Davlat tili masalasi mavsumiy iş emas

Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi media markazida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda «Notiqlik sanʼati akademiyasi» nodavlat taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda  “Teleradio boşlovçilik mahorati mezonlari, bu borada yuzaga kelgan muammolar va ularning yeçimlari”  mavzuida ötkazilgan seminar-trening Davlat tili masalasiga bağişlandi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning şu yil 21 oktyabrdagi «Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonida belgilangan vazifalarni mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari, xususan, teleradiokanallarda taʼminlaş xususida özaro fikr almaşildi.

Unda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakimov, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi  Alişer Xadjayev, “Notiqlik sanʼati akademiyasi” nodavlat taʼlim muassasasi  boş direktori Rahimboy Jumaniyozov va boş­qalar sözga çiqişdi.

Maʼlumki, joriy yilda özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi keng nişonlandi. Unda tarixda ilk marotaba davlat rahbari iştirok etdi va nutq sözladi. Davlatimiz rahbari öz nutqida tilimiz sofligini asraş va uni kelajak avlodga bus-butun yetkazişga alohida eʼtibor qaratdi. Şuningdek, mazkur farmonni qabul qilişga bölgan ehtiyoj haqida söz yuritdi. Uşbu farmon bilan Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil etildi. Departamentning asosiy vazifalari davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş, uşbu sohada jamoatçilik nazoratining samarali şakllarini joriy etiş hisoblanadi.

Seminar-treningda davlatimiz rahbarining maʼruzasi va Farmonda belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etişda teleradiokanallarning örni muhim ekanligi alohida taʼkidlandi. Teleradio ijodkorlari notiqlik sanʼatidan öta noziklik bilan foydalanişlari va adabiy til meʼyorlariga  qatʼiy rioya etişlari şart. Ayrim tele va radiokanallarda boşlovçilarning şevada gapirişlari va adabiy til qoidalarini buziş holatlari uçrayotgani xususida tan­qidiy fikr-mulohazalar bildirildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda teleradiokanallar orqali efirga uzatilayotgan  körsatuv va radioeşittirişlarda boşlovçilar, suxandonlar va jurnalistlar tomonidan qöllanilayotgan har bir söz va ibora aholi örtasida tez  «isteʼmol»ga kiradi.

— Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga bu yil öttiz yil töldi. Lekin ötgan öttiz yil mobaynida  mazkur sana katta bayram qilinmagan. Bu yil uşbu sana özgaça kayfiyatda ötkazildi, — dedi Rahimboy Jumaniyozov. —  Aslida til masalali mavsumiy  iş emas. Özbek tili bilan har kuni nafas olişimiz, yaşaşimiz kerak. Birinçi nav­batda, bu aqida faoliyati til bilan boğliq jur­nalist­lar va suxandonlarga tegişli. Teleboşlovçilar, suxandonlar va jurnalistlar  köproq nutqning aniqligiga eʼtibor qaratişlari kerak. Tilning adabiy meʼyorlariga amal qilişi şart. Buning uçun ular har kuni kitob va gazeta öqişi joiz. Notiqliq sanʼatidan ustozlar mahoratlarini örganiş ham foydadan xoli bölmaydi. Yana bir gap, notiqlik dars emas, bu muolaja. Tildagi nuqsonlarni davolaş muolajasi. Notiq böliş uçun bir yoki ön yil kifoya qilmaydi. Butun umr uni örganişimiz lozim böladi.

Yiğiliş yakuni böyiça, iştirokçilarning fikr-mulohazalardan kelib çiqib taklif va tavsiyalarni umumlaştirişga kelişib olindi.

Jobir Xöjaqulov.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan