körib çiqişning asossiz ravişda uzoq muddatga çözilişiga sabab bölgan. Yangi qonun loyihasida fuqarolikka qabul qilişning bir neça turlari körsatib ötilgan. Masalan, birinçi turda, mamlakatimiz hududida beş yil uzluksiz yaşagan xorijiy davlat fuqarolari öz davlatidan röyxatdan çiqqan bölsa, Özbekiston fuqaroligiga qabul qilinadi. Ikkinçi turda xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs hisoblangan vatandoşlarga uşbu huquq beriladi. Umuman, şu kabi bir qator normalar borki, mavjud kamçiliklarga çek qöyadi. Qonun loyihasini işlab çiqişda Germaniya, Belorussiya, Rossiya va Qozoğis­ton davlatlarining tajribalari örganib çiqildi. Uşbu loyiha mamlakatimizda fuqarosizlikni qisqartiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar borasida muhim qadam bölişi BMT Inson huquqlari masalasi böyiça komissiya tomonidan yuqori baholangan.

Tadbirda migratsiya, çet elga çiqiş masalalari haqida gap ketganda, köplab fuqarolardan xorijga çiqiş pasportini oliş bilan boğliq turli savollar berilayotgani taʼkidlandi. Xöş, xorijga çiqiş hujjatini oliş uçun qanday qulayliklar yaratilgan?

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş Boş boşqarmasi bölim boşliği Bahriddin Tursunov uşbu masalada quyidagilarni maʼlum qildi:

— Aholiga qulaylik yaratiş, ortiqça ovoragarçiliklarning oldini oliş maqsadida xorijga çiqiş hujjatini vaqtinça yaşaş joyidan berilişi masalasi ayni vaqtda körib çiqilmoqda, muhokamalar olib boril­yapti. Biometrik pasport esa avvalgidek doimiy yaşaş joyidan beriladi. Köpinça nega ikki pasportni ham vaqtinça yaşaş joyidan oliş mumkin emas, degan savol beriladi. Sababi, biometrik pasportga doimiy yaşaş joyi körsatilgan ştamp bosiladi. Xorijga çiqiş hujjatida esa bunga hojat yöq. Doimiy yaşaş joyidan uşbu hujjatni oliş esa ança soddalaştirildi, bir hafta — ön kun içida murojaatlar qanoatlantirilmoqda.

Anjumanda Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga röyxatga qöyiş bilan boğliq, şuningdek, xorijga çiqiş istagidagi şaxslarga qöyiladigan çeklovlarga doir köplab savollar örtaga taşlandi.

Xolida Ahmadjonova.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan