Tarixni soxtalaştirgan kitob yoki nuqsonlarga boy risola
Buyuk qomusiy olim, şoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur zamonidan beri Farğona viloyati tuşunçasiga hozirgi Farğona vodiysi hududlarining deyarli hammasi kirar edi. Şu maʼnoda Bobur mirzo şoh va şoir sifatida nafaqat hozirgi uç viloyat xalqi – Namangan, Andijon va Farğona aholisi uçun, balki butun mamlakatimiz xalqi uçun öz kişisi, milliy faxridir.
Biroq ötgan asrning elliginçi yillaridan to 2010 yilgaça Andijon va Namangan şahrida bosilgan kitoblarda, hatto ayrim Toşkentdagi naşriyotlarda ham (çunonçi “Bolalar ensiklopediyasi” 2007 y.) Bobur tuğilgan joy goh Andijon, goh Axsi deya ikki xil yozilib kelindi. Oddiy ilmiy haqiqatlar şu darajada inobatga olinmadiki, “Namangan” naşriyotida bosilgan 100 betlikdan 500 betlikkaça (Alixon Xalilbekov “Namangan adabiy gulşani” 2007) bölgan 10 ga yaqin kitoblarda “Bobur Axsida tuğilgan, Axsida taxtga çiqqan” degan notöğri fikrlar qayd etildi.
Holbuki, biror adabiy yoki tarixiy manbada Boburning Axsida tuğilgani haqida maʼlumot yöq. Aksinça, birgina “Boburnoma”da Boburning Andijonda tuğilgani haqida olti örinda asos bor va şoir “Devon”ining:
Ne yerda bölsang, ey gul,
andadur çun joni Boburning,
Ğaribingğa tarahhum
aylagilkim andijoniydur, –
bayti Boburning andijonlik ekanligini muhrlab qöygandir.
Bu faktni bir qism olimlar “yangi talqin” deb xato öylaydilar. Bu bayt Bobur “Tanlangan asarlari”ning 1976, 1983 yilgi naşrlaridayoq keltirilgan edi.
U yoki bu şaxsni millatlar va davlatlar “bizniki” deb talaşganlari, balki öşa uluğning baxtidir. Lekin baribir “özlaştiriş” ilmga xilof bölmasligi kerak-da.
Şunday şaxslar, uluğlarimiz borki, eng kuçli zakovatli olim ham u zotning qaysi joy va qaysi xalqqa mansubligini aniqlaşda qiynaladi. Çunonçi, Boburning xolavaççasi, maşhur “Tarixi Raşidiy” asarining muallifi, Kaşmir podşohi Muhammad Haydar mirzo şunday muammo misoli böla oladi. U Öratepada tuğilgan (hozirgi Tojikiston), beş yoşida Hirotda (Afğoniston) ilk öqişni boşlagan, 7-8 yoşlarida Buxoroda (Özbekiston) opasi Habiba Xoniş (u Ubaydullaxonning zavjasi) qaramoğida, 9 yoşida Badaxşonda Qalʼai Zafarda, 10-12 yoşlarida Kobulda (Afğoniston) Bobur tarbiyasida, 13-14 yoşlarida Andijonda (Özbekiston) Sulton Saidxon tarbiyasida bölgan. Şundan boşlab 1533 yilgaça u Yorkentda (Uyğuriston) Sulton Saidxonning vaziri va laşkarboşisi sifatida yaşagan. 1534-1540 yillarda Dehli va Agrada (Hindiston) Komron mirzo va Humoyun mirzo dargohlarida yaşagan. 1540-1551 yillar Kaşmirda podşolik qilgan.
Endi mulohaza qilaylik: Muhammad Haydar mirzo qaysi xalq tarixçisi? Tojikistonlikmi, Özbekistonlikmi, Afğonistonlikmi, Uyğuristonlikmi yoki Hindistonlikmi?
Olimning tarixiy faxriy qismatiga hayron qolmang. Hozir “Muhammad Haydar mirzo qozoq tarixçiligining “Gerodoti”dir (Absattor Derbisali). Toroz şahrida Muhammad Haydar mirzo hayoti va ijodini örganiş markazi uning nomidagi universitetda amal qiladi. Qozoğistonda hozirgaça Muhammad Haydar mirzo haqida yuzlab kitob va maqolalar yozilgan.
Köryapmizki, “olgan-olganniki”, “ot kimniki, minganniki” matallari hayotda bot-bot sodir bölmoqda.
Biroq bir şaxsni — Bobur bobomizni bir tilda sözlaşuvçi, bir davlatga mansub ikki viloyatning talaşuvi maqbulmikan? Ayniqsa, bu “talaşuv” ilmiy haqiqatga xilof ham bölsa?.. Biz yuqorida qayd etgan edik: Umarşayx ibn Abusaid mirzo va Zahiriddin Muhammad Bobur mirzolarning öşa davrdagi Farğona viloyati davlatiga hozirgi uç viloyat yerlari va aholisi mansub edi. Demak, Bobur har uç viloyat Farğona, Andijon va Namangan viloyatlari hukmdori bölgan ekan. Hozirgi uç viloyat halqi uçun ham Bobur öz sobiq hukmdorlari bölgan. Har uç viloyatga Bobur birday mansub ekan, tortişmoq va u tuğilgan joy bahsini qilmoqning nima keragi bor?! Hozirgi Farğona viloyati aholisi va ziyolilari Namangan viloyati ziyolilari kabi Bobur tuğilgan joy muammosiga daxl etmaydilar-ku…
Namangan viloyati ziyolilari va olimlariga boşqa viloyatda yaşovçi inson (Sirdaryo viloyati) sifatida aytgim keladi.
— Ey, aziz namanganlik tarixçi va adabiyotçi olimlar! Bobur taxtga çiqqanidan boşlab hozirgaça hozirgi uç viloyat xalqiga mansub, tegişli faxriy timsoldir. Şunday ekan, nega biror asos topolmay turib, “Bobur Axsida tuğilgan”, deb daʼvo qilasiz? “Boburnoma”da Boburning Andijonda tuğilib ösgani va andijonlik ekanligi haqida neça-neça asoslar bor. Kelinglar, hukmdor Bobur fikriga qarşi gapirmang. Heç bölmasa, “Axsida tuğilgan” degan “daʼvo”ingiz bilan Boburday rostgöyni yolğonçi qilayotganingizni öylab köring!
Bobur “Vaqoyeʼ” (“Boburnoma”)da “Zodu bud Andijon” (“tuğilib ösgan yerim Andijon”) deb tursa, şeʼrida ham özini “andijoniy” (andijonlik) ekanini qayd etsa-yu, biz uni heç bir tarixiy hujjatsiz “Axsida tuğilgan” deb kitoblarimizda yozaversak, ilmga xilof daʼvolarimizning neça pullik qimmati böladi?!
Unutmaylik, Bobur andijonliklar va sizlar uçun birday yaqin va aziz siymo bölib hisoblanadi-ku, özingizniki-ku, axir!
Andijon va Namangan olimlari örtasidagi yana bir muammo: Farğona viloyatining poytaxti masalasidadir: namanganlik ayrim olimlar Bobur davrida poytaxt Axsi bölgan deb daʼvo qiladilar.
Jumladan, Yusufxon Ismoilov va Baxtiyor Rözinovlar “Axsikent — qadimgi Farğona poytaxti” (“Namangan” 2013) kitobida yozadilar: “Bobur 1483 yil, 14 fevralda Axsikentda tuğilgan, çunki otasi Axsikentda yaşagan, uning poytaxti, qalʼasi yoki aniqroq aytilsa, harami, oilasi Axsikentda bölgan (29-bet). Şu rostmi?!
Endi Boburdan söraylik: “Janubiy tarafidagi qasabalar: biri Andijondurkim, vasatti voqeʼ bölubtur, Farğona viloyatining poytaxtidur.” (“Boburnoma” 2002, 34-bet).
“Özbek Milliy ensiklopediyasi”da ham Yu.Ismoilov va B.Röziyev fikrlarining teskarisi yozilgan: “Umarşayx mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki içida edi” (2-jild, 83-bet). Davlatimiz ilmiy hujjati hisobmi yoki ikki daʼvogarlarning asossiz fikri töğrimi?
“Boburnomada”: “Kengaş qilmoqqa otam qabr-maqbarasining janubiy ayvonida yiğildik” (maqbara bilan Sang qişloğining (Pop yonida) orasi ikki şarʼiy, yaʼni beş kilometr), deb yozilgan (B. 2008 y. 95-bet).
Demak, Mirzo Boburning otasi Umarşayxning qabr-maqbarasi yangi Axsida ekani aniq.
Asrlar davomida Sirdaryoning öng qirğoğini suv yuvişi hisobiga qabr-maqbara va boşqa xarobalarni Sirdaryo oqizib ketgan. Agar yangi Axsi poytaxt bölganda, u yerda adabiy-madaniy muhit bölib, Mirzo Boburning otasi Umarşayx mirzodek ziyoli podşohning qabr-maqbarasi qarovsizlikdan yöq bölib ketarmidi? Umarşayx mirzo davrida yaşagan podşohlarning qabr-maqbaralari yuzlab yillar davomida saqlanib-eʼzozlanib kelinmoqda-ku?
Endi yana bir muallif Tohirjon Qozoqov janoblari “Axsi-Farğona şaharlarining onasi” kitobida (“Navröz” naşriyoti Toşkent 2018) Axsikent (Eski Axsi) va Axsi bitta şahardir, degan yangi muammoli ilmiy daʼvo bilan çiqadi.
“Biz örgangan maʼlumotlarga köra, Axsi, Axsikat va Axsikent bu bitta makon” (“Axsi-Farğona şaharlarining onasi”, 11-bet)
Uşbu “yangiça yondaşuv” atalgan daʼvo buyuk qomusiy olim Zahiriddin Bobur va töraqörğonlik uluğ adib Ishoqxon Ibratning oqilona fikrlariga zid bölib, rus va özbek tarixçi va arxeologlarining 150 yillik tekşiriş va ilmiy tadqiqotlarini inkor etiş demakdir.
“Inşo yozmagan” olimlar yaratgan kitob
Biz Tohirjon Qozoqov kitobini öqib, unga masʼul muharrirlik qilgan tarix fanlari nomzodi, dotsent Z.U.Haydarov va taqrizçilar beş nafar tarix fanlari nomzodlari A.Qayumov, I.Jamolhoji, A.Solmonov, B.Tursunov, O.Mamatovlarni bu naşrga mutasaddi bölganliklarini öylab, xullas yetti olimni oçiği, “Bu kişilar maktabda inşo yozişmagan ekanmi?” deb öylab qoldik.
Negaki, inşoda bir mavzu yoritiladi, unda ikki yoki uç mavzuga daxl etilsa, ijobiy baholanmaydi.
Tohirjon Qozoqov kitobining nomi, yaʼni mavzusi “Axsi — Farğona şaharlarining onasi”.
Demak, u Axsidan boşqa qaysi şaharlar Axsidan söng bunyod topgan va unga aloqadorligi xususida tarixiy va arxeologik nuqtai nazardan ilmiy tadqiqot olib borişi lozim edi.
Biz bu kitobni öqib, muallifi T.Qozoqov 17 ta “asos” keltirib Axsi va Axsikent bitta şahardir degan daʼvosini tuşunişga urindig-u, mundarijasidagi “Bu kitobda “Xonzodabegim Umarşayx mirzo qizi” sarlavhasiga közimiz tuşib yanada hayron qoldik.
Şuning uçun bu kitob ijodkori va qöllab-quvvatlaganlarni biz “inşo yozmagan bölişsa kerak” degan xulosaga keldik. Çunki kitobning yarmi asossiz bitilgan tarix, ikkinçi yarmi boşqa mavzudagi adabiyotşunoslik mahsulidir.
Mavjud köprik va kemaçilar muammosi
Muallif bu kitobni yozişda öz “yangi ğoyasi” — Eski Axsi va Yangi Axsini (8-10 km masofada joylaşgan) bir joy deb isbotlaşda juda şoşgan körinadi. Uning ikkinçi “asosi” Eski Axsidagi köprik masalasidir. “Eski Axsi qörğoni etagida joylaşgan hozirgi köprik XV asrda ham mavjud bölgan” (24-bet) degan gapni yozgan Qozoqovning suyangan asosini öşa gapining davomidan öqiylik. “1913 yilda I.A.Kastanye bu yerda kişilarni daryoning u betidan bu betiga ötkazib turuvçi maxsus kemaçilar bölganligini yozgan edi”.
Mantiqsizlik, fikriy ojizlik şu darajada ham böladimi! Köprik bor joyda kemaçilarga ehtiyoj böladimi?
Bizningça, köprik bölmasagina, kemaçi yölovçilarni bu sohildan u sohilga kemada ötkazib qöyişadi…
T.Qozoqovning uçinçi “asosi” ikkinçi asosidan ham ojizroq. Mana iqtibos:
“Bobur mirzo öz asarida: “Andijon suyi Öşdan kelur, Axsi suyi Kosondan kelur,-deydi. Agar yer osti suv yöli nazarda tutilsa, bu Eski Axsi hududidan topilgan. Yaʼni, Kosonsoydan yer osti sopol quvurlari orqali Axsikentga suv olib kelingani barçaga maʼlum. Agar-da, yer usti suvlari xususida fikr yuritiladigan bölsa ham, Kosonsoydan ariqlar orqali suv töğri Axsikentga olib kelinganligining şohidi bölamiz” (24-bet).
Bobur Soy haqida gapiryapti. Tohirjon domla bölsa sopol quvuru sunʼiy ariq haqida söz yuritmoqda. Axir namanganlik T.Qozoqov Kosondan suv katta soy orqali Töraqörğondan Yangi Axsiga oqişini nega körmaydi-yu Eski Axsiga sopol quvuru qölda oçilgan ariq xususida sözlaydi? Bu öta olimona baçkanalik emasmi?
Kitob muallifining beşinçi asosi hammasidan qiziq. Emişki, Umarşayx mirzoga yangi poytaxt quriş uçun mablaği oz ekan… Avvalo, T.Qozoqov “Nega Umarşayxga yangi poytaxt quriş kerak ekan?” deb öylasa bölardi. Tarixçi Qozoqov yaxşi biladiki: Umarşayx mirzo Farğonaga kelganida, yaqindagina Esan Buğaxon Andijonni talon-toroj qilib, qisman aholini özi bilan asir qilib olib ketgan. Şahar buzuq holda huvillab yotardi. Şuning uçun Umarşayx mirzo yangi Axsini öziga vaqtinçalik poytaxt qilib olgan edi.
Andijon taʼmirlangaç, bir yilda u poytaxt Andijonga ketgan va Axsi yozgi qarorgohgina bölib qolgan edi. Tohirjonga “Boburnoma”dagi qaltis matn xatosi juda qöl kelgan. “Boburnoma”ning eski naşrlarida, jumladan u foydalangan “Yulduzça” naşrida (1989) şunday matn bor. Umarşayx mirzo “Har çandkim vorisi hozir yöq erdi, bor vujudi ehtiyoj saxlab, bir-ikki yildin söngra Samarqand va Xurosondin vorislarini tilab kelturub, mollarini solim topşurdi” (14-bet, “Yulduzça”).
Matn Umarşayx mirzoni qoramol savdogarlari moliga ehtiyojmand kambağal hukmdor sifatida taqdim etmoqda. Aslida esa elimizning taniqli olimlaridan biri (oxiratlari obod bölsin) Saidbek Hasanov yaponiyalik professor Eyji Mano tuzgan “Boburnoma” ilmiy matni va xassos olim Porso Şamsiyevlar tuzgan “Boburnoma” asosida bu asarning eng işonçli nusxasini (2002 yil) yaratdi. Bu işonçli ilmiy naşrda öşa matndagi “ehtiyoj” sözi örnida “ehtiyot” sözi yozilgandir (qarang: “Boburnoma” 2002, 37-bet, 2 ustun).
Muallifning Umarşayx mirzo iqtisodiy ahvolining noçorligi haqidagi fikri imloviy xatoga asoslangani uçun töğri emas. Hindistonlik Abulfazl Allomiy ham “Boburnoma”ning şunday nuqsonli nusxasiga suyanib xato qilgan.
T.Qozoqov 6-daʼvosida yozadi: “Demak, Bobur mirzoning zamondoşi, tarixçi olim, uning xolavaççasi, Mirzo Muhammad Haydar Umarşayx mirzo hukmronlik qilgan poytaxt şahar sifatida Axsikentni taʼriflamoqda”.
Endi “Tarixi Raşidiy”dan poytaxt şahar haqidagi Muhammad Haydar mirzo sözlarini keltiramiz:
“Qisqasi, öşa davrda poytaxti Andijon bölgan Farğona viloyatida Sulton Abusaid köragon öğli Umarşayx mirzo vafotidan keyin Umarşayx mirzoning öğillari Zahiriddin Muhammad Bobur podşohi Ğozi bilan noibi Jahongir mirzo oralarida, yoş bölişlariga qaramay amirlarning kelişmovçiliklari tufayli mudom duşmanlik va töqnaşuvlar bölib turgan…” (“Şarq” NMAK 2010, 228-bet)
Bu gaplar asarning T.Qozoqov foydalangan rusça tarjimasining 190-betida (1996 yilgi naşr) yozilgan: “Koroçe govorya v upomyanutыy period v Ferganskom vilayate, stolitsey kotorogo yavlyayetsya Andijan, posle smerti Mirza Umar Şayx”…
Tarixçi manbaga bu darajada qarama-qarşi bormasligi, yaʼni yolğonni yozmasligi kerak edi…
Töğri, Haydar mirzo Axsini Farğona şaharlarining onasi, deb, Axsikentni nazarda tutganda, uning qadimiyligiga işora qilgan xolos. Poytaxtligiga emas.
Andijonning öta qadimdan poytaxt şahar ekanligi haqidagi taniqli mutafakkir töraqörğonlik Ishoqxon Ibratning “Farğona tarixi” kitobidan quyidagi gaplarni T.Qozoqov, kitobning masʼul muharriri va taqrizçilari öqimasligi mumkin emas.
“Andijon tört ming yildan muqaddam, yaʼni Öğuzxon vaqtida şahar bölsa ham, avvaldan-avval obodon şahar ekan… Andijon Farğona şaharlari içida eng avvalgi va qadimiydur”. Afrosiyob Turon podşohi bölib, Andijonni poytaxt qilgan. “Tarixi farişta” asarida yozilibdurki, Umarşayx öğli Boburxon Andijonga ön ikki yoşida podşoh böldi (“Farğona tarixi” 325-bet).
…Bobur mirzo baittifoqi umaro podşoh böldi. Ul vaqtda Axsi hukmdori (hokimi) Uzun Hasan edi (“Meros” 1991, 324-bet).
Oxirgi ikki gap ham Boburning poytaxt Andijonda taxtga çiqqani va Axsi hokimligiga Uzun Hasanni tayinlanganini körsatmoqda.
Axsikent-Eski Axsi haqida arxeolog I.Ahrorov “1960 yilda Axsikent şahristonida ötkazilgan arxeologik tadqiqotlar” (“Obщestvennыe nauki v Uzbekistane” jurnali 1962, №8) maqolasida va “Özbek Sovet ensiklopediyasi” (1971, I jild, 588-bet)da “Axsiket-Farğona vodiysining qadimgi poytaxti, arxeologik tekşirişlarga qaraganda miloddan avvalgi 3-2 asrda bunyodga kelgan… U Andijondan keyin ikkinçi örinda turgan şahar” deb yozgan.
Ishoqxon Ibrat Farğona tarixi kitobida va “Turkiston viloyati gazetasining” 1913 yil 23 iyun №48-sonida: “Hozirda Axsi ikki yerda bölub, birini Eski Axsi, birini Yangi Axsi derlar”. Eski Axsining buzilgan tarixi 1030 y milodiyda bölgan ekan. Andin buyon mazkur Axsini heç podşohlardan yoki fuqarolardan obod qilgani yöq (“Farğona tarixi” 324-bet).
“Ana şunday vaqtda Şohbekxon “agar öz singlingiz Xonzodabegimni menga bersangiz, oramizda sulh tuziladi va ittifoqçilik aloqalari örnatiladi”, deb ayttirib yuboradi”. (54-bet)
Şayboniyxonning yana uçta ismi Şayboqxon, Şohbaxt va Şohibek bizga maʼlum edi. T.Qozoqov unga törtinçi nomni ham beribdi: Şohbekxon. Biz Şohbek ismli kişini Zunnun Arğun farzandi sifatida bilardik.
Ona tilimizda singil oiladagi özidan kiçik qizga nisbatan işlatiladi. Özidan katta bölsa, opa yoki egaçi deb aytiladi. Buni yoş bola ham biladi. Maʼlumki, Xonzodabegim Bobur Mirzodan beş yoş katta, yaʼni egaçisidir. Zahiriddin Muhammad Bobur bu haqda “Boburnoma”da yozadi: “Mening egaçim Xonzodabegim uşbu çiqqanda Şayboqxonning iligiga tuşti”.
T.Qozoqov Xonzodabegim haqidagi maqolani juda mehr va masʼuliyat bilan yozgan körinadi. Biroq bu muallif ham Ibrohim Haqqulning “Sulh qurboni Xonzodabegim” maqolasiga jörovozlik qilgani çakki bölgan. Hatto T.Qozoqov adiba Omina Tojiboyevaning “Şamollarga uçgan nidolar” (“Özbekiston” nmiu 2016y.) Xonzodabegim haqidagi tarixiy romanini, olima Burobiya Rajabovaning Ibrohim Haqqul qaraşlariga teskari bölgan “Muştarak adabiy hodisalar” asarlaridan ham bexabar körinadi.
Bizningça, bunday murakkab taqdir masalasiga biryoqlama emas, aksinça, köptomonlama yondaşmoq kerak. Heç bölmasa, yana ikki nuqtai nazardan hodisaga baho beriş lozim edi. Birinçidan, Bobur bu paytda farzand körgan şoh bölsa, opasi Xonzodabegim 23 yaşar “ötirib qolgan” qiz edi. U kimga bölsa ham tezroq turmuşga çiqişi kerak edi. Şayboniyday xon sovçi qöymoqda.
Ikkinçidan, Şayboniyxon xon edi. Xon tuşunçasi XIII-XVI asrlarda şahanşoh degan oliy hukmronlik atamasi edi. Temuriylar amir (bek), Şayboniy xon edi. Xonga turmuşga çiqiş köplar uçun oliy havas ekanligini unutmaylik. Garçi biz Şayboniyning Samarqand va Ğuzorlardagi qirğinbarot faoliyatidan voqif va u şaxs maʼlum darajada bizga antipod, yaʼni yoqimsiz bölsa-da, uning xavfi xataridan, istiqboli buyuk bölajak qomusiy olimni, şoirni Mirzo Boburni egaçisi saqlab qolgan. Şu nuqtai nazardan ham Xonzodabegim qismatiga alohida yondaşiş lozimdir.
“Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”da Axsi va Qadimgi Axsi alohida şaharlar sifatida aniq körsatilgan: “Axsi miloddan oldingi 3-2-asrlarda vujudga kelgan. 9-10-asrlarda yirik şahar — Farğona vodiysining poytaxti bölgan. “Amir Temur davrida Qadimgi Axsidan 7-8 km. Ğarbda yangi Axsi şahar-qörğonga asos solingan” (“Şarq” 2014, 60-bet).
“Özbek milliy ensiklopediyasi”da (1-jild) ham ikki alohida-alohida şaharlar sifatida Axsikent va Axsi haqida yaxşi va aniq maʼlumotlar bor.
Taniqli tarixnavis arxeolog olim Yu.G.Çulanov “Gorodiщe Axsiket” (“Sovetskaya arxeologiya” №3 1963) maqolasining söngida quyidagi xulosalarni beradi:
1) Axsikent I ning yuqori qatlami IX-XII asrlarga taalluqli.
2) XV-XVIII asrdagi Axsi şahri bilan Axsikentni bir, deb hisoblaş notöğri.
3) Axsi şahri (Axsikent II)ga temuriylar XV asrda asos solgan bölib, XVII asrgaça mavjud bölgan.
Mutaxassis olim G.Çulanovni va maʼrifatparvar Ishoqxon Ibratning fikrlari obʼyektiv haqiqatdir. Çunki Çulanov Qadimgi Axsikentni — Axsikent I deb aniq körsatmoqda.
Axsikent II esa hozirgi Axsidir.
Bunday aniq xulosa va ilmiy haqiqatlarni T.Qozoqov rad etib, Bobur va Ishoqxon Ibrat sözlarini inobatga olmay, G.Çulanov şaxsini badnom qilişga urinişi insofdan emasdir. T.Qozoqovning “Axsi – Farğona şaharlarining onasi” risolasi “qomusiy” bölib, unda tarix (arxeologiya), tilşunoslik (toponimika) va adabiyotşunoslik (Xonzodabegim haqidagi maqola) joylaşgan.
Demak, muallif ana şu uçta fanni bir-biridan farq etolmagan; risola muqovasidagi masala (nom) hal qilinmay qolib ketgan. Kitobdagi har uç fanga doir maʼlumotlar ham qiyomga yetmagan ğör kuzatiş va asossiz, ğayri ilmiy talqinlardangini iborat bölib qolgan.
* * *
Darvoqe, şu örinda yana bir mulohaza: keyingi paytlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan köplab xayrli işlar qatorida, naşriyotlar faoliyatini tartibga soliş böyiça ham xayrli amallar röyobga çiqarilayotganidan xabardormiz. Oldingi yillarda, yaʼni bundan 5-10 yil avval xususiy, kerak bölsa noxususiy matbaa korxonalarida ham töğri kelgan matohni kitob deb, risola deb çop etaveriş avjiga çiqib ketgan edi. Naşr etilayotgan bunday “kitob”lar esa nima uçun, kim uçun, öqisa böladimi, uni öqigan kişi baraka topadimi, buning heç kimga göyoki qiziği yöq edi. Ehtimol şuning uçun ham Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning dastlabki qarorlaridan biri — kitobxonlik, noşirlik faoliyatini tartibga soliş, soha samaradorligini oşirişga qaratildi. Ammo…
Ha, ming afsuski, sohada hozirgaça muammolar, kamçiliklar bisyorga öxşaydi. Viloyatlardagi ayrim naşriyotlar, xususan, “Namangan” naşriyotida biz yuqorida tilga olgan kitoblarga öxşaş “asar”larning naşr etib berilayotgani açinarli holdir.
Viloyat, xududiy joylarda desak, mamlakatimiz poytaxtida turib faoliyat yuritayotgan “Navröz” naşriyoti singari korxonalarda ham xalqimizni, eng yomoni ösib kelayotgan yoş avlodni çalğitadigan, haqiqatga, tarixiy dalillarga töğri kelmaydigan risolalarning çop etilayotganiga nima deyiş mumkin?
Axir, kitobni nurga, oftobga mengzaydilar. Yuqoridagi noşirlik korxonalari “pulini tölagan” bölsa ham agarda mualliflarning olib kelgan kitobi çuçmal, mujmal, qisqa qilib aytganda xom-xatala bölsa, mavzusiga qarab tegişli, deylik, ötmişimizga oid bölsa, tarix institutlari yoki ÖzFAning bölimlaridan ijobiy tavsif olingaçgina, çop etsalar, bu bizningça heç qanday “senzura”ga kirmaydi. Aksinça, maqbul iş qilingan, uşbu maqolamizda tilga olinayotgan eʼtirozlarga ham örin qolmagan bölmasmidi?!
Vahob Rahmonov,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

Vahob Rahmon yana bir marta bilim darajasi ança past ekanini isbotlabdi. Şu örinda «Tarixi Raşidiy» kitobini rus (forsiy emas) tilidan tarjima qilganini bilar edik. Ammo uni ham özi qilmaganini yaxşilab isbotlamoqda. Axir «Tarixi Raşidiy» asarida Şayboniyxonni «Şohibek Xon deb neça marta tilga olingan. Masalan, 2016 yilgi naşrda 322-sahifa.
Yaxşimi yomonmi öz diyorini uluğlagan olimlaga qora çaplaş şartmidi? Axsi-Farğona şaharlari onasi deb faxrlangan olimning bunga haqqi bor. şaharning qaçon paydo bölişi emas, balki uning tutgan mavqei ahamiyat kasb etgan. Masalan, Marvni Xuroson şaharlari otasi deb ataşadi. Vaholanki Marvdan yoşi uluğ şaharlar Xurosonda köp.
Hurmatli Botir Yöldoşev ! Ilmiy bahs jarayonida özingizdan boşqalarni past saviyali deb baholaşingiz etikaga töğri kelmaydi. 1. V.Rahmonov «Tarixi Raşidiy»ni fors tilidan özbek tiliga ögirgan. Işonmasangiz, Viller Tekston naşri bilan qiyoslab köring. 2. Maqolada Şohibek ismi haqida söz borgan, Şohbek bilan adaştirmang. 3. Ziyolilarning maydalaşişi yaxşi emas, biz tarixiy siymolarni viloyatlarga ajratib «sortirovka» qilayotganimizda ötmişdan yiroqlaşib boraveramiz. Aksinça, umumturkiy merosni kengroq tahlil qiliş kerak emasmi ?
Assalomu alaykum! Ey, aziz namanganlik tarixçi va adabiyotçi olimlar! deb murojaat qilişga haqqi yöq bu kişini? Axsi masalasi hali yeçimini topmagan masala. Buni isbotini sobiq sovet davrida naşr qilingan manbalardan emas, balki haqiqiy qölyozma manbalardan maʼlumot qidiriş kerak edi. Menimça, bu masalani Vahob Rahmonni özi ham javob topib bera olmaydi.
Elmiraxon, avvalo siz özingiz kamida boşqa birovning kamida 300 maqolasini tahrir qiling. Men aynan ana şunaqa boburşunoslardan aziyat çekkanman. Har qançalik hurmat bölmasin haqiqat afzal. 1. «Tarixi Raşidiy»ni rus tilidan tarjima qilganini yuziga aytib, öşa satrlarni «BE» da barça boburşunoslar oldida tan oldirib, rusçadan tarjima qilingan, deb özgartirganman. Kitob naşrga berilganida naşriyotga borib yurar edi. Çop etilganidan söng ne köz bilan köringki, forsçadan deb özgartirilgan. 2. «Boburnoma»ni yaxşilab öqing, ming marta kamida. 3. «Maydalaşişni» ustozingizga ayting. Yaxşilab öqigangizda , töğri tuşunar edingiz. Aksinça men bu yerda , tarixçi olimning yuziga loy çaplamang deyapman. Akangiz bölsa » Anda jonidur»iborasini «andijoniy» qilib «sortirovka» qilgan, aniqroği pul va nom oladi. Bunaqa boburşunoslardan faqat ilm jabr köradi. Umuman şunaqalarga javob beriş lozim emas. Hozir postingizni körib qoldim. Saviyasi past deyiş uçun asos borki, aytdim. Hatto yuziga aytganman, 12 sinf darajasida bilimga egasiz deb. Baraka topkur, tarix fantaziya emas. Aniq faktlar, voqealar, sanalar hisobga olinadi. Şohibek Xon masalasida aniq satrlari bilan körsatdim. Yana nima kerak?