Suğurta kompaniyasi qaçon boy böladi? Qaçonki odamlarni norizo qilibmi?..
Fuqarolar bilan ötkazilgan suhbatlar jarayonida aksariyat haydovçilar tomonidan suğurta kompaniyalariga işonçsizlik, suğurta polislarini yöl harakati xavfsizligi inspektorlari (YPX xodimlari)ga hujjatni taqdim etiş uçungina majburiy olayotganlarini taʼkidlaşgan.
Bugun mamlakatimizda qaysiki sohada islohot ötkazilayotgan bölsa, barçasida xalqimizga yengillik va qulaylik yaratiş maqsadi közlanyapti. Ammo…
Yaxşi bilasiz, avtotransport vositasini boşqariş uçun kamida uçta asosiy hujjat: avtotransport vositasining texnik pasporti, haydovçilik guvohnomasi va suğurta polisi talab etiladi. Maʼlumki, mamlakatimizda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş ikki şaklda — çeklangan va çeklanmagan suğurta polisi tarzida amalga oşiriladi.
Çeklangan tarzda foydalaniş suğurta polisi faqat unda aniq körsatib ötilgan şaxslarga işonçnoma orqali yoki avtotransport egasining iştirokida avtomobil vositasini boşqariş huquqini beradi. Çeklanmagan tarzda foydalaniş suğurta polisi esa, işonçnomaga ega yoki avtotransport egasining iştirokida istalgan şaxsga boşqariş huquqini beradi.
Ötkazilgan tahlillar va aholi bilan bölgan suhbatlar mazkur amaliyot mohiyatan notöğri yölga qöyilganini körsatmoqda. Boşqaça aytganda, avtotransport vositalarining haydovçilariga nisbatan bir qadar adolatsiz amaliyot desa, töğri böladi.
Deylik, avtotransport vositasini çekkaroq hududda boşqariş paytida haydovçining soğliği yomonlaşib qoldi va uni zudlik bilan yaqin oradagi tibbiyot muassasasiga olib boriş zarurati tuğildi. Amaldagi tartib böyiça haydovçining yonida ötirgan fuqaroning özi bilan haydovçilik guvohnomasi bölsa ham uşbu avtotransport vositasini boşqarişga huquqi yöq hisoblanadi. Vaholanki, bu holatda mulk egasi rozilik berib turibdi, uning professional qobiliyatga ega ekanini tasdiqlovçi haydovçilik guvohnomasi ham bor, buning ustiga, keçiktirib bölmas holat. Ammo…
Raqamlarga murojaat qilsak. Birinçidan, statistik maʼlumotlarga köra, mamlakatimizda bugungi kunda suğurta polislarining aksariyat qismi, deyarli 90 foizi jismoniy şaxslarga töğri keladi.
Ikkinçidan, çeklangan va çeklanmagan tarzda foydalaniş böyiça suğurta tovonlari (tölovlari) miqdori örtasida keskin farq mavjud. Xususan, transport vositasidan çeklanmagan tarzda foydalaniş böyiça suğurta tovonining miqdori çeklanganidan 3-4 baravar ortiqdir.
Uçinçidan, suğurta tovoni miqdoridagi bunday keskin tafovut, öz navbatida, fuqarolar tomonidan narxi pastroq, ammo çeklangan tarzda foydalaniş böyiça suğurta polislarini olişga majbur qilmoqda. Jumladan, jismoniy şaxslar tomonidan 98,3 foiz (!), yuridik şaxslar tomonidan esa 72,8 foiz holatda çeklangan tarzdagi suğurta şartnomalari tuzilgani buni yaqqol körsatib turibdi.
Bundan taşqari, bugungi kunda suğurta kompaniyalari tomonidan mijozlarga suğurta polislari böyiça tölovlarni amalga oşirib beriş faoliyati ham yaxşi yölga qöyilmagan. Jumladan, yöl transport hodisasi böyiça tölanişi lozim bölgan mablağlar öz vaqtida va töliq tölab berilmasligi bois, fuqarolarni ortiqça sansalorlikka duçor qiliş natijasida aholi tomonidan suğurta kompaniyalariga bölgan işonç yöqolayapti.
Fuqarolar bilan ötkazilgan suhbatlar jarayonida aksariyat haydovçilar tomonidan suğurta kompaniyalariga işonçsizlik, suğurta polislarini yöl harakati xavfsizligi inspektorlari (YPX xodimlari)ga hujjatni taqdim etiş uçungina majburiy olayotganlarini taʼkidlaşgan.
Binobarin, mazkur muammolarning yeçimi yagona bölib, suğurta polislarini faqat bir turda, yaʼni faqat çeklanmagan tarzda foydalaniş huquqini beruvçi suğurta polislarini joriy qiliş va suğurta tovoni miqdorini möʼtadillaştirişni talab etadi.
Yuqoridagi statistik maʼlumotga tayangan holda xulosa qiliş mumkinki, suğurta badalining qulay miqdorga pasaytirilişi suğurta kompaniyalariga aslo ziyon yetkazmaydi, ayni paytda ularga qöşimça mablağlar kelib tuşişini taʼminlaş barobarida, fuqarolar huquqini kengaytiradi. Eng asosiysi, mamlakatimizda bir turdagi çeklanmagan tarzda foydalaniş huquqini beruvçi suğurta polislariga ega haydovçilar soni oşib, ularga adolatli va kafolatlangan suğurta tizimining joriy etilişiga imkon yaratadi.
Sohadagi mutasaddilar takomil izlab, özaro manfaatli tizim yaratib, aholiga qulay mexanizmlarni kiritiş tadorigini körişi maqsadga muvofiqdir.
Umidjon Sulaymonov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati.
